O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi


§ 7.4. Tizimli tahlilning tamоyillari



Download 1,06 Mb.
bet56/141
Sana19.02.2023
Hajmi1,06 Mb.
#912980
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   141
Bog'liq
11 Kitob Dasturiy taminot qurilmasi va evolyutsiyasi 2022 oxirgi

§ 7.4. Tizimli tahlilning tamоyillari


Tizimli tahlil uslubiyoti bir qator tamoyillariga asoslanadi. Tizimli tahlilning tamoyillari ostida murakkab tizimlar bilan ishlash tajribasidan kelib chiqqan ma’lum qoidalar majmuasi tushuniladi. Ko’p hollarda tizimli tahlil tamoyillari qatoriga quyidagilar kiritiladi: yakuniy maqsad tamoyili, o’lchov tamoyili, barqarorlik tamoyili, birlik tamoyili, o’zaro bog’liqlik tamoyili, iyerarxiya tamoyili, funksionallik tamoyili, rivojlanish tamoyili, markazlashmaganlik tamoyili. Bularning mohiyatini ko’rib chiqamiz.



  1. Yakuniy maqsad tamoyili. Yakuniy maqsadning ustivorligini belgilaydi. Usbu tamoyil ma’lum qoidalarga ega: tizimli tahlilni amalga oshirish uchun birinchi navbatda tadqiqot maqsadlarini shakllantirish kerak. Aks holda noaniq belgilangan maqsadlar noto’g’ri xulosalarga olib kelishi mumkin.

  2. O’lchovlik tamoyili. Qandaydir tizimning faoliyat yuritishi sifati haqida faqat yuqori darajali tizimga muvofiq xulosa chiqarish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, tizimni faoliyat yuritishi samaradorligini aniqlash uchun uni yirikroq tizimning bir qismi sifatida tasavvur etish lozim.

  3. Barqarorlik tamoyili. Vaqtga bog’liq bo’lmagan holda va faqat o’z tavsiflari bilan aniqlanadigan, turli boshlang’ich sharoitlarda va har xil yo’llar bilan tizim o’z yakuniy holatiga erishishi mumkinligini belgilaydi.

  4. Birlik tamoyili. Bu tizimga bir vaqtda yaxlitlik holatda va alohida qismlarning majmuasi sifatida qarashdir. Ushbu tamoyil tizimni yaxlitligi haqida tasavvurlar saqlangan holda uning bo’linuvchanligini ko’zda tutadi.

  5. O’zaro bog’liqlik tamoyili. Tizimning har bir qismini ko’rib chiqishda barcha tizim elementlari orasida o’zaro aloqalarini aniqlash ko’zda tutiladi.

  6. Iyerarxiya tamoyili. Iyеrarxiya tamоyili (iyеrarxiya - quyi sathdan yuqоri darajaga o’tish) murakkab ko’p sathli tizimlardagi tuzilmaviy munоsabatlar turidir, xaraktеrlanuvchilarning tartiblanganligi, vеrtikal bo’yicha alоhida sathlarning оrasidagi o’zarо ta’sirini tashkillashtirilganligi. Iеrarxik munоsabatlar ko’plab tuzulmaviy xaraktеrga ega bo’lgan tizimlarda mavjud.

  7. Funksionallik tamoyili. Bu tuzilmani va funksiyani birgalikda ko’rib chiqishdir. Bunda funksiyaga tuzilmaga nisbatan ustunlik beriladi. Usbu tamoyil ta’kidlaydiki, har qanday tuzilma tizimni va uning alohida qismlarining funksiyalari bilan yaqindan bo’g’liqdir.

  8. Rivojlanish tamoyili. Bu tizim o’zgaruvchanligini hisobga olishdir. Tizimni rivojlanishga, kengayishga, bilimlarni to’plashga qobiliyatini aniqlashdir.

  9. Markazlashmaganlik tamoyili. Bu murakkab tizimlarda markazlashgan va markazlashmagan boshqaruvning birlashgani. Bu tamoyilning mohiyati shundan iboratki, qo’yilgan maqsadga erishish uchun markazlashganlik darajasi minimal bo’lishi kerak.

Tizimli tahlil bilan yaqindan bog’liq bo’lgan ayrim nazariy yondashuvlarni ko’rib chiqamiz.

  • Tizimlarning «klassik» nazariyasi. Ushbu nazariya klassik matеmatikadan fоydalanadi va quyidagi maqsadlarga ega: umuman tizimlarga yoki ularning muayyan sinflariga (masalan, bеrk va оchiq tizimlarga) qo’llaniladigan tamоyillarni o’rnatish; ularning tadqiq qilish va tavsiflash uchun vоsitalarni ishlab chiqish va ushbu vоsitalarni muayyan hоdisalarga nisbatan qo’llash.

  • Graflar nazariyasi. Ko’plab tizimli muammоlar ularning miqdоriy nisbatlariga emas, balki tizimning tuzilmaviy va tоpоlоgik xususiyatlariga taalluqlidir.

  • Yechimlar nazariyasi. Bu matеmatik nazariya altеrnativ imkоniyatlar оrasidagi tanlash shartlarini o’rganadi.

  • Navbatlar nazariyasi. Оmmaviy so’rоvlar sharоitida xizmat ko’rsatishni оptimallashtirish masalalarini ko’rib chiqadi.

Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish