Talab va taklif muvozanati. Talab va taklif bozorning ikki tomoni sifatida har hil omillar tasirida ozgarib turadi, ularning boglanishi narx orqali yuz beradi. Talab va taklifning mos kelishi bozor iqtisodiyotini eng muxim talabidir. Chunki faqat shunday sharoitda iqtisodiy osish yuz beradi. Har bir haridor muayyan pul sommasiga koproq va sifatliroq tovarlar sotib olishga, yani mumkin qadar arzon sotib olishga intiladi. Sotuvchi esa, bonga teskari maqsad qoyadi: u oz tovarini mumkin qadar qimmatga sotishga intiladi. Shunga kora bozorda sotuvchi narxi va sotib oluvchi narxi mavjud boladi. Ammo, sotib olish va sotishdan olishdan iborat har qanday faoliyat sotuvchi bilan sotib oluvchi ortasidagi bitim natijasi bolmish bitta narx boyicha amalga oshiradi.
Talab va taklifning ozaro kelishuv asosida muvozanat narxni paydo bolishini 3-jadval misolida korib chiqamiz.
3-jadval.
Kartoshka bozor taklifi va talabi. Taklifning haftalik 1 kg narxi som Talabning xaftalik Oshiqcha (+)
umumiy miqdori umumiy miqdori yoki kam ()
12000 100 2000 +10000
10000 70 4000 +6000
7000 40 7000 0
4000 20 1000 -3000
1000 10 16000 -15000
3-jadvalning 1 - va 2-qatorida kartoshkaning bozor taklifi keltirilgan, 2- pa 3-qatorida esa kartoshkaning bozor talabi berilgan. 2-qatorda turli narxlar korsatilgan. Ortada raqobat bor deb faraz qilamiz, yani bozorda kop sonli sotuvchilar va oluvchilar qatnashadi. Bu yerda bir savolga javob topishimiz kerak: oldimizda kartoshkani bozorda sotilishi mumkin bolgan imkoniyatdagi 5 ta narx turibdi, Shulardan qaysi biri haqiqatdan ham kartoshkaning bozor narxi deb tan olinadi? Bu savolga javob topish uchun 3-jadvalni oddiygina tahlil etamiz. Avvalo 100 som narx kartoshkaning bozor narxi bola oladimi? Aqillik bilan, yoq deb javob beramiz. Negaki ishlab chiqaruvchilar kartoshka narxi 100 som bolsa, u mahsulotdan 12000 kg ishlab chiqib, bozorda sotish uchun olib chiqishlari mumkinligini izxor etadilar. Sotib oluvchilar esa, bu narxda xaftasiga faqat 2000 kg kartoshka sotib olishlari mumkinligini bildiradilar. Boshqacha qilib aytganda, 100 som narx ishlab chiqaruvchilarni koproq kartoshka ishlab chiqarishga undaydi. Sotib oluvchilarni esa, bu baland baho taklif etilayotgan miqdordagi kartoshkani tolaligicha sotib olish xoxishini sondiradi. Kartoshka narxi yuqori bolganidan, istemolchilarnimg kopi kartoshka orniga arzonroq boshqa orinbosar mahsulotlarni sotib oladilar. Buning natijasida bozorda 10000 kg kartoshka sot ilmay qoladi yoki kartoshka ortiqchaligi vujudga keladi. Goyoki 100 som narxda taklif miqdori talab miqdoridan oshib ketgandek boladi. Dehqonlar hlida ushbu maxsulotning keraksiz zaxirasi vujudga keladi. Shunday ekan 100 som narx bozorda uzoq vaqt amal qila olmaydi. Katta miqdordagi kartoshka ortiqchaligi raqobat olib borayotgan ishlab chiqaruvchilarni narxni pasaytirishga majbur etadi. Faqat shu yol bilangina ular istemolchilarni kartoshkani koproqdan sotib olishlariga qiziqtirishlari mumkin. Narx 70 somgacha pasaytiriladi. Endi holat sezilarli ozgaradi. Pastroq narx sotib oluvchilarni bozordan koproq kartoshka sotib olishlariga imkon beradi, Shu bilan bir vaqtda ishlab chiqaruvchilarning kartoshka ishlab chiqarishlarini qisqartirishlarni taminlaydi. Natijada kartoshka ortiqchaligi 6000 kg gacha ozaydi. Lekin taklif ortiqligi yana bolyapdi. Sotuvchilar ortasidagi raqobat narxi yana ham tushiradi. Binobarin, 100 som narx va 70 som narx beqaror narxlar ekan, chunki ular «ota baland» kartoshkaning narxi 70 somdan pastroq bolishi kerak. Bozor narxini shakllanishida talabning roli qanday ekan? Bu savolga javob topish uchun 3-jadvalning narxlar qatorini oxiridan tahlilni boshlaydi. Tasavvur qilaylik kartoshkani bolishi mumkin bolgan bozor narxi 10 som bolsin. Bonday narxda kartoshka miqdori 16000 kg talab va taklif ortasidagi farq, 15000 kg bolyapdi, yani taklifga nisbatan talabning miqori 15000 kg oshiq bolyapdi. Nisbatan past narx kartoshka ishlab chiqaruvchilarning xafsalasini pir qiladi. Ular oz resurslarini malum qismini kartoshka ishlab chiqarishdan olib boshqa sohaga yollaydilar. Xuddi shu narx istemolchilarni balandroq narxda sotib olishlarini moljallaganlariga qaraganda koproq kartoshka sotib olishlariga undaydi. Natijada ortiqcha talab vujudga keladi. 10 som narx bozorda uzoq vaqt amal qilmaydi. Juda kop sotib oluvchilarga kartoshka etmay qolganligi uchun raqobat tasirida narx 10 somdan 20 somgacha oshiriladi. Kop istemolchilar kartoshkasiz qolganlaridan kora har bir kg kartoshkaga 20 som tolashga rozi boladilar. 20 som narx kartoshka etishmasligini ancha qisqartiradi, ammo butonlay yoqota olmaydi. 20 som narxda dehqonlar oz resurslarini ishlab chiqarishda yollashga tayyorligini bildiradi. Sotib oluvchilarni bir qismi esa 20 som narxda kartoshka sotib olishdan qaytadi, kartoshka orniga ondan arzonroq boshqa mahsulotlarni sotib olishadi. 20 som narxda 3000 kg kartoshka yetishmasligi bolyapdi. Sotib oluvchilar ortasidagi raqobat kartoshka narxini 20 somlik darajada balandroqqa kotarishni talab qiladi. Biz sinab kormagan 40 som narx qoladi. Endi shu narxni korib chiqaylik. Jadvaldan korinib turibdiki, xudi Shu narxda taklifning xaftalik umumiy miqdori bilan talabning xaftalik umumiy miqdori teng kelyapti. Buning natijasida bozorda mahsulot ortiqchaligi ham, mahsulot etishmasligi ham bolyapdi. Korib otdikki, mahsulot ortiqchaligi narxni pastga qarab itaradi, mahsulot yetishmasligi esa, narxni yuqoriga kotaradi. Oz ozidan korinib turibdiki, 40 som narxda ortiqchalik ham, etishmaslik ham bolmaganidan, bu narxning ozgarishiga xojat yoq. Talab va taklifni tenglashtiruvchi narxni iqtisodchilar bozor narxi yoki muvozanat narx deb atashadi. Muvozanat narxi ishlab chiqaruvchilarning sotish xaqidagi qarori va istemolchilarning sotib olish xaqidagi qarori ozaro muvofiqlashuvi faqat 40 som narxda yuz beryapti.