23-Mavzu: Narxlar tizimi. Narxlarni shakllanish mexanizmi.
(2 soat ma’ruza)
Reja:
1. Narx va uning vazifalari.
2. Narxning mazmuni, uning shakllanishi va harakati.
3. Narx turlari va ularning mazmuni.
4. Bozorning turli sharoitlarida narxning tashkil topishi xususiyatlari.
5. O’zbekistonda narx sohasidagi siyosat va uning asosiy yo’nalishlari.
Tayanch so’z va iboralar:
Narx, ulgurji narxlar, chakana narxlar, erkin narxlar, shartnomaviy narxlar demping narx, nufuzli narx, narx diapazoni, narx pariteti, narxlarni erkinlashtirish.
Bozor iqtisodiyotining muhim tayanchlaridan tartiblash vositalaridan biri bahodir. Qiymatning tashkil topish qonuniyatlari sof holda qarab chiqilganda qiymat narx bilan teng keladi deb faraz qilinadi va bunda narxga ta’sir qiluvchi boshqa omillar xisobga olinmaydi.
Bu yerda, shuni ta’kidlash lozimki, narxning harakati qiymat qonuniga bo’ysunsada, uni qiymat bilan bir xil deb qarash ko’p ham to’g’ri emas. Narx faqat qiymatdan farqlanib turmasdan, hatto u umuman qiymatni ifodalamasligi ham mumkin (masalan, yer va boshqa tabiiy resurslar bahosi).
Narxning qiymatdan farq qilishini uning darajasiga ta’sir qiluvchi bir qator omillarning mavjudligi belgilab beradi. Bu mavzuda qo’yilgan vazifa narx va uning tashkil topish mexanizmni o’rganishdan iborat. Avvalo tahlilni narxning iqtisodiy mazmuni, uning vazifasi va turlarini ko’rsatish bilan boshlaymiz.
Tovarlar qiymati va ularning nafliligi o’zlarining ijtimoiy namayon bo’lishini narxda topadi. Amaliy hayotda qiymat tovar ishlab chiqaruvchilarni, naflilik esa iste’molchilarni harakatga keltiruvchi kuch sifatida chiqadi. SHundan kelib chiqib narxga quydagicha ta’rif berish mumkin:
Narx - tovar nafliligi tan olinganda uning qiymatining pulda ifodalanishi, qiymatning bozorda namayon bo’lish shakli.
Bizga ma’lumki, naflilik tovarning ehtiyojni qondirish layoqatidir. Bu tushunchaga barcha iqtisodchilarning qarashlari deyarli mos tushadi. Lekin “qiymat” tushunchasiga nisbatan har xil fikrlar bildiriladi.
Ishlab chiqarish xarajatlari nazariyasiga ko’ra, tovar qiymati o’z miqdori bo’yicha uning ishlab chiqarish sarflari yoki xarajatlariga tenglashadi. Bizga ma’lumki sarf-xarajatlar o’z ichiga iqtisodiy resurs (ishchi kuchi, kapital, yer, tadbirkorlik layoqati) xarajatlarini olib, ular omilli xarajatlar deb ataladi.
Ishlab chiqaruvchilarning har bir resurs turiga qilgan xarajatlari, resurs egalarining tegishli daromad turiga (ish haqi, foiz, renta, foyda) mos keladi. SHu holatdan kelib chiqib, A.Smit tovar qiymati daromadlar summasidan iborat deb xulosa chiqaradi. Qiymatning mehnat nazariyasiga ko’ra, qiymat tovar (xizmat) ishlab chiqarishdagi moddiy va jonli mehnat sarflarining ifodalanishi. Bunda qiymat har qanday mehnat sarfi emas, balki tovarni yaratishga ketgan, bozor tan olgan ijtimoiy zaruriy mehnat sarfidan iborat bo’ladi. Bu qarashga ko’ra bozorda har xil mehnat sarflari umumiy, ya’ni ijtimoiy zaruriy mehnat sarfiga keltiriladi va shu sarfning pulda ifodalanishi narxni tashkil qiladi.
Alohida tovarlarcha qilingan mehnat sarflari turliga bo’lib, ulardan ayrimlari ijtimoiy mehnat sarfi sifatida to’la tan olinsa, boshqasi qisman, uchinchisi esa umuman tan olinmasligi mumkin. Bundan ko’rinib turibdiki, bozordagi mavjud narxlarga mehnat sarflari yoki qiymatning aynan o’zi deb qarash noto’g’ri. CHunki unga mehnat sarfidan boshqa omillar ham ta’sir qilib, natijada narx qiymatdan past yoki yuqori bo’lishi mumkin.
Jumladan, o’zgarib turuvchi talab va taklif ta’siri ostida biror tovarning bozor narxi tebranib, uning qiymatidan u yoki bu tomonga farqlanishi mumkin. Naflilik va raqobat ham qiymat - narx nisbatiga xuddi talab va taklif kabi ta’sir ko’rsatadi. Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, xaridor u yoki bu tovarni sotib olishda, nafaqat uning qancha turishini, balki mazkur tovarning iste’mol xususiyatlari o’zining extiyoji va didiga qanchalik mos kelishini, ya’ni uning nafliligini ham hisobga oladi.
Tovarni xarid qilish uning jamiyat uchun nafliligini va shu bilan birga ijtimoiy qiymatini ham tan olishni bildiradi. SHu sababli, “ijtimoiy iste’mol qiymat” tushunchasining o’zi biror tovar (xizmat) ning jamiyat uchun nafliligi, qadr-qiymatga egaligini ko’rsatadi. SHu yuritilgan mulohazalardan kelib chiqib aytish mumkinki, narx o’zida bir qator omillarning ta’sirini ifodalaydi. Bulardan asosiylari: qiymat yoki ishlab chiqarish sarf-xarajatlari; mazkur tovarga talab va taklif nisbati; tovarning naflilik darajasi; raqobat holati, davlatning iqtisodiy siyosati va h.k. Bu omillar ichida tovar qiymati uning narxiga belgilovchi ta’sir ko’rsatadi.
Narxga ta’sir qiluvchi omillar.
Iqtisodiyot
Xarajatlar
|
|
|
|
Naflilik
|
|
|
|
|
|
|
|
N A R X
|
|
Raqobat
|
|
|
|
|
|
Talab
va
taklif
|
|
|
|
Davlat iqtisodiy siyosati
|
Biz oldingi mavzularda bozor iqtisodiyotining muhim mexanizmlari talab, taklif, ular o’rtasidagi nisbatlarning mazmuni o’zgarishi, raqobat kurashlari hamda ularning bahoga ta’siri, yoki aksincha bahoning ularga ta’siri haqida to’xtalgan edik. Lekin bozor iqtisodiyotining muhim hal qiluvchi tomoni hisoblangan bahoning iqtisodiy mazmuni, shaqllanishi va uning harakat qonuniyatlarini tahlil qilganimiz yo’q.
Holbuki bu qayd etilgan masalalarni bilish bozor iqtisodiyoti qonuniyatlarini bilishda va bozor xo’jaligi amaliyotida muhim rol’ o’ynaydi. SHuning uchun bu mavzuda narxning mazmuni va tashkil topish mexanizm, uning darajasiga ta’sir etuvchi omillarni o’zgarish soboblarini yoritishga harakat qilamiz.
Narxning iqtisodiy mazmuni uning vazifalarida yaqqol namoyon bo’ladi. Narx quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi :
Do'stlaringiz bilan baham: |