O‘zbеkiston rеspublikasi axborot tеxnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkеnt axborot tеxnologiyalari univеrsitеti samarqand filiali


-Amaliy mashg'ulot: Relyatsion ma’lumotlar bazasini loyihalash



Download 11,52 Mb.
bet32/71
Sana20.06.2022
Hajmi11,52 Mb.
#685615
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   71
Bog'liq
MBB fanidan UUM 2021 3 kurslar

2-Amaliy mashg'ulot: Relyatsion ma’lumotlar bazasini loyihalash.


Ma’lumotlar bazasini yaratish jarayonida o’rganilayotgan predmet sohaga tegishli ma’lumotlarni yig’ish va ob’ektlar o’rtasidagi o’zaro bog’liqliklarni aniqlash ma’lumotlar bazasini loyihalashning muhim omili hisoblanadi.


«Mohiyat-aloqa» modeli (ER - Entity-Relationship model) ma’lumotlar bazasini loyihalashning konseptual darajasidagi chizmalarini tavsiflash uchun ishlatiladi. Biz an’anaviy belgilash (tasvirlash) usullari bilan bir qatorda, loyihalash vositasi UML (Unified Model Language - yagonalashgan modellash tili) tilining belgilaridan ham foydalanamiz. Chunki loyihalash vositalarining tarkibiga «mohiyat-aloqa» modeli ham kiritilgan.
«Mohiyat-aloqa» modeli elementlari
«Mohiyat-aloqa» modelining asosiy elementlari — mohiyatlar, atributlar, identifikatorlar va aloqalardan iborat.
Mohiyat - bu birorta predmet sohaga tegishli obyektdan iborat. Mohiyatlarga misol - XIZMATCHI Baxtiyor Salimov, MIJOZ 77345, BUYURTMA 0049 va MAXSULOT 59037. Bir xil turdagi mohiyatlarning guruhlari mohiyatlarning sinflarini tashkil etadi. XIZMATCHI turidagi mohiyatlarning sinfi hamma XIZMATCHI turidagi mohiyatlardan iborat. Mohiyatlarning sinflarini bosh harflar bilan belgilaymiz. Mohiyatlar sinfi mohiyat nusxalarining to‘plamidan iborat deyishimiz mumkin. Masalan, Talabalar o‘quv loyihasidagi RO‘YHAT mohiyatining tarkibi - Zn (talaba reyting daftarchasining raqami), Familiya (familiyasi), Ism (ismi), Sharifi(otasining ismi), KSana (o‘qishga kirgan sanasi), Fak_N (fakultet raqami), Yon_N (yo‘nalish raqami), Kurs (kurs), Guruh_N (guruh raqami), PaspS (pasport seriyasi), Pasp N (pasport raqami).
Ana shu RO‘YHAT mohiyatining ikkita nusxasi 1-rasmda keltirilgan:

B005227

B059022

Sangirov

Sayfiyev

Sanjar

Baxtiyor

Chori o’g’li

Jo’rayevich

31.08.2018

31.08.2018

KI

KI

At-Servis

KI

2

2

208

202

AA

AA

5468990

0934073

1-rasm.
Mohiyatlar atributlarga ega bo‘lib, ularni xususiyat (propetries)lar deb ham atashadi. Xususiyatlar mohiyatlarni tavsiflaydi. Misollar sifatida Xodimning ismi, tug‘ilgan_sanasi va ish_staji atributlarini keltirish mumkin. «Mohiyat-aloqa» modelidagi berilgan sinfining hamma nusxalari bir xil atributga ega, deb faraz qilinadi. «Mohiyat-aloqa» modelining boshlang4ich ta’rifi kompozit (composite) va ko'p qiymatli (multi-valued) atributlami o‘z ichiga oladi. Kompozit atributga misol sifatida Manzil atributini olish mumkin, u Indeks, Shahar, Mavze, Ko‘cha va Uy atributlar guruhidan iborat. Ko‘p qiymatli atributga misol Ustoz familiyasi, bo‘lishi mumkin, chunki har bitta talabaning bir qancha ustozi bo‘ladi. Atribut bir pavtda ham kompozit, ham ko'p qiymatli bo’lishi mumkin. Masalan, Hudud_kodi, telefon_raqami atributlar guruhidan tuzilgan Telefon kompozit atributi, ko‘p qiymatli bo‘lishi mumkin, bu esa bitta odamning bir nechta telefon raqamlarini saqlash imkoniyatini yaratadi. Ko‘pgina «mohiyat-aloqa» modellarini amalga oshiruvchi vositalar bir qiymatli kompozit atributlarni inkor qiladi, ko‘p qiymatli atributlarni esa mohiyatlarda akslanishini talab qiladi.
Mohiyatlaming nusxalari identifikator (identifiers) - atributlarga ega bo‘lib, nusxalar nomlanadi, ya’ni identifikatsiya qilinadi. Masalan, XIZMATCHI sinfi mohiyati nusxalari Soliq_to‘lovchini aniqlovchi_raqam yoki Xizmatchining_familiyasi_ismi_sharifi atributlari bilan aniqlanadi. Ishga_kirgan_sanasi yoki Maoshi atributlari XIZMATCHI mohiyat sinfi nusxalarining identifikatorlari bo‘la olmaydi, chunki ular xodimni bir qiymatli aniqlay olmaydi. Shunga o‘xshash RO‘YXAT sinfining mohiyati nusxalari Zn yoki Familiya, Ism, O_Ism atributlari orqali identifikatsiya qilinadi. BUYURTMA sinfining mohiyatlari esa Buyurtma_raqami atributi orqali identifikatsiya qilinadi.
Mohiyat nusxasini identifikatori bitta yoki bir nechta atributdan tashkil topishi mumkin. Identifikator noyob (unique) yoki noyob bo 'lmasligi (nonu­nique) mumkin. Agarda identifikator noyob bo‘lsa, uning qiymati mohiyat nusxasining faqat bittasini aniqlaydi. Agarda identifikator noyob bo’lmasa, uning qiymati mohiyat nusxalarining qandaydir to‘plamini aniqlaydi. Masalan, Zn identifikator noyob, Familiya, Ism, O_lsm identifikatorlari noyob emas, chunki xuddi shunday familiya, ism va otasining ismidagi ikkita va undan ortiq odam bolishi mumkin.
Bir nechta atributlardan iborat identifikatorlar kompozit identifikatorlar deyiladi. Misol, Hudud_kodi, telefon_raqami identifikatori.
Mohiyatlaming o‘zaro munosabatlari aloqalar (relationships) orqali ifodalanadi. «Mohiyat-aloqa» modellari, aloqalar sinfini va aloqalarning nusxalarini o‘z ichiga oladi. Aloqalar sinfi (relationships classes) - mohiyatlar sinflari orasidagi o‘zaro munosabatlardan, aloqalar nusxalari (relati­onships instanses) esa, mohiyatlar nusxalari orasidagi o‘zaro muno­sabatlardan iborat. Aloqalarning ham xususiyatlari bo’lishi mumkin.
Aloqalar sinfi bir nechta mohiyatlar sinfi bilan munosabatda bo'lishi mumkin. Aloqada ishtirok etuvchi mohiyatlar sonialoqa darajasini (rela­tionships degree) belgilaydi. 2-rasmda aloqa darajasi ikki va uch bo'lgan holatlar keltirilgan. BUYURTMACHI BUYURTMA aloqasining darajasi 2, chunki unda ikkita mohiyat sinflari BUYURTMACH1 va BUYURIMA qatnashgan. OTA-ONA aloqasining darajasi 3, chunki unda uchta mohiyatlar sinflari OTA, ONA va FARZAND ishtirok etgan. Aloqa darajasi ikkiga teng bo‘lgan holatlar juda keng tarqalgan bo’lib, binar

Download 11,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish