Tayanch so‘zlar va iboralar: server, mijoz, fayl server
Nazorat savollari.
Fayl – serverli ma’lumot bazasinir afzallik va kamchiliklarni aytib bering.
Ilova serveri modeli qanday muamolarni echish uchun ishlab chiqilgan.
Ochiq sistemalarga (tizimlarga) tegishli xususiyatlarni sanab o‘ting.
Ma’lumotlarni taqsimlangan qayta ishlashtizimlarini rivojlanish istiqbollari qanday
Mavzu. Ma’lumotlar bazasini himoyalash .
Ma’lumotlar bazasini himoyalash. Loyihalashtirish va ekspulatsiya. MB ni himoya qilishning tarkibiy elementlari. Ma’lumotlar xavfsizligi modellari. Ma’lumotlarni himoyalash usullari. Grant operatorlari
REJA
1. Ma’lumotlar bazasini ishlatish.
2. Ma’lumotlar bazasini himoyasi.
3. Parallel qayta ishlashlarni boshqarish
Ko‘p foydalaniluvchi ma’lumot bazalari tashkilot va korxonalarni muxim axborot resurslari xisoblanadi. SHu bilan birga bunday resurslardan foydalanish bir qancha muammolar keltirib chiqaradi. Birinchidan, bunday ma’lumot bazasini ishlab chiqish va loyixalash murakkab, chunki bunda ko‘p sondagi foydalanuvchilarni talablarini xisobga olish kerak. SHu bilan birga vaqt o‘tishi bilan barcha talablar o‘zgaradi. Bu esa o‘z navbatida ma’lumot baza strukturasini o‘zgartirish zaruratiga olib keladi. Bunday strukturalarni o‘zgartirish aniq rejalashtirishni va nazorat qilishni talab etadi. CHunki bir gurux foydalanuvchilar uchun bajarilgan o‘zgartirish boshqa gurux foydalanuvchilari uchun muammolar tug‘dirmasligi talab etiladi. Bundan tashqari bir necha foydalanuvchilarni so‘rovlarini parallel qayta ishlashda maxsus tadbirlar qabul qilish kerak. MB tashkilot faoliyatini muxim komponenti bo‘lib xizmat qiladi. Uni tarkibini buzunlikilishi, axborotlarni yo‘qolishi kabi nuqsonlar paydo bo‘ladi. SHu bilan birga operatsion tizimlardagi takomillashtirishlar va dasturiy ta’minotni yangi versiyalarini paydo bo‘lishi ma’lumot bazasini takomillashtirishni talab etadi. Bunday masalalarni echish uchun tashkilot va korxonalarda ma’lumot bazasini administlash bo‘limlari tuzunlikilgan. Bu bo‘limni asosiy vazifasi ma’lumot bazasi va uni ishlatadigan ilovani yaryatishni, ishlatishni va ma’lumot bazasiga xizmat ko‘rsatishni amalga oshirishdan iborat. Jumladan:
Ma’lumot baza strukturasini boshqarish;
Parallel qayta ishlashni boshqarish;
Qayta ishlash bo‘yicha xuquq va vazifalarni(burchlarni) belgilash
Ma’lumot baza xavfsizligini ta’minlash v.x.k
Parallel qayta ishlashni boshqarish. Parallel qayta ishlashni boshqarish bo‘yicha asosiy tadbirlar birorta foydalanuvchini boshqasiga kutilmagan xolda ta’sir qilishini xisobga olishga qaratilgan. Parallel qayta ishlash sharoitida ba’zan foydalanuvchilar ma’lumot bazasiga yakka xolda foydalanish sharoitidagi natijalarni olish maqsadiga qaratilgan. Boshqa xollarda foydalanuvchilarning kutilgan tarzda bir biriga ta’siri tushuniladi. Masalan, kompyuter tizimiga o‘z ma’lumotlarni kiritgan foydalanuvchi ma’lumot bazasidan bir qancha foydalanuvchi foydalanishiga qaramasdan bir xil natija olishi kerak. SHu bilan birga foydalanuvchi masalan omborxona xolati xaqidagi achborotni oxirgi vaqtdagi xisobotini olishga xarakat qilishi mumkin. Bunda shu paytda boshqa foydalanuvchi ma’lumotlarni o‘zgartirayotgan bo‘lsa, amalga oshirayotganligini tugallanmagan o‘zgarishlarni xisobga olib ko‘rishga xarakat qiladi. Xozirgi kunda barcha parallel qayta ishlash xollari uchun ma’qul bo‘ladigan usullar mavjud emas. Masalan foydalanuvchi parallel qayta ishlashni qattiq boshqarishi mumkin. Bunda u ma’lumot bazani boshqa foydalanuvchilar uchun blokirovka qilib qo‘yishi mumkin, o‘zini ishi tugamaguncha boshqa mijozlar malumotlar bazasi bilan xech qanday ish bajara olmaydi. Bu usul ishonchli bo‘lishi bilan birga qimmat xisoblanadi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshiradigan, lekin dasturlash va amalga oshirish qiyin usullar xam mavjud. Ma’lumot bazasi bilan ishlaydigan ko‘pgina ilovalarda foydalanuvchi ishini tranzaksiya ko‘rinishida amalga oshiriladi. Tranzaksiya ba’zan ishni mantiqiy birligi xisoblanadi. Tranzaksiya bu ma’lumot bazasi bilan bajariladigan ishlar(xarakatlar) ketma ketligi bo‘lib unda barcha ishlar to‘laligicha bajariladi yoki birortasi xam bajarilmaydi. Oxirgi xolda ma’lumot bazasi o‘zgarishsiz qoladi. Bunday tranzaksiya ba’zan atomar deb ataladi. CHunki u bir butun ko‘rinishida bajariladi. Masalan, yangi buyutmani ro‘yxatga olishda ma’lumot bazasi bilan bajarilgan ketma ket ishlarni ko‘rib chiqamiz. Bu quyidagi ketma ketlikdan iborat:
1. xaridorni to‘lov puli oshishi bilan bog‘liq bo‘lgan yozuvni o‘zgartirish kerak
2. sotuvchini komission puli oshishi bilan bog‘liq bo‘lgan yozuvni xam o‘zgartirish kerak
3. ma’lumot bazasiga yangi buyurtma xaqidagi yangi yozuv qo‘shish kerak. Masalan bu ishlarni bajarishni oxirgi bosqichida fayl soxasida xajmi etmaganligi munosabati bilan uchinchi qadam bajarilmadi. Bunda xaridor uchun bajarilmagan buyurtmaga xaq to‘lash bajariladi. Sotuvchi xaridorga yuborgan tovar uchun ustma xaq oladi. Masaladan ko‘rinib turibdiki, bu uch qadam bir butun bo‘lib barchasi bajarilishi kerak yoki birortasi xam bajarilmasligi kerak. Atomar tranzaksiyada ko‘rsatilgan xarakatlarda birortasi bajarilmasa ma’lumot bazasida o‘zgarish amalga oshmaydi. Tranzaksiyani bajarish chegaralarini ko‘rsatish uchun tranzaksiyani boshlanishiga tranzaksiyani saqlashga va tranzaksiyani qatarishga komanda berishi zarur. Xar xil MBBT da bu komandalar formasi bo‘yicha farqlanadi. Agar bir vaqtda ikkita tranzaksiya bajarilsa, bu tranzaksiya parallel tranzaksiya deyiladi.
Himoya faqat MB ma’lumotlarigina tegishli emas. Himoyalash hisoblash tizimlarining boshqa qismlarini xam o‘z ichiga oladi. SHuning uchu4n MB ximoyasi xisoblash qurilmalariga, dasturiy ta’minotga va bevosita ma’lumotlarga tegishli bo‘lishi mumkin. Ma’lumotlarni samarali ximoya qilishuchun mos nazorat vosit alari talab etiladi.
MB muxim korporativ resurs xisoblanadi, shuning uchun uni ximoya qilish katta ahamiyatga ega. MB kuyidagi xavflar mavjud:
Ma’lumotlar o‘g‘irlash va almashtirish
Ma’lumotlarni maxfiyligini saqlash(sirni oshkor qilmaslik);
Ma’lumotlar bazasini bir butunligini saqlash;
Ma’lumotlar bazasiga murojat qilishdan maxrum bo‘lish.
MB bo‘ladigan xavflarni bartaraf qilish fizik nazoratdan boshlanib, administrativ tashkiliy ishlar bilan tugaydi. Xozirgi kunda kompьyuter tizimlarini nazorat qilishni xilma xil vositalari mavjud. SHu bilan birga MB bilan ishlaydigan MBBT ni xavfsizligi xam muxim . Bu esa uzunlik navbvtida MBBT ishlaydigan operatsion tizim xavfsizligi bilan bog‘liq
MBsini ximoyalashda quyidagi usullardan foydalanish mumkin:
Foydalanuvchilarni mualliflashtirish;
Rezerv nusxalar yaratish va tiklash;
Bir butunlikni ta’minlash;
MB siga ximoyalash parollarini qo‘yish.
Do'stlaringiz bilan baham: |