Afrosiyobdagi kulolchilar turar-joy kompleksining tuzilishi.
Afrosiyobdagi somoniylar qasrining bir kismi xisoblanuvchi binoning old tomoni yogʻoch ustunli, peshayvonli boʻlib, oʻrtada tomi gumbaz bilan yopilgan katta xona va uning ikki yonida yana ikkita qoʻshimcha xona boʻlgan. Asosiy zal shtuk deb (evropacha) nomlanuvchi' oxaktoshli ganchning ichiga tolasimon oʻsimliklar qoʻshilgan materialdan juda nafis oʻymakorlik usulida xashamdor qilib ishlangan.
Termiz yaqinidagi Qirq qiz qalʼasi oʻzining konstruktiv va meʼmoriy yechimlari bilan xammani 1000 yildan beri lol qoldirib kelmoqda. Uning tarxi kvadratga yaqin koʻrinishda bulib (53,8x 54,8m) toʻrt burchagida toʻrtta guldastasimon burjlari bor. Diqqatga sazovor joyi shundaki, paxsa va xom gishtdan tiklangan bu imoratning asosiy devori mana ming yildirki qad koʻtarib turibdi. Buning bir necha omillari bor. Birinchidan bino atrofi xandaq bilan urab
olingan bulib, u xam yaxshi saqlangan. Bu esa qazib olingan tuproqning qurilish materiali sifatida ishlatilganligidan tashqari, binoning sunʼiy tepaligiga yotqiziq bulishi, mudofaa inshootini tashkil etishda xamda yer osti suvlarini mana shu choxga toʻplab bino poydevoriga sizib chiqishini bartaraf etishda] muxim oʻrin tutgan. Ikkinchidan minglab yillar davomida yaratilgan va bugungi kunda eʼtiborsizlik natijasida unutilib ketgan maxsus loy qorish va uni ishlatish texnologiyasi afzalligini koʻrsatib oʻtish lozim. Nomigagicha davlat tomonidan muxofaza etiladigan, aslida qarovsiz yotgan bu binoning oxirgi gumbazlari qulab xozirgi kunda bir necha uzunchoq daxlsiz yopmalari nuragan xolda saqlanib turibdi.
Umuman olganda IX—X asrlarda xom gisht va paxsadan qurilgan imoratlarning turli xolatda saklanib qolgan xarobalari Mari atroflari, Qadimgi Xorazm yerlarida uchraydi. Lekin pishik g’ishtdan ishlangan dastlabki imoratlarqatorida Buxoroda saklanib qolgan Somoniylar maqbarasini misol keltirish mumkin. Bu inshoot Ismoil Somoniy davrida (873/4—907 yillar) qurilgan deb xisoblanadi.
O’rta Osiyo meʼmorchiligi durdonasi xisoblanadigan bu maqbara kubsimon xajmda bulib, tomonlarining tashqi uzunligi 10 metrga yaqindir. Nixoyatda jozibador ishlangan bu binoning ichki tomonlari 7,2x 7,2 metr bulib, usti gumbaz tarzida yopilgan. Kompozitsion jixatlaridan somoniylar makbarasi qadimgi Eron va Oʻrta Osiyo meьmorchiligidan maʼlum bulgan "chortok" kompozitsiya tipini tashkil Etadi va V—VIII asrlarda keng tarqalgan otashparastlar ibodatxonasi — olovxonani eslatadi. Uning tavsifi kup adabiyotlarda berilganligini xisobga olib, binoning qurilishida ishlatilgan asosiy g’isht razmeri 23x23x3 sm ekanligini, shu bilan birga kichkina gishtchalardan boshlab (12x12x3 sm toqida ishlatilgan), to yirik razmerli (60x63x6,5 sm) g’ishtlar qoʻllanilganligini kursatib oʻtamiz.
Yana bir diqqatga sazovor bino — bu Samarkand viloyati, Tim qishlogidagi Arab-Ota maqbarasidir. Bu inshootni qator olimlar 977/78 yillarda maqbara sifatida qurilgan deb xisoblashsa, P. Sh. Zoxidov uni keyinchalik maqbaraga aylantirilgan, aslida somoniylar qasrlaridan birining saklanib qolgan qismi, deb
xisoblaydi. Arab-Ota makbarasi xam 23x23x3,5 sm li pishiq gishtdan bunyod etilgan bulib, ichki razmeri 5,6x5,6 metrni tashkil etadi. Uning farqi shundaki, kirish yuli bitta boʻlib, xashamdor peshtoqorqali yunalgan.
Garchi olimlar orasida Oʻrta Osiyo meʼmorchiligida peshtoqning ishlatilishi qaralayotgan davrdan birmuncha oldin maʼlum edi, degan fikr mavjud boʻlsada, saklanib qolgan obidalar orasida Arab-Ota maqbarasiga bu jixatdan dastlabki namuna deb qarashmumkin. Bu asrda peshtoq butun bir (sharkdga) devorni tashkil etadi. Kiraverishdagi toqining sechorak (tsilindrning 3/4i) tsismi ustunga urnatilganligi somoniylar makbarasidagi kirishni eslatadi. Kiraverishdagi ravoq ustida yana uchta yoruglik tushuvchi ravoqchalar joylashganki, bu uslub keyingi davrlarda peshtoqlar ustki qismini ravoqlar bilan bezatish yunalishini keltirib chiqaradi.
Qurilish uslubiga qarab X asr oxiri XI asr boshlarida qurilgan deb xisoblanadigan Karmanadagi (Navoiy rayoni) Mirsaid Baxrom maqbarasining xam old fasadini peshtoq tashkil etadi. Uning ichki razmerlari 4,47x4,4 metrni tashkil etib, 21x21x2,5 sm li pishiq g’ishtdan qurilgan.
Umuman olganda IX—XII asrga oid maqbaralar Oʻrta Osiyo xududida anchagina saqlanib qolgan. Bular jumlasiga Termiz yaqinidagi Sulton Saodat kompleksidagi, Oʻzgan, Miyena, Seraxs, Mari (Kuzena Marv) dagi va boshqa maqbaralar kiradi. Shularning ichida ayniqsa Marvdagi Sulton Sanjar maqbarasi diqqatga sazovordir. 1175 yilda vafot ztgan va Xuroson xokimi boʻlgan saljuqiy Sulton Sanjar oʻzi xayotlik vaqtida qurdirgan, deb taxmin qilinuvchi bu bino devorlarining qalinligi 5 metrni tashkil etadi maqbaraning ichki tomonlari 17 metrni tashkil etuvchi kvadratdan iboratdir. Ichki balanddigi 35 metrga tent bulgan bu imorat nixoyatda maxobatlidir. Kirish eshigi gʻarb tomonda joylashgan. | Turtburchak qismining balandligi 15 m. Undan yuqoridagi gumbazga oʻtuvchi sakkizburchak qismi tashqi va ichki tarafdan ravoqdor galereyani tashkil etadi. Sakkiz burchakning xar uchidan gumbaz konstruktsiyasini tashkil etuvchi qobirgʻalar interьerda kurinib turadi. Ular oʻzaro kesishgan togʻlar ("linga zarba" usuli) majmuasidan iboratdir. Bino g’isht va
ganchdan iborat girix xamda chizma naqshlar bilan ziynatlangan. Gumbaz tashqi koʻrinishi moviy rangda bulganligi hakida usha vaqtda yashab oʻtgan mualliflarning maʼlumoti saqlanib qolgan. Sirli koshinning mullamila boshlanishi mana shu davr yaʼni XII asrdan boshlanganligini koʻpgina olimlar qayd etganlar.
Yana diqqatga sazovor hol shuki, Oʻrta asrlarda Oʻrta Osiyo meʼmorchiligida keng ishlatilgan ikki gumbazli (ichki va ustki), konstruktsiya ham dastlab XI—XII asrlarda Xurosonda uchraydi. Misol tariqasida Seraxsdagi Abul Fazl, Miyonadagi Abu Said, Tusdagi al Gazoliy maqbaralarini koʻrsatib oʻtish kifoya. Shuningdek butun dunyoga mashhur Marv (qadimda Xuroson markazi, hozirgi Mari va Bayram Ali shaharlari oraligadagi I xarobalar) yaqinidagi eng katta bir xonali imoratlardan hisoblanadigan Sulton Sanjar makbarasi ham ikki qavatli gumbaz bilan yopilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |