O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi


Ilmiy-tadqiqot muassasalari yerlari



Download 3,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/178
Sana17.09.2022
Hajmi3,43 Mb.
#849204
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   178
Bog'liq
Agrar huquq

Ilmiy-tadqiqot muassasalari yerlari 
F
erm
er x
o‟j
al
ikl
ar
ig
a ber
il
is
hi
 m
um
ki

bo
‟l
m
ag
an 
yer
la

 
Oliy o‟quv yurtlari yerlari 
Akademik litseylar yerlari 
Kasb-hunar kollejlari yerlari 
Umumta‟lim maktablari yerlari 
Suv fondi yerlari 


133 
30 shartli bosh chorva mollarini boqish shartlari bilan tashkil etiladi. 
Bunda shartli ravishda har bir bosh mol hisobiga quyidagi 
koeffitsientlardan foydalaniladi: qoramollar (sigirlar, nasl olinadigan 
novvoslar, bo‗rdoqiga boqiladigan novvoslar) va otlar uchun - 1.0, yosh 
qoramollar uchun - 0.6, qo‗y va echkilar uchun - 0.1, cho‗chqalar uchun - 
0.3 hamda parrandalar uchun - 0.025. 
Fermer xo‗jaligiga yer uchastkasi imkoni boricha yagona mavze 
bo‗yicha, konturalar yaxlitligi saqlab qolingan holda beriladi, uchastka 
chegaralari sug‗orish tarmoqlari, kollektorlar, yo‗llar va boshqa topografik 
elementlar bo‗yicha belgilanadi. Fermer xo‗jaligiga berilayotgan yer 
uchastkasi boshqa yerdan foydalanuvchilarning yerlardan foydalanishi 
uchun noqulayliklar vujudga keltirmasligi kerak. 
Yer uchastkalari berilganda fermer xo‗jaligi o‗z zimmasiga qishloq 
xo‗jalik ekinlarining hosildorligi (uch yil uchun o‗rtacha yillik hosil 
hisobida) qonun hujjatlarida belgilangan normativ hosildorlikdan kam 
bo‗lmasligini ta‘minlash majburiyatini oladi. Bu majburiyat yer 
uchastkasini ijaraga olish shartnomasida mustahkamlab qo‗yiladi.
Fermer xo‗jaliklariga yer uchastkalarini ijaraga berish bo‗yicha 
matyeriallar tuman yer tuzish xizmati organlari tomonidan davlat byudjeti 
mablag‗lari hisobiga tayyorlanadi. Yer uchastkalari berish, qoidaga ko‗ra, 
fermer xo‗jaligini tashkil etish va yer uchastkasini ijaraga olish 
to‗g‗risidagi barcha hujjatlar qishloq xo‗jaligi ekinlari yig‗ishtirib 
bo‗lingan muddatda rasmiylashtirilgan holda amalga oshiriladi. 
Fermer xo‗jaligiga yer berishda yer resurslari bo‗yicha tuman xizmati 
tomonidan besh kun muddatda yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasi 
tayyorlanadi. Bu shartnoma viloyat hokimining ijobiy qarori qabul 
qilingandan keyin tuman hokimi va fermer xo‗jaligi boshlig‗i tomonidan 
imzolanadi.
Shartnomaga, uning ajralmas qismi sifatida fermer xo‗jaligi yer 
uchastkasining xaritasi ilova qilinadi. Yer uchastkasi xaritasida qabul 
qilingan belgilarga muvofiq barcha holatlar (sug‗orish, kollektor-drenaj va 
yo‗l tarmoqlari, yerlar, konturlarning tartib raqami, fermer xo‗jaligi 
chegaralari) to‗liq ko‗rsatiladi. Yer uchastkasi xaritasini yer resurslari 
bo‗yicha tuman xizmati boshlig‗i, fermer xo‗jaligi boshlig‗i va 
chegaradosh yer egalari, yerdan foydalanuvchilar vakili imzolaydi. 
Shartnomada shuningdek tuproq bonitetining o‗rtacha aniqlangan bali 
ko‗rsatiladi. 
Fermer xo‗jaligi boshlig‗iga ijaraga beriladigan yer uchastkasi 
chegaralarini ko‗rsatish yer resurslari tuman xizmati vakili tomonidan 


134 
chegaradosh yer egalari va yerdan foydalanuvchilar vakillari ishtirokida, 
shartnoma tuzilgandan keyin besh kun muddatda amalga oshiriladi. Agar 
chegara suvsiz yerlar bo‗ylab o‗tsa, u holda chegara shudgorlanadi, 
burilish burchaklariga esa chegara belgilari qo‗yiladi. Yerlarni ko‗rsatish 
dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Dalolatnoma yer resurslari bo‗yicha 
tuman xizmati vakili, chegaradosh yer egalari va yerdan foydalanuvchilar 
vakillari hamda fermer xo‗jaligi boshlig‗i tomonidan imzolanadi. 
Dalolatnoma ikki nusxada tuziladi, ulardan bittasi yer resurslari bo‗yicha 
tuman xizmatida, ikkinchisi fermer xo‗jaligi boshlig‗ida saqlanadi. 
Yerlarni ijaraga berishni rasmiylashtirish ishlari tugallangach yer 
tuzish yig‗ma jildi tayyorlanadi, unda quyidagi hujjatlar mavjud bo‗ladi: 
fuqaroning fermer xo‗jaligi tashkil etish to‗g‗risidagi arizasi; yer egasining 
yoki yerdan foydalanuvchining yer uchastkasi ajratish to‗g‗risidagi qarori; 
yer uchastkalari berish (sotish) masalalarini ko‗rib chiqish bo‗yicha tuman 
komissiyasining yer uchastkasini ijaraga berishning maqsadga muvofiqligi 
to‗g‗risidagi xulosasi yoki mazkur komissiya tomonidan o‗tkazilgan tanlov 
yakunlari to‗g‗risidagi bayonnoma; tuman va viloyat hokimining fermer 
xo‗jaligiga yer uchastkasini ijaraga berish to‗g‗risidagi qarori; yer 
uchastkasini ijaraga berish shartnomasi; fermer xo‗jaligining biznes-rejasi 
yoki faoliyat dasturi; fermer xo‗jaligining yer uchastkasi chegaralarini 
ko‗rsatish dalolatnomasi. Yig‗ma jild ikki nusxada tayyorlanadi, ulardan 
bittasi yer resurslari bo‗yicha tuman xizmatida, ikkinchisi fermer xo‗jaligi 
boshlig‗ida saqlanadi. 
Fermer xo‗jaliklariga berilgan yer uchastkalari qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning yer-
kadastr va huquqni belgilovchi hujjatlariga tegishli o‗zgartirishlar kirtilgan 
holda qishloq xo‗jalik kooperativlari (shirkat xo‗jaliklari), boshqa qishloq 
xo‗jaligi korxonalarining balansidan chiqariladi. 
Yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga berish shartnomasi yer 
resurslari bo‗yicha tuman xizmatida ro‗yxatdan o‗tkaziladi va fermer 
xo‗jaligining yer uchastkasini ijaraga olganlik huquqini tasdiqlovchi hujjat 
hisoblanadi. 
O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil
7-yanvardagi ―Ko‗chmas mulkka bo‗lgan huquqlarni davlat ro‗yxatidan 
o‗tkazish tartibini takomillashtirish to‗g‗risida‖gi 1-son qaroriga ilova 
qilingan ―Ko‗chmas mulkka bo‗lgan huquqlarni va u haqda tuzilgan 
bitimlarni davlat ro‗yxatidan o‗tkazish tartibi to‗g‗risida‖gi Nizomga 
asosan fermer xo‗jaliklari o‗zlarining yerga bo‗lgan huquqlarini davlat 
ro‗yxatidan o‗tkazishlari shart. 


135 
Fermer xo‗jaliklarini yer uchastkalariga nisbatan ijaraga olish 
huquqiga doir hujjatlarni davlat ro‗yxatidan o‗tkazish va rasmiylashtirish 
majburiy harakat bo‗lib, uning asosida ularning yer uchastkalariga bo‗lgan 
huquqlari belgilanadi va ro‗yxatga olingan paytdan boshlab e‘tirof etiladi. 
Yer uchastkalariga bo‗lgan huquqni davlat ro‗yxatidan o‗tkazish tadbiri 
fermerning ro‗yxat organiga yozma ariza va huquqni belgilovchi hujjat 
hamda yo‗riqnomaga binoan boshqa zarur hujjatlar bilan murojaat 
qilishidan boshlanadi. 
Yer uchastkalariga bo‗lgan huquqni ro‗yxatdan o‗tkazish quyidagi 
izchillikda amalga oshiriladi: 
- ariza qabul qilinadi; 
- ariza va unga ilova qilingan hujjatlar va matyeriallar tekshirib 
ko‗riladi; 
- arizalarni qabul qilish reestrida ariza qayd etiladi; 
- yer uchastkasiga bo‗lgan huquqlar ro‗yxatga olinadi; 
- yer uchastkasiga bo‗lgan huquqlar ro‗yxatga olinganligi 
to‗g‗risidagi guvohnoma subyektga beriladi. 
Yer uchastkalariga bo‗lgan huquqlarni ro‗yxatdan o‗tkazish 
ro‗yxatga oluvchi organ arizani ko‗rib chiqish uchun qabul qilgan kundan 
boshlab o‗n kun mobaynida amalga oshiriladi hamda hujjatlar ro‗yxatga 
olish uchun berilgan kun va vaqtda ro‗yxatga olingan deb hisoblanadi, bu 
haqda reestrda qayd etiladi. Huquq ustunligi ariza reestrda qayd etilgan 
sanalar bo‗yicha belgilanadi. 
Fermer xo‗jaligining yer uchastkasiga nisbatan uzoq muddatli ijara 
huquqi belgilangan tartibda ro‗yxatdan o‗tkazilishi, fermer xo‗jaliklarining 
yerga nisbatan huquqlarini yuridik jihatdan tan olinishi demakdir. 

Download 3,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish