O’zbekistоn respublikasi axbоrоt texnоlоgiyalari va kоmmunikatsiyalarini rivоjlantirish vazirligi



Download 5,96 Mb.
bet2/9
Sana01.02.2022
Hajmi5,96 Mb.
#423473
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
14 (2)

Android Studio muhiti

Android Studio, Google ning Android operatsion tizimi uchun rasmiy integratsiyalashgan dasturlash muhitidir. U JetBrains ning IntelliJ IDEA si asosiga qurilgan, va aynan Android dasturlarni yaratish uchun mo’ljallangan. Uni Linux ga asoslangan operatsion tizimlar, Windows va macOS uchun versiyalari mavjud. U Eclipse Android Development Tools ni o’rnini, asosiy Android uchun dasturlar ishlab chiqish muhiti sifatida egallash uchun ishlab chiqilgan. Android Studio ni yaratishda Java, Kotlin va C++ dasturlash tillaridan foydalanilgan.
Ushbu mustaqil ishini bajarishda Android Studio ning 3.2.1 versiyasidan foydalandim.



1-rasm. Android Studio logotipi.

Ilk bor Android Studio haqida 2013-yilning 16-may sanasida Google I/O konferensiyasida e’lon qilingan edi. Ushbu 0.1 versiya sinov versiyasi edi va 2013 yilning iyun oyidan, 0.8 versiyadan boshlab ushbu loyiha beta bosqichga o’tdi. Android Studio ning ilk stabil versiyasi 2014 yil dekabr oyida 1.0 versiya sifatida dasturchilarga taqdim etilgan.


Hozirgi kundagi eng so’ngi stabil versiyasi 3.2.1 bo’lib u 2018-yil oktabr oyida chiqarilgan. Android Studio ni developer.android.com saytidan bepul yuklab olishingiz va android ilovalar yaratish uchun foydalanishingiz mumkin.
Android Studio IntelliJ va CLion da qo’llab quvvatlanadigan, Java va C++ kabi, tillarni o’zida jamlagan. 3.0 versiyadan boshlab Android Studio ga Kotlin dasturlash tili uchun ham imkoniyatlar qo’shilgan. Android Studio, Google va JetBrains kompaniyalarining qo’shma loyihasi hisoblanadi.



2-rasm. Android Studio ning boshlang’ich oynasi.



3-rasm. Companion dasturi Android Studio ning asosiy oynasida.

Android Studio dagi har bir loyiha manba kodi fayllari va resurslarni o’z ichiga oluvchi bir yoki undan ko’proq modullardan tashkil topadi. Modullarning quyidagi turlari mavjud:



  • Android app modullari

  • Kutubxona modullari

  • Google App Engine modullari

Defolt bo’yicha, Android Studio sizning dasturingiz fayllarini Android loyiha oynasida 4-rasmdagi kabi namoyish qiladi. Ushbu oyna sizni loyihangizning kerakli manba fayllariga tez murojaatni ta’minlash maqsadida modullar bo’yich tashkil qilingan.



4-rasm. Android Studio oynasida loyiha fayllari.

Android loyihaning diskdagi strukturasi 2-rasmda ko’rsatilganidan farq qiladi. Loyihaning haqiqiy fayl strukturasini ko’rish uchun chap yuqori burchakdagi Android ochiladigan ro’yxatidan Project ni tanlang.


Android Studio ning asosiy oynasi 5-rasmda ko’rsatilgan bir necha logik qismlardan tashkil topgan.

5-rasm. Android Studio ning asosiy oynasi.



  1. Toolbar sizga dasturingiz ustida bir qancha amallarni bajarish imkonini beradi. Bularga dasturni ishga tushirish, Android ish asboblaridan foydalanish va boshqalar kiradi.

  2. Navigation bar dasturdagi fayllar bilan ishlashni osonlashtiradi. U Project oynasidagi dastur strukturasiga qaraganda ixchamroq bo’lgan strukturani sizga ko’rsatadi.

  3. Editer window, siz dastur kodini yaratadigan va unga o’zgartirishlar kiritadigan oyna. Fayl turiga qarab muharrir turi o’zgarishi mumkin. Masalan, agar layout fayllar bilan ishlayotgan bo’lsangiz Layout Editor ishlatiladi.

  4. Tool window bar dasturlash muhitining chetki qismida joylashgan bo’lib, individual asbob oynalarini ochish va yopish imkonini beruvchi tugmalarni o’zida jamlaydi.

  5. Tool window lar sizga loyiha menejmenti, qidiruv, versiya nazorati, va boshqa shu kabi jarayonlarni nazorat qilish imkonini beradi.

  6. Status bar loyihaning statusini va turli ogohlantirish va xabarlarni namoyish qilish uchun ishlatiladi.




  1. Download 5,96 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish