Zaharli moddalar.
Lazerli printerning kukuni tarkibiga zaharli moddalar kiradi.
Ular qogʻozga tushirilayotgan paytda kuydiriladi va butunlay zararsizlantiriladi.
Printerga tiqilib qolgan qogʻoz sugʻurib olinganda undagi kukunning bir qismi
kuydirilmagan boʻladi va havoga chang tarzida tarqalishi, kiyim va teriga yuqib,
inson organizmiga kirib borishi mumkin. Bunday chala kuydirilgan qogʻozlarni
qarovsiz qoldirish, ulardan boshqa maqsadlarda foydalanish va axlat qutilariga
tashlash mumkin emas. Ularni darhol avvaldan tayyorlab qoʻyilgan yupqa sellofan
yoki qogʻoz paketlarga joylash va tashqariga olib chiqib kuydirib tashlash kerak.
Lazerli printerlarda faqat ularda foydalanish koʻzda tutilgan qogʻozlarni ishlatish
kerak. Boshqa turdagi, ayniqsa qipiqlanadigan gazeta qogʻozlaridan foydalanish
tavsiya etilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |