Ustoz-shogird an’analari 1-oktyabr-ustoz va murabbiylar kuni



Download 111,69 Kb.
bet1/2
Sana23.08.2021
Hajmi111,69 Kb.
#154251
  1   2

USTOZ-SHOGIRD AN’ANALARI 1-OKTYABR-USTOZ VA MURABBIYLAR

KUNI

Ishlab chiqarishdagi ustoz-shogird an'analari hamisha yosh mutaxassislar kasb mahorati va malakasini oshirishning eng muqobil omili bo'lib xizmat qiladi. "Olmaliq KMK" AJ markaziy ta'mir mexanika zavodi avtotransport va maxsus texnikalarni ta'mirlash sexida bu borada olib borilayotgan ishlar bunga yaqqol misol bo'la oladi.

Bugungi kunda yuqori malakali, har tomonlama rivojlangan, mahoratli, dunyoqarashi keng va chuqur texnik bilimga ega ishchi-kadrlarni tayyorlash - ishlab chiqarishdagi eng muhim masalalardan biridir. So'nggi yillarda OKMKda ishlab chiqarish ta'limiga alohida e'tibor qaratilib, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, ikkinchi kasbga o'rgatish hamda ishchi va muhandis-texnik xodimlar malakasini oshirish borasida kombinat o'quv markazi xodimlari, shtatdan tashqari o'qituvchilar, yo'riqchi va korxonalardagi ustozlar tomonidan olib borilayotgan keng qamrovli ishlar o'zining samarali natijasini berayotgani quvonarli holdir. Aynan ishlab chiqarishdagi yuqori malakali mutaxassislardan tayinlangan ustozlarning mehnati ish jarayonidagi ta'lim sifatini oshishiga xizmat qilmoqda. Shu boisdan MTMZ avtotransportlar va maxsus texnikalarni ta'mirlash sexida ham ustozlarga katta hurmat va e'tibor bilan qarashadi. 26 oktyabr kuni mazkur sex kasaba uyushmasi boshlang'ich tashkiloti va korxona kasaba uyushmasi qo'mitasining hamkorligida 1 oktyabr kuni mamlakatimizda nishonlanadigan ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan sexda ko'p yillar mobaynida ishlab kelayotgan faxriy ustozlar taklif etilib, uchrashuv uyushtirildi. Tadbirda sexning faxriga aylangan va hozirda keksalik gashtini surayotgan  mehnat faxriysi Svetlana Popova ham ishtirok etib, uchrashuv davra suhbati tarzida o'tkazildi. Detallarni tayyorlash va tiklash uchastkasi boshlig'i lavozimigacha bo'lgan sharafli mehnat yo'lini bosib o'tgan bu insonning o'nlab shogirdlari bugun ustozlari an'analarining munosib davomchilari sifatida samarali mehnat qilib kelishmoqda. Uchrashuv davomida Svetlana Popova korxona, sex va uchastkalar hayoti bilan bog'liq maroqli xotiralarni yodga olib, yosh hamkasblari tomonidan berilgan savollarga javob berdi. Tadbir yakunida samimiy tilaklar bildirilgan holda shogirdlar o'z ustozlariga esdalik sovg'alarini  hurmat va ehtirom ramzi sifatida tuhfa etishdi.



Jamiyatning buguni va kelajagi, uning madaniy-ma'rifiy va ma'naviy salohiati ta'lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Ta'lim-tarbiya tizimidagi isloxotlarning muvaffaqiyati ko’p jihatdan o’quvchi va murabbiylarga bog’liq. Shu sababli mamlakatimizda o’qituvchilar mehnatini qadrlashga, ularga har jihatdan g’amxo’rlik ko’rsatishga harakat qilinmoqda. Jumladan, mamlakatimizda ta'lim tizimini jahon andozalari asosida isloh qilish, yangi ilm maskanlari qurish, ularni zamonaviy tex­nika vositalari bilan jihozlash ishlari izchil davom ettirilmoqda.O’qituvchilik azal-azaldan e'tiborli kasb hisoblanadi. Mamlakatimizda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning (1996-yil 9-yanvardagi) Farmoni bilan 1-oktabr «O’qituvchilar va murabbiylar kuni» deb belgilangan. Mamlakatimizda o’qituvchi va murabbiylarning obro’-e'tiborini yanada oshirish, yoshlarimizning bizdan ko’ra bilimli, kuchli va albatta baxtli bo’lishlari uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. Bayram kunlari o’qituvchilar qutlug’ ayyom bilan muborakbod etiladi. Ommaviy axborot vositalarida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tabrigi beriladi. Mamlakatimizda o’qituvchi-murabbiylar bayrami quyidagicha o’tadi. Avvalo bayram arafasida respublikamizning eng ilg’or o’qituvchi-murabbiylari davlat mukofotlari bilan taqdirlanadi. Barcha o’quv yurtlarida o’qituvchilarga bag’ishlangan tadbirlar bo’lib o’tadi, ular uchun dasturxonlar yoziladi, shogirdlar ustozlariga o’z tilaklarini izhor etishadi. Tadbirlarda o’qituvchilarga bag’ishlangan kuy va qo’shiqlar yangraydi. Sobiq o’quvchilar ustozlarini bayram bilan tabriklash uchun maktabga keladilar. Qoraqalpog’istonda yangi kelin-kuyovlar bay­ram kuni ustozlari oldiga kelib, ulardan duoi-fotiha olishadi. O’qituvchi va murabbiylar kuni o’quv yurtlaridagina emas, balki mahallalarda ham bay­ram qilinishi an'anaga aylanib bormoqda Ushbu tadbirda ta'lim fidoyilariga yuksak ehtirom ko’rsatiladi. Ustozlar ham bu e'tibordan boshlari ko’kka yetib, barchaga minnatdorchilik bildiradilar. 1-oktyabr - umumxalq dam olish kuni. Shu sababli bu sana ustozlarini ziyorat qilish kuni hamdir. Mazkur bayram o’qituvchilar va murabbiylar mehnatini sharaflash marosimidir. Shu kuni o’quv yurtlarida o’qituvchilar, korxonalarda esa murabbiylar va ustozlar mehnati ulug’lanadi. Murabbiylar ham huddi o’qituvchilar singari katta mahorat va hayot tajribasiga ega bo’lgan ustoz-pedagoglardir. Murabbiylar yoshlarni bevosita ish jarayonida mehnatni sevish va uning sirlarini o’rgatish orqali tarbiyalaydigan kishilardir. Bu bayram yosh ishchini mehnat jamoasiga olib kirgan va unga hamisha namuna bo’lgan, g’amxo’rlik qilgan kishini ulug’lash tadbiri sanaladi. Mohir murabbiylar qo’l ostida ko’plab ishlab chiqarish ustalari, ilg’or mutaxassislar, mehnat qahramonlari, tadbirkorlar yetishib chiqadi. Toshkent traktor zavodi madaniyat saroyida har yili «O`qituvchi va murabbiylar kuni», «Meh­nat bunyodkorlari» nomli tantanali kecha o’tkazish an'anaga aylangan. «O`qituvchi va murabbiylar kuni»ni  nishonlash arafasida madaniyat saroyida mu­rabbiylar faoliyati bilan yaqindan tanishtiradigan turli ko’rgazmalar tashkil qilinadi. Ularning biri «Yoshlar yelkasida - otalar qo’li» deb nomlanadi. Ustoz-murabbiylarga ba­g’ishlangan kechada «Mehnat estafetasi», «Us­tozlar xizmati», «Murabbiylar sharafi» ko’rgazmalari namoyish etiladi. Kecha qahramonlari - mehnatda ulkan yutuqlarga erishgan yosh ishchilarning ustozlari sahnaga tanta­nali ravishda taklif qilinadi. Korxona rahbari munosib shogird yetishtirgan ustozlarga «Korxonaning eng yaxshi murabbiysi» degan nishon hamda faxriy yorliq, mukofot va sovg’alar topshiradi. Yosh ishchilar ham murabbiylariga o’zlarining fotosuratlarini, ramziy sovg’alarni topshiradilar. Kecha oxirida yoshlar murabbiylariga tashakkur bildirishadi. Kecha­da ustozlarga bag’ishlangan qo’shiq va raqslar ijro etiladi.


Download 111,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish