O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyasi m. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»



Download 0,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/142
Sana08.08.2021
Hajmi0,7 Mb.
#142344
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142
Bog'liq
institutsional iqtisodiyot



1
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QO`MITASI
SOLIQ AKADEMIYASI
M.I.KUTBITDINOVA
«INSTITUTSIONAL IQTISODIYOT»
FANIDAN
MA’RUZALAR  MATNI
TOSHKENT-2013


2
© M.I.Kutbitdinova  Institutsional iqtisodiyot (Ma’ruzalar matni ) –DSQ
Soliq akademiyasi, 2013 y.
Taqrizchi: iqtisod fanlari doktori, professor  Hasan Pirnazarovich  Abulqosimov va
Sh.R. Djumaniyazov.
Ma’ruzalar matni “Institutsional iqtisodiyot” fani dasturiga muvofiq
yozilgan va unda ushbu fanning metodologik asoslari, predmeti va asosiy
tushunchalarining mazmun-mohiyati yoritilgan. Shuningdek, qo`llanmada
jamiyatda rasmiy va norasmiy institutlarning roliga, shartnomalar, transaksiya
xarajatlari, xufyona iqtisodiyot, mulkchilik, firma, davlat va uy xo`jaligi
nazariyalarining asoslarini yoritishga keng o`rin berilgan.
Ushbu ma’ruzalar matnidan oliy o`quv yurtlari bakalavriat yo`nalishi
talabalari, magistrantlar, aspirantlar hamda o`qituvchilar, shuningdek, institutlar
iqtisodiyoti masalalari bilan qiziquvchi mutaxassislar foydalanishlari mumkin.


3
Kirish
Har qanday jamiyat institutsional muhitini tashkil etuvchi ma’lum bir
institutlar doirasida faoliyat yuritadi va rivojlanib boradi.
O`zbekistonda mustaqillikning dastlabki yilidan boshlab besh tamoyil
asosida
1
 bosqichma-bosqich amalga oshirilgan islohotlar jarayonida ijtimoiy-
iqtisodiy hayotning barcha sohalarida o`zgarishlarga erishildi, iqtisodiyotning
yangi xo`jalik yurituvchi sub’ektlari – yirik aksiyadorlik jamiyatlari, xolding
kompaniyalar va xususiy mulkchilikning turli shakllari barpo etildi. Shu bilan bir
vaqtda ular faoliyat yuritishini belgilovchi rasmiy qoidalar (konstitutsiya, qonunlar,
farmonlar va b.)ni hamda milliy qadriyatlar, urf-odatlar va boshqa norasmiy
normalarni o`z ichiga oluvchi institutsional asoslar yaratildi. Ana shular jamiyatda
mulkchilik, ishlab chiqarish va taqsimot munosabatlarini takomillashuviga,
moddiy, tabiiy va mehnat resurslaridan samarali foydalanishga kuchli ta’sir
ko`rsatadi.
Shu bois institutsional muhitni faollashtirish, faoliyat ko`rsatayotgan
iqtisodiyotning rivojlanish qonuniyatlarini bilish, uni modernizatsiya qilish
yo`llarini tanlash va xavf-xatarning oldini olishning samarali vositasi zarur. Ana
shunday vositalardan biri bo`ib intistutsional iqtisodiyot hisoblanadi.
Institutsional iqtisodiyot – bu iqtisodiy nazariya va xo`jalik amaliyotini
institutsional o`zgarishlarning o`zaro bog`liqligida o`rganuvchi zamonaviy
iqtisodiy fikrlarning ilmiy yo`nalishlaridan biridir. Ushbu yo`nalish G`arb
mamlakatlari iqtisodiyoti rivojlanishi, talab va taklif qonunlarining ishlashi,
xo`jalik yurituvchi sub’ektlarning hulq-atvori, bozor va ma’muriy
mexanizmlarning faoliyat ko`rsatishi, iqtisodiy o`sish va shu kabi boshqa bir qator
jarayonlar va hodisalarni o`rganishda keng tatbiq etib kelinmoqda.
Shularni hisobga olganda ushbu nazariyani keng o`rganish va undan
O`zbekiston iqtisodiyotida institutsional islohotlarni kengaytirish hamda barqaror
iqtisodiy o`sishni ta’minlashni muhim nazariy asosi sifatida foydalanish
mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat
qiladi.
Hozirgi kunda institutsional iqtisodiyot fani iqtisodiy nazariyaning uzviy bir
yo`nalishi sifatida dadil maydonga chiqdi. Ushbu fan Rossiya, Ukraina, Boltiq
bo`yi va boshqa qator o`tish iqtisodiyotiga ega bo`lgan mamlakatlarning
iqtisodiyot yo`nalishida kadrlar tayyorlovchi oliy o`quv yurtlarida keng
o`qitilmoqda va mazkur fan bo`yicha kafedralar tashkil etilgan.
E’tiboringizga havola etilayotgan mazkur ma’ruzalar matnida
neoinstitutsional nazariyaning metodologik asoslariga, asosiy qoidalariga,
tamoyillariga, ushbu yo`nalish vakillarining ilmiy qarashlariga, jamiyatdagi rasmiy
qoidalar va norasmiy normalarni muvofiqlashtirish muammosiga, norasmiy
institutlarning roliga muhim ahamiyat berilgan.
Shuningdek, ma’ruzalar matnida institutsional iqtisodiyotning tadqiqot usuli
sifatida o`yinlar nazariyasi va modellashtirish tavsifiga, reja va bozor institutlari
1
 Karimov I.A. O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida. –T.: “O`zbekiston”, 1995, - 269 b.


4
faoliyati normalari hamda shartnomalar xillariga e’tibor qaratilgan. Transaksiya va
transaksiya xarajatlari nazariyasi, transformatsion yondashuvning o`ziga xos
xususiyatlari va uning ahamiyati hamda tahliliy usullari izohlab berilgan.
Qo`llanmada institutlarni yangi institutsional muhitga joriy etish jarayonlarini
o`rganishga keng o`rin ajratilgan.
Ushbu ma’ruzalar matnining asosini T.Veblen, R.Kouz, D.Nort,
O.Uilyamson, T.Eggertson kabi institutsionalizmning jahonda tan olingan
asarlariga tayangan Mustaqil davlatlar hamdo`stligi mamlakatlari olimlarining
so`nggi yillar mobaynida chop etilgan neoinstitutsional nazariya doirasidagi
tadqiqotlarning yangi yo`nalishlarini belgilab bergan ilmiy ishlari tashkil etadi. Bu
yerda gap, birinchi galda, Rossiyalik olimlar A.N.Oleynik, R.I.Kapelyushnikov,
V.M.Polterovich, V.L.Tambovsev, A.Ye.Shastitko hamda O`zbekistonda o`tish
davri iqtisodiyotida mulkchilik huquqi, institutsional islohotlar, transaksiya va
shartnomalar, xufyona va norasmiy iqtisodiyot nazariyalari bilan bog`liq bo`lgan
X.Abulqosimov, A.Bekmurodov, I.Butikov, A.Rasulev, A.Ortiqov, T.Shodiyev,
Sh.Shodmonov, A.Isaxodjayev, N.Yusupova, R.Yaushev, A.Qodirov, S.G`ulomov
va boshqalarning ishlari haqida borayapti.
Ushbu ma’ruzalar matnining paydo bo`lishida ko`p jihatdan Toshkent davlat
iqtisodiyot universiteti kutubxonasida jamlangan institutsional iqtisodiyot bo`yicha
xorijiy, xususan, Rossiyada chop etilgan ilmiy monografiyalar, darsliklar va o`quv
qo`llanmalardan keng foydalanish imkoniyati muhim rol o`ynadi. Ma’ruzalar
matnining mazmun-mohiyatini yanada boyitish va uni takomillashtirish yuzasidan
bildirilgan xolisona fikrlarni muallifga DSQ Soliq akademiyasi  “Iqtisodiy fanlar”
kafedrasiga yo`llashingiz mumkin.


5

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish