ARXITEKTURA BO’LIMI Samarqandning ilk islom davridagi me’morchilik tarixi.
Arab Xalifaligi qo’shinlari Xurosonni bosib olib Balxga yetib kelgach u yerda Sug’diyona va umuman O’rta Osiyo boyliklari haqidagi ma’lumotlarni eshitib Amudaryo yoqasiga keladilar. 670 yildan boshlab ular Mavorounnahrga birnechabor yurishlar uyushtirib dastlab janubda joylashgan va katta madaniy hamda savdo markazi hisoblanmish Paykent shahrini so’ng butun Buxoro vohasini va keyinchalik O’rta Osiyoning kattagina qismini bosib oladilar.
Arablar o’zlari bosib olgan shaharlarni talon taroj etib ko’p vayrongarchiliklar keltirgan. Tarixchilardan Narshaxiy, Tabariy va boshqalarning ma’lumotlariga qaraganda ko’plab oltin, kumush va boshqa qimmatbaho xazinalarni talab ketadilar. Jumladan, ular talab olib ketgan boyliklardan faqat bir qismini tashkil etuvchi Paykent podshoxining Xotunning 20 ming dirhamlik oltin ziynati, shu shahar budxonasining 40ming dirhamlik oltindan yasalgan sanam haykali va uning ikki ko’ziga qadalgan kattaligi kabutar tuxumidek ikkita inju, Samarqanddagi hozirgi Hazrat Xizir masjidi o’rnida joylashgan ibodatxonaning sof oltindan yasalgan haykallarini eritib, quyma tilloga aylantirib halifalik markazi Bog’dodoga olib ketiganliklarini eslatib o’tsak, bu bosqinchilik xusuxida ma’lum darajada tasavvur paydo bo’lishi kerak.
Arablar o’zlari istilo qilgan hududlardagi aholi ongiga Islom dinini tezroq singdirish, maqsadida bo’yin tovlagan odamlarni islomni inkor etgan taraqqiyparvarlarni o’ldirib, otashparastlik (zardushtiylik), budda dini, nasroniylik va boshqa ddiniy mahzablarga xos imoratlarni buzib tashlaydilar, kitoblarni yoqib yuboradilar. Varaxsha, Afrosiyob, Panjakent va boshqa shaharlardagi devoriy rasmlarga har xil nopok narsalarni chaplab, suratlarni buzib, ko’z va bosh tasvirlarini qirib, unga “Olloh” , “Muhammad” kalimalarini o’yib yozganliklari buning yana bir isbotidir.
Shundan so’ng mahalliy xalq to yangi dinni butkul qabul etib, madaniy hayotni yana qaytatdan tiklab obod shahar va qishloqlarni bunyod etgunicha ko’plab o’n yilliklar kechishiga to’g’ri keldi. Arab bosqinchilariga qarshi ketma-
ket hali Buxoroda, hali Samarqandda, Xorazmda, Naxshabu ( Qarshi) va boshqa ko’plab shaharlarda ketma-ket qo’zg’olonlar bo’lib turdi. Bularning ichida eng katta noroziliklar Muqanna va keyinroq Rof’e ibn Lays boshchiligidagi xalq harakatlari hisoblanadi. Ro’fe ibn Lays qo’zg’oloni Mavorounnaxr hayotida tub o’zgarish sodir bo’lishiga olib keldi. Ketma-ket ko’tarilib turgan norozilik qo’zg’olonlarini arablar o’zlarining kuchi bilan bartaraf etolmasligini Xalifa ar- Rashidning o’g’li Xalifa Ma’mun tushunib yetadi. U Ro’fe ibn Lays qo’zg’olonini bostirish uchun Balx yonidan chiqgan va zardushtiylik dinining tarafdorlari bo’lgan somoniylarga murojaat qiladi. Ro’fe tez orada Somon bilan sulh tuzishga majbur bo’ldi. Qizig’i shundaki, Somon halifalikka madad beradiyu o’zi islomni qabul qilmaydi. Ammo o’g’illariga va nevaralariga islom dinini qabul ettiradi. Shunday qilb IX asrning birinchi choragida O’rta Osiyo Somoniylar amirligi tasrrufiga o’tadi va bu davrda madaniy taraqqiyot asta srkinlik bilan yuksala borib markazlashgan davlat tuzilishiga sharoiy yuzaga kela boshlaydi.
Arab istelosidan keying me’morchilik va shahar qurilishining dastlabki ravnaqi Ismoil Somoniy (847-906) nomi bilan bog’liq. Uning davrida poytaxt shahar Buxoro atrofida Sahroi Kabirdan Tyan Shanga Basra ko’rfasidan Hindistongacha va Iroqdagi xalifalik markazigacha buyuk markazlashgan davlat yuzaga keldi. Uning valiahdlari Marv, Nishopur, Roy, Omul, Qazvin, Isfaxon, Sheroz, Xirot, Balx kabi shaharlarda o’z hukmronliklarini yuritdilar.
Ismoil Somoniy Buxoroning Abu al Abbos Tusiy tomonidan 830 yilda qurilgan devorlarni ta’mir ettirdi, 11ta ariq torttirdi, qator saroylar qurdirdi. Bular ichida Registon va Mo’liyondagisi mashxur edi. Tarixchilarning ma’lumotlariga ko’ra bu davrda Buxorodagi madrasalar soni butun Sharq mamlakatlaridagini qo’shib hisoblanilganidan ko’p bo’lgan. Bizgacha yetib kelgan imoratlardan Buxorodagi Somoniylar maqbarasi, Samarqand Afrosiyobidagi somoniylar qasri xarobalariva P.SH. Zoxidov taxminicha somoniylar buyurtmasi bilan qurilgan deb xisoblanuvchi Timdagi Arab Ota maqbarasini tilga olish mumkin. Shundan so’ng X asrning 60 yillarida somoniylar nufuzi pasaya boshladi. Qullikdan vazirlikgacha ko’tarilgan turk qahramoni Alp Tekin somoniy amir Mnsurga
qarshi jang qilib uni Nishopurga boj to’lashga majbur etdi. Somoniylarning keying avlodlari g’aznaviylar bilan raxnamolik yo’lini tutishadi. Ko’p jangu jadal kurashlardan keyin 999- 1004 yilda Bug’roxon Samarqandni va Ilikxon Buxoroni bosib olib somoniylar hokimiyatiga barham berishadi. Bundan foydalangan arab va fors tarixiy manbalarda “g’ushs” deb ataluvchi ko’chmanchi turklar qabilasi Buxoro janubidagi Jand deb nomlanuvchi joy yaqiniga kelib joylashadi va islom dinini qabul qilishadi. Ularning qabila boshlig’I Saljuq o’z odamlarining barchasini yig’ib somoniylarga yordam ko’rsatish maqsadida harakat qiladi. Shundan so’ng uning avlodlari Movarounnaxr janubida va Xurosonda poytaxti Marvda joylashgan markazlashgan saljuqiylar davlatini barpo etdilar. Saljuqiylardan Tug’rulbek 1054 yilda hajga bora turib Vizantiyaning ( Rumo) bir qismini zabt etdi. Uning istilochilik harakatlarini Alp Arslon davom ettirib imperator Romanni asir etdi. Shundan so’ngi tarix mobaynida turklar hamma vaqt Rum ustidan g’alaba qilb keldilar va 1452 yilda Konstantinopolni bosib olib Istanbul nomiga o’zgartirdilar. Bir vaqtlar sharqiy Rim davlati hisoblanmish Vizantiya o’rnida Usmonli turklar mamlakati Turkiya paydo bo’ldi. Turk davlatining hududi janubda Afrikaning shimoliy sharqiy qismigacha yoyilgan edi. Lekin saljuqiylar Movarounnaxrda obro’ qozonmadilar. Chunki faqatgina 40yil podshohlik qilgan Sulton Sanjargina ba’zibir obodonchilik ishlarni amalga oshirdi xolos.
Bu davrda Movarounnaxrning asosiy qismini saljuqiylarning abriqdori hisoblangan xorazmshohlar boshqarib kelardi. Ma’lum bir davrga kelib (1133- 1199) Movarounnaxrning Xorazimdan bo’lak yerlari sharqiy turklar qaramog’iga o’tdi. Xorazimshox Tekeshning vafotidan so’ng( 1199 y.) uning o’g’li Muhammad Xorazimshoh o’z davlati chegaralarini ham sharq, ham g’arb, ham janubga kengaytirdi va o’ziga “Iskandari Soniy” laqabini berdi. Uning O’trordagi amiri Qohirxon 490 nafar savdogar kiyimidagi Chingiz josuslarini tutib oladi. Muhammad shoh ularni jazolaydi. Shundan so’ng Chingizxon yuborgan elchilarni boshiga ham shu kunni soladi. Bu esa katta nizo kelib chiqishidan dalolat edi.
Shunday qilib O’rta Osiyoning IX asrdan XII asrga bo’lgan davrdagi tarixi siyosiy jihatdan garchi bir yaxlitlikka ega bo’lmasada, somoniylar, saljuqiylar, qoraxitoy qoraxoniylar va xorazmshoxlar hukmronligi davrida butun O’rta Osiyoda bir qadar markazlashgan hokimiyat paydo bo’lib mahalliy xalq madaniyatida umumiylikni yuzaga keltiradi.
Bu davrga kelib feadal munosabatlar nihoyatda taraqqiy etib, shaharlarning ma’muriy ahamiyati o’sib borishi bilan birga ular qizg’in savdo va xunarmandchilik markaziga aylana boradi. Shahar aholisi soni tobota o’sa boradi. Ularning strukturaviy asosini avvalgidek falakning to’rt tomoniga yo’nalgan va shahar markazida kesishib o’tgan ikki ko’cha tashkil etardi. Biroq shahar arki avvalgidek alohida tashqarida joylashgan istehkom tarzidamas, balki shahar ichida joylashadi. Buxoroning 11ta darvozasi bo’lib hozirgi eski shaharning yarmidan ko’proq qismini tashkil etgan.
Samarqand (Afrosiyob) hududu 218ga yerni tashkil etib xalqali mudofaa devoriga ega bo’lgan. Hozirgi Hazrat Xizir masjidi o’rnida to’g’on joylashganligi aniqlangan. Unga Darg’om kanalidan suv keltirilib damba yaqinidagi osma suvo’tgazgich (akveduk) orqali suv shaharning uch kanaliga tarqalgan.