Amalga Oshirish. Formal reja tasdiqlanganidan so’ng, menedjerga uni amalga oshirish ma’suliyati yuklanadi. Konstruktsiyani amalga oshirish vaqtida boshliq-rahbarlar ish jarayonini doimiy boshqarib borishlari kerak. Boshqaruv deganda ish jarayonidagi ma’lumotlarni yig’ib rejadagi bilan solishtirish tushuniladi. Afsuski, konstruktsiyalarni boshqarishda rejalar va faktik ko’rsatkichlar orasida odatda farq bo’ladi. Shuning uchun menedjerning vazifasi chetlashishning bajarilgan ishga ta’sirini o’rganib chiqish va kerakli boshqaruv amallarini bajrishdan iborat. Misol uchun, belgilangan vaqtdan konstruktsiya ortda qolib ketayotgan bo’lsa, kritik vazifalarga ketadigan resurslarni oshirib rejadagiga yetib olish kerak.
Tugallash. Ertami, kechmi konstruktsiyalar o’z nihoyasiga yetadi. Konstruktsiya uning oldiga qo’yilgan maqsadlarga erishilgandan so’ng tugallanadi. Bazi vaqtlari konstruktsiyaning tugashi to’satdan va vaqtidan oldin bo’ladi, ushbu hollarda konstruktsiyani grafikdan oldin tugallash holati kuzatilishi mumkin. Qanday bo’lishidan qat’iy nazar konstruktsiya tugalanayotganda konstruktsiya rahbari ba’zi bir tadbirlarni amalga oshirishi kerak. Ushbu majburiyatlarning maqsadi konstruktsiyadan kelib chiqadi. Agar konstruktsiyada qurilmalardan foydalanilgan bo’lsa, ularning inventarizatsiyasini amalga oshirib, foydalanishga topshirish kerak. Erta tugagan konstruktsiyalarda olingan natijalar buyurtmachining yoki kontraktdagi talablarga javob berishini tekshirish kerak.
8-bob bo’yicha xulosalar
Konstruktsiya - buv aqtinchalik faoliyat bo’lib, unikal(takrorlanmagan) maxsulot yoki xizmat yaratishga qaratilga bo’ladi. Konstruktsiyalarni boshqarish – konstruktsiyaga qo’yilayotgan talablarni qondirish uchun bilim, tajriba va usullardan foydalanish va konstruktsiya qatnashchilarini kutish. Konstruktsiya rejasi bo’yicha ishlash aniq natijalarni erishishga kerakli bo’ladigan faoliyatlardan tashkil topgan.
Konstruktsiyaning amalga oshirilishini analiz qilish – amalga oshirilish tushunchasi turli xil ma’nolarga ega bo’lishi mumkin: mantiqiy amalga oshirilish, vaqtinchalik analiz, fizik amalga oshirilish, moliyaviy amalga oshirilish. Har bir konsruktsiya o’zining amalga oshirilish jarayonida, konsruktsiyaning hayot sikli deb nomlanuvch har xil bosqichlardan o’tadi. Katta konstruksiyalash jarayonlarida alohida tizimosti tizimilar uchun bir qancha ishlab chiqaruvchi guruhlar ma’sul bo’lishi mumkin. Qoida bo’yicha, konstruksiyalash guruhi yetkachisi vazifasini bajaradi va o’zining tizim osti qismini boshqaradi yoki ishlar paketini amalga oshiradi. Konstruksiyalar aniq maqsadlarga erishishga qaratilgan. Albatta mana shu maqsadlar konstruksiyani harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi, va uning rejalashtirishlari va harakatlari ushbu maqsadlarga erishish uchun ishlab chiqiladi.
Konstruksiyalar tuzilishidan o’zi murakkab bo’ladi. Ular bir-biri bilan bog’liq bir qancha amallar ketma-ketligidan tashkil topgan. Konstruksiya uning asosiy maqsadlariga erishilgandan so’ng tugatilishi mumkin. Konstruksiya bilan ishlashda
asosiy kuchlar konstruksiyani vaqtida tugatishga qaratilgan bo’ladi. Har bir konstruksiya o’zining rivojlanishida aniq bir bosqichlardan o’tadi. Konstruksiyaning hayot sikli faoliyat turi va ishlarni tashkilashtirish usullariga bog’liq. Ammo, har bir loyihada boshlang’ich bosqichini, amalga oshirish bosqichi va konstruksiyalash bo’yicha ishlarni tugatish bosqichlarini ajratib ko’rsatsa bo’ladi. Bu ko’rinib turibdiki, konstruksiyaning hayot sikli tushunchasi menedjer uchun eng muhim tushunchalardan biridir, chunki joriy bosqich menedjerning faoliyati, foydalanalidagian usullar va vositaviy konstruksiyalarni aniqlab beradi.
Konstruktsiyani tanlashdagi qarorlar sezirarli darajada joriy konstruktsiyani baholashga asoslangan bo’ladi. Konstruktsiyaning kalit nuqtalari belgilab olinadi, topshiriqlar belgilanadiva ular o’rtasidagi bog’liqliklar aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |