O’zbekiston respublikasi davlat arxitektura qurilish qo’mitasi



Download 15,83 Mb.
bet5/9
Sana12.04.2022
Hajmi15,83 Mb.
#546702
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2JP4khHQUVTaZekc394

Ilk o’rta asrlarda turar-joylarning me’moriy yechimlari.
XI—XII asrlarda bunyod etilgan maqbaralar ichida chodirsimon (shatrovыe) gumbaz bilan yopilganlari alohida ajralib turadi. Bu turdagi gumbazlar Pokiston, Hindiston va shu kabi mamlakatlarda“gumbazi turkistoni” deb nomlanishini eʼtiborga olib biz ham shu iborani qabul qilamiz. Gumbazi turkistoni bilan yopilgan maqbaralar turkumiga Qadimgi Toroz (hozirgi Jambul) yaqinidagi XI asrda qurilgak Bobaji Xotun va Kuzena Urganchdagi Faxriddin Rodiy hamda Sulton Tekesh maqbaralarini misol keltirish mumkin. Bu binolar ham pishiq g’ishtdan qurilgan boʻlib ichki va sirtqigumbazlardan iborat boʻlgan.
Yuqorida aytib oʻtganimizdek IX—XII asrlarda qator yangi tyrdagi binolar barpo etildiki, ularning ahamiyati keyingi davr meʼmorchiligi taraqqiyotida benixoya katta boʻldi. Jumladan mas-jidlar qurilishi alohida ahamiyat kasb etadi, chunki har qanday dinning targʻibot va ideologiya markazi ibodatxona boʻlganidek islomning asosiy binosi masjid hisoblanadi.
Eʼtirof etishlaricha, Muxammad paygambar dastlab ibodatgoh sifatida onasining uyidan foydalangan ekan. Shuning uchun ham islomda asosiy keng tarqalgan masjidlar turar joylardagidek hovli atrofini oʻrab olgan ayvon
kurinishiga ega. Ammo islom dini Eron va Oʻrta Osiyoga tarQalgan davrda mahalliy otashgohlarga xos bulgan, katta bulmagan chortoq kompozitsiyasi kurinishidagi masjidlar qoʻllanildi. Bunday uslub koʻshk qurilishida ham ishlatilganliga tufayli ingliz tadqiqotchilari uni "kiosk" deb nomlashgan va bu tsrmin xozirgi kunda juda keng maʼnolarda ishlatilmoqda.
Oʻrta Osiyoda dastlabki masjidlar Marv va Buxoroda VIII asr boshlarida qurilganligini tarixchilardan Istazfiy va Narshaxiylar xabar berishadi. Dexiston (Mashxadi Misriyona) dagi Shiri Kabir va Barsiyonadagi (Turkmaniston respublikasi) masjid qoldiqlari VIII—IX asrlarda qurilgan bunday imoratlar — chortoq yok kiosk tipidagi masjidlar namunasi boʻlib xizmat qiladi. Keyinchalik bu binolar turi taraniy etib, mexrob tomoni aloxida bezatiladi va koʻpincha uning tugʻrisidan yagona kirish qism joylashadi. Natijada Marv voxasidagi Talxatan bobo va Buxoro dagi Magoki (yashirincha degani) attori kabi pishiq gishchtdan qurilib usti gumbaz bilan yopilgan XI—-XII asrlar masjidi yuzaga keladi. Bular esa oʻz navbatida oʻrta asrlarda keng tarqashgan xonaqoh tipidagi tomonlarga ayvonlar yopishib turgan mahsuradan iborat mahalla va qishloq masjidlarining birinchi namunalari edi.
Hovlili masjidlarning dastlab barpo etilganlaridan biri Afrosiyob qazishmalaridan malum. Somoniylar davrida paxsa va 52x 26F12 sm razmerli xom g’ishtdan bunyod etilgan bu masjid dastlab tashqi tomonlari 84,6x 84,6 metrli kvadrat tarzida boʻlgan. Uning ichki hovlisining toʻrt tomonida xom g’ishtdan tiklangan ustunlar koʻtarib turgan ayvonlar bulgan. Keyinchalik masjid bir necha marta qayta qurilib moʻgʻillar istilosi davri (1220yil) da uning tomonlari oʻlchami 84,6x 137,4 metrni tashkil etadi. Uning Makka Qibla) ga qaratilgan mexrob tomoni ayvonining eni chuqurligi 34,5 metrli boʻlib qolgan uch tomon ayvonidan 1,5 martaba kengdir. Buxorodagi Kalon masjidining ham shu davrda yogʻochdan (sinchli boʻlsa kerak) qurilganligi va uni Chingizxon yoqib yuborganligi maʼlum.
Shu davrda Xurosonda bunyod etilgan hovli atrofi ayvonlar bilan uralgan masjidlar qatoriga Dandonakon (hozirgi Turkma¬niston) dagi va Boshondagi
masjidlarni misol keltirish mumkin. Ulardan birinchisi eni 25 va uzunligi 35 m ga yaqin boʻlgan tugri toʻrtburchak koʻrinishida boʻlsa, ikkinchisi kvadrat shaklidagi to¬monlari 35 m dan ortiq va kiraverish tomonining chan (shimoliy-sharqiy) burchagida minorasi bulgan. XXI asr masjidlaridan yana Termizdagi Chorsutun va Karmana yaqinidagi Hazora Qishlogidagi Deggaron masjidlarini qayd etib oʻtish lozim. Deggaron masjidi xona markazida joylashgan pishiq g’ishtdan bunyod etilgan turt tsilindrik ustunlar vositasida yopilgan imoratdan iborat. Toʻrt ustunning ustida diametri 6,4 metr bulgan markaziy gumbaz va uning atrofida 8 ta yana kichikrok, gumbazlar bino yopmasini tashkil etadi. Yon devorlar xom g’isht va paxsadan iborat.
Tarixchi Muxammad Narshozuiyning maʼlumotiga Karaganda Buxoroda (shu jumladan Movarounnahrda)gi ilk masjid 713 yilda shu shahar arkida sanamlar butxonasi oʻrnida qurilgan. Ayni shu tarixnavis Buxoro markazidan oʻtadigan Shohrud yoqasida, sanam va but bozori yaqinida ibodatxonani qayta qurish natijasida paydo boʻlgan Moh masjidi xaqida xam yozadi. V. V. Bartolьd va undan keyingi olimlar bu masjidni xozirgi Magʻoki Attori (hozirgi peshtoqi XII asrda qurilgan, asos qismlari X asr) oʻrnida boʻlgan deb taxmin qilishadi. Bizga maʼlum, necha-necha ming yilliklar davomida shakllangan odatga koʻra namoz oʻqish azonga chiqarishdan boshlanadi. Shuning uchun xam masjidlarni minorasiz tasavvur etish qiyin. IX asrga oid minora poydevori Afrosiyob masjidining shimoliy devori tashqarisida topilgan. Lekin uning yomon holatda saqlanganligi boshlangʻich kurinishi haqida fikr yuritish imkonini bermaydi. Shuningdek XII asr boshlarida qurilgan minoralar Toʻqmoq (Bishkek yaqinida) shaxrida, Koʻxna Urganchda, Termizda saklanib qolgan.
Ammo Jarqoʻrgʻon (tuliq balandligida bulmasada), Buxoro va Ponizit minoralari yaxshi saqlanib qolganligi tufayli ularning tavsifiga mufassalashu tuxtalamiz. Jarqoʻrgʻondagi minora 1108—1109 yillarda Seraxslik usto Ali ibnMuxammad tomonidan qurilganligi maʼlum. Uning dastlabki balandligi ancha viqorli boʻlib uch oshiyonadan iborat bulgan deb tahmin etiladi. Dozirgi saqlanib qolgan balandligi 21,6 m va ostki diametri 6,4 metrga teng. Devorlari yarim aylanasimon boʻrtmalar tarzida olinib ular yuqori kismida ravokchalar bilan
tutashtirilgan. Bu shakl Oʻrta Osiyo meьmorchiligida kup kadim asrlardan boshlab mavjud bulgan va 1220 yilda Dehlida qurilgan Qutb Minorada xam qaytariladi, yana bir dunyoga mashhur obida — bu Buxoroda 1127 yilda Qoraxoniy Arslonxon buyurtmasi bilan qurilgan Minorai Kalon hisoblanadi. Uning balandligi 45m60sm, 10 burchakli poydevor ustidagi asosining diametri 9 metrga yaqin. Juda ham nafis ishlangan bu inshootning mezanadan pastroqqismida uni kurgan usta-meʼmor Baqo nomi koshinlar orasiga yashirincha yozilgan deb sanaladi.
Xalq orasida Minorai Kalonni qurgan ustaning shogirdi bunyod etgan deb hisoblanuvchi Vobkent minorasi ham diqqatga sazovordir. Balandligi 38,7 metr, 12 burchakli poydevorga qurilgan bu minora1196 1197 yillarda qurilgan boʻlib, ostki asosining diametri 6,2 m. Bu minora ham pishiq g’isht bilan naqshinkor etib ziynatlanib Minorai Kalon singari mezana ostida sirli koshinlik halqa naqshga ega.
Bu davrda maqbara, masjid, minora, hammomlar, kasr turarjoylardan tashqari koʻplab savdo binolari, dorush-shifo (tabobat uyi) va boshqa koʻpgina turdagi imoratlar qurilganligi maʼlum. Jumladan koʻplab madrasalar bulganligi haqidagi malumotlar ham uchraydi. Lekin madrasalarning bizgacha yetib kelgan¬- larini uchratmaymiz. Fakatgina Shohi Zinda kompleksidagi Tamgʻoch Bugʻroxon madrasasining qoldiqlari deb hisoblanuvchi imorat poy devori kazib urganilgan. Bu Madrasa xususida tarixiy manbalarda 1066 yili qurilgan, degan maʼlumotlar keltirilgan. Arxeologi qazishmalar natijasi uning tomonlari 44x55 m bulgan dsb taxminlashga asos berdi. Kiraverishda sharqga qaratilgan, uncha katta bulmagan peshtoq joylashgan bulib, uning oʻng va soʻl tomonlarida ikkita gumbazli darsxona urnashgan bulsa kerak, deb taxmin qilinadi. Hovli atrofi taxminan 10 chogli hujra, Madrasa masjidi va yozgi darsxona bilan uralgan bulishi mumkin.
Maʼlumki Oʻrta Osiyo juda qadim-qadim zamonlardan Sharq bilan Gʻarbni, Janub bilan Shimolni uzaro bogʻlab turgan. Shunin uchun ham savdo yullari va unda joylashgan karvon saroylari kop axamiyatga ega bulgan.
Aholi punktlari orasida joylashgan karvon saroylar "rabot deb nomlangan. Avvalgi bobda aytib utganimizdek bu iborani shaharning markaziyqismini nomlash uchun ishlatiladigan rabod soʻzidan farq eta bilish kerak.
Movarounnahrda IX—XII asr rabot va karvon saroylarining kupchiligi yoʻqolib ketgan boʻlib, koʻplab Toshrabot, Qoʻshrabot Oqabot singari joy va nomlargina saqlanib qolgan. Xuroson sahro sarxadlarida esa Doxiston va Boshon yaqinidagi hamda Axcha qalʼa Suli tepa, al Askar, Beylovli kabi qator rabot xarobalari bor.
Vayrona xolida bizgacha yetib kelgan karvon saroylari orasida Chorjuydan taxminan 170 km shimolda joylashgan Doya xotin va Karmanadan 25 km cha janubroqda Buxoro yulida joylashgan Raboti Malik inshootlari katta axamiyatga ega. Bu rabotlarning har ikkisi xam mustahkam mudofaa sistemasiga ega bulgan. U yerda tuxtagan karvon uchun bir necha soatdan boshlab, bir necha kungacha tirikchilik oʻtkazish imkoniyatlari yaratilgan bulgan
Doya xotin rabotining dastlabki nomi tarixiy manbalarda keltirilgan Tohiriylar sulolasining asoschisi Tohir ibn Husayn (776-822 yillar) qurdirgan Tohiriya karvon saroyiga muqoyasa etiladi. Bu inshootning asosiy binosi tarxi kvadrat tarzida bulib, tomonlari 53x53 metrni tashkil etadi. Bino devorlari xom g’ishtdan ishlangan boʻlib ichki va tashqi tomonidan 28x28x5,5 sm Oʻlchamli pishiq g’isht bilan qoplangan. Devorlarning tashqi turt burchagi mustahkam burjlar bilan mustahkamlangan. Binoga peshtok orqali utiluvchi yuldan kirilgan. Kirish yulagining oʻng va chap tomonida biridan-biriga utiladigan xonalar joylashgan. Karvon saroy turida gumbaz bilan yopilgan, tomonlari 4,3 m dan iborat kvadrat xona joylashgan. Qolgan xonalar 39x39 metrli hovliga qaratib qurilgan, ular toqlik ayvon orqali bir-biri bilan boglangan. Bu yerda hamqubbali gumbaz, ham balxi gumbazi, ham shirvoni yopma uchraydi. Kubbali gumbazga oʻtuvchi kvadrat burchak qanos (parus)lari gishtni" osiltirib chiqarib, ustma-ust burchakli chiqarilish (konsol)lar vositasida bajarilgan. Karvon saroy binosi rabot bilan tashqari tomonidan oʻrab olingan.
Raboti Malik karvon saroyi esa 1078—1079 yillarda Koraxoniy Shame ul- Mulk tomonidan qurilgan, deb taxmin qilinadi. Bir qator olimlarning fikricha bu bino buyurtmachisi nomaʼlumdir. Bu imorat ham xom gisht (28x28x6,5 sm)dan qurilib, 24x24x4 sm ulchamli pishiq gisht bilan pardozlangan. hozirgi kunda fakatgina peshtoq' saklanib qolgan bu binoning tarhi 86x86m ulchamli kvadrat shaklida bulgan. Devorlarining balandligi 12 metr ekanligi uning ikki oshyonalik bulganligidan dalolat berib turibdi. Bino ikki qismdan iborat boʻlgan. Peshtoqdan kirgach koʻndalang joylashgan hovliga chiqilgan, uning turttala tomoni xonalar bilan urab olinganligi anishlangan.
Xovling turidagi ikkinchi qismi markazida katta gumbazli saroy va atroflari yaxlit tomli xonalar joylashgan. Old koʻrinishining ikki burchagini ikki minora bezab turgan. Minoralardan peshtoqgacha bulgan devor oraligida kungurador (ruschasiga gofr) yarimustunlar joylashtirilgan bulib, ularning usta ravoq toqari bilan birlashtirilgan. Bir vaqtlar bu rabot katta kompleksdan iborat bulgan va hozirgi kunda qarama-qarshisida sardoba saklanib qolgan.
Harzholda sardobalar qurilishi biz koʻrib chiqayotgan davrda shaharlar oraligida joylashgan karvon saroylar — ra6otlar uchun xos narsa boʻlsa kerak. Chunki koʻpincha sardoba shu yerdagi birdan bir suv manbai boʻlib xizmat qilgan. Bu inshootlar gumbazli suv yigʻgich — aylanasimon hovuzlar tarzida qurilgan. Ular maxsus inshoot orqali qor va yomgir suvlarini, baʼzan quduqlardan oqizilgan suvlarni uzoq muddatga yulovchilar uchun saqlashga xizmat qilgan.Oʻrta Osiyo uzining madaniy, memoriy yodgorliklari bilan dunyoga dong taratgan oʻlka hisoblanadi. Shu jumladan, respublikamizda oʻtmishda qurilgan maʼnaviy obidalar hozirgi kunda ham xalqimizning mingyillik madaniy yilnomasi sifatida qad tiklab turibdi. Buxorodagi Ismoil Somoniy, Minorai Kalon, Samarqanddagi Bibixonim, Goʻri amir, Xivadagi qator tarixiy obi¬dalar shular jumlasidandir. IX—X asrlarda qurilgan Ismoil Somoniy maqbarasi planda kvadrat shakld ulib, turttala tomoni ham arxitektura jihatidan bir xilda bezatilganligi uchun maqbaraga ajoyib simmetrik, aniqrogʻi goʻzal kompozitsiya baxsh etgan. Maqbaradagi naqshlar ham kishini hayratda qoldiradi. Unda barcha bezaklar, gishtlarning xilma-xil toʻgarak shakllari, toʻpbarglar shaklida yoʻnib hamda xilma-xil terib
serjilo naqshlar tarzida ishlangan. Umuman obida uzining kompozitsiyasi, ichki va tashqi bezaklarining originalligi bilan dunyoga mashhurdir.
1127 yilda yaratilgan muhtasham Minorai Kalonni aytmaysizmi? Minora tashki tomondan g’ishtin geo¬metrik shakllarda terilgan qavatma-qavat halqalar bilan bezatilgan. Halqalar bir-biridan gishtli dandana bilan ajratilgan. Minoraning fonus qismi uzining ravoqsimon oʻn oltita darchalari, oralaridagi juft ustunchalari va sharafalari bilan uning kompozitsiyasini jozibador etadi.
Samarqandda temuriylar davrida qurilgan Bibi- xonim masjidining uzunligi 167, eni esa 109 metrli maydonni egallaydi. Kompleks oʻrtasida 76—64 metr¬li xovli turt tomonidan bir qavatli ravoqlar va asosiy imoratlarning peshtoqlari bilan chegaralangan. Kompleksning asosiy masjidi va kirish peshtoqisalobatliligi bilan alohida ajralib turadi.
Xiva shahrining Ichan qalʼasi obidalarining ulugvor nakshinkor peshtoklari, mezonali guldastalari, moviy gumbazlari, osmonupar tantanavor minoralari kishi kuzini qamashtiradi. 1908 yilda Ichan qalʼaning janubiy qismida bunyod etilgan Islomxoʻja minorasi uzining balandligi (44,5 m), qavatma qavat serjilo nakshinkor “belbogʻlari”ning tentami borligi bilan butun shahar kompleksida kompozitsion ustun turadi. Umuman, Xiva minoralar shahridir.
Monumental obidalar kabi turar uylar arxitekturasi xam uzoq tarixiy manbaga ega. Ularniig plani tarzi, oila talabining oʻzgarishi, oʻsishi natijasidahamma vaqt uzgartirib turilgan. Shuningdek, uylar oddiy loydan qurilganligi sababli uzok saqlanmagan va jangu jadallar oqibatida vayron qilib turilgan. Shu davr ichida arxeologlar tomonidan Oʻrta Osiyoda koʻpgina turarjoy komplekslari ochildi va oʻrganildi. Shular jumlasiga Xorazmdagi neolit va eneo¬lit davri, yaʼni eramizdan avvalgi 4 va 3 ming yilliklarga oid Kaltaminor makonidan ochilgan, koʻp oilalar yashagan uy kiradi. Uy planda aylana boʻlib, atrofi sinchbop xodalar bilan aylantirilgan, yuqorida kichkina chavariqqa birlashtirilgan.
Bronza davri (milodgacha 3—2 ming yilliklarda) uylarida esa katta oilaga
moʻljallangan koʻp xonali uylarni Oltintepa, Qoratepa, Namozgohtepa
makonlarida koʻramiz. Eramizgacha II asrda Koʻhna kalʼa shaxarchasida va Dalvarzintepada uylar parallel oʻqlarda boʻlib, geometrik toʻgʻri tomonlarga ega xolda qurilgan. Bu davrdagi hukmdorlar uyida atrofi ayvon bilan aylantirilgan hovli, dahliz xona va mehmonxonalar mavjud. Oddiy shahar xalqi uylari kompakt tarzda boʻlib, ularda ham doimiy yashash xonasi, mehmonxona va xoʻjalik xonalari boʻlgan.
Shahardan tashqarida qurilgan uylar xam oʻz pla¬ni, tuzilishi bilan diqqatga sazovordir. Bunga Buxoro vohasida II asrga oid Qizilqir uyi miso boʻla oladi. Unda markaziy zal atrofi uzun, xonalar bilan aylantirilgan. Jumladan, Nisodagi “kvadrat uy” nomi bilanbslgilangan uy oʻrtasida hovli boʻlib atrofiuzun xonalar bilan aylantirib chiqilgan.
VI - VIII asrlarda Oʻrta Osiyoda koʻshklar keng qurila boshlanadi. Koʻshk koʻp xona va koridorlardan tashkil topgan. Shimoliy Xurosonda (Turkmaniston) koʻshklarmarkaziy zaldan iborat boʻlib, atrofida xonalar joylashtirilgan. Shu hol Xorazm kushklari uchun ham xarakterlidir. Shuningdek, Xorazmda uy urtasidagi uzun xona — “koridor” ikki yon tomonidan turar va xoʻjalik xonalari bilan chegaralangan plan ham koʻp uchraydi. Qadimgi Toxaristonda yukorida ifoda etilgan ikkala plan ham uchraydi. Sugʻd va Shoshda koʻshklar markazida kvadrat yadroda joylashtirilgan bir nechta xona atrofi koridor bilan aylantirilgan boʻlib, u markaziy kvadrat atrofida joylashgan xonalarga utish imkonini bergan. IX—X asrlarda koʻshklarda mudofaa elementlari yoʻqoladi. Bunga Termizdagi Qirq-qiz koʻshki misol boʻla oladi.
Panjakentdagi V—VIII asrlarga oid uylar ikki-uch davatda qurilgan. Ularda yashash xonalari, dolon, ayvon, ombor, hammom, mehmonxonalar nazarda tutilgan. Mehmonxonalar atrofi supa bilan aylanti-rilgan, tomini xona oʻrtasida toʻrt ustun ushlab turadi, ular orasida yukorida ochiq tuynuk koldirilgan (1- rasm). Shuningdek, zodagonlar mehmonxonalari devorlarida rangli tasvirlar, ustun va shift toʻsinlarida oʻyma naqshlar ishlangan.
X asrga oid Buxoro voxasida joylashgan Varaxsha shaharchasi uylariga atrofi xonalar bilan aylanti¬rilgan kichkina hovlilar xarakterlidir. XII asrga oid
Marvdagi turar uyda ham oʻrtasida tomi gumbaz shaklida yopilgan katta xona joylashtirilgan. XII— XIII asrga oid Qavat-qalʼa vohasidagi uylarda esa xonalarning ichki va tashqi alohida qismlarga bu- linganligini kuramiz.
XIII—XVII asrlarda turar uylar asosan sinch devordan qurilganligi sababli, bizgacha yetib kelmagan, lekin ularning tarxi, tarzi XVIII—XIX asrdagi uylarga oʻxshab ichki va tashqi hovlilar bilanqurilgan. Yuqorida koʻrib oʻtgan kichkina obzorda xam qadimiy uylar xalqimizning sotsial-iktisodiy kechinmalari,iqlim sharoitining taʼsiri ostida rivojlan- ganligini sezamiz. Ularda ming yillar davomida katta oiladan kichik oilalarning ajralib chiqishi natijasida katta xonali uylarning — koʻp xonali uylarga taqsimlanganligi yaqqol koʻrinadi. Koʻp xo¬nali uylarda markaziy xonaga oʻtish uchun daxliz, hovlilarning paydo boʻlishini, shuningdek, markaziy xo¬na va mehmonxonaning shakllanishini kuramiz.
Darhaqiqat turarjoy uylarini hayotimizning koʻp qismini oʻz ichiga olgan mikrodunyo desak buladi. Shu mikrodunyoning qulay, shinam va goʻzalligi bizning maʼnaviy, madaniy va ijtimoiy xayotimiz koʻzgusi demakdir. Uning goʻzal va ixcham bulishiga ham- mamiz harakat qilamiz. Bu muammo hozirgi kunda ham, kelajakda ham arxitektorlarimiz, dizaynerlarimiz, quruvchilarimiz, qolaversa, har bir xoʻjalik uchun aktual boʻlib qoladi. Shuni aytish mumkinki, hozirgi va boʻlajak arxitekturada xam xona toʻrt devor, shift va poldan tashkil topganligicha qoladi, lekin shu toʻrt devor va shiftni mustaxkam, qulay, arzon va oson oʻrnatilishi uchun materiallar, konst- ruktsiyalari zamon talabiga javob beradigan boʻlishi uchun tabiat bilan moslashtirish, goʻzal, shinam boʻ¬lishi kabi tadbirlar amalga oshiriladi. Shunga koʻra, ham madaniy, ham tarixiy boyligimizga, xalqimizning asrlar davomida shakllanib sayqal topib kelgan anʼanalariga qatʼiy amal qilmogimiz kerak.
Shuning uchun ham XIX asr oxiri va XX asr boshi turarjoy meʼmorchiligini qisqagina boʻlsa ham koʻrib oʻtamiz. Jumladan, Buxoro shaxrini olib qarasak, unda turarjoy uylari hamma tomoni berk, ichki va tashqi xovlilardan tashkil
topgan. Ularning tuzilishida yozgi xonalarning shimolga, qishki xonalarning
janub va gʻarbga qaratilishiga alohida eʼtibor berilgan.


Buxoro turarjoy uylarida baland yozgi xona oldida iloji boricha baland ayvon boʻlishi odat boʻlgan. Shuningdek, xonalar tomiga ayvonchalar qurilgan. Buxoroliklar oʻz uylarining kundalik asosiy talablarga javob berishiga alohida eʼtibor berishgan. Xovli kompozitsiyasi juda chiroyli ayvonlarining uzun ustuniga naqshlar oʻyilgan, deraza va eshikli xonalar va ular ustiga chiqarilgan ayvonchalar oʻzaro mutanosibliklari bilan kishi diqqatini oʻziga jalb qiladi (3- rasm). Tashqi tomoni esa iloji boricha berk qurilgan boʻlib koʻproq baland qoʻrgʻonni eslatadi. Uning asosiy fasadi yuzasi faqat oʻymakorlik qilingan darvoza va ikkinchi qavatda joylashtirilgan bogʻdodi eshiklar hisobiga uygʻunlantirilgan. Samarqand uylari ham ikki hovlili boʻlib, ichki hovli koʻproq bir qavat, tashqi hovli ikki qavat qilib qurilgan (4-rasm). Ichki hovlida honalar bir ikki ustunli ayvonlar bilan almashtirib joylashtirilgan. Tashqi xovlining birinchi qavatida xoʻjalik xonalari, ikkinchi qavatida mehmonxonalar joylashtirilgan. Koʻp holda ikkinchi qavat xonalari hovli tomonidan ham, koʻcha tomondan ham ayvonlar bilan birlashtirilgan.
Hovli kompozitsiyasi ham chiroyli koʻrinishga ega, unda bogʻdodi eshik, ayvon ustunlari va devorlaridagi tokchalariga oʻyib ishlangan naqshlar kishi koʻziniquvontiradi. Tashqi fasadi har xil kompozitsiyada. Ayrimlarining ikkinchi qavati koʻchaga ancha boʻrtib chiqqan ochiq ayvon yoki devor shaklida qurilgan. Uning yuzasi ikki, uchta bogʻdodi eshiklar bilan jonlantirilgan. Xiva uylari oʻzining tuzilishi, kompozitsiyasi bilan Samarqand, Buxoro, Fargʻona uylaridan ajralib turadi. Ular tuzilishida saroy deb nomlanuvchi yozgi xona va bir-biriga qarama-qarshi joylashtirilgan katta va kichik ayvonlarni koʻramiz. Katta ayvon oʻzining joylanishi, oʻymakorlik qilingan baland ustuni bilan hovli kompozitsiyasini bezab turadi. Tashqi fasadida ham minoradek koʻtarilgan ayvon uyning qolgan qismlarini oʻrta markaz bilan bir xil boʻlishini taʼminlaydi.
Fargʻona uylari oʻzining simmetrik plani va tarzi bilan yaqqol ajralib turadi. Uylardagi ikki xona oʻrtasida daxliz boʻlib, uchalasi ham hovli tomondan ayvon
bilan birlashgan koʻrinishdagi uylar koʻp uchraydi. Ayvon koʻpincha koʻtarilib tushiriladigan yogʻoch panjara ravon bilan toʻsilgan. Fargʻonada hamma tomoni xonalar bilan aylantirilgan hovlilar kam. Hovli kompozitsiyasida uyning asosiy qismi oʻzining hashamlari, salobatligi bilan ajralib turadi. Hovlining qolgan kismlari ancha oddiy. Tashqi tomon kompozitsiyasi ham oddiy, faqat darvozalar, ayrim hollarda darvozaxona ustidagi ravonli ayvonlar mavjud. Toshkent turarjoy meʼmorchiligida daxliz, bir xona bilan yonma-yon yoki ikki xona oraligida ikki yoki uch xona burchagida boʻladi. Ayvon ham bir xona yonida, ikki xona oʻrtasida, ikki, uch xona burchagida quriladi. Shuningdek, yuqorida keltirilgan plandagi uylar old tomonidan torroq ayvon bilan birlashti- rilgan hollar koʻp uchraydi. Ayvon va dahlizdan iborat boʻlgan uylarda dahliz koʻpincha ayvonga yaqin solinadi. Qashqarcha ayvon ham xuddi oddiy ayvondek bir xona yonida, ikki xona oraligʻida, imorat burcha¬gida qurilgan. Qashqarcha ayvoni boʻlgan uylarning od¬diy ayvoni ham boʻladi. Oddiy ayvon Qashqarcha ayvon bilan yonma-yon qurilishi ham mumkin yoki uy oldi butunlay uzun ayvon bilan umumlashtirilgan hovlilarni koʻp uchratamiz. Toshkentda ham tashqi xovli uy¬lari koʻpincha ikki qavatlidir.
Oʻzbekiston qishloqlarida bir, ikki, uch xonali uylar koʻp qurilgan. Bir xona yoniga ayvon yoki daxliz qoʻshilgan uylar Shahrisabz, Samarqand atrofidagi qishloklarda keng tarqalgan. Termizga yaqin Salovot qishlogʻida bitta kvadrat xona va yon ayvonli uylardan koʻp foydalanilgan. Ularda kvadrat xona gumbaz bilan, ayvon esa ravoq shaklida yopilgan. Gumbazli uylar Qashqadaryoning Qarshi rayoni, Tojikiston, Turkmanistonning janubiy rayonlarida uchraydi. Mazkur rayonlar oʻzining iqlim faktorlari bir-biriga oʻxshashligi, yaʼni yoz oylarining jazirama issiqligi va iliq havo, garmsel shamolining tez-tez esib turishi bilan qolgan rayonlardan farq qiladi. Bunday joylarda xona haroratini normallashtirish uchun uylar gumbaz bilan yopilgan.


G’isht — qurilish materiali; toʻgʻri burchakli parallelepiped koʻrinishidagi sunʼiy tosh. Tabiiy va sunʼiy (mineral) materiallardan tayyorlanadi. xom va pishiq turlarga boʻlinadi. xom g’isht tabiiy sharoitda quritiladi. pishiq g’ishtni tayyorlashning "hoʻl" va "yarim quruq" usullari bor. oddiy pishiq g’ishtni "hoʻl"
usulda tayyorlash uchun sogʻtuproqdan loy tayyorlanadi, yaxshilab pishitiladi, qoliplanadi, quritiladi va xumdonda pishiriladi. "yarim quruq" usulga koʻra, 8— 10% namliqdagi tuproq mas-sasi 120–150 kg/sm2bosim ostida poʻlat qoliplarda maxsus presslarda presslanadi, keyin 1000° ga yaqin temperaturada aylanma yoki tunnel xumdonlarda pishiriladi. bu usul g’ishtning oʻlchamlari aniq va shakli toʻgʻri boʻli-shini taʼminlaydi. siqilishga mus-tahkamlik chegarasi boʻyicha g’ishtlar 5 markaga boʻlinadi: 150; 125; 100; 75; 50. "hoʻl" usul boʻyicha tayyorlangan g’ishtning hajmiy ogʻirligi oʻrtacha 1700 kg/m\ "yarim quruq" usulda tayyorlangan g’ishtniki esa 1900 kg/m3ni tashkil etadi. hajmiy ogʻirligi 1400 kg/m3dan kam boʻlgan yengil g’ishtlar ham binokorlikda keng ishlatiladi. siqilishga mustahkamlik chegarasi 50– 100 kg/sm2va hajmiy ogʻirligi 1000– 1400 kg/m3 boʻlgan g’ishtlar imoratlarning yuk koʻtaruvchi devorlarini tiklashda qoʻllanadi. siqilishga mustahkamlik chegarasi 35–50 kg/sm2va hajmiy ogʻirligi 700–1000 kg/m3boʻlgan yengil g’ishtlar oddiy devorlarda, issiq — sovuqni oʻtkazmaydigan (izolyatsi-on) material sifatida hamda sinchli binolarda sinchlar orasini toʻldirishda ishlatiladi. hajmiy ogʻirligi 500–700 kg/m3 va mustahkamlik chegarasi past (6–15 kg/sm2) boʻlgan g’ishtlar qozon, quvur va pechlarga qoplash uchun qoʻllanadi. g’ishtlarning kovakli, koʻp teshikli, kislotaga, oʻtga chidamli maxsus xillari mavjud. silikat g’ishtlar ham ishlab chiqariladi. silikat g’isht tayyorlash uchun kvars qumi (92—95%), ohak (5—8%) va suv aralashmasidan iborat massa yuqori bosim va temperatura ostida avtoklavlarda qotiriladi. silikat g’isht sargʻish kulrang koʻrinishda boʻladi. uning hajmiy ogʻirligi 1700– 1900 kg/m\ bunday g’ishtlar fuqaro va sanoat binolarining yuk koʻtaruvchi devorlari va ustunlarini tiklashda ishlatiladi. silikat g’ishtlar namga, yuqori temperatura (500° dan ortiq) ga uncha chidamli boʻlmagani uchun pech va moʻrilarda, poydevor va sokollarda ishlatilmaydi. qadimiy oʻzbek milliy meʼmorligida kvadrat shaklidagi (24x24x5 sm) "mu-sulmon" g’ishtlar keng rasm boʻlgan. oʻzbekistonda 19-asr 2-yarmidan toʻrtburchak shaklli (28x13x7 sm va 37x23x9 sm oʻlchamli) "nikolay" g’ishtlari ishlatilgan. hozir asosan 25x12x6,5 sm oʻlchamli va bir yarimtali (25x12x8,8 sm) pishiq g’isht ishlatiladi.
Ganch — oqish, sargʻish tusli mahalliy qurilish materiali. Gips (40 — 70%) bilan tuproqning tabiiy aralashmasini kuydirib (qizdirib) tayyorlanadi. Suvoqchilik ishlarida, ganch oʻymakorligida, quyma bezak shakllar tayyorlashda, haykaltaroshlikda ishlatiladi. G.ga mineral boʻyokdar aralashtirib, har xil rangli qorishmalar hosil qilish mumkin (mineral boʻyoq nisbati 1:10 dan ortmasligi kerak). Murakkab qurilmalar (hashamatli binolar, ayniqsa gumbazlar, ravokdar va b.) da sof holda ishlatiladi. Alebastrga nisbatan sekinroq qotganligi uchun devor va shiftni sidirgʻa suvashda, shakllar tayyorlash, oʻyib naqsh solish, ustidan boʻyab tasvir ishlash uchun qulay. Namga chidamsizligi tufayli G. asosan inshootlarning ichki tomonlariga ishlatiladi. G.ning ganchxok turi opsiy ganch bilan soz tuproq aralashmasidan iborat boʻlib, asosan devorlar g’ishtini terishda, qora suvoqqa ishlatiladi; tez ganch turi (tez qotadigan pishiq G.) koʻproq qora suvoqqa, gul ganch turi esa (eng mayda va nozik G.) asosan pardoz bezagida foydalaniladi. Oʻymakori va qolipaki ishlar ham gulganchda bajariladi.


Hovli — meʼmorlikda atrofi devor bilan oʻralgʻan uy-joyli sahn, maydon; oila yashaydigan uy, shu uyga qarashli sahn va maydon ham H. deb ataladi. Turar joyninpartbmy qis-mini tashkil etadi. Jumladan, musulmonlar dunyosida H. ichki (ichkari) va tashqi (tashqari) qismlardan ibo-rat; ayrim xonadonlarda tandirxonali, oʻtinxonali, molxonali orqa H.lar ham boʻladi.











Download 15,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish