O’zbekiston respublikasi davlat arxitektura qurilish qo’mitasi


Mahalliy usulda qurilgan paxsa devorli binolar…



Download 15,83 Mb.
bet7/9
Sana12.04.2022
Hajmi15,83 Mb.
#546702
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2JP4khHQUVTaZekc394

Mahalliy usulda qurilgan paxsa devorli binolar…


Mahalliy devor materiallari orasida ma’lum darajada birikkan, kuydirilgan tuproqlardan qilingan devor materiallar tabiiy toshlar bilan bir qatorda turadi. Bu materiallardan asosan o’rmonsiz quruq iqlimli yozi uzoq bo’lgan rayonlarda uylar quriladi. Tuproq materiallardan devorlar quyma yoki oldindan tayyorlangan yig’ma tuproq bloklardan ko’tariladi. Bunday devorlarga to’ldiruvchisiz toza loydan quyilgan hom g’ishtlardan, somonli loydan tayyorlangan hom g’ishtlardan
, somonli loydan tayyorlangan hom g’ishtlardan ko’tarilgan devorlar misol bo’ladi. Bunday devorlarni suvga chidamliligini oshirish uchun ularga ohak, saqich yoki qatron qo’shiladi. Bunday bloklar terrolitli deb ataladi. Tuproq bloklar terilgandan so’ng 5%gacha, quyma devorlarda 18%gacha hajmi kichrayishini nazarda tutish kerak.

O’rta Osiyoda me’morchiligida paxsa qadimdan ma’lum. Qadimda ba’zi shaharlarning devorlari, qal’a qo’rg’onlari paxsadan ishlangan. Ular mudofaa ahamiyatiga ega bo’lganligi sababli juda mustahkam qurilgan. Shahar devorlarining ikki chekkasi paxsadan ko’tarilib, o’rtasi tuproq bilan to’ldirilgan. Dastlab paxsa qamish yoki yog’och poydevor ustiga urilgan. Hozir paxsa devorlar beton, pishiq g’isht yoki tosh poydevor ustiga qurilgan. Paxsa uchun tuproq poydevor atrofidan olinishi yoki boshqa joydan keltirilishi ham mumkin. Odatda soz tuproqga suv urilib, loy qorilib, tebkilab pishitiladi. Ketmon yoki belkurak bilan ikki uch martta ag’darib pishitib me’yoriga yetkaziladi. So’ng poydevor ustiga bo’lak-bo’lak qilib yotqiza boshlanadi. Oddiy imorat qurishda bir paxsaning balandligi 60sm dan 1m gacha, qalinligi 40-60sm bo’ladi. Ma’lum balandlikka ko’tarilgandan so’ng paxsa devorlarning tashqari va ichkari tomonlari


belkurak yordamida tekislanadi. Albatta, poydevor va devor orasida suvdan saqlaydigan qatlam bo’lishi shart.


    1. Sinchli yog’och konstruksiyalari


Tosh kabi yog’och ham juda qadimiy qurilish ashyosi hisoblanadi. Ujuda qadimdan har xil qurilishlarda qo’llanib kelingan. Dastlabki yog’och ko’priklar eramizdan yuz yillar avval qurilgan. Kesilgan yog’och konstruksiyaklar qadimda qal’a devorlarini qurishda ham ishlatilgan.

Inshootlarni zilzilaga chidamli qilib qurishning birdan bir to’g’ri yo’li qurish jarayonida me’moriy talab va qoidalarga rioya etishdir. Tajribalardan ma’lum bo’ldiki yaxshi qurilgan sinchli binolar zilzilaga chidamli ekan. Mahalliy qurilish materiallaridan tiklanadigan sinchli uylarning quyidagi konstruksiyasini tavsiya etamiz. Odatda, yuk ko’taruvchi tashqi devorlar qo’shsinchli, ichki devor yoki pardevorlar esa yaxlit sinch devor qilb ishlanadi. Bunday imoratlarni qurish ancha murakkab. Agar sinchli devor qoida bo’yicha qurilmasa qo’yilgan talabni oqlamasligi, ya’ni yer silkinishiga bardosh bermasligi mumkin.


Yog’och konstruksiyaning qulayligini ular massasining nisbatan ixchamligida ko’ramiz, zavodlarning ishlab chiqarish konstruksiyalarida esa ularning oliy darajadagi industrialligini ko’rish mumkin. Yog’och konstruksiyalar bir qancha kimyoviy ta’sirlarga o’ta chidamli bo’lgani uchun ular mineral o’g’itlar kimyoviy moddalar va boshqa agressiv materiallar saqlanadigan omborlarda qo’llaniladi. Yog’och karkasli va panelli devorlar. Karkasli devorlar eng arzon komstruksiya hisoblanadi ularni qurish uchun yuqori malaka talab etilmaydi. Boshqa yog’ochdan qilingan uylarga nisbatan bularga yog’och ancha kam sarflanadi.


Karkas devor konstruksiyasining asosoni tagsinch, sarrov, ular orasidagi ustunlar va tirgaklardan iborat rama tashkil etadi. Ustunlar orasidagi masofa ustunlar kesimiga bog’liq bo’lib ko’pincha 60, 90 va 120sm bo’ladi. Otatda,


isitgich material turiga va tashqi temperaturaga bog’liq holda eni 100, 120 va 140mm hamda qalinligi 50mm bo’lgan ignabargli daraxt taxtasi ishlatiladi.

Ustunning balandligi 260-280sm olinadi. Karkas elementlari bir-biriga tirnoq yoki tish chiqarib ulanadi. Karkasni yig’ishdan oldin devor ustuni ustiga ikki qavat ruberoid yotqiziladi, so’ng sokol chorcho’pi qo’yiladi. Taxtalarning ulangan joyi poydevor ustuni ustiga to’g’ri kelishi kerak. Manashu sokolda chorcho’pi ustidan orasiga mineral momig’i qo’ylgan holda tagsinchni o’rnatamiz. Bu tagsinchlarga tuniarni o’rnatish uchun uyachalar o’yib qo’yiladi. Tagsinch va sarrovlar ustunlar orqali bir-biriga shaxmat tartibida mixlanadi.




XULOSA


Tabiat in’om etgan minglab har turli qurilish ashyolari qum, shag’al, rangli tog’ jinslari va bog’lovchilar sementlar lok bo’yoqlar temir va ular asosida olinadigan sun’iy pardozbop ashyolarni imkon boricha arxitektura loyihalarini yaratishda san’at nuqtayi nazaridan yondoshgan holda qo’llashni talab etadi. Pardozbop ashyolarni oqilona tanlash an’anaviy arxitekturaviy shakllarning o’zgarishiga olib keladi. Qadimgi va o’rta asr me’morlari inshootining ancha yengil ashyolar bilan yopiladigan bikr sinch (karkas) tuzilmasining xossalarini oldindan bilganlar. Biroq inshootning o’lchamlari va shakli va o’lchamlari chegaralangan bo’ladi. Zamonaviy (sinchli) inshootlar uchun yog’och o’rniga po’lat va temirbeton konstruksiyalarning qo’llanishi arxitektorlar uchun xar xil o’lchamdagi va istalgan shakllarni amalda ishlatish imkonini beradi. Talabalar ashyolarning arxitekturaviy shaklga ta’sir qilishini o’quv loyihalash jarayonida hajmiy fazoviy kompazitsion maketlarini ishlash orqali bilimlarini oshirishlari mumkin. Arxitekturaviy shaklning kishi ongiga ko’rsatadigan emotsional ta’siri ashyolarning fakturasi rangi va ular yuzasidagi rasmlarning xarakteriga ko’p jihatdan bog’liq. Bino ranglarni va inshootlar to’la to’kis bitgandan so’ng uning yaxlit ko’rinishi, jozibasiga bog’liq ekanligi ham alohida e’tiborga olish kerak. Devor konstruksiyalarning yuk ko’tarish qobiliyati ulardagi kuchlanishning zo’rayishi binoning zilzila bo’lgan taqdirda zarbani qabul qilishga xos tomonlari rang berishida relyefli fakturali tabiiy tosh bilanpardozlashda o’z ifodasini topishi zarur. Agar binoning o’rta qavatlarini pardozlashda qo’llanilgan ashyo yuzasi relyef g’adir budurligi balandligining kamayishi mantiqan to’g’ri bo’lsa u holda yuqori qavatlar uchun silliq fakturali ashyolarning qo’llanilishi ma’qul.
Arab Xalifaligi qo’shinlari Xurosonni bosib olib Balxga yetib kelgach u yerda Sug’diyona va umuman O’rta Osiyo boyliklari haqidagi ma’lumotlarni eshitib Amudaryo yoqasiga keladilar. 670 yildan boshlab ular Mavorounnahrga birnechabor yurishlar uyushtirib dastlab janubda joylashgan va katta madaniy hamda savdo markazi hisoblanmish Paykent shahrini so’ng butun Buxoro vohasini va keyinchalik O’rta Osiyoning kattagina qismini bosib oladilar.
Arablar o’zlari bosib olgan shaharlarni talon taroj etib ko’p vayrongarchiliklar keltirgan. Tarixchilardan Narshaxiy, Tabariy va boshqalarning
ma’lumotlariga qaraganda ko’plab oltin, kumush va boshqa qimmatbaho xazinalarni talab ketadilar. Jumladan, ular talab olib ketgan boyliklardan faqat bir qismini tashkil etuvchi Paykent podshoxining Xotunning 20 ming dirhamlik oltin ziynati, shu shahar budxonasining 40ming dirhamlik oltindan yasalgan sanam haykali va uning ikki ko’ziga qadalgan kattaligi kabutar tuxumidek ikkita inju, Samarqanddagi hozirgi Hazrat Xizir masjidi o’rnida joylashgan ibodatxonaning sof oltindan yasalgan haykallarini eritib, quyma tilloga aylantirib halifalik markazi Bog’dodoga olib ketiganliklarini eslatib o’tsak, bu bosqinchilik xusuxida ma’lum darajada tasavvur paydo bo’lishi kerak.
Arablar o’zlari istilo qilgan hududlardagi aholi ongiga Islom dinini tezroq singdirish, maqsadida bo’yin tovlagan odamlarni islomni inkor etgan taraqqiyparvarlarni o’ldirib, otashparastlik (zardushtiylik), budda dini, nasroniylik va boshqa ddiniy mahzablarga xos imoratlarni buzib tashlaydilar, kitoblarni yoqib yuboradilar. Varaxsha, Afrosiyob, Panjakent va boshqa shaharlardagi devoriy rasmlarga har xil nopok narsalarni chaplab, suratlarni buzib, ko’z va bosh tasvirlarini qirib, unga “Olloh” , “Muhammad” kalimalarini o’yib yozganliklari buning yana bir isbotidir.
Shundan so’ng mahalliy xalq to yangi dinni butkul qabul etib, madaniy hayotni yana qaytatdan tiklab obod shahar va qishloqlarni bunyod etgunicha ko’plab o’n yilliklar kechishiga to’g’ri keldi. Arab bosqinchilariga qarshi ketma- ket hali Buxoroda, hali Samarqandda, Xorazmda, Naxshabu ( Qarshi) va boshqa ko’plab shaharlarda ketma-ket qo’zg’olonlar bo’lib turdi. Bularning ichida eng katta noroziliklar Muqanna va keyinroq Rof’e ibn Lays boshchiligidagi xalq harakatlari hisoblanadi. Ro’fe ibn Lays qo’zg’oloni Mavorounnaxr hayotida tub o’zgarish sodir bo’lishiga olib keldi. Ketma-ket ko’tarilib turgan norozilik qo’zg’olonlarini arablar o’zlarining kuchi bilan bartaraf etolmasligini Xalifa ar- Rashidning o’g’li Xalifa Ma’mun tushunib yetadi. U Ro’fe ibn Lays qo’zg’olonini bostirish uchun Balx yonidan chiqgan va zardushtiylik dinining tarafdorlari bo’lgan somoniylarga murojaat qiladi. Ro’fe tez orada Somon bilan sulh tuzishga majbur bo’ldi. Qizig’i shundaki, Somon halifalikka madad beradiyu o’zi islomni qabul qilmaydi. Ammo o’g’illariga va nevaralariga islom dinini
qabul ettiradi. Shunday qilb IX asrning birinchi choragida O’rta Osiyo Somoniylar amirligi tasrrufiga o’tadi va bu davrda madaniy taraqqiyot asta srkinlik bilan yuksala borib markazlashgan davlat tuzilishiga sharoiy yuzaga kela boshlaydi.
Arab istelosidan keying me’morchilik va shahar qurilishining dastlabki ravnaqi Ismoil Somoniy (847-906) nomi bilan bog’liq. Uning davrida poytaxt shahar Buxoro atrofida Sahroi Kabirdan Tyan Shanga Basra ko’rfasidan Hindistongacha va Iroqdagi xalifalik markazigacha buyuk markazlashgan davlat yuzaga keldi. Uning valiahdlari Marv, Nishopur, Roy, Omul, Qazvin, Isfaxon, Sheroz, Xirot, Balx kabi shaharlarda o’z hukmronliklarini yuritdilar.
Ismoil Somoniy Buxoroning Abu al Abbos Tusiy tomonidan 830 yilda qurilgan devorlarni ta’mir ettirdi, 11ta ariq torttirdi, qator saroylar qurdirdi. Bular ichida Registon va Mo’liyondagisi mashxur edi. Tarixchilarning ma’lumotlariga ko’ra bu davrda Buxorodagi madrasalar soni butun Sharq mamlakatlaridagini qo’shib hisoblanilganidan ko’p bo’lgan. Bizgacha yetib kelgan imoratlardan Buxorodagi Somoniylar maqbarasi, Samarqand Afrosiyobidagi somoniylar qasri xarobalariva P.SH. Zoxidov taxminicha somoniylar buyurtmasi bilan qurilgan deb xisoblanuvchi Timdagi Arab Ota maqbarasini tilga olish mumkin. Shundan so’ng X asrning 60 yillarida somoniylar nufuzi pasaya boshladi. Qullikdan vazirlikgacha ko’tarilgan turk qahramoni Alp Tekin somoniy amir Mnsurga qarshi jang qilib uni Nishopurga boj to’lashga majbur etdi. Somoniylarning keying avlodlari g’aznaviylar bilan raxnamolik yo’lini tutishadi. Ko’p jangu jadal kurashlardan keyin 999- 1004 yilda Bug’roxon Samarqandni va Ilikxon Buxoroni bosib olib somoniylar hokimiyatiga barham berishadi. Bundan foydalangan arab va fors tarixiy manbalarda “g’ushs” deb ataluvchi ko’chmanchi turklar qabilasi Buxoro janubidagi Jand deb nomlanuvchi joy yaqiniga kelib joylashadi va islom dinini qabul qilishadi. Ularning qabila boshlig’I Saljuq o’z odamlarining barchasini yig’ib somoniylarga yordam ko’rsatish maqsadida harakat qiladi. Shundan so’ng uning avlodlari Movarounnaxr janubida va Xurosonda poytaxti Marvda joylashgan markazlashgan saljuqiylar davlatini barpo etdilar. Saljuqiylardan Tug’rulbek 1054 yilda hajga bora turib Vizantiyaning ( Rumo) bir
qismini zabt etdi. Uning istilochilik harakatlarini Alp Arslon davom ettirib imperator Romanni asir etdi. Shundan so’ngi tarix mobaynida turklar hamma vaqt Rum ustidan g’alaba qilb keldilar va 1452 yilda Konstantinopolni bosib olib Istanbul nomiga o’zgartirdilar. Bir vaqtlar sharqiy Rim davlati hisoblanmish Vizantiya o’rnida Usmonli turklar mamlakati Turkiya paydo bo’ldi. Turk davlatining hududi janubda Afrikaning shimoliy sharqiy qismigacha yoyilgan edi. Lekin saljuqiylar Movarounnaxrda obro’ qozonmadilar. Chunki faqatgina 40yil podshohlik qilgan Sulton Sanjargina ba’zibir obodonchilik ishlarni amalga oshirdi xolos.
Bu davrda Movarounnaxrning asosiy qismini saljuqiylarning abriqdori hisoblangan xorazmshohlar boshqarib kelardi. Ma’lum bir davrga kelib (1133- 1199) Movarounnaxrning Xorazimdan bo’lak yerlari sharqiy turklar qaramog’iga o’tdi. Xorazimshox Tekeshning vafotidan so’ng( 1199 y.) uning o’g’li Muhammad Xorazimshoh o’z davlati chegaralarini ham sharq, ham g’arb, ham janubga kengaytirdi va o’ziga “Iskandari Soniy” laqabini berdi. Uning O’trordagi amiri Qohirxon 490 nafar savdogar kiyimidagi Chingiz josuslarini tutib oladi. Muhammad shoh ularni jazolaydi. Shundan so’ng Chingizxon yuborgan elchilarni boshiga ham shu kunni soladi. Bu esa katta nizo kelib chiqishidan dalolat edi.
Shunday qilib O’rta Osiyoning IX asrdan XII asrga bo’lgan davrdagi tarixi siyosiy jihatdan garchi bir yaxlitlikka ega bo’lmasada, somoniylar, saljuqiylar, qoraxitoy qoraxoniylar va xorazmshoxlar hukmronligi davrida butun O’rta Osiyoda bir qadar markazlashgan hokimiyat paydo bo’lib mahalliy xalq madaniyatida umumiylikni yuzaga keltiradi.
Bu davrga kelib feadal munosabatlar nihoyatda taraqqiy etib, shaharlarning ma’muriy ahamiyati o’sib borishi bilan birga ular qizg’in savdo va xunarmandchilik markaziga aylana boradi. Shahar aholisi soni tobota o’sa boradi. Ularning strukturaviy asosini avvalgidek falakning to’rt tomoniga yo’nalgan va shahar markazida kesishib o’tgan ikki ko’cha tashkil etardi. Biroq shahar arki avvalgidek alohida tashqarida joylashgan istehkom tarzidamas, balki shahar
ichida joylashadi. Buxoroning 11ta darvozasi bo’lib hozirgi eski shaharning yarmidan ko’proq qismini tashkil etgan.
Samarqand (Afrosiyob) hududu 218ga yerni tashkil etib xalqali mudofaa devoriga ega bo’lgan. Hozirgi Hazrat Xizir masjidi o’rnida to’g’on joylashganligi aniqlangan. Unga Darg’om kanalidan suv keltirilib damba yaqinidagi osma suvo’tgazgich (akveduk) orqali suv shaharning uch kanaliga tarqalgan.

Download 15,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish