Talab harakatining chizma ifodasi. Tovar narxi va talab miqdori ortasida teskari aloqa borligini bilib oldik. Bonday teskari aloqani chizmadagi ifodasi talab harakati mazmunini yanada chuqurroq ochib beradi. Vertikal oqda narx, gorizontal oqda talab miqdori ifodalanadi deb olamiz. 1-jadvalda berilgan «narx-talab miqdori» korsatkichlarini chizmaga joylashtiramiz.
O | 10 20 30 40 50 60 70 80 90 100
1-rasm. Uzumga yakka talab chizmasi.
Jadvalda yakka haridorning 1 kg uzumni 6 holatda narxidagi xaftalik talab miqdori tasvirlangan. 1 kg uzum narxi 100 som bolganda haridorning xaftalik uzumga talabi 10 kg, 80 som bolsa 20 kg, 60 som bolsa 35 kg, 40 som bolsa 55 kg, 10 som bolsa 100 kg bolar ekan. Narx va talab miqdoridan perpendikulyar otkazilsa, ular malum nuqtalarda kesishadi. Har bir nuqta aniq narxni va ushbu narxda istemolchi sotib olishga qaror qilgan uzum miqdorini ifodalaydi. Nuqtalar bir-birlari bilan birlashtirilsa, AA talab chizmasi hosil boladi. Chizmaga nazar solsak, u pastga va ong tomonga qarab egilib borganini koramiz. Chonki narx va talab miqdori ortasida teskari aloqa bor. Haridorlar narx past bolganda yuqori narxlardagiga qaraganda koproq miqdordagi mahsulotni sotib oladilar. Narx pasayib borgan sari talab miqdori ortib boradi. Va aksincha, narx yuqorilab borgan sari talab miqdori kamayib boradi. Bu jarayon ongdan chapga pasayib holi chapdan ongga kotarilib boruvchi talab chizmasida aniq, ifodasini topdi. Keltirilgan misol va chizmada sotib olinadigan har qanday tovar miqdorini omili narx deb oldik. Aslini olganda sotib olishga tasir etishi mumkni bolgan va haqiqatdan ham tasir etuvchi boshqa omillar ham bor. AA talab chizmasini tuzishda «boshqa shart-sharoitlar teng», yani talab miqdoriga tasir etuvchi narxsiz omillar ozgarmas, deb faraz qilindi. Lekin talabning narxsiz omillari xaqiqatdan ozgaradigan bolsa, talab chizmasi xolati ozgaradi, u onga, holi chapga siljiydi. Bozor talabiga narxsiz tasir etuvchi omillarga quyidagilar kiradi:
1. Istemolchilar didi yoki afzal korishi;
2. Bozorda istemolchilar soni;
3. Istemolchilarning pul daromadi;
4. Orinbosar va bir biriga bogliq bolgan tovarlar;
5. Kelgusi narx va daromadlar boyicha kutilayotgan ozgarishlar.
Qayd etilgan talab qonunlarining birida yoki bir nechtasida ozgarish bolsa nima boladi? Oz-ozidan malumki, bonday jarayon yuz bersa, istemolchilarning bozorda amalda bolgan narxlarning har birida sotib olishi mumkin bolgan holi sotib olishga qodir muayyan tovarlar miqdori gol kopayib ketadi, gol ozayib ketadi, boshqacha aytganda talabning kopayishi holi talabning kamayishi yuz beradi. Talabning kopayishi talab chizmasini onga, yani A dan A1 ga siljishida oz ifodasini topadi, va aksincha talabning kamayishi talab chizmasini chapga, yani A dan A2 ga siljishiga olib boradi (2-rasm).
Endi yuqorida korsatib otilgan narxdan boshqa omillarning har birini talabga tasirini korib chiqishga harakat qilamiz.
Uzumga bolgan talabning ozgarishi.
1) Iste'molchilar didi. Reklama yoki modani ozgarishi tufayli muayyan mahsulotga nisbatan istemolchilarning qulay did yoki afzallik berish shakllansa, narxda talab oshadi va talab chizmasi ongga siljiydi.
Ayrim mahsulotlarga nisbatan istemolchilar didida noqulay ozgarishning yuz berishi talabni ozaytiradi va talab chizigini chapga siljitadi. Masalan palto, plash va kurtkalarni bozorda paydo bolishi va istemolchilarda ularga nisbatan qiziqish uygonishi, milliy ton va choponlarga talabni keskin qisqartiradi. Kompakt-disklarni vujudga kelishi esa, plastinkalarga bolgan talabni kamaytirdi va hokazolar.
2) Istemolchilar soni. Ozbekiston aholisining deyarli yarmidan koprogi qoshiladilar. Ularning soni yildan yilga kopayib bormoqda. Shunga muvofiq ravishda, godaklar, bolalar, osmirlar va qariyalar bosh mahsulotlarga: oziq-ovqatga, kiyim-kechakka, maktab va boshqa oquv yurtlariga, oquv qurollariga, adabiyotlariga talab oshyapti. Aholining tabiiy kopayishi tobora kamayib borayotgan qator Evropa davlatlarida esa bu mahsulotlarga talab ozayib boryapti.
3) Iste'molchilar daromadi. Aholiga pul daromadlaridagi ozgarishlar talabga tasiri murakkabroq kechadi. Pul daromadlarining oshuvi kop tovarlarga nisbatan talabni oshiradi. Daromadlar osha borgan sari koproq gosht, meva-cheva, shirinliklar, ichimliklar sotib oladi. Va aksincha, aholi daromadlari kamayib borsa, bonday mahsulotlarga talab qisqaradi. Aholining pul daromadlari oshib borgan sari, ularning narxi qimmatroq, sifatliroq, tovarlarga talabi oshadi. Korimsizroq kiyim-kechaklarga, poyafzallarga, korimsizroq avtomobillarga, radio, televizorlarga talabi kamayadi. Pul daromadlari oshib boruvchi tovarlarni yuqori kategoriyali holi normal tovarlar deb ataladi. Daromadlar kopaysa talab kamayadigan, daromadlar kamaysa, talab kopayadigan tovarlar (oddiy kiyim kechaklar, oddiy poyafzallar, oddiy idish tovoqlar va.h. k.) quyi kategoriyalardagi tovarlar deyiladi.
4) Orinbosar hamda bir-biriga bog’liq narx. Talabning ozgarishiga orinbosar tovarlarning bolishi yoki bolmasligi ham tasir qiladi. Agar muayyan tovarning orinbosarlari kop bolsa samolyoltda chipta bahosi juda oshib ketsa, posajirlar chiptasi arzonroq, qol poezdni, qol avtomobilni, qol kemani afzal koradilar, narx boyicha onga bolgan talab ozgaruvchan va aksincha kerakli orinbosar tovarlarga (ekin ekiladigan er, birinchi xolatiy extiyoj tovarlari asosiy oquv qoyilmalari) ega bolmasa, narx boyicha talab noozgaroyvchan boladi. Buni misollarda korib chiqamiz. Tufliga bolgan narx oshib ketsa, istemolchilar uni kamroq sotib oladilar, arzon baholi shippak va kalishlarga talab oshib ketadi. Va aksincha, tufli narxi pasaysa, istemolchilar koproq pullarini koproq tufli sotib olishga sarflashadi, shunga muvofiq ravishda shippak va kalishga bolgan talab qisqarib ketadi. Qisqasi ikkita tovar bir birini ornini bossa, ulardan birini narxi bilan boshqasiga talab ortasida turli aloqadorlik bor. Non, tuz, guruch kabi mahsulotlar yashash uchun juda zarar mahsulotlardir. Ularning narxi oshib ketgan chogda ham, pasayib ketgan chogda ham ularga bolgan talabda sezilarli ozgarish bolmaydi. Shunga kora talab chizmasining ogishida ham ozgarish kam boladi. Shunday tovarlar guruxi borki, ular bir-birlarini toldiruvchi hisoblanib, birga «odimlaydi»lar. Ularga talab bir vaqtda qoyiladi, borlangan talabga ega.
Masalan, ormon mahsulotlari narxining past bolishi, uy-joy qurulishda ishlatiladigan shagal, tsement, gisht, mix, oxak, kraska, elektr tushirish hvositalari kabi mahsulotlarga talabni oshiradi. Ormon mahsulotlari narxining osishi esa, bu mahsulotlarga bolgan talabni kamaytiradi. Binobarin, qolyogoch taxta va boshqa kurilish materiallariga bolgan talab bir-biriga bogliq, ular bir-birlarini toldiradilar. Ikkita tovar bir-birini toldiruvchi hisoblansa, ulardan birining narxi bilan ikkinchisiga talab ortasida teskari bogliqdik bor. Odatda, juda kop juft tovarlar ozaro boglangan tovarlar bola olmaydilar. Ular mustaqil bir-birlari bilan xech qanday bogliqligi yoq tovarlar hisoblanadilar. Bolta va tesha, koylak va paxta, bolalar uyinchogi va tokar dasgohi, tsement va televizor kabilardan birining narxini ozgarishi ikkinchisiga bolgan talabga xech tasir etmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |