27-Mavzu: Agrar munosabatlar va agrobiznes
(2 soat seminar)
Reja:
1. Agrar munosabatlarning mazmuni, evolyutsiyasi. Qishloq hojaligida bozor qiymatining tashkil topishi.
2. Renta munosabatlari. Differentsial, absolyut, monopol renta.
3. Qishloq hojaligida xo'jalik yuritish shakllari va yerga mulkchilik.
4. Fermer xo'jaliklari va ularning iqtisodiy taraqqiyotdagi roli.
Tayanch soz va iboralar:
Agrar munosabatlar, qishloq hojaligi, renta, renta munosabatlari, differentsial, absolyut, monopol renta munosabatlari, agrobiznes va uning turlari. fermer xojaligi, dehqon hojaligi.
Agrar munosabatlar iqtisodiy munosabatlarning eng qadimiy shakli, chunki insonning iqtisodiy faoliyati yerni ishlashdan boshlangan. Bozor tizimi agrar munosabatlarga yangicha mazmun beradi. Yerning tovarga aylanishi, yerga xilma xil mulkchilikning paydo bo'lishi, yerning tadbirkorlik ob'ekti bo'lishi, yerning garovga qo'yilishi, nihoyat yer uchun pul shaklida renta undirilishi agrobiznesning maxsus faoliyat turiga aylanishi bozor tizimi bilan bog'liq. Agrar munosabatlarning ob'ekti bo'lmish yer, maxsus resurs bo'lganidan uning xususida ham ozigagina xos bo'lgan iqtisodiy aloqalar kelib chiqadi. Yer har qanday ishlab chiqarishning umumiy sharti. Yerdan tashqari ishlab chiqarishning bo'lishi mumkin emas. Insoniyat xali koinot makonida ishlab chiqarishni uyushtirganicha yo'q. Yerda qishloq hojaligi yuritiladi, sanoat, qurilish korxonalari joylashadi, yer ustidan va ostidan yo'llar o'tadi, yer qa'rida qazilma boyliklar joylashgan, yerda o'rmon hojaligi yuritiladi, turar - joy va madaniy - maishiy binolar qad ko'taradi va xakazo. SHu sababli har qanday iqtisodiy faoliyat ma'lum darajada yer bilan bog'langan deb aytamiz. Qishloq hojaligi uchun yer asosiy ishlab chiqarish omili vazifasini o'taydi. Ma'lumki, qishloq hojaligidagi ishlab chiqarish ikki yoqlama harakterga ega: birinchidan, iqtisodiy jarayon bo'lsa, inson mehnati natijasida yuz bersa, ikkinchidan, tabiiy- biologik jarayon bo'lib, maxsulot yetishtirish tabiiy omillarga, masalan: o'simlik yoki xayvonlarda kechadigan biologik o'zgarishilarga, iqlim sharoitiga, ob- xavoning qanday kelishiga, tuproqning tabiiy xossalariga bogliq. Qishloq hojaligi insonning tabiatga bolgan munosabati bilan kishilarni ozaro munosabatlari yaxlitlikda borishini talab qiladi va iqtisodiyotning agrar sektorini tashkil etadi. Bu soxada asosiy resurs yer bolib, u hech bir tengi yoq, tanxo oziga xos xususiyatlarga ega. Ammo u eng cheklangan resurs, uni mehnat bilan yaratib bolmaydi. Kopgina resurslar bir - birining ornini bosa oladi. Masalan; mehnat resursini mashina bilan almashtirish mumkin, yerning ornini esa hech bir resurs bosa olmaydi, shu jixatdan u ota noyob va asosiy resurs xisoblanadi. Uning asosiyligi shundaki, yer boshqa resursga qoshimcha sharoitda amal qilmaydi. Masalan; sanoatda stanoklarga qoishimcha resurs sifatida kompyuter va uning programmalari qollanadi. Yerni boshqa resurs bilan almashtirib ham bolmaydi, ammo uning muqobil ishlatish usullari g’oyat kop boladi. SHuning uchun yerga talab muttasil oshib boradi. Bu talab yer bilan bogliq bolgan ishlab chiqarishning kengayishi va uning unumdorligiga qarab ozgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |