Fizik arxitektura
Konsepsiyaga asosan, boshqaruv tarmog‘i (TMN) aloqa tarmog‘idan ajratilgan bo‘lib, interfeys yordamida telekommunikatsion tarmoqqa ulanadi. Lekin konsepsiyaga mos ravishda telekommunikatsiya tarmog‘idan ma‘lumot almashinishda foydalanish TMN elementlari o‘rtasida mavjud bo‘ladi. TMN va telekommunikatsion tarmoq o‘rtasidagi o‘zaro aloqa 2-rasmda keltirilgan. Bu tarmoq NE va OSS o‘rtasidagi ma‘lumotlar uzatish tarmog‘ini ta‘minlaydi.
TMN o‘zining bog‘lamalarida elektr aloqa tarmoqlaridan foydalanishi ham mumkin. Bunday qismlar quyidagilar bo‘lishi mumkin:
Umumfoydalanuv va shaxsiy foydalanuv tarmoqlari, shu bilan birga integrallashgan xizmatli tor polasali va keng polasali tarmoqlar (ISDN), mobil aloqa tarmoqlari;
TMN tarmog‘ining o‘zi;
Ma‘lumotlar uzatuvidagi yakuniy qurilmalar (multipleksorlar, kross kommutatsiya qurilmalari, va boshqalar);
Raqamli va analog uzatish tizimlari (kabelli, optik-tolali, radio, sputnik orqali va boshqalar)
Raqamli va analog kommutatsion stansiyalar;
Signalizatsiya tizimlari;
2-rasm. Aloqa tarmog‘i va TMN boshqaruv tizimlari orasidagi munosabat
3-rasm oldingilaridan ikki element kiritilganligi bilan farq qiladi – TMN ichidagi ma‘lumot uzatish tarmoqlari va ― vosita‖ elementi (MD–mediator).
Mediator (vositachi) aloqa tarmog‘ida va TMN tarmoqlariga o‘rnatiladi uning vazifasi fizik va ma‘lumotli kelishuvlarni o‘rnatishdan iborat.
TMN konsepsiyasiga asosan 3-rasmda aloqa tarmog‘ini qurishda ishlatiladigan asosiy elementlarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
Tarmoq elementi (NE);
Mediator (MD);
Ishchi stansiya (WS);
Q-adapter (q3 va q2 nuqtalar ulanish nuqtasi).
3-rasm. Aloqa tarmog‘i vaTMN tizimi o‘rtasida etalon nuqtalar
3. TMNning funksional arxitekturasi. Tarmoqni boshqarish pog‘onalari
Yuqorida ko‘rsatilgan bloklar quyidagi vazifalarni bajarishi mumkin:
Tarmoq elementlari vazifalari (NEF — Network Element Function). Ularga quyidagilar kiradi: bazoviy telekommunikatsion funksiyalar, ular aloqa tarmoqlari va foydalanuvchi o‘rtasidagi ma‘lumot almashinuvini va boshqaruv funksiyalarini ta‘minlaydi.
Tizimning ish faoliyatini ta‘minlovchi vazifalar – OSF (Operations System Function), OSS–TMN ma‘lumotlarni qayta ishlash, saqlash va qidirish funksiyalarini bajarilishini ta‘minlaydi. Bu FBlar TMNyadrosini tashkil qiladi; iyerarxiyaga asosan OSF Fb ning to‘rt bosqichi aniqlanadi:
Elementlarni boshqarish (OSF-NE);
Tarmoqni boshqarish (OSF-N);
Xizmat ko‘rsatishni boshqarish (OSF-S);
Administrativ boshqaruv (OSF-B).
Vositachilik vazifalari (MF-Mediation Function), NEF va OSF bloklari o‘rtasida ma‘lumotlar almashinuvidagi funksiyalar. MF ning bitta bloki, bir nechta tarmoq elementlari va Q –adapterlaridagi jarayonlarni tizimga ulashi mumkin. Bundan tashqari, MF bloklarining o‘zi ham kaskadlarga ulanishi mumkin.
Ishchi stansiyalar vazifalari foydalanuvchi interfeysini ta‘minlaydi (WSF — Work Station Function), u orqali xizmat ko‘rsatish personali va tarmoq foydalanuvchulari boshqaruv tarmog‘i bilan o‘zaro aloqada bo‘ladi.
QAF — Q-adapter funksiyalari TMN interfeysida ko‘zda tutilgan tarmoq elementlari va jarayonlarni boshqarish tizimlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni ta‘minlaydi.
Funksional arxitektura va uning fizik satx bilan bog‘liqligi
Har bir qurilish bloki quyida ko‘rsatilgan funksiyalardan bir yoki bir nechtasini bajarishi mumkin.
Funksional bloklar o‘rtasidagi ma‘lumotlar almashinuvi uchun etalon nuqtalar aniqlangan, ular orqali 3-rasmdagi jarayonlarni boshqaruvchi protokollar ko‘rsatiladi, yuqorida ko‘rsatilgan etalon nuqtalardan har biri mos interfeys orqali amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |