O’zbekiston respublikasi davlat soliq qo’mitasi


-Mavzu:Raqobat va uning turlari



Download 1,9 Mb.
bet138/224
Sana31.12.2021
Hajmi1,9 Mb.
#232563
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   224
Bog'liq
iqtisod2008

22-Mavzu:Raqobat va uning turlari.

(2 soat ma'ruza)

Reja:

1. Raqobat tushunchasi.

2. Raqobatning turlari.

3. Erkin raqobat – bozorni xarakatga keltiruvchi kuch va iqtisodiy o'sishni ta'minlovchi omildir.

4. Raqobatning mohiyati, iqtisodiy asoslari va shakllari.

5. O’zbekistonda raqobatchilik muhitining vujudga kelishi va antimonopol qonunchilik.


Tayanch so’z va iboralar:

Raqobat, xalol raqobat, g'irrom raqobat, Monopoliya, Oligopoliya,erkin raqobat, raqobatchilik, antimonopol.
Ko’p ukladli iqisodiyot barcha iqtisodiyotning moddiy asosini tashkil etadi va shuning uchun ham bunday iqtisodiyotni vujudga keltirish juda zarur. Bozor tizimini iqtisodiy islohotlar yaratadi va shuning uchun ham bozor va islohot tushunchalarini umumlashtirilib bozor islohotlari deb aytish mumkin. Bozor islohotlari deganda davlat bozor iqtisodiyotini yaratish maqsadida davlat tomonidan xalq ommasini faol ishtiroki bilan amalga oshiriladigan iqtisodiy chora-tadbirlar tizimini tushunamiz. Bozor islohotlari bozor munosabati yuzaga kelishi uchun turli sohalar o’rtasida nomutonosiblik yuz bermasligini ko’zlab iqtisodiyotning hamma sohalarida o’tkazilishi zarur. Bozor islohotlarining asosiy yo’nalishlari mulkchilikni isloh qilish, agrar (qishloq xo’jaligidagi) islohotlar, moliya-kredit islohotlari, tashqi iqtisodiy aloqalardagi islohotlar va ijtimoiy (ijtimoiy) islohotlar bo’lishi mumkin. Islohotlarni qaysi yo’nalishini ustivorligini har bir mamlakat o’zidagi sharoitdan kelib chiqib belgilaydi. Bozor islohotlari ko’p ukladli iqtisodiyotni vujudga keltirishining eng ishonchli va samarali usuli bo’lib qoldi va bu islohotlarni amalga oshishi natijasi raqobatchilik muhitini yaratadi. Raqobatchilik muhiti bozor iqtisodiyotining harakatlantiruvchi kuchidir. Bozor iqtisodiyoti uchun raqobat juda zarur, chunki raqobat bo’lmasa iqtisodiyot o’smaydi va hech qanday farovonlik ham bo’lmaydi. Buning uchun eng avvalo raqobat muhitini yaratish zarur bo’ladi. Raqobatchilar oz yoki ko’p bo’lishi mumkin, ular ozchilik bo’lganda iqtisodiy erkinlik cheklanib, o’rniga iqtisodiy zo’ravonlik o’rnatiladi. Zo’ravonlik bilan monopoliya o’z raqibini resurslar bozoriga ham qo’ymaydi yoki turli yo’llar bilan to’sqinlik qiladi. Bozor iqtisodiyoti bunday xukmronlikka barham berishi kerak. Bozor iqtisodiyoti uchun raqobatchilar ko’p bo’lsa iqtisodiyot rivojlanib, narx-navo pasayadi, bundan hamma manfaat ko’radi. Ana shunday shart-sharoit yaratish uchun davlat tomonidan monopoliyaga qarshi (yoki monopoliyani cheklash) maxsus siyosati yurgiziladi. Bu siyosat monopoliyalarni cheklashga qaratilgan qonunlar chiqarish va ularni bajarilishini davlat tomonidan nazorat qilish, tadbirkorlikda bir korxona mulkini boshqasi qo’liga o’tib ketishi va bir korxonani boshqa korxona kapitalidagi hissasini cheklash, ularni boshqalarga tazyiq o’tkazishiga yo’l qo’ymaslik, bozordagi narxni o’zaro kelishib belgilash qonun bilan man etiladi, yagona narx xukmron bo’lishiga ruxsat berilmaydi. Davlat raqobat qonun-qoidalarini buzganlarga jarima soladi yoki korxonani yopib qo’yadi, shuningdek, xorij tovarlarini mamlakat ichki bozoriga kirishini ko’paytirish maqsadida boj pulini kamaytiradi. Kichik korxonalar turli yo’llar bilan qo’llab-quvvatlanadi. SHu kabi ishlarni amalga oshirish uchun maxsus davlat tashkilotlari tuzilib, ular monopoliyaga qarshi siyosat yurgizadi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida iqtisodiyot erkinlashtirilib, davlat korxonalari xususiylashtiriladi, ularni aktsiyalari sotiladi, davlat narxlari o’rniga erkin narxlarga vujudga kelib raqobat muhiti yaratiladi. O’zbekistonda 1996 yilda qabul qilingan «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to’g’risida»gi qonun katta ahamiyatga ega bo’lib, bozorda ataylab taqchillik qilish, raqobatga to’siqlik qilish, g’irrom usullarni qo’llab, raqibiga zarar etkazish qat’iyan man qilinib, hamma uchun bir hil bozor sharoiti yaratildi.

Halol raqobat hamma uchun teng bo’lgan qonun-qoida, agar raqobat bo’lmasa bozor ham bo’lmaydi. O’ylab ko’ring, har bir biznesmen biznes dengiziga shung’igandan so’ng, albatta uning katta-kichik to’lqinlari bo’lgan raqobatga duch keladi. Agar suzuvchi suzish bilimi va tajribasiga ega bo’lsa, to’lqinlar unga to’sqinlik qilmay, aksincha uning ko’zlagan marrasiga tezroq yetib borishiga yordam beradi. Lekin bilim, tajribaga ega bo’lmagan suzuvchini dengiz to’lqinlari o’z domiga tortib halok qilishi mumkin. SHu o’rinda Amerikalik iqtisodchi, Nobel’ mukofotinint laureati P. Samuel’son «Biznesmen, fermer hamda ishchilarga raqobat ham yoqadi, ham yoqmaydi» deb haq, gapni aytgan ekan. Haqiqatdan ham raqobat bozorni kengaytirishga yordam bergan hollarda hammaga yoqadi, lekin uning o’tkir uchi biz tomonga burilsa uni «g’irrom», «muttaham» deb haqorat qilgimiz keladi. Raqobatning kuchi shundaki, u hech bir korxona, firmaga xotirjamlik bermaydi, ularni doim harakat qilib tez o’zgarib borayotgan sharoitga moslashib borishga majbur qiladi. AQSHdagi Garvard universiteti mutaxassislarining fikricha, agar firma o’z raqobatchilaridan bozorga mahsulotini bir yil kech olib chiqsa, oladigan foydasining 50 foizidan ajralar ekan, bunday firma katta zarar ko’radi. Bundan ko’rish mumkinki, raqobat bir tomondan ma’lum qonun-qoidalar asosida olib boriladi, lekin ikkinchi tomondan, bardosh beraolmagan firmalar albatta xonavayron bo’ladi yoki omadliroq firma tomonidan «yutib yuboriladi». Demak, har bir firmaning o’z raqobat usullar strategiyasi bo’lishi kerak. Firma strategiyasi raqobatga munosabatini belgilaydi, ya’ni kurash taktikasi va usuli bo’lib sharoitga qarab o’zgarib boradi. Raqobat kurashi narxlar asosida va narxlardan tashqari bo’ladi. Narxlar asosidagi raqobatni o’rtacha va kichik firmalar qo’llab, sifati past bo’lgan arzon tovarlarni bozorga chiqarib, bundan ham foyda oladi. XX asrning 90 yillaridan boshlab Xitoy va Turkiya firmalarining sifati past, arzon narxdagi tovarlari o’zining ichki bozorlarida va sobiq, ijtimoiyistik mamlakatlar bozorlarida sotilgan. Katta firmalar ko’riladigan zarari ko’p bo’lishi ehtimolligidan qo’rqib, bu usulni qo’llamaydi. Narx asosidagi raqobatning yana bir ko’rinishini narx-navoni zarar bo’lsa 20—60 ba’zan 90 foizga pasaytirib keng doirada reklama qiladi. Bu bilan birinchidan, mavsumi o’tgan yoki eskirgan tovar sotilsa ikkinchidan esa, arzonlashgan (narxi tushirilgan) tovarni sotib olishi uchun kelgan haridorlarning bir uyumi narxi tushurilmagan mahsulotlarni ham sotib olishlari mumkin bo’ladi.

Narxlardan tashqari raqobat ham bor. Bunday bo’lishiga sabab shuki, ba’zi haridorlar ko’pincha mahsulot narxiga emas, uning foydalilik darajasiga katta e’tibor beradi va bunday tovar yoki xizmat uchun ko’proq pul to’lashga tayyor turadi. Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar misolida shuni ko’rish mumkinki, haridor tovar harid qilishda birinchi o’rinda uning tashqi ko’rinishi — dizayniga, keyin esa tovarning texnik ko’rsatkichiga va narx-navoga 6,7 o’rinlarda e’tibor beriladi. Xozir Angliya, AQSH, Germaniya, Frantsiya, Tayvan, Gonkong, Singapur, Koreya Respublikasi, Yaponiya kabi mamlakatlarda narxi yuqori bo’lgan tovarlarga asosiy talab bo’ladi. Demak, Raqobat - kurashda qaysi usul qo’llanmasin u hammani yaxshi, sifatli ishlab ko’p daromad topish uchun harakat qilishga undaydi. Raqobatning bozor iqtisodiyotini olg’a qarab harakatga keltiruvchi eng ta’sirchan kuch ekanligi ham shunda.

Qaysi firma unga bardosh bera olsa gullab yashnaydi, bardosh bera olmasa inqrozga uchraydi. O’zbekistonda ham raqobat kurashi shakllanmoqda, lekin u hali o’zining yuqori cho’qqisiga chiqa olganicha yo’q.

Raqobatga bardosh beraolmagan minglab firmalar zarar ko’rib bankrot bo’lmoqda. O’zbekiston Respublikasining «Bankrotlik to’g’risida»gi qonunda, “Xo’jalik yurituvchi sub’ektining bankrot bo’lishi deyilganda qarzdorning majburiyatlari mol-mulkidan oshib ketganligi sababli tovarlar «ish va xizmatlar»ga haq to’lash yuzasidan kreditorlarning talablarini qondirishga qodir emasligi, shu jumladan byudjetga va byudjetdan tashqari fondlarga majburiy to’lovlarni ta’minlashga qodir emasligini tushuniladi” deb ko’rsatib o’tilgan. Raqobatga bardosh bergan firmalar bankrotga uchramaydi, ular ish o’numi va sifatini, obro’ e’tiborini oshiradi, hammani tashabbus bilan ishlashga undaydi. Raqobatdagi bunday ijobiy holatlar iqtisodiy o’sishni ta’minlaydi.

Bozor maydonida bellashadigan raqobatchilarning ko’pchilik yoki ozchilik bo’lishiga qarab, raqobatning mukammal yoki sof raqobat va nomukammal raqobat turlari bo’ladi. Raqobatning birinchi turida bellashuvchilar zo’ravonlik bilan o’zgalarga o’z xukmini o’tkaza olmaydigan kishilar bo’lib, ular ancha ko’pchilikni tashkil etadi. Bunda bozor hamma uchun erkin va xalol kurash maydoni bo’ladi. Nomukammal raqobat raqobatning birinchi turidan bozor maydonida kurashuvchilarni ozligi raqobatni bir oz cheklangan va o’z tabiatiga ko’ra ham monopol mavqega ega ekanligi bilan belgilanadi. Bozor ishtirokchilari ozchilik bo’lsada katta miqdordagi tovarlarni sotish yoki sotib olish imkoniyatiga ega bo’lganligi uchun ham raqobatlashadi. Nomukammal raqobatning yana oligopolistik raqobat ko’rinishi ham bo’lib, bunda kurash g’oyat ozchilik (bozor saralab qo’ygan) lekin yirik firmalarni tor doiradagi kurashidir. Sof monopolistik raqobat ham raqobat turlaridan bo’lib, bir tarmoqda bitta firmaning tanho (yakka monopol) xukmronlik qilishini bildiradi. O’zbekiston bozorida Toshkent traktor zavodi traktor bozorida, «O’zDEUavto» qo’shma korxona ishlab chiqargan Damas, Tiko, Matiz, Neksiya va Lasetti avtomobillari «Toshkuchavto» qo’shma korxonasi ishlab chiqarayotgan «Otayo’l» avtobuslar avtomobil bozorida yakka xukmronlik qilmoqda. Lekin xorijiy mamlakatdan kelgan avtomobillar ular bilan bellasha oladi.

Raqobat bozor iqtisodiyotining va umuman tovar xo’jaligining eng muhim belgisi, rivojlantirish usuli hisoblanadi. I.A. Karimov raqobatning bozor iqtisodiyotidagi ahamiyatini ko’rsatib, «Raqobat bo’lmasa, bozor iqtisodiyotini barpo etib bo’lmaydi. Raqobat — bozorning asosiy sharti, aytish mumkinki, uning qonunidir», deb bejiz aytmagan.

Raqobatning iqtisodiy mazmunini tushunib olish unga turli tomondan yondoshishni talab qiladi. Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar (korxonalar) o’rtasidagi raqobat tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda o’z mavqeini mustahkamlash uchun kurashdan iborat. Bunda ular kerakli ishlab chiqarish vositalari, xom ashyo va materiallar sotib olish, ishchi kuchini yollash uchun ham kurashadi. Ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi raqobat oxir-oqibatda iste’molchilar uchun kurashdir.

Resurslarni yetkazib beruvchilar o’zlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, yer-suv, ishchi kuchi) yuqori baholarda sotish uchun raqobat qiladilar. Ishlab chiqaruvchilar va resurslarni yetkazib beruvchilar o’rtasidagi raqobat bozor munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot to’liq erkinlashgan sharoitda yorqin namoyon bo’ladi.

Raqobat iste’molchilar o’rtasida ham yuz beradi; ular tovarlarni qulay va arzon baholarda sotib olishga harakat qiladilar, ya’ni xaridor har bir sarflangan pul birligi evaziga ko’proq naflilikka ega bo’lishga harakat qiladi. Arzon va sifatli tovarni tezroq sotib olish uchun kurashadi.

SHunday qilib, raqobat ko’p qirrali iqtisodiy hodisa bo’lib, u bozorning barcha sub’ektlari o’rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi.

Raqobat-bozor sub’ektlari iqtisodiy manfaatlarining to’qnashishidan iborat bo’lib, ular o’rtasidagi yuqori foyda va ko’proq naflilikka ega bo’lish uchun kurashni anglatadi. Bunda ishlab chiqaruvchilar o’rtasida sarflangan xarajatlarining har bir birligi evaziga ko’proq foyda olish uchun kurash boradi. Mana shu foyda orqasidan quvish natijasida tovarlarni sotish doiralari, ya’ni qulay bozorlar uchun, arzon xom ashyo, energiya va arzon ishchi kuchi manbaalari uchun ular orasida kurash boradi.

O’z navbatida xaridorlar, ya’ni iste’molchilar sarflagan har bir so’m xarajati evaziga ko’proq naflilikka ega bo’lish uchun kurashadi, ularning har biri arzon va sifatli tovar va xizmatlarga ega bo’lishga harakat qiladi.

Ishlab chiqaruvchilarning faoliyat ko’rsatuvchi tadbirkor va mulk egasi sifatida erkin va mustaqil bo’lishi raqobatning asosini tashkil etadi. CHunki har bir mulk egasining o’z manfaati bo’lib, ular shu manfaatga erishish uchun intiladi. Mulk egasining tovar ishlab chiqarish va barcha boshqa sohalardagi faoliyati shu manfaatga bo’ysundirilgan bo’ladi. Bu jihatdan qaraganda raqobat erkin iqtisodiy faoliyat qiluvchi sub’ektlar manfaatlarining to’qnashuvidan iborat bo’lishini aniq xarakterlaydi. Raqobat mavjud bo’lishining boshqa sharti tovar-pul munosabatlarining ma’lum darajada rivojlangan bozor tizimida amal qilishidir.

Raqobatning asosiy sohasi bozor, chunki unda erkin iqtisodiy sub’ektlar alohidalashgan manfaatlari to’qnashadi.

Raqobat kurashining mazmuni to’g’risida to’laroq tushunchaga ega bo’lish uchun uning asosiy shakllari va belgilarini qarab chiqish zarur. O’z miqyosiga ko’ra raqobat eng avvalo ikki turga - tarmoq ichidagi raqobatga va tarmoqlararo raqobatga bo’linadi.

Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning to’rtta shakli alohida ajratilib ko’rsatiladi. Bular erkin raqobat, monopolistik raqobat, monopoliya va oligopoliyadir.

Erkin raqobat sharoitida bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqda juda ko’p sonli korxonalar mavjud bo’ladi. Yuqori darajada tashkil qilingan bozorda ko’plab sotuvchilar o’zlarining mahsulotlarini taklif qiladilar.

Raqobatlashuvchi korxonalar bir xil yoki turdosh mahsulotlar ishlab chiqaradi. Narxlar bir xil darajada bo’lganda iste’molchiga qaysi sotuvchidan mahsulotni xarid qilish farqsiz bo’ladi.

Erkin raqobatli bozorda alohida korxonalar mahsulot narxi ustidan sezilarsiz nazoratni amalga oshiradi. CHunki har bir korxonada umumiy ishlab chiqarish hajmi uncha katta bo’lmaydi. SHu sababli alohida korxonada ishlab chiqarishning ko’payishi yoki kamayishi umumiy taklifga, demak mahsulot bahosiga sezilarli ta’sir ko’rsatmaydi.

Erkin raqobat sharoitida yangi korxonalar tarmoqqa erkin kirishi, tarmoqda mavjud bo’lgan korxonalar esa uni erkin tashlab chiqishi mumkin. Xususan yangi korxonalarning paydo bo’lishi va ularning raqobatli bozorda mahsulotlarini sotishga huquqiy, texnologik, moliyaviy va boshqa jiddiy iqtisodiy to’siqlar bo’lmaydi.

Erkin raqobat ikki darajada namoyon bo’ladi: tarmoq ichida, ya’ni bir xil tovarlar ishlab chiqaruvchi korxonalar o’rtasidagi raqobat va tarmoqlaro, ya’ni turli tarmoqlardagi korxonalar o’rtasidagi raqobat. Tarmoqlar ichidagi raqobat ishlab chiqarish va sotishning qulayroq sharoitiga ega bo’lish, qo’shimcha foyda olish uchun bir tarmoq korxonalari o’rtasida boradi. Har bir tarmoqda texnika bilan ta’minlanish darajasi va mehnat unumdorligi darajasi turlicha bo’lgan korxonalar borligi sababli shu korxonalarda ishlab chiqarilgan tovarlarning individual (alohida) qiymati bir xil bo’lmaydi.

Tarmoq ichidagi raqobat tovarlarning ijtimoiy qiymatini, boshqacha aytganda, bozor qiymatini aniqlaydi va belgilaydi. Bu qiymat, odatda, o’rtacha sharoitda ishlab chiqarilgan va muayyan tarmoq tovarlarining anchagina qismini tashkil etadigan tovarlarning qiymatiga mos keladi.

Tarmoqlar ichidagi raqobat natijasida texnikaviy darajasi va mehnat unumdorligi yuqori bo’lgan korxonalar qo’shimcha foyda oladilar va aksincha, texnika jihatdan nochor korxonalar esa, o’zlarida ishlab chiqarilgan tovar qiymatining bir qismini yo’qotadilar va zarar ko’radilar.

Tarmoqlararo raqobat turli tarmoqlar korxonalari o’rtasida eng yuqori foyda normasi olish uchun olib boriladigan kurashdan iborat. Bunday raqobat foyda normasi kam bo’lgan tarmoqlardan foyda normasi yuqori tarmoqlarga kapitallarning oqib o’tishiga sabab bo’ladi. Yangi kapitallar ko’proq foyda keltiruvchi sohalarga intilib, ishlab chiqarishning kengayishiga, taklif ko’payishiga olib keladi. SHu asosda, narxlar pasaya boshlaydi. SHuningdek, foyda normasi ham pasayadi. Kam foyda keltiruvchi tarmoqlardan kapitalning chiqib ketishi teskari natijaga olib keladi: bu yerda ishlab chiqarish hajmi o’zgaradi, tovarlarga bo’lgan talab ular taklif qilishidan oshib ketadi, buning oqibatida narxlar ko’tariladi, shu bilan birga foyda normasi oshadi. Natijada tarmoqlararo raqobat ob’ektiv ravishda qandaydir dinamik muvozanatni keltirib chiqaradi. Bu muvozanat kapital qaerga sarflanganligidan qat’iy nazar, teng kapital uchun teng foyda olinishiga intilishni ta’minlaydi. Demak, tarmoqlararo raqobat kapital qaysi tarmoqqa solinmasin, xuddi shu tarmoq foyda normalarini o’rtacha foyda normasiga «baravarlashtiradi».

Monopoliya - tarmoq bitta firmadan iborat bo’lishi sababli, u mavjud mahsulot (xizmat) ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va yakka hukmronlik shakllanadi.

Oligopoliya – tarmoqda u qadar ko’p bo’lmagan korxonalarning mavjud bo’lishi va hukmronlik qilishidir. Bu oligopoliyaning eng muhim belgisidir. Qaysi tovarlar va xizmatlar bozorida nisbatan kam sonli ishlab chiqaruvchilar hukmronlik qilsa, shu tarmoq oligopolistik tarmoq hisoblanadi.
Raqobat kurashining ikki usuli farqlanadi: narx vositasidagi raqobat va narxsiz raqobat.

Narx vositasidagi raqobatlashuvda ishlab chiqaruvchilarning va shunday mahsulotlarinikiga nisbatan narxni pasaytirishi kurashning asosiy usuli hisoblanadi.

Narxsiz raqobat shu bilan tavsiflanadiki, bunda tovarlarning narxi emas, balki uning sifati, servis xizmat ko’rsatish, ishlab chiqaruvchi firmaning obro’-e’tibori raqobat kurashining asosiy omili hisoblanadi.

Raqobatning amal qilishi ma’lum shart-sharoitlar mavjud bo’lishini taqozo qiladi. Bu shart-sharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda bo’lishi mumkin. SHunday ekan, bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirish ayni vaqtda raqobatchilik muhitining shakllanishini bildiradi.

Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda raqobatchilik muhiti uzoq davr davomida, o’z-o’zidan, evolyutsion yo’l bilan vujudga kelgan. Bu asta-sekin erkin raqobat muhitini keltirib chiqargan.

Iqtisodiyotda monopollashuv printsiplari kuchayib borishi bilan raqobat cheklanadi, shu sababli raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda davlat ham qatnashadi. Bu esa davlatning monopoliyalarga qarshi siyosatida o’z aksini topadi. Har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya’ni iqtisodiyotning monopollashuv darajasi uning miqyosi va xarakteriga qarab, bu siyosat erkin raqobat muhitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo’lganda qaytadan tiklash, raqobat usullarini qaror toptirish kabilarga qaratiladi.

Buyruqli iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlarda, shu jumladan, bizning respublikada sog’lom raqobatga shart-sharoit hozirlash, iqtisodiy sub’ektlar mustaqilligini kengaytirish orqali ularni raqobatchilikka jalb qilish iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning muhim jihatlari hisoblanadi. O’zbekistonda davlatning raqobatchilik muhitini shakllantirishga qaratilgan siyosatida xususiylashtirish, davlat mulki hisobidan mulkchilikning boshqa shakllarini vujudga keltirish asosiy o’rin tutadi. Xususiylashtirish natijasida, birinchidan, mulk o’z egalari qo’liga topshirilsa, ikkinchidan, ko’p ukladli iqtisodiyot va raqobatchilik muhitini vujudga keltiradi.

SHunday qilib, O’zbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltirishning asosiy yo’li, bu raqobatni inkor qiluvchi davlat monopoliyasidan nodavlat, turli xo’jalik shakllarining mavjudligiga asoslangan va iloji boricha erkin raqobatni taqozo etuvchi bozor tizimiga o’tishdir. Bu yerda raqobatchilik munosabatlarini shakllantirish, avvalo, mustaqil erkin tovar ishlab chiqaruvchilarning paydo bo’lishini taqozo qiladi, chunki raqobatning asosiy sharti alohidalashgan, mulkiy mas’uliyat asosida o’z manfaatiga ega bo’lgan va tadbirkorlik tahlikasini zimmasiga oluvchi erkin xo’jalik sub’ektlarining mavjudligi, ularning bozor orqali aloqa qilishidir.

O’zbekistonda raqobatchilik muhitini vujudga keltirish Prezidentimiz I. Karimovning ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasidagi ma’ruzasida ta’kidlanganidek, iqtisodiyotni erkinlashtirish – bu xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning erkinligi va iqtisodiy mustaqilligini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo’lidagi mavjud to’siqlarni bartaraf etishni anglatadi. SHuningdek Prezidentimizning Vazirlar Mahkamasida bo’lib o’tgan Majlislarda so’zlagan nutqida (2007 yil, 12 fevralda) biznesni erkinlashtirish, ularga iqtisodiy mustaqillik berishning aniq yo’nalishlari ko’rsatiladi.

SHu maqsadda O’zbekistonda «Monopol faoliyatni cheklash to’g’risida»gi qonun (1992 yil, avgust) kuchga kiritildi hamda uning asosida raqobatchilikni rivojlantirishga qaratilgan bir turkum me’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi. Mazkur qonunga ko’ra, bozorda ataylab taqchillik hosil qilish, narxlarni monopollashtirish, raqobatchilarning bozorga kirib borishiga to’sqinlik qilish, raqobatning g’irrom usullarini qo’llashi man etiladi. Qonunni buzuvchilar raqibiga yetkazgan zararni qoplashlari, jarima to’lashlari, g’irromlik bilan olgan foydadan mahrum etilishlari shart.

Monopoliyaga qarshi faol choralarni amalga oshirish uchun Moliya vazirligi tizimida monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish bosh boshqarmasi tuzildi. Boshqarmaga ro’yxatga kiritilgan monopoliya mavqeidagi korxonalar mahsuloti bo’yicha narxlarni va rentabillikni tartibga solib turish huquqi berildi.

Hozirgi davrda Respublikada agar korxona ishlab chiqargan muayyan mahsulotlar tovarlar bozoridagi shunday mahsulotning 35%idan ortiq bo’lsa, bu korxona monopolistik korxona sifatida Davlat reestriga kiritiladi. Oziq-ovqat tovarlari guruhi uchun bunday mezon darajasi 20% deb belgilangan.

Respublikada monopoliyalar ro’yxatiga kirgan korxona (tarmoq) larning bozordagi mavqeini tartibga solishda davlat bir qator usullardan foydalanadi.

Bu usullardan ikkitasini ajratib ko’rsatish lozim:

1. Monopol mavqeidagi mahsulotlarga narxlarning eng yuqori darajasini yoki rentabillikning chegarasini belgilab qo’yish.

2. O’z monopol mavqeini suiiste’mol qilgan monopolistik birlashmalarni bo’lib tashlash yoki maydalashtirish. Bu usul Vazirlar Mahkamasining (1994 yil 18 iyuldagi 366 sonli) qarori bilan tasdiqlangan «Ob’ektlarning xo’jalik yurituvchi jamiyatlar va shirkatlar tarkibidan chiqish tartibi to’g’risidagi Nizom» asosida amalga oshiriladi. Respublikada faqat 1994-1996 yillar davomida monopol mavqeidagi aktsiyadorlar jamiyatlari, ijara va boshqa jamoa korxonalar tarkibidan 14972 ob’ekt chiqarilib, mustaqil korxonalarga aylantirildi.

O’zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida» (1996 yil, aprel) qonuni asosida g’irrom raqobatga, shu jumladan Respublika bozorlariga belgilangan talablarga javob bermaydigan tovarlarni chiqarishga yo’l qo’ymaydigan mexanizmni yaratishga ham alohida e’tibor beriladi.

Tabiiy monopoliyalarni davlat yo’li bilan tartibga solish ular mahsulot (xizmat) lariga narxlar va tariflar darajasini, shuningdek taklif etiladigan tovarlar va xizmatlar turiga doir asosiy ko’rsatkichlarni belgilashni o’z ichiga oladi.



Raqobatchilik muhitini shakllantirish maqsadida va davlatga qarashli bo’lmagan sektorni qo’llab-quvvatlash uchun tadbirkorlikni rivojlantirish fondi, kichik va o’rta biznesni rivojlantirishga ko’maklashish fondi tashkil etildi. Raqobatchilik muhitini shakllantirishga ko’plab xalqaro tashkilotlar ham faol qatnashmoqda. Respublikada raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda amalga oshirilayotgan barcha ishlar bozor iqtisodiyotini tarkib toptirishga xizmat qiladi.


Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish