21-rasm. Halqasimon chorraxalar
Halqasimon chorraxaning avfzallik va kamchiligi. Avtomobillarning halqa
bo‘ylab bir yo‘nalishda harakatlanishi harakatni aniq tashkil etishga va uni tartibga
solishga imkon beradi. Biroq halqasimon kesishuvlar katta maydonni egallaydi,
ularda avtomobillarning qayta guruhlanishi uzluksiz ravishda sodir bo‘lib
turishi
sababli harakat tezligi kelish yo‘llaridagi tezlikka qaraganda ancha pasayadi.
Halqasimon kesishishning qatnov qismi bo‘yicha hisobiy harakatlanish tezligi
markaziy orolchaning diametriga boliq.
Shuning uchun ko‘pincha markaziy orolchaning o‘rtacha diametri (25-60 m)
tanlanadi. Bunday orolchada harakatlanish traektoriyalari o‘tkir burchak ostida
kesishadi; kichik ( 15 m) diametrli orolchalar ham keng tarqalgan,
bular
haydovchilarni orolcha atrofida harakat tezligini xavfsiz qiymatigacha
pasaytirishga majbur etadi.
Markaziy orolcha diametri, m
15
30
60
Tezlik, km/soat
20
25
30
Tezlikni oshirish tasmalari. Avtomobillarning chorraxalarga
katta tezlikda
bevosita kirib kelishi va ayni vaqtda kesishishdan asosiy yo‘lga past tezlikda
o‘tishi yo‘l-transport xodisalari ro‘y berish xavfini tudiradi. Bunday xollarning yuz
bermasligi uchun yo‘llarning kesishishga tutashish uchastkalariga qatnov
qismining qo‘shimcha tasmalari loyihalanadi, ular asosiy qatnov qismidan ajratish
chiziqlari bilan ajratib qo‘yiladi, ba‘zan gruntli ajratish
tasmalari bilan ajratib
qo‘yiladi. Qo‘shimcha tasmalar asosiy yo‘ldan tutashuvchi yo‘lga buriluvchi
avtomobillarga, to‘ri yo‘nalishda kelayotgan avtomobillarga halaqit bermasdan,
tezlikni
oldindan kamaytirishga, magistral yo‘lga kiruvchi avtomobillarga esa,
aksincha, bu yo‘lda ketayotgan avtomobillarning tezligiga yaqinlashib olish
imkonini beradi.
22-rasm. Tezlikni oshirish tasmalari
Tezlikni oshirish tasmalarining uzunligi. Tezlikni
oshirish tasmalarining
uzunligi L avtomobillarning asosiy yo‘ldagi tezligi
1
ning burilish paytida
2
20
km/soat gacha pasayishi shartidan belgilanadi:
a
L
26
2
2
2
1
bunda kuzatishlar asosida avtomobilning tezlanishi
а
0,9-1,2 m/s
2
,
sekinlashishda 1,75-2,5 m/s
2
ga teng deb olinadi. Amalda yo‘l toifasi va
kesishish
joyining bo‘ylama nishabligiga qarab, tezlikni oshirish tasmalari ishchi
qismining
uzunligi 30 - 230 m masofani tashkil etadi.
I toifali yo‘llarning barcha toifali yo‘llar bilan kesishuvlarida, Ib-va II-toifali
yo‘llarning o‘zaro va ularga tutashadigan yo‘llarda, shuningdek, II-va III-toifali
yo‘llarning o‘zaro kesishish joylarida va III-toifali yo‘llarning o‘zaro kesishish
joylarida quriladi, bunda istiqboldagi jami harakat jadalligi 8000 keltirilgan
dona/sut dan ortiq bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: