O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi



Download 3,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/178
Sana17.09.2022
Hajmi3,43 Mb.
#849204
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   178
Bog'liq
Agrar huquq

 
 
4-§. Fermer xo„jaligi faoliyatini qayta tashkil etish, tugatish
asoslari va tartibi 
 
Fermer xo‗jaligi yuridik shaxs sifatida faoliyati qayta tashkil etilishi 
va tugatilishi mumkin. Qonunda fermer xo‗jaligini qayta tashkil etish, 
tugatish 
asoslari 
va 
tartibi 
belgilangan. 
Fuqarolik 
kodeksining
49-moddasida hamda ―Fermer xo‗jaligi to‗g‗risida‖gi qonunning
31-moddasida fermer xo‗jaligini yuridik shaxs sifatida qayta tashkil etish 


139 
tartibi belgilangan. Fermer xo‗jaligini qayta tashkil etish, qo‗shib yuborish, 
qo‗shib olish, bo‗lish, ajratib chiqarish, o‗zgartirish shakllarida amalga 
oshiriladi. Fuqarolik kodeksining 49-moddasiga asosan, qonunda 
belgilangan hollarda yuridik shaxsni bo‗lish yoki uning tarkibidan bir 
yoxud bir necha yuridik shaxsni ajratib chiqarish shaklida uni qayta tashkil 
etish vakil qilingan organlarning qarori bilan yoxud sud qarori bilan 
amalga oshiriladi. Agar, yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari), ular 
vakil qilgan organ yoki yuridik shaxsning o‗z ta‘sis hujjatlari bilan qayta 
tashkil etishga vakil qilgan davlat yuridik shaxsni vakolatli davlat 
organining qarorida belgilangan muddatda qayta tashkil etilayotgan bo‗lsa, 
sud mazkur davlat organining da‘vosi bo‗yicha yuridik shaxsning 
boshqaruvchisini ta‘minlaydi va unga ushbu yuridik shaxsni qayta tashkil 
etishni topshiradi. Boshqaruvchi tayinlangan paytdan boshlab unga yuridik 
shaxsning ishlarini boshqarish vakolatlari o‗tadi. Boshqaruvchi sudda 
yuridik shaxs nomidan harakat qiladi, taqsimlash balansini tuzadi va uni 
yuridik shaxslarni qayta tashkil etish natijasida vujudga keladigan ta‘sis 
hujjatlari bilan birga ko‗rib chiqish uchun sudga topshiradi. Sudning ushbu 
hujjatlarni tasdiqlashi yangidan vujudga kelayotgan yuridik shaxslarni 
davlat ro‗yxatidan o‗tkazish uchun asos bo‗ladi. 
Fermer xo‗jaligini qo‗shib yuborish, qo‗shib olish yoki o‗zgartirish 
shaklida qaytadan tashkil etish vakolati tuman hokimining roziligi bilan 
amalga oshiriladi. Fermer xo‗jaligini qo‗shib olish shaklida qayta tashkil 
etish hollarini istisno qilganda, yangidan vujudga kelgan fermer xo‗jaligi 
davlat ruyxatidan o‗tkazilgan paytdan boshlab fermer xo‗jaligi qayta 
tashkil etilgan hisoblanadi. 
Qonunchilikda fermer xo‗jaligini tugatish asoslari belgilab qo‗yilgan 
bo‗lib, fermer xo‗jaligi quyidagi hollarda tugatiladi:
-
yer uchastkasini ijaraga olish huquqidan ixtiyoriy voz kechilganida;
-
fermer xo‗jaligi bankrot deb topilganda, shu jumladan moddiy-
texnika resurslari yetkazib beruvchilar, ish bajaruvchilar va xizmat 
ko‗rsatuvchilar 
bilan 
hisob-kitob 
muntazam 
ravishda 
amalga 
oshirilmaganida; 
-
fermer xo‗jaligining boshlig‗i vafot etib, xo‗jalik faoliyatini davom 
ettirishni xohlovchi merosxo‗r bo‗lmasa; 
-
davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yoki yer to‗g‗risidagi qonun 
hujjatlarini buzganlik uchun, shu jumladan fermer xo‗jaligi yer 
uchastkasidan 
belgilangan 
maqsadda 
foydalanmaganida, 
xususan 
shartnomaatsiya shartnomasida nazarda tutilmagan qishloq xo‗jaligi 
ekinlarini ekkanida yer uchastkasini olib qo‗yish zarurati bo‗lgan taqdirda, 


140 
yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi belgilangan tartibda bekor 
qilinsa (32-modda). 
Qonunning 33-moddasida fermer xo‗jaligini tugatish tartibi 
mustahkamlangan. Unga ko‗ra, agar fermer xo‗jaligi ixtiyoriylik asosda 
tugatilganda fermer xo‗jaligi boshlig‗ining qarorini chiqarish talab etiladi. 
Basharti fermer xo‗jaligining xohishiga bog‗liq bo‗lmagan taqdirda, qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda sudning hal qiluv qaroriga asosan 
tugatiladi. 
Fermer xo‗jaligini tugatish asoslarining asosiy qismi 
yer 
uchastkasidan foydalanish, olib qo‗yish va yerga oid qonun hujjatlarini 
buzish bilan bog‗liqdir. Bular jumlasiga: yer uchastkasini ijaraga olish 
huquqidan ixtiyoriy voz kechilganida; davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun 
yoki yer to‗g‗risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun, shu jumladan 
fermer 
xo‗jaligi 
yer 
uchastkasidan 
belgilangan 
maqsadda 
foydalanmaganida, 
xususan 
kontraktatsiya 
shartnomasida 
nazarda 
tutilmagan qishloq xo‗jaligi ekinlarini ekkanida yer uchastkasini olib 
qo‗yish zarurati bo‗lgan taqdirda, yer uchastkasini ijaraga olish 
shartnomasi belgilangan tartibda bekor qilish kabilar kiradi. 
Bundan tashqari qonun talablari buzish sharti asosida fermer xo‗jaligi 
bankrot deb topilganda, shu jumladan moddiy-texnika resurslari yetkazib 
beruvchilar, ish bajaruvchilar va xizmat ko‗rsatuvchilar bilan hisob-kitob 
muntazam ravishda amalga oshirilmaganida ular faoliyatini tugatish uchun 
asos bo‗lishi mumkin. 
Xulosa qilib aytganda, fermer xo‗jaliklari huquqiy holatini samarali 
normalar asosida mustahkamlanib borilishi, ular tadbirkorlik faoliyatini 
rivojlantirish uchun obyektiv sharoit yaratib qishloq xo‗jaligida iqtisodiy 
islohotlarni chuqurlashtirishni huquqiy ta‘minlash vositasi bo‗lib xizmat 
qiladi. 

Download 3,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish