O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi



Download 3,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/178
Sana17.09.2022
Hajmi3,43 Mb.
#849204
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   178
Bog'liq
Agrar huquq

Yodda tuting. 
Fermer xo„jaliklarining salmoqli hissasini chorvachilik 
yoxud chorvachilik dehqonchilik bilan uyg„unlashgan aralash tusdagi 
yo„nalishlari tashkil etib, 2,2 mln. gektar haydalanadigan qishloq xo„jaligi 
yerlarining atigi 15%i qishloq xo„jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishga 
yo„naltirilgan. Shudgor yerlarining 1/3 qismiga qadar bo„lgan ulushi em-
xashak yetishtirish uchun mo„ljallangan bo„lsa, ishlab chiqarishning yarmi 
em-hashak urug„ligini ishlab chiqishga qaratilgan. Umumiy daromadning 
65%i chorvachilikka, 23%i ziroatchilikka to„g„ri keladi, daromadning qolgan 
qismi ijara, qishloq xo„jaligi subsidiyalari va mahsulot ishlab chiqarishni 
muvofiqlashtirish uchun ajratilgan turli kompensatsiyalarga to„g„ri keladi.
Finlandiya agrar siyosatini Qishloq va o‗rmon xo‗jaligi vazirligi 
ishlab chiqaruvchilar shirkatlari va kasaba uyushmalarining faol 
ishtirokida shakllantiradi. Finlandiyada qishloq xo‗jaligi sohasida 
boshqaruv tizimining mintaqaviy darajasida fermerlar manfaatlarini ishlab 
chiqaruvchilar kasaba uyushmalari muhofaza qiladi.
Fermerlarning taxminan 90%i qishloq xo‗jaligi kasaba uyushmalari-
ishlab 
chiqaruvchilar 
jamiyatlari 
a‘zolari 
hisoblanadi. 
Ishlab 
chiqaruvchilar uyushmalari mahalliy dehqonlar manfaatlarini himoya 
qiladilar. Bunday uyushmalar asosan a‘zolik badali, qisman investitsiya 
daromadlaridan moliyalashtiriladi. Hukumat ularning faoliyati uchun 
mablag‗ ajratmaydi.
Fermerlarning umumdavlat kasaba uyushmasi bo‗lib, Qishloq 
xo‗jaligi ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarining (find va shved) Markaziy 
kengashi hisoblanadi. Ikkala uyushma ham chambarchas hamkorlikda 
faoliyat ko‗rsatadi. Markaziy uyushmalarning muhim vazifasi-hukumat 
bilan qishloq xo‗jaligi mahsulotlari hajmi, oziq-ovqat mahsulotlari narxi 
va fermerlar daromadiga taalluqli boshqa masalalar bo‗yicha kelishuvlar 
olib borish. Ular fermerlar, iqtisodiyot, kasaba uyushmalari va aholi 
vakillari, rasmiy shaxslari o‗rtasida axborot tarqatish bo‗yicha salmoqli 
ishlar olib boradilar.


269 
Finlandiya agrar siyosatini ishlab chiqarish va amalga oshirishda 
qishloq xo„jaligi shirkatlarining ahamiyati ulkan. Zotan, qishloq xo„jaligini 
qo„llab-quvvatlash uchun ajratiladigan barcha subsidiyalar aynan qishloq 
xo„jaligi shirkatlari orqali to„lanadi.Shirkatlar-Finlandiya qishloq xo„jaligi 
tuzilmasida fermerlarga qishloq xo„jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish 
uchun zarur shart-sharoitlar yaratib beradi hamda tayyorlangan mahsulotni 
o„tkazishni kafolatlaydi, shuningdek, ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlarini joriy 
etishga ko„maklashadi.
Shirkatlarning qishloq xo‗jaligi integratsiyasi va mahsulotlarni qayta 
ishlash sohasidagi ahamiyati ham beqiyos bo‗lib,amalda, deyarli barcha 
go‗sht (75%dan ko‗proq) va sut mahsulotlarini (92%) qayta ishlovchi 
korxonalar shirkat mulkiga asoslangan. Yuqoridagilar bilan bir qatorda, 
Finlandiyada shirkatlar mineral o‗g‗itlarning 50%ini, em-xashakning 
65%ini, texnika va yoqilg‗ining 40%ini yetishtiradi.
Shunday qilib, Finlandiya agrar siyosatining shakllanishi uch 
yoqlama tuzilmalar (davlat, kasaba va ishlab chiqarish) faoliyatiga 
asoslangan bo‗lib, qishloq xo‗jaligi sohasida qat‘iy boshqaruv tizimi 
o‗rnatilganligidan dalolat beradi.

Download 3,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish