Mirzo Ulug‘bek
(1394-1449)
Ulug‘bek o‘z hukmronlik yillarida zamonasidagi ko‘pgina mashhur olimlarni Samarqandga to‘pladi. 1430-yilda butun dunyoga mashhur rasadxona (observatoriya) qurdirdi. Ulug‘bek o‘z atrofidagi olimlar bilan birgalikda «Yangi astronomiya jadvali» degan mashhur asarini yaratdi. Bu jadval g‘oyat aniqligi bilan butun dunyoga mashhurdir. Ulug‘bekning yulduzlar, sayyoralar harakati haqidagi jadvali va boshqa ilmiy kuzatishlari jahon astronomiya fanining rivojlanishiga juda katta hissa qo‘shdi. Ulug‘bek davrida ko‘pgina katta binolar, yodgorliklar qurildi, adabiyot, san’at ancha yuksaldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |