O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi



Download 369,2 Kb.
bet133/192
Sana15.01.2022
Hajmi369,2 Kb.
#369363
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   192
Bog'liq
AKADEMIK YOZUV majmua 2021-22 tayyor (2) 14372

Tushunchalar tаhlili

Algebra




O‘nlik pozitsion hisoblash sistemasi




Algoritm




Zij




Koordinata




Astronomik




Hind rаqаmlari




MATNLAR USTIDA ISHLASH

O‘zbekiston Vatanim mening»

O‘zbekiston

Biz yashayotgan go‘zal yurt O‘zbekiston Respublikasidir. Bu yurtni qadimda o‘z xalqi Turon, arablar Movarounnahr, keyinroq Turkiston va O‘rta Osiyo deb kelishgan. U O‘rta Osiyoning markaziy va shimoliy qismida joylashgan. Maydoni 447,4 ming kv. km, aholisi 25 mingdan ortiq, uning 70% ini o‘zbeklar tashkil qiladi. O‘zbekiston, asosan, Sirdaryo bilan Amudaryo oralig‘ida joylashgan. Respublikamizning serquyosh issiq shirin-shakar mevalar, poliz ekinlari, paxta, kanop singari texnik ekinlar yetishtirish imkonini beradi. O‘zbekistonning mehnatsevar, is’tedodli xalqi respublikamizning chinakam boyligidir.

Yurtimiz yer osti konlari, qimmatbaho hamda nodir materiallar va minerallarga boy.

Respublikamiz oltin, kumush, rux, volfram kabi qimmatli materiallar bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi.

O‘zbekiston ma’muriy jihatdan 12 ta viloyat va bitta respublikadan iborat. Respublikamizda 100 ga yaqin obod shaharlar, 97 ta shaharcha, 148 ta qishloq, tuman bor. Shahar va qishloqlarimiz kundan kun obod va ko‘rkam bo‘lib bormoqda. Hozirgi kunda yurtimiz O‘rta Osiyoning eng katta sanoat, yirik ilm-fan va yuksak madaniyat markazidir. Biz o‘z Vatanimizni sevamiz va u bilan faxrlanamiz.
Adabiyot muzeyi

1968-yilning kuzida Toshkentda Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi ochildi. Bu muzey xalqimizning buyuk Navoiy ijodiga bo‘lgan muhabbatining yorqin misolidir.

Muzey sahnidagi ko‘klamzor, gulzor, bog‘da Navoiy haykali o‘rnatilgan. U marmar hovuzga qarab turibdi. To‘rt qavatli binoga kiradigan ikki katta eshik g‘oyat go‘zal ishlangan.

Muzeyning «Navoiy Astrabodda», «Navoiy Hirotda», «Navoiy Samarqandda», «Navoiy lirikasi» deb nomlangan zallarida Navoiyning buyukligi va asarlarning o‘lmasligi aks ettirilgan. Umuman, Navoiy hamda unga zamondosh bo‘lgan shoir va olimlarning ijodiy merosini boyitish uchun muzeyda o‘n uchta bo‘lim ajratilgan.

Mashhur olim, shoir va sarkarda Boburdan boshlab, ma’rifatparvar shoir, dramaturg Hamza Hakimzoda Niyoziygacha bo‘lgan to‘rt asrlik adabiyot tarixiga oid materiallar yigirma ikkinchi bo‘limda to‘la namoyish qilingan.

O‘zbek yozuvchilari va ularning asarlari haqidaga ma’lumotlarni binoning to‘rtinchi qavatidagi o‘n uchinchi bo‘limda ko‘rish mumkin. Muzeyda taniqli professorlar, ilmiy xodimlar tomonidan ilmiy ishlar ham olib boriladi.
Abu Ali ibn Sino

(980-1037)

«Shayx ur-rais», «Donishmandlar sultoni», «Tabiblar shohi»... bunday yuksak va mo‘tabar nomga o‘rta asr Sharq Uyg‘onish davrining buyuk mutaffakiri, qomusiy bilim sohibi, umumjahon fani hamda madaniyatiga bebaho hissa qo‘shgan buyuk allomalardan biri Abu Ali ibn Sino musharraf bo‘ldi. U Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog‘ida tug‘ildi. Uning bolalaik va o‘smirlik yillari Buxoroda o‘tdi. Uning tabiblik va ilmiy faoliyati ham shu shaharda boshlandi.

Bu yillarda Buxoroda Mansurshoh ko‘p kasal bo‘lib, uni hech kim davolay olmagan edi. Yosh tabib Ibn Sino shohni davolaydi. Shu tariqa shoh kutubxonasidan bahramand bo‘lish baxtiga erishadi. U yerdagi xilma-xil kitoblarni o‘qib, o‘z bilimini boyitadi.

999-yilda Buxoro sulton Mahmud tomonidan bosib olinadi. Ibn Sino musulmon ruhoniylari va sulton Mahmudning ta’qibidan cho‘chib, 1002-yilda Xorazm poytaxti Urganchga ketadi. Urganchda Xorazm shohi Mahmudning saroyida yashaydi. Ibn Sino bu yerda mashhur olim Beruniy bilan uchrashadi.

Ibn Sino o‘z davrigacha yaratilgan barcha fanlarni o‘zlashtirdi va o‘zi ham shu ilmlarning deyarli barchasida ijod etdi. Alloma yaratgan ilmiy meros, mana necha asrlardirki, faqat O‘rta Osiyo va Yaqin Sharqdagina emas, balki G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida ham ma’lum va mashhur bo‘ldi, qayta-qayta nashr etildi.



Download 369,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish