Teletomoshabinlar diqqatiga! Shu sababli, DVB-T standartida uzatilayotgan raqamli teledasturlarni ko‘rib kelayotgan yurtdoshlarimiz DVB-T2 standartini qo‘llovchi qurilmalarni (tyuner yoki zamonaviy rusumdagi televizor) o‘rnatishlari lozim bo‘ladi. Shundan so‘nggina yangidan-yangi ishga tushirilayotgan telekanallarni tomosha qilishingiz mumkin. Eski avlod televizorlari yoki DVB-T standartidagi signallarni qabul qilishga moslashtirilgan televizordan foydalanuvchilar DVB-T2 standartidagi raqamli tyuner qurilmasini ulagan holda qo‘shimcha telekanallarni ko‘rishlari mumkin.
Tavsiya: Yangi televizor xarid qilayotganda, ushbu televizorda DVB-T2 standartida ishlaydigan tyuner bor-yo‘qligiga e’tibor qarating! Mahsulotning texnik tavsifida bu haqda batafsil axborot berilgan bo‘ladi. Bunday televizor raqamli televideniyega ulanish uchun ortiqcha qurilmalarni talab qilmaydi. Bugungi kunda mamlakatimiz va xorijda ishlab chiqarilayotgan aksariyat televizorlarda DVB-T2 standartida ishlaydigan tyunerlar mavjud.
Eski rusumdagi televizorlardan foydalanuvchilar televizorga DVB-T2 standartidagi raqamli telesignallarni qabul qiluvchi tyuner va standart antennani o‘rnatgan holda raqamli teledasturlarni ko‘rishlari mumkin.
Diqqat, yangilik! O‘zbekiston Respublikasi prezidenti qaroriga asosan, 2019-yilning 1-sentyabr kuni
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining yangi «O‘zbekiston tarixi» telekanali dasturlari efirga uzatila boshlanadi. «O‘zbekiston tarixi» telekanali dasturlari yuqori sifatli HD formatida hududlarga DVB-T standarti orqali uzatilishi yo‘lga qo‘yiladi. Keyinchalik ushbu DVB-T standartida ishlovchi teleuzatgichlar modernizatsiya qilinib, bosqichma-bosqich DVB-T2 standartiga o‘tkaziladi.
Shuni alohida ta'kidlab o'tish joizki, DVB-T2 da qo'shimcha funksiyalar kiritilishi ham belgilanganlar, ularning ba‘zilari hozirgi kunda ishlatilmasada, kelajakda ushbu tizim imkoniyatlaridan keng foydalish mumkin. Masalan: T2da ikkita qo'shimcha qurilma mavjud bo'lib, ularni kelajakda kadrni kengaytirishda qo'llash mumkin. Bunda T2 kadrining tuzilishi hali aniqlanmagan turdagi signallarga mo'ljallangan mavjud bo'lmagan turdagi kadrlarga signalizatsiyani kiritish imkoniyatini ko'zda tutadi (7.14-rasm).
7.14-rasm. T2 kadrlar aro FEF maydonlarining kiritilishi
Ya‘ni, bu FEF (Future Extension Frames- Kadrlarning Kelgusi Kengayishi) kadrlarning mazmuniy tarkibi hali aniqlanmagan. T2 ko’rsatgichlariga mos signalizatsiyaning kiritilishi birinchi avlod resiverlari uchun FEF-fragmentlarni tanib olish va ularga e'tibor bermaslik imkonini yaratadi. Biroq hozirdan egallanmagan o’rinlar uzatishning birinchi tizimlarini kelajakdagilari bilan teskari aloqasini ta‘minlashi, ularda bu signalizatsiya tarkibi yangi ma‘lumotlar haqidagi axborotni tashishini belgilaydi. Shuningdek, T2da chastota-vaqt segmentatsiya ko’zda tutilgan bo’lib, ular kelgusida slotlarga (TFS - Time