Frequency Slicing - chastota kesish vaqti) chastota-vaqt bo’yicha bo ̳lish uchun zarur. Garchi asosiy qabul qilishning xususiyati TFS dan foydalanmay qo’llashni nazarda tutsada, signalizatsiyalarga kiritilgan belgilar, ular ikkita tyuner bilan jihozlangan bo’lg’usi resiverlarning TFS-signallari bilan ishlash imkonini beradi. Bunday signal bir necha radio chastota kanallarni egallaydi va har bir xizmatning turli fragmentlari umumiy holda turli chastotalarda uzatiladilar. Resiver kanaldan kanalga sakrab o’tib, sozlanib, qabul qilinayotgan xizmatga tegishli ma‘lumotlar fragmentlarini yig’ib oladi. Bu bitta radio chastota kanaliga uchun ruxsat
etilgandan ko’ra kengroq paketlarni shakllantirish imkonini beradi, bu esa o’z navbatida kanallar chastotalarini rejalashtirishdagi moslashuvchanligini va static multipleksirlash hisobiga kanallar sonini yutish imkonini yaratadi. Bunda T2 tizimining o’tkazuvchanlik qobiliyati parametrlarning belgilangan butun ketma- ketligini tanlash bilan aniqlanadi. Bu maqsadda ko ̳pgina opsiyalar ko’rib chiqilgan va aniq konfiguratsiya bilan qabul qigichlar maxsus signalizatsiya yordamida xabardor qilinadi. Parametrlarni tanlash tizim ishi mukammallashtirishni ko’zda tutadi, masalan, kanaldan kanalga o’tish vaqti bilan xizmat axborotining qismining o’zaro mutonosibligi yokio’tkazuvchanlik qobiliyati bilan xalaqitlarga chidamlilik orasidagi moslashuvni qidirish. Shakllantiruvchi ko’rsatgichlarning ko’p bo’lishi boshqa tizimlar bilan solishtirishni murakkablashtiradi. Masalan, T2ni DVB-T bilan solishtirsak, birinchi navbatda standart kanaldagi xuddi shunday signalni ta‘minlovchi, biroq T2 da murakkab sharoitda qabulning kata xalaqitbardoshligini nazarda tutadigan parametrlar olinishi mumkin. Bunday variant DVB-Tga nisbatan T2 kanalining yuqori o’tkazuvchanlik qobiliyatiga mos keladi. Biroq normal kanal uchun ko’rsatkichlari pastroq variantni ham tanlash mumkin, ammo xuddi avvalgidek qabul qilish murakkab sharoitlaridagi kanallar uchun yuqorilari tanlanadi. Bunday sharoitda qabul qilish qobiliyati yana ham oshadi. Gauss kanalidagi bir xil turdagi tizim nisbiy xarakteristikalari 7.1-jadvalda keltirilgan.
7.1-jadval DVB-T va DVB-T2 tizimlarining ayrim qiyosiy xarakteristikalari
Bu yerda: FTO’ - Furye tez o’zgartirishi; TS- tayanch-signal Jadvaldan
ko’rinib turibdiki, DVB-T inglizcha variantiga nisbatan kutilayotgan o’tkazuvchanlik qobiliyatining o'sishi 1,5martani tashkil qiladi. Bu nazariy baholashning natijalari, ammo mavjud adabiyotlarda ushbu materiallarini ifodalashdagi tajribaviy natijalar keltirilmagan. Shunday qilib, DVB-T2 yangi standartining asosiy holatini taxlil qilishda, standartga signallarni efirli uzatish xususiyatini nazarda tutuvchi yangi samarali texnologiyalar kiritilgan deb xulosa chiqarish mumkin. Bundan tashqari, kadrlarning xizmat-nazorat ustqurmalarini optimizatsiyalash imkonini beruvchi asosiy parametrlar safi kengaytirilgan.
Bularning barchasi umumiy holda o’tkazuvchanlik qobiliyatini sezilarli oshishiga va bir vaqtning o’zida tizimning chidamliligini oshirishiga olib kelishi kutilmoqda. Ya‘ni, yuqori aniqlikdagi teleuzatishlari uchun mukammal tarmoqni qurish imkoni mavjudligi ta‘kidlanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |