92
*jismoniy yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zarar uni yetkazgan
shaxs tomonidan to‗la hajmda qoplanishi zarur;
*shartnoma yoki qonunda zarar yetkazuvchining yetkazilgan zarar
me‘yoridan ortiqcha kompensatsiya to‗lovi to‗lashi ko‗zda
tutilishi
mumkin;
*zarar yetkazgan shaxs basharti zarar uning aybi
bilan
yetkazilmaganligini isbotlasa yoki aybi bo‗lmasa zararni qoplashdan ozod
etilishi mumkin;
*huquqqa mos harakatlar natijasida yetkazilgan zarar qonunda
ko‗zda tutilgan hollardagina qoplanadi, zararni qoplash jabrlanuvchi
iltimosi yoki uning roziligi bilan yetkazilgan hamda zarar yetkazuvchi
shaxs qilmishi jamiyatdagi axloq mezonlariga zid bo‗lmagan
taqdirda,
zararni qoplash rad etilishi mumkin;
*kelgusida zarar yetkazish xavfi bunday faoliyatni to‗xtatish
to‗g‗risida da‘vo qo‗zg‗ash uchun asos bo‗lib xizmat qilishi mumkin;
*agar yetkazilgan zarar tashkilot, qurilma yoki boshqa ishlab
chiqarish faoliyati natijasida yetkazilgan bo‗lsa, sud javobgarga
yetkazilgan zararni qoplash barobarida bunday faoliyatni to‗xtatish yoki
tugatish majburiyatini ham yuklashi mumkin;
*sud faoliyatni to‗xtatish yoki tugatishni bunday faoliyat jamiyat
manfaatlariga zid bo‗lgan taqdirdagina rad etishi mumkin. Bunday
faoliyatni to‗xtatish yoki tugatishning
rad etilishi jabrlanuvchini
yetkazilgan zararni qoplash huquqidan mahrum etmaydi;
*yuridik yoki jismoniy shaxs o‗z xodimining mehnat (mansab,
xizmat) majburiyatini bajarishi munosabati bilan yetkazilgan zararni
qoplaydi. Bunda xodim mehnat yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida
faoliyat yuritayotgan bo‗lishi lozim;
*xo‗jalik shirkatlari va jamiyatlari ularning a‘zolari (ishtirokchilari)
tomonidan ushbu korxona, muassasa va tashkilotlarda ishlab chiqarish,
tadbirkorlik yoki boshqa ushbu muassasa bilan bog‗liq faoliyatni amalga
oshirish jarayonida yetkazilgan zararni qoplaydilar;
*davlat organlari, mahalliy o‗zini o‗zi
boshqarish organlari yoki
ularning mansabdor shaxslarining noqonuniy harakatlari, shu jumladan,
noqonuniy hujjat qabul qilish natijasida yetkazilgan zarar davlat byudjeti
hisobidan qoplanadi;
*atrofdigalar uchun oshiqcha xavf manbai bo‗lgan faoliyat (yuqori
bosimli transport vositasi, turli mexanizm yoki elektr enyergiyasidan,
kuchli
ta‘sir etuvchi zaharli moddalardan foydalanish) bilan
shug‗ullanayotgan yuridik va jismoniy shaxslar ushbu oshiqcha xavf
93
manbaidan yetkazilgan zararni qoplashga majburlar, bunday zarar
jabrlanuvchining bevosita qasdi va ta‘siri natijasida kelib chiqqan hollar
bundan mustasno;
*oshiqcha xavf manbai egalari ushbu manbalarning uchinchi shaxslar
bilan munosabati natijasida yetkazilgan zarar uchun solidar tartibda
javobgar bo‗ladilar.
Agrar qonunchiligi norma va talablarini buzish natijasida yetkazilgan
zarar ixtiyoriy yoki sud qarori bo‗yicha belgilangan
tartibda tasdiqlangan
taksalar asosida, agar ular mavjud bo‗lmasa, qishloq xo‗jaligini tiklash
uchun ketgan real zarar hamda boy berilgan foydani hisoblagan holda
qoplanadi. Yetkazilgan zararni qoplash mohiyatan javobgar tarafga
yetkazilgan zararni o‗z mablag‗i va kuchi hisobida tiklash majburiyatini
yuklashda ifodalanadi.
Fuqarolik-huquqiy javobgarlik quyidagi to‗rt shart bajarilgan
taqdirda qo‗llaniladi: 1) haqiqiy to‗g‗ridan-to‗g‗ri zarar; 2)
huquqqa xilof
xulq-atvor; 3) huquqqa xilof xulq-atvor va yetkazilgan zarar o‗rtasidagi
sababiy bog‗lanish; 4) huquqbuzarning aybi
43
.
Fuqarolik-huquqiy
javobgarlikning
kompensatsion
va
ogohlantiruvchi xususiyatdagi funksiyalari mavjud bo‗lib, uning
kompensatsion funksiyasi jabrlanuvchi uchun huquqbuzarlikning noqulay
oqibatlarini huquqbuzarning mulki hisobiga bartaraf etishda namoyon
bo‗ladi.
Ogohlantiruvchi
funksiya
esa,
kelgusida
bu
kabi
huquqbuzarliklarning huquqbuzar hamda boshqa shaxslar tomonidan sodir
etilishining oldini olishga yo‗naltirilgan.
Fuqarolik-huquqiy javobgarlik deganda huquqbuzarga qo‗shimcha
mulkiy xarajatlar qilinishi va uning munosib xulq atvorda bo‗lishini
belgilovchi sanksiya tushuniladi. Fuqarolik-huquqiy javobgarlik asosan
zararni qoplash, burchni natura holda bajarishga majbur etish kabilardan
iborat bo‗lib,
bu javobgarlik shartnomalardan, zarar yetkazish natijasida
kelib chiqishi amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan.
Agrar qonunchilikda mulkiy javobgarlikning huquqiy munosabatning
xaraktyeriga qarab turli xil shakllari mustahkamlangan.Agrar sohada
fuqarolik-huquqiy javobgarlik shartnomaviy majburiyatlardan va zarar
yetkazganlik natijasida kelib chiqadi.
43
Xolmo‗minov J.T.Ekologik tahdidlarning oldini olish va ularni bartaraf etish huquqiy muammolarining ilmiy-nazariy
tahlili.Monografiya.Toshkent:TDYUU,2016.-322-330-betlar.