277
Pirovardida Hindiston amalda g‗alla mahsulotlari
importidan xalos
bo‗ldi. So‗nggi 35 yil ichida esa, asosan sug‗oriladigan yerlar miqdorining
oshishi tufayli Hindiston oziq-ovqat sanoati
muntazam ravishda rivojlanib,
hozirda nafaqat o‗z-o‗zini ta‘minlash, balki qishloq xo‗jaligi mahsulotlari
eksporti bilan ham shug‗ullanmoqda. Hindiston juda katta g‗alla zahirasiga
(taxminan 45 million tonna atrofida) ega bo‗lib, jahonning yirik g‗alla
ekportchisi hisoblanadi.
Hindiston, shuningdek, dunyoning eng ulkan choy
ishlab chiqaruvchisi sifatida har yili 470 million
tonna atrofida choy ishlab
chiqarib, uning 200 million tonnadan ziyodini eksport qiladi. Hindiston yana
dunyo bozorida ziravorlar eksporti bo‗yicha yetakchi o‗rinda turadi.
Chunonchi, jahon bozorining 30% ziravori aynan Hindistonda ishlab chiqiladi
(yiliga 120 ming tonnaga to‗g‗ri keladi).
Garchi, Hindistonda qishloq xo‗jaligi sohasi juda uzoq vaqt
mamlakat iqtisodiyotining tayanchini tashkil etib kelgan bo‗lsada, so‗nggi
yillarda iqtisodiyotning sanoatlashuvi natijasida uning YAIM tizimidagi
ulushi (20%ni tashkil etmoqda) qisqardi. Shunday bo‗lsada,
aholining
50%dan ortig‗i aynan qishloq xo‗jaligi sohasida bandligi hamda mamlakat
aholisining deyarli 60%i qishloq joylarida istiqomat qilishi ushbu sohani
Hindiston uchun naqadar muhim ekanligidan dalolat beradi. Biroq,
Hindistonda qishloq xo‗jaligida mexanizatsiya va mineral o‗g‗itlardan
yetarlicha foydalanilmaydi. Ko‗plab qishloqlarda haligacha tabiiy va
yarimtabiiy mehnatdan keng foydalaniladi. Yer mulkdorlari qo‗lida butun
yer fondining yarmidan ko‗prog‗i to‗plangan.
Hindistonda qishloq
xo‗jaligining asosiy tarmog‗i ziroatkorlik bo‗lib, haydaladigan yerlar 140
mln. gektarni tashkil etadi (yangi o‗zlashtirish uchun yer resurslari deyarli
qolmagan). Dehqonchilik uchun mo‗ljallangan yerlarning asosiy qismi
sug‗oriladigan (60%i). Hindiston ziroatkorligi asosan,
guruch va
makkajo‗xori yetishtirishga mo‗ljallangan. Hindistonda ikkita qishloq
xo‗jaligi mavsumi bor: yozgi, ushbu mavsumda guruch, paxta, kanop (jut)
va qishki, unda bug‗doy va arpa yetishtiriladi. Shuningdek,
kartoshka va
dukkakli o‗simliklar yetishtirish keng tarqalgan. Asosiy ziroatkorlik g‗o‗za
(Dekon yassi tog‗ligi), kanop (G‗arbiy Bengal shtati), choy (mamlakatning
shimoliy-sharqiy va janubiy hududlari), shakarqamish (maydoni bo‗yicha
dunyoda birinchi o‗rin), kauchukli o‗simliklar, tamaki, yer yong‗oq va raps
yetishtirishga yo‗naltirilgan. Shuningdek, kokos, banan, ananas, mango
kabi tropik mevalar ham o‗stiriladi.