28-Mavzu: Yalpi Milliy Mahsulot va uning harakat shakllari.
(2 soat maruza)
Reja:
Yalpi milliy mahsulot haqida tushuncha.
YaMM shakllari.
YaMM ga tasir etuvchi omillar.
Tayanch soz va iboralar:
Milliy iqtisodiyot, Milliy hisoblar tizimi, Milliy mahsulot, Yalpi Milliy Mahsulot, Ichki milliy mahsulot, Sof milliy mahsulot, milliy daromad, shaxsiy daromad, nominal YaMM, real YaMM, ijtimoiy farovonlik, xufyona iqtisodiyot.
Butun milliy iqtisodiyotining holatini xarakterlovchi muhim makroiqtisodiy korsatkich yalpi milliy mahsulot YaMM hisoblanadi. Bu korsatkich moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy xizmat korsatish sohalaridagi barcha xojalik birliklari iqtisodiy faoliyati pirovard natijalarini qamrab oladi.
Yalpi milliy mahsulot (YaMM) milliy xojalikda bir yil davomida vujudga keltirilgan pirovard mahsulot va xizmatlar bozor qiymatidan iborat boladi.
Demak, YaMM milliy iqtisodiyotda yil davomida ishlab chiqarilgan barcha pirovard mahsulot (xizmatlar) ning bozor qiymati. Biz bilamizki, joriy yilda ishlab chiqilgan barcha mahsulotlar sotilmasligi mumkin, ularning bir qismi zaxiralarni toldiradi. Yani YaMM hajmini hisoblab topishda zahiralarning har qanday osish hisobga olinishi zarur, chunki YaMM yordamida joriy yildagi barcha mahsulotlar (sotilgan va sotilmagan) hisobga olinadi.
Milliy ishlab chiqarishning yalpi hajmini togri hisoblab chiqish uchun, mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot va xizmatlar bir marta hisobga olinishi zarur. YaMM hajmini topishda sotilgan va qayta sotilgan mahsulotlarni kop marta hisobga olishlarni bartaraf qilish uchun, xalq xojaligining barcha tarmoqlarida yaratilgan qoshilgan qiymatlar yigindisi olinadi.
Qoshilgan qiymat bu korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatidan yetkazib beruvchilardan sotib olingan va istemol qilingan xom-ashyo va materiallar qiymati chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismining bozor qiymati.
Boshqacha aytganda qoshilgan qiymat bu korxona yalpi mahsulotidan yoki ishlab chiqargan mahsulotining bozor narxidan joriy moddiy xarajatlar chiqarib tashlangan miqdoriga teng.
YaMM yordamida milliy iqtisodiyotda tovar va xizmatlar ishlab chiqarish yillik hajmini hisoblashga harakat qilinadi. Kozlangan maqsadra erishish uchun iqtisodiyotda yil davomida amalga oshiriladigan koplab unumsiz bitimlae hisobga olinmasligi zarur. Unumsiz bitimlarning ikki asosiy turi mavjud:
1. Sof moliyaviy bitimlar.
2. Saqlanib turgan tovarlarni sotish.
Sof moliyaviy bitimlar oz navbatida uchta asosiy turga bolinadi:
a) davlat byudjetidan boladigan ijtimoiy tolovlar;
b) xususiy ijtimoiy tolovlar;
v) qimmatli qogozlarni sotish va sotib olish.
Davlat ijtimoiy tolovlari oz ichiga davlatning alohida shaxs va oilalarga beradigan ijtimoiy sugurta boyicha tolovlari, ishsizlik boyicha nafaqalar va faxriylik nafaqalarini oladi. Davlat ijtimoiy tolovlarining muhim xususiyati shundan iboratki, uning oluvchilari by tolovlarga javoban ishlab chiqarishning joriy hajmini yaratishga hech qanday hissa qoshmaydi. SHunday ekan, ularni YaMM hajmiga kiritish, shu yil uchun bu korsatkichni oshirishga olib kelgan bolar edi.
Xususiy ijtimoiy tolovlar, masalan, dorilfunun talabasining uyidan oladigan oylik yordam pullarini YaMM hajmiga kiritish ham xuddi shunday natijaga olib keladi.
Qimmatli qogozlar bilan boladigan bitimlar, masalan, aktsiya va obligatsiyalarni sotish-sotib olish hajmi ham YaMM ra kiritilmaydi. CHunki bu bitimlar togridan-togri joriy ishlab chiqarish hajmini kopaytirmaydi.
Ishlab topilgan buyumlarni sotish yohud joriy ishlab chiqarishni aks ettirmaydi, yoxud ikki marta hisobni oz ichiga oladi. Masalan, faraz qilamiz, siz 1985 yil ishlab chiqarilgan avtomashinangizni sotdingiz. YaMM hajmini aniqlashda bu bitim hisobga olinmasligi zarur, chunki u ishlab chiqarish joriy hajmining kopayishi bilan birga bormaydi. Bir necha yil oldin ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish summasini joriy yildagi YaMM hajmiga kiritish, shu yildagi ishlab chiqarish hajmining suniy oshirilishiga olib keladi.
Iqtisodiyotda yillik ishlab chiqarish hajmining korsatkichi YaMM bilan birga, uning asosida hisoblanish mumkin bolgan bir qator ozaro bogliq korsatkichlar mavjud boladiki, ular milliy iqtisodiyotning turli tumanlarini xarakterlab beradi.
YaMM korsatkichiga sof eksport (eksport va import ortasidagi farq) kiradi. Ammo turli mamlakatlarda tashqi savdo faoliyatining salmogi keskin farqlanadi. SHu sababli milliy iqtisodiyot rivojlanish darajasini xalqaro taqqoslash uchun yalpi ichki mahsulot (YaIM) korsatkichidan foydalaniladi. YaMM malum vaqt davomida (bir yilda) mamlakat hududida ishlab chiqarilgan pirovard mahsulot va xizmatlarning bozor qiymati. U barcha ishlab chiqaruvchilar qoshilgan qiymatlar yigindisi sifatida chiqadi. YaMM berilgan bolsa undan tolov balansi qoldigi (eksport va import ortasidagi farq)ni chiqarib tashlash yoli bilan YaMM aniqlanadi.
YaMM va YaM ishlab chiqarish yalpi hajmining korsatkichi sifatida bitta muhim kamchilikka ega. Ular mazkur yilda ishlab chiqarish jarayonida foydalanilgan ornini qoplash uchun zarur bolgan qiymatni ham oz ichiga oladi.
YaMMdan joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida istemol qilingan kapital qiymati yoki yillik amortizatsiya summasi ayirib tashlansa sof milliy mahsulot (SMM) korsatkichi hosil boladi. SHunday qilib, SMM amortizatsiya ajratmasi summasiga kamaytirilgan YaMM sifatida chiqadi.
SMM qiymatiga davlat tomonidan ornatiladigan egri soliqlar summasi kiradi. Egri soliqlar korxona tomonidan ornatiladigan bahoga qoshimcha hisoblanadi. Bunday soliqlar istemolchi zimmasiga tushadi va uning hisobiga ozlarining daromadining bir qismini yoqotadi. SMMdan egri soliqlar chiqarib tashlansa milliy daromad (MD) korsatkichi hosil boladi.
Resurslarni yetkazib beruvchilar nuqtai nazaridan, milliy daromad ularning joriy ishlab chiqarishda qatnashishdan olgan daromadlari summasi, korxona nuqtai nazaridan ishlab chiqarish omillari yoki resurslari bahosi korsatkichi hisoblanadi. Milliy iqtisodiyotda bu korsatkich mazkur yilda ishlab chiqarish hajmini yaratishga ketgan iqtisodiy resurslarning bozor baholarini aks ettiradi.
Amaliyotda ishlab chiqarilgan va foydalanilgan MD farqlanadi. Ishlab chiqarilgan MD bu yangidan yaratilgan tovar va xizmatlar qiymatining butun hajmi. Foydalanilgan MD bu ishlab chiqarilgan Md dan yoqotishlar (tabiiy ofatlar, saqlashdagi yoqotishlar va x.k.) va tashqi savdo qoldigi chiqarib tashlangan miqdorga teng.
Bizning omaliyotda MD istemol va jamgarish fondiga ajratiladi. Istemol fondi bu milliy daromadning jamiyat azolarining moddiy va madaniy ehtiyojlarini hamda butun jamiyat ehtyojlarini (talim, mudofaa va x.k.) qondirishni taminlashga ketadigan qismi. Jamgarish fondi bu milliy daromadning ishlab chiqarishni rivojlantirishni taminlaydigan qismi.
Milliy daromadni daromadlar barcha turlarini (amortizatsiya ajratmasi va biznesra egri soliqlardan tashqari) qoshib chiqish yoli bilan ham aniqlash mumkin.
Milliy daromadning bip qismi, jumladan ijtimoiy sugurtaga ajratmalar, korxona foydasiga soliqlar va korxonaning taqsimlanmaydigan foydasi amalda uy xojaliklari qoliga kelib tushmaydi. Aksincha, uy xojaliklari oladigan daromadning bip qismi, masalan, ijtimoiy tolovlar - ular qilgan mehnatining natijasi hisoblanmaydi.
SHaxsiy daromaddan soliqlar tolangandan keyin, uy xojaliklarining toliq tasarrufida qoladigan daromad shakllanadi.
Sooliqlar tolangandan keyingi daromad shaxsiy daromaddan shu daromad hisobidan tolanadigan soliqlar miqdorini chiqarib tashlash yoli bilan hisoblanadi.
Soliqlar tolangandan keyingi daromad uy xojaliklari eng oxirida ega boladigan daromad hisoblanib, alohida shaxs va oilalar oz tasarrufida bu daromadlarning bip qismini istemol uchun sarflaydi va boshqa qismini jamgarmaga yonaltiradi.
Yalpi milliy mahsulot korsatkichi barcha xojalik birliklari yalpi pul daromadlari, hamda barcha tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishga sarflarning umumiy miqdorini bir vaqtda aks ettiradi. Bu butun mamlakat miqyosida keng qamrovli milliy hisoblar tizimini kiritishga asos boladi.
Milliy hisoblar bu YaMM va milliy daromadni ishlab chiqarish taqsimlash hamda ulardan foydalanishni xarakterlaydigan ozaro bogliq makroiqtisodiy korsatkichlar tizimi.
Milliy hisoblarni tuzishda ikki yoqlama oquv tartibidan foydalaniladi. Bunday hisoblar xalqaro statistikada standart tizim sifatida 1953 yildan boshlab qollanila boshladi. Hozirgi davrda dunyoning 100dan oshiq mamlakatlarida mazkur tizim keng qollaniladi.
Milliy hisoblar asosini yigma balanslar tashkil qiladi. Bunga daromad va xarajatlar balansi misol bolishi mumkin. Daromadlar xojalik birliklari va aholi umumiy daromadlari (ish haqi, foyda, daromadlarning boshqa turlari, amortizatsiya) summasini aks ettiradi.
Yalpi milliy mahsulot va uni xisoblash usullari.
YaMM (YaIM) uch xil usul bilan hisoblanishi mumkin:
Birinchi usul bu YaMMni hisoblashga qoshilgan qiymatlar boyicha yondashuv. Bunda milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari boyicha yaratilgan qoshilgan qiymatlar qoshib chiqishda (YaIM tarmoq va ishlab chiqarishlar boyicha). Bu usul bilan hisoblangan YaMM (YaIM) alohida tarmoqlarning shu mahsulotini yaratishdagi rolini va hissasini aniqlash imkonini beradi.
Ikkinchi usul bu YaMM (YaIM)ni hisoblashga sarflar boyicha yondashuv. Bunda mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulot (xizmat)lar hajmini sotib olishga qilingan butun sarflar qoshib chiqiladi. Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan pirovard mahsulotlarni mamlakat ichida xojalikning uchta subekti uy xojaliklari, davlat, tadbirkorlar hamda chet ellik istemolchilar sotib olishi mumkin.
Uy xojaliklarining pirovard istemolchilik sarflari - bu kundalik tovarlarga, xizmatlarga uzoq muddat foydalaniladigan istemol buyumlariga va boshqalarga qilinadigan sarflardir.
Investitsion sarflar tadbirkorlik sektorining asosiy kapitalni yalpi jamgarishga qiladigan sarflardir.
Iinvestitsion sarflar asosan uchta qismdan iborat:
a) tadbipkorlar tomonidan mashina, uskuna va stanoklarning barcha pirovard xaridi;
b) barcha qurilishlar;
v) zaxiralarning ozgarishi.
Birinchi guruh elementlarning investitsiyalar tarkibiga kiritilish sababi aniq, lekin keyingi element (qurilish)ning kiritilishi ayrim tushuntirishlarni taqozo qiladi. Oz-ozidan aniqki, yangi fabrika, ombor qurilishi investitsiyalar shakli hisoblanadi. Lekin garb milliy hisobotida uy-joy qurilishi ham investitsiya kategoriyasiga kiritiladi. Kop kvartirali turar joy uylari ham fabrika va zavodlar kabi daromad keltiruvchi aktivlar hisoblanishi dalil qilib keltiriladi. Bundan tashqari, ijaraga topshirilgan va mulkdor tomonidan egallagan yashash uylari hatto ijaraga topshirilmagan holda ham investitsion tovarlarga kiritiladi.
YaMM tarkibiga zahiralarining kopayishi, yani ishlab chiqarilgan, lekin mazkur yilda sotilmagan barcha mahsulotlar kiritiladi. Boshqacha aytganda YaMM oz ichiga yil davomidari zaxiralar va ehtiyotlar barcha osishining bozor qiymatini oladi. Korxona ombor va peshtaxtalarida yil oxirida, yil boshida bolganga nisbatan koproq tovarlar toplanib qolsa, by iqtisodiyotda mazkur yil davomida istemolga keragidan koproq mahsulot ishlab chiqarganligini bildiradi. Zaxiralarning bu osishi YaMMra joriy ishlab chiqarish hajmi korsatkichi sifatida qoshiladi.
Zaxiralar kamayganda, u YaMM hajmidan chiqarilishi zarur. Zahiralarning kamayishi yil davomida milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilgandan koproq mahsulot sotilganlirini bildiradi. Boshqacha aytganda jamiyat mazkur yilda ishlab chiqarilgan barcha mahsulotni va bunga qoshimcha oldingi yillardan qolgan zaxiralarning bip qismini istemol qilgan boladi.
Qoldan qolga otgan qimmatli qogozlar va mavjud aktivlarning qayta sotilishi investitsiyalarga kirmaydi. CHunki by bitim oldin mavjud bolgan aktivlarga mulkchilik huquqining bir kishidan boshqasiga otganligini bildiradi.
Milliy hisoblar tizimida YaMMni hisoblashda yalpi, xususiy va ichki investitsiyalar tushunchasidan foydalaniladi. Xususiy va ichki investitsiyalar mos ravishda xususiy va milliy kompaniyalar amalga oshiradigan investitsion sarflarni bildiradi. Yalpi investitsiyalar oz ichiga joriy yilda ishlab chiqarish jarayonida istemol qilingan mashina, uskuna va qurilmalarning ornini qoplash uchun moljallangan barcha investitsion tovarlar ishlab chiqarishni, hamda iqtisodiyotda kapital hajmiga har qanday sof qoshimchalarni oladi. Yalpi investitsiyalar mohiyatiga kora istemol qilingan kapitalni qoplash summasini va investitsiyalarning osgan qismidan iborat boladi. Boshqa tomondan sof xususiy ichki investitsiyalar tushunchasi joriy yil davomida qoshilgan investitsion tovarlar summasini xapakterlash uchun ishlatiladi. Yalpi investitsiyalar va amortizatsiya (shu yili ishlab chiqarish jarayonida istemol qilingan kapital hajmi optasidagi nicbat, iqtisodiyot yuksalish, turgunlik yoki tanazzul holatida joylashganligini xapakteplab bepuvchi korsatkich (indikator) hisoblanadi.
YaMM (YaIM)ni daromadlar boyicha hisoblash uy xojaliklari, korxona va davlat muassasalarining dastlabki, yani ham taqsimlangan daromadlarini mehnat haqi va yalpi foyda (renta, ssuda va bank fondi, tadbirkorlik foydasi va x.k.) ajratish mumkin. YaMM (YaIM)ni mazkur usul boyicha hisoblashda daromadlarning barcha toifasiga mablaglarni taqsimlashning daromad toplash bilan bogliq bolmagan ikki turi; istemol qilingan kapital ajratmalar (amortizatsiya ajratmasi) va biznesga egri soliqlar ham qoshiladi.
Nominal va real yalpi milliy mahsulot va ijtimoiy farovonlik. YaMM yil davomida ishlab chiqarilgan barcha pirovard tovarlar va xizmatlarning bozor qiymati yoki boshqacha aytganda bozor bahosi hisoblanadi. Baho ishlab chiqarish umumiy hajmining har xil elementlarini yagona umumiy asosga keltirishning eng keng tarqalgan korsatkichi sifatida foydalaniladi. Har xil yillarda ishlab chiqarilgan YaMM qiymatini faqat baho ozrarmagan taqdirda ozaro taqqoslash mumkin boladi. Bundan tashqari baho darajasi bizga iqtisodiyotda inflyatsiya (baho darajasining osishi) yoki deflyatsiya (baho darajasining kamayishi) orin tutganligini va uning miqyosi qandayligini bilish imkonini beradi.
Nominal YaMM shu mahsulot ishlab chiqarilgan davrda amal qilib turgan baholarda ifodalangan ishlab chiqarish hajmini bildiradi.
YaMM bip vaqtning ozida ham ishlab chiqarilgan tovarlar miqdorining ozgarishini, ham baho darajasining ozgarishini aks ettiradi.
By shuni bildiradiki, YaMM miqdoriga butun mahsulot jismoniy hajmining va baho darajasining ozgarishi tasir korsatadi. Ammo kishilarning turmush darajasi birinchi navbatda baholarga emas, balki ishlab chiqarilgan va alohida shaxs hamda oilalarning qoliga kelib tushgan tovarlar miqdoriga bogliq.
YaMM korsatkichini hisoblashda biz shunday vaziyatga toqnash kelamizki, har xil yillar uchun hisobot toplamlaridan YaMM haqidagi malumotlarni olib, qaysidir yilda nominal YaMM ning kopayishi qandaydir darajada bir tomondan ishlab chiqarish hajmining ozgarishi va boshqa tomondan bahoning ozgarishi hisobiga roy berganligini aytib bera olmaymiz. Muammo shundan iboratki, YaMMning qiymat korsatkichini mahsulot jismoniy hajmining ozgarishini (baholarning emas) ozida aniq aks ettiradigan qilib tuzatish taqozo qilinadi. Bu qiyinchiliklarni bartaraf qilish usuli quyidagidan iborat: bahoning osishini hisobga olib YaMM jismoniy korsatkichini qisqartirish va aksincha baho tushganda uni oshirish.
Korsatilgan tuzatish, bizga, har xil yillarda baholar va pul bipligining kursi ozgarmay qolganda YaMM hajmi haqida tasavvurga ega bolish imkonini beradi. Joriy baholarda va pulning joriy kurslari boyicha hisoblangan YaMM nominal YaMM deyiladi. Inflyatsiya (baholarning oshishi) yoki deflyatsiya (baholarning tushishi)ni hisobga olib, pulning ozgarmas kurslarida hisoblangan YaMM real YaMM deyiladi.
Joriy yildagi nominal YaMMni real YaMMra aylantirishning ancha oddiy va togridan togri usuli nominal YaMMni baho indeksiga bolishdir. By quyidagi korinishni oladi:
Nominal YaMM / Baho indeksi q real YaMM,
Xulosa qilib aytish mumkinki, real YaMM korsatkichi yordamida har xil yillardagi ishlab chiqarish umumiy qiymati hisoblanib, ozaro taqqoslanadi. Real YaMM doimiy baholarda hisoblanishi tufayli, nominal YaMMra qaraganda iqtisodiyot real hajmining ozgarishi ancha aniq xapakterlab beradi.
YaMM (YaIM)ni hisoblashda har ikkala soha, moddiy va nomoddiy ishlab chiqarishning natijalari hisobga olinsada, u ijtimoiy faravonlikni toliq xarakterlab berolmaydi. Bu YaMM korsatkichida bir qator holatlarni va faoliyat natijalarini hisobga olish mumkin emasligi bilan izohlanadi. Bular jumlasiga quyidagilar kiradi:
- uy bekalarining uy-rozgor xojaligida va qishloq xojalik xodimlarining tomorqa xojaligida bajargan ishlari;
- intellektual soha xodimlari (olimlar, ilmiy xodimlar) ning tayyor mahsulot shaklida ifodalanmagan ishlari;
- barter ayirboshlashlar;
- ish vaqti (kunlari)ning qisqarishi va bosh vaqtning oshib borishi;
- mahsulot va xizmatlar sifatiy tavsifining yaxshilanishi;
- yalpi mahsulot tarkibi va taqsimlanish tartibining ozgarishi;
- aholi jon boshiga mahsulot ishlab chiqarishning ozgarishi;
- xufyona iqtisodiyot daromadlari.
Inflyatsiya darajasi qanchalik katta va soliqlar yuqori bolsa, shaxslar qolidagi real daromad shunchalik kamayadi, by ularning naqd pul yoki natural tovar ayirboshlash orqali daromad olishga qiziqishini oshiradi. Xufyona iqtisodiyot miqyosi haqida rasmiy malumotlar bolmasada, kopchilik baholashlar uning hajmi YaMMning 5-15% ni, ayrim mamlakatlarda 30-40% ni tashkil qilishini korsatadi. Bundan tashqari hufyona iqtisodiyot rasmiy iqtisodiyotdan tezroq osib borishini tasdiqlashga dalillar ham bor. Nihoyat, aholining qancha qismi yashirin iqtisodiyot yoki faoliyatga jalb qilingan bolsa, daromadning shuncha qismi soliq hujjatlaridan yashiriladi, by ishsizlikka taalluqli rasmiy hisobot malumotlarining oshirilib korsatilishiga olib keladi. Xufyona iqtisodiyot va yashirin faoliyat natijalari YaMMda hisobga olinmaydi va demak uning real hajmini kamaytiradi.
Bundan tashqari YaMM (YaIM)ga tasir korsatuvchi shunday omillar ham mavjudki ularning tasiri natijasida ishlab chiqarish hajmining kopayishi jamiyat farovonligining oshishiga olib kelmasligi mumkin. Masalan, YaMM ishlab chiqarish va uning osishi, atrof muhitga salbiy tasir korsatish bilan birga boradi. Bu havo va suvning ifloslanishi, shovqin, zararli chiqitlar hamda atrof muhit buzilishining boshqa turlaridir. Oz-ozidan aniqki, atrof muhitning ifloslanishi bilan bogliq chiqimlar iqtisodiy farovonlikka salbiy tasir korsatadi. YaMMni ishlab chiqarish bilan bogliq atrof muhitning ifloslanishini bartaraf qilishga ketadigan chiqimlar hozirgi vaqtda yalpi ishlab chiqarish hajmidan chiqarilmaydi va shunday qilib YaMM moddiy fapavonlik darajasini oshirib korsatadi. YaMM hajmi qanchalik katta bolsa, atrof muhitning ifloslanishi va YaMM miqyosining oshirib korsatilishi shunchalik yuqori boladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |