F. Teylor
-
mehnatni ilmiy tashkil qilish asoschisi
Tashkilot o`lchamlarining o`sishi soni ortgan «agentlar» harakati ustidan
nazorat qilish uchun talab etiladigan «prinsipal» xarajatlarining oshishini belgilab
beradi. «Agent»ni nazorat qilish zarurati va nazoratni amalga oshirishni istamaslik
o`rtasidagi tanlovdan iborat bo`lgan «prinsipal» dilemmasini o`yinlar
nazariyasidan quyidagi model yordamida ko`rsatamiz. «Prinsipal»ning nazorat
qilish uchun xarajatlari 1 ga teng deylik, «agent» tomonidan o`z
majburiyatlarining vijdonan bajarilishidan olinadigan foyda 2 ga va vijdonsizlik
bilan bajarganlik holatlardagi yo`qotishlar esa –2 ga teng, deylik. «Agent»
tomonidan o`z vazifasini bajarishga nisbatan vijdonsizlik bilan munosabatda
bo`lingan yoki «ishdan bo`yin tovlash» holatlari aniqlangan taqdirda, u mukofot
olish huquqidan mahrum bo`lishini hisobga olgan holda, «prinsipal» bilan
«agent»ning o`zaro munosabatlari quyidagi matritsa bilan izohlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |