Takrorlash uchun savollar:
1. Oila xojalik yuritish shakliga kiradimi?
2. Dehqon xojaligiga tarif bering.
3. Fermer xojaligiga tarif bering.
4. Dehqon xojaligi bilan fermer xojaligining qanday farqlari bor?
5. Ijtimoiy - iqtisodiy tizimlarning moxiyati va umumiy belgilari.
6. Ijtimoiy - iqtisodiy tizim turlari va ularni farqlantiruvchi mezonlar.
7. Ijtimoiy iqtisodiy tizimlarning xususiyatlari.
8. Aralash iqtisodiyot va uning kop ukladli iqtisodiyot ekanligi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
I.A.Karimov. Iqtisodyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish eng muhim vazifamiz.Ozbekiston ovozi. 2000, 15 fevral
M. Rasulov Bozor iqtisodiyoti asoslari. T. 1999 y.
SH.SHodmonov Iqtisodiyot asoslari va nazariyasi. T. 2000
Sh.Shodmonov, R.Alimov, T. Jorayej Iqtisodiyot asoslari va nazariyasi T-Moliya-2002.
Bozor iqtisodiyoti nazariyasi va amaliyoti Ozbekiston 2004 yilgacha
S.G'ulomov,M.Sharifxo'jayev. "Bozor iqtisodoyoti nazariyasi va amaliyoti T. O'qituvchi 2000 y
M.Ikromov, D.Ibragimova Tadbirkorlikka oid qonun xujjatlar 1,2,3,14 T-2002y
O.Abdullayev. "Makro-mikro iqtisodoyot asoslari" T.Cho'lpon 2004 y
T. Ergasheva "Bozor iqtisodiyoti" T. O'qituvchi 2005 y
G. Nazarova "Jahon iqtisodiyoti' T.Ilm-Ziyo 2005 y
10-Mavzu: Iqtisodiy osish va milliy boylik.
(2 soat maruza)
Reja:
1. Iqtisodiy osish nima?
2. Ekstensiv iqtisodiy osish.
3. Intensiv iqtisodiy osish.
4. Ozbekiston iqtisodiyotining osish suratlari.
5. Milliy boylik nima?
6. Milliy boylik va uni qadrlash.
Tayanch soz va iboralar:
Barqarorlashtirish siyosati, iqtisodiy osish, intensiv, ekstensiv, mikroiqtisodiy osish, makroiqtisodiy osish, resurslar salohiyati, milliy boylik, moddiy zahira, milliy boylikni qadrlash.
Jamiyat taraqqiyoti, uning sifati iqtisodiy osishga bogliqdir. Iqtisodiy osish ijtimoiy mahsulotning (yalpi milliy mahsulotning) hamda uni ishlab chiqarish omillarining miqdor va sifat jihatdan ozgarishi, kopayib borishi, ortishidir.
Iqtisodiy o’sish jamg’arishning asosiy manbai bo’lmish foydaning ko’payishiga turtki beradi va bu bilan o’ziga o’zi yo’l ochadi. Demak, iqtisodiy osish va jamgarish bir-biri bilan dialektik bogliqlikdagi iqtisodiy jarayonlardir.
Iqtisodiy amaliyot osishning ikki tipi ikki yoli borligini tasdiqlaydi. Ularning birinchisi ekstensiv osish tipidir. Bu yol bilan nematlarning kopayishiga avvalgi texnikaviy baza va boshqa shart-sharoitlar ozgarmagan holda ishlab chiqarish omillarining kopayishi (koproq xom ashyo, odam resurslari, moliyaviy mablaglar) evaziga erishiladi. Intensiv osish tipi osishni ishlab chiqarish omillarining sifat jihatdan yaxshilanishi, tejamli texnologiya qollanilishi, malakaliroq, ishchi kuchi ishlatilishi, korxonadagi ishlab chiqarish quvvatlaridan, imkoniyatlardan unumliroq foydalanish hisobiga tahminlaydi. Boshqacha aytganda, yalpi milliy mahsulotni kopaytirish (natijani orttirish) uchun qoshimcha quvvatlarni, qoshimcha ishchi kuchini safarbar qilish shart emas. Intensiv osish zamirida hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti va uning yutuqlaridan foydalanish darajasi yotadi.
Iqtisodiy hayot yana shuni tasdiqlaydiki, intensiv va ekstensiv iqtisodiy osish tiplari mutlaq alohidalikka ega emas, ular bir-biri bilan bogliq, yonma-yon namoyon boladi. Faqat u yoki bu sharoitda ulardan biri ustuvorlik qiladi. Masalan, bizning fan-texnika inqilobi davrimizda intensiv osish ustuvorlik qiladi.
Ozbekistonning bugungi sharoitida iqtisodiy osishning ikki tipi qanday nisbatlarda amal qilmoqda?
Ozbekiston mehnat resurslariga boy mamlakat. Bu hol iqtisodiy osish tiplari ortasidagi nisbatga jahondagi darajaga nisbatan oziga xoslik bagishlaydi.
Ozbekistonda bozor munosabatlariga asoslangan jamiyat qurishga kirishilgan hozirgi sharoitda koproq ish kuchi talab qiladigan tarmoqlar va korxonalar (Orta va kichik ishlab chiqarish)ni rivojlantirish kuchliroq namoyon bolmoqda. Bizda intensiv va ekstensiv osishni boglab olib borish, ekstensiv osishga ustuvorlik berish xususiyati mavjud. Biroq, bu ozoq muddatli iqtisodiy siyosat bolmay, davr va sharoit taqozosidir.
Umumiy taraqqiyot nuqtai nazaridan qaraganda, intensiv osish afzalroq va istiqbollidir. CHunki resurslar, xom ashyolar, mehnat resurslari tobora kamayib bormoqda. Bunday sharoitda esa cheklanib borayotgan bunday resurslarni tejash, kamroq istemol qilish orqali iqtiosdiy osishga erishish har bir mamlakat uchun tarixiy zaruratdir.
Intensiv osish tipining quyidagi afzalliklarini qayd etib otish mumkin: 1) mahsulot (tovar)ga kam harajat sarflanadi; 2) mahsulot sifati ortadi; 3)oraliq mahsulot hajmi kamayadi; 4) pirovard mahsulot (sof mahsulot) hajmi ortadi; 5) aholi turmush darajasi kotariladi; 6) mahsulotlar (tovarlar) jahon avdozalariga yaqinlashadi.Mana shu afzalliklar tufayli barcha korxonalar intensiv ishlab chiqarishni yolga qoyishga harakat qiladilar.
Jamgarish jarayoni boshqariladimi?
Jamgarish juda chuqur ijtimoiy-iqtisodiy jarayon bolganligi uchun boshqarilib turilishi lozim, aks holda ortiqcha ishlab chiqarish, goh iqtisodiy taqchillik korinishlarida iqtisodiy inqiroz sodir bolishi mumkin. Masalan, industrial mamlakatlarda qishloq xojaligi ham yuksak rivojlangan boladi, aholi ehtiyojlaridan, harid quvvatidan ortiqcha ishlab chiqarish ehtimoli saqlanib turadi. Bunga yol qoymaslik maqsadida Garb davlatlarida mahsulotlarning u yoki bu turi ortiqcha ishlab chiqarilib, isrofgarchilikka sabab bolmasligi uchun davlat harid baholari pasaytirilib turiladi. Amalda bunday narx siyosati juda yaxshi samaralar berayotir. Buni Yevropa iqtisodiy hamjamiyati tajribasi korsatib turibdi. Bizga malumki, sobiq ittifoqda istemol buyumlarining aholi ehtiyojlaridan, hatto sotib olish quvvatlaridan ham kamayib ketishi sodir boldi. Buning asosiy sababi -- jamgarish qonuni talablarining xaspushlanganligi, nazar-pisand qilinmaganligi, yani jamgarish bilan istemolning nisbati buzilganligidir. Natijada ishlab chiqarish vositalarini koproq hosil qilish tendentsiyasi vujudga keldi. Oqibatda deyarli barcha istemol nematlariga, ayniqsa, qishloq xojaligi mahsulotlariga aholi talabi shu qadar oshdiki, ularning narxlari misli qurilmagan darajada ortib ketdi.
Jamgarish va iqtisodiy osish muammosi Ozbekistonda qanday yechim topmoqda?
Iqtisodiyotda osishga qanday erishish mumkin?
Ozbekiston Respublikasining Prezidenti I. A. Karimov bu savolga juda ham asosli, ilmiy javob berdi: birinchidan, mamlakatda siyosiy barqarorlikka erishish; ikkinchidan, iqtisodiyotda motadillikni ta’minlash; uchinchidan, mamlakat ega bolgan barcha moddiy, mehnat, moliyaviy, ilmiy quvvatlarni tuda safarbar qilish; tortinchidan, xalqaro kredit va xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotni jonlantirishga jalb etish; barcha fuqarolarni oz yurti obodligi va istiqboli yolida unumli ishlashga undash, milliy gururni ostirish. Ozbekistonning iqtisodiy ravnaqi dunyo okeani, xalqaro suv yollariga chiqish bilan ham ta’minlanishini nazarda tutib, Osiyo Iqtisodiy hamjamiyati (Orta Osiyo davlatlari, Pokiston, Hindiston, Eron, Afgoniston) doirasida Ozbekistonning Xitoy orqali Tinch okeanga, Pokiston orqali Hind va Atlantika okeanlariga chiqishi uchun avtomobil va temir yol tarmoqlari qurilmoqda. Xulosa qilib aytganda, respublikamiz iqtisodiyotida osish suratlarini oshirishning ham ichki (milliy), ham xalqaro (tashqi) imkoniyatlaridan foydalanishga harakat qilinmoqda.
Mustaqil yurtimiz bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tib borayotgan bir sharoitda iqtisodiy o’sish ko’rsatkichlariga erishish muxim ahamiyat kasb etadi.
Zero, iqtisodiy o’sish xalqimiz turmush farovonligini ta’minlovch asosiy mezon bo’lib xisoblanadi.
Xozirgi kunda Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan iqtisodiy barqarorlikka erishish siyosati olib borilmoqda.
Barqarorlashtirish siyosati eng avvalo, bu makroiqtisodiyotda muvozanatni saqlash, ishlab chiqarishni keskin darajada pasayishiga va ommaviy ishsizlikka yo’l qo’ymaslikdir, pul emissiyasining boshqarilishini ta’minlash, tolov balansini bir me’yorda saqlash sohasida aniq maqsadni ko’zlab olib boriladigan siyosatdir.
Iqtisodiy o’sish deganda, kishilarning talab-ehtiyojini qondirish uchun zarur bo’ladigan moddiy mahsulot va xizmatlarni, y’ani barcha noz ne’matlarni ishlab chiqarishni ko’payib borishi tushuniladi.
Iqtisodiy osish ikki darajada amalga oshadi:
1. Mikroiqtisodiy o’sish. Korxona, hojalik, firma va tarmoq doirasidagi osish.
2. Makroiqtisodiy darajada. Jamiyat miqiyosidagi, mamlakat miqiyosidagi osish.
Iqtisodiy osish omillari quyidagilardir:
Do'stlaringiz bilan baham: |