Informatsion model
Informatsion model quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Tarmoq elementlari tomonidan nazorat qilinadigan va boshqariladigan funksiyalar;
Boshqariladigan obyektlarni tashkil qilish qoidalari, bular funksionallik algoritmlari va registr fayllari yordamida aniqlanadi.
TMN nuqtai nazaridan, barcha fizik va mantiqiy resurslar – bular, tugallovchi va tarmoq terminallari, marshrutlar, jarayonni registrlovchi fayllar, signal haqidagi hisobotlar va abonent ma‘lumotlari boshqaruv obyektlari sifatida namoyon bo‘ladi( MO – Management Object). Bunday tarmoqning boshqariluvchi obyektlari (resurslari) bu tarmoq elementlari NE va OSS protseduralari. Bunda ham tarmoq elementi, ham ularning xususiyatlari ustida ish olib boriladi. Boshqariluvchi obyekt real fizik qurilma yoki mantiqiy resurs bo‘lishi mumkin.
Shu bilan birga informatsion modelda boshqarilayotgan obyektlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar ko‘rsatiladi. Bu munosabatlar daraxt ko‘rinishida bo‘ladi va ma‘lumotli daraxt deyiladi (MIT – Management Information Tree).
1-rasmda tarmoq elementlari va tizim ish faoliyatini ta‘minlovchi o‘rtasidagi aloqa ko‘rsatilgan.
Operatorlar ishchi stansiyalar yordamida OSSga yuklangan jarayonlarni boshqarishi mumkin, ular esa o‘z navbatida tarmoq elementlarini (NE) boshqaradi. 1.b-rasmda TeOL uchun ma‘lumotli daraxtga misol ko‘rsatilgan, bunda tarmoq iyerarxiyasi ko‘rsatilgan. Birinchi daraja obyektlari-stansiya, tugun va mantiqiy resurs ― marshrut; ikkinchi daraja obyektlari - marshrutga kiruvchi liniyalar.
1-rasm. Tarmoq elementlari va tizim ish faoliyatini ta‘minlovchi o‘rtasidagi aloqa:
a) funksional sxema; b) ma‘lumotli daraxt (Umum foydalanish telefon tarmog‘i)
Agent – bu ajratilgan jarayonning qism dasturi bo‘lib, mos obyektlarni boshqaradi. U menedjer tomonidan uzatilayotgan komandalar bajarilishiga mas‘ul bo‘ladi va shu bilan birga xabarlar yordamida menedjerga u ma‘sul bo‘lgan obyektlar haqida ma‘lumot berib turadi.
Bu dasturlar o‘zida zaruriy TMN ma‘lumot bazalarini saqlaydi. Almashinuv jarayonida ular ― jarayon tipidagi xabarlardan foydalanadi, bu jarayon ikki tomondan birida ishga tushiriladi. Bunday turdagi signallarni uzatish uning tarkibiga bog‘liq bo‘lmaydi, bu obyektga yo‘naltirilgan jaroyonlarga xos xususiyat.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan vaziyatlar va TMN tarmoq elementlari obyektga yo‘naltirilgan TMNga yondashuvini namoyon etadi. Bunday yondashuvning o‘ziga xos xususiyatlarini yana bir marta ko‘rib chiqamiz.
Ma‘lumot almashinuvi obyektlarning boshqaruvi terminlarida keltirilgan (NE – tarmoq elementlari),
Boshqarilayotgan obyekt resursning shunday abstraksiyasi hisoblanadiki bunda u boshqaruv nuqtai nazaridan uning xususiyatlarini o‘zida namoyon etadi.
Har bir boshqarilayotgan obyekt ma‘lum bir obyektlar sinfiga mos bo‘lib, u boshqa sinfning sinfostisi bo‘lishi ham mumkin.
Sinfosti yuqoridagi sinfning barcha belgilangan xususiyatlarini o‘zlashtiradi va sinfning vazifasi yangi xususiyatlar qo‘shish orqali aniqlanadi.
Turli xil sinflar daraxt ko‘rinishida berilgan bo‘lishi mumkin, bunda xususiyatlarni o‘zlashtirish iyerarxiyasi ko‘rsatiladi. Masalan uzatish tizimlari qurilmalari sinfi anolog va raqamli tizimlar sinfostisiga bo‘linadi. Raqamli tarmoqlar esa sinxron va pelizaxron tarmoqlarga bo‘linadi va hokazo.
Boshqarilayotgan obyekt quyidagi belgilari bo‘yicha ajratiladi:
Atributlari bo‘yicha;
Boshqaruv operatsiyalari bo‘yicha
Ogohlantiruvchi xabarlar bo‘yicha
Boshqaruv komandalari yoki boshqa ta‘sirlarga reaksiyasi bo‘yicha.
Boshqaruv xabarlarini uzatishda qo‘llaniladigan protokollar sifatida oddiy ma‘lumotlar uzatish protokollaridan foydalaniladi, ularning ishlashi aniq bir ma‘lumotlar atributiga bog‘liq bo‘lmaydi: umumiy boshqaruv ma‘lumotlari protokoli (CMIP–Common Information Management Protocol) hamda ruxsat beruvchi va menejment fayllarini uzatish protokollari (FTAP — File Transfer, Access and Management).
Do'stlaringiz bilan baham: |