O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi


-§. Fermer xo„jaligi faoliyatini huquqiy tartibga solish



Download 3,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/178
Sana17.09.2022
Hajmi3,43 Mb.
#849204
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   178
Bog'liq
Agrar huquq

3-§. Fermer xo„jaligi faoliyatini huquqiy tartibga solish 
Fermer xo‗jaligining huquq subyektligi unga berilgan huquq va 
majburiyatlar doirasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni talab 
etadi. Qonunga asosan fermer xo‗jaligi yuridik shaxsning barcha 
huquqlariga ega bo‗ladi. Fermer xo‗jaligi tadbirkorlik shakllaridan biri 
bulib, u tashkil etilishidan ko‗zlangan maqsadlarga erishish uchun shu 
maqsadlarga monand tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga haqlidir. 
Fermer xo‗jaligi boshqa shakllarda xo‗jalik faoliyati yurituvchi 
tijoratchi korxonalar bilan teng huquqlarga ega. Fermer xo‗jaligi 
tadbirkorlik faoliyatining subyekti sifatida bir qator huquqlarga egadir. 
Bular: berilgan yer uchastkasida o‗z ustavida nazarda tutilgan 
ixtisoslashuvga va ijaraga olish shartnomasiga muvofiq fermer 


136 
xo‗jaligining ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish; ixtisoslashuvni 
hisobga olgan holda va tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari asosida 
qishloq xo‗jalik ekinlarini joylashtirishni amalga oshirish; xarid 
qilinadigan mahsulotga oldindan haq to‗lanadigan fyuchyers shartnomalari 
tuzish; 
yetishtirgan 
mahsulotini, 
shu 
jumladan 
bu 
mahsulotni 
iste‘molchilarga realizatsiya qilish huquqini o‗z xohishiga ko‗ra tasarruf 
etish; yetishtirayotgan mahsuloti, bajarayotgan ishlari va ko‗rsatayotgan 
xizmatlariga narx belgilash; elektr enyergiyasi, yoqilg‗i-moylash 
matyeriallari, mineral o‗g‗itlar, o‗simliklarni himoya qilishning kimyoviy 
vositalari yetkazib berilishi, xizmatlar ko‗rsatilishi yuzasidan shartnomalar 
tuzish; tadbirkorlik faoliyatidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
soliq solinadigan, cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olish; olgan 
daromadlarini (foydasini), bank muassasasidagi o‗zining hisob varaqlarida 
bo‗lgan pul mablag‗larini tasarruf etish; aksiyalar va boshqa qimmatli 
qog‗ozlar olish; kreditlar olish, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning 
pul mablag‗larini hamda boshqa mol-mulkini shartnoma asosida jalb etish 
hamda ularni ishlab chiqarishga va takror ishlab chiqarishga yo‗naltirish; 
kreditlar olish uchun o‗z mol-mulkini, shuningdek yer uchastkasini ijaraga 
olish huquqini garovga qo‗yish; kichik hamda xususiy korxonalar uchun 
berilgan imtiyozlar va preferensiyalarning barcha turlaridan foydalanish; 
zarur asbob-uskunalar, ishlab chiqarish vositalari hamda boshqa
mol-mulkni olish, ijaraga olish, binolar va inshootlar qurish hamda ularni 
ta‘mirlash; o‗z huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun 
sudga murojaat etish kabilardan iboratdir. 
Fermer xo‗jaligi muayyan huquqlarga ega bo‗lish bilan bir qatorda 
qonun bilan belgalangan tegishli majburiyatlarni ham o‗z zimmasiga oladi. 
Xususan yer uchastkasidan qonun hujjatlarida va ijaraga olish 
shartnomasida ko‗rsatilgan shartlar asosida, belgilangan maqsadda, 
samarali va oqilona foydalanilishini ta‘minlashi; ekologik talablarga va 
atrof muhitni muhofaza qilishning boshqa qoidalariga rioya etishi; yer 
uchastkasining meliorativ holatini yaxshilash, uning unumdorligini saqlab 
qolish va oshirish tadbir-choralarini ko‗rishi, biznes-rejada shu maqsad 
uchun mablag‗lar ajratilishini nazarda tutishi; agar ijaraga olish 
shartnomasida boshqa muddat belgilangan bo‗lmasa, yer uchastkasi 
berilgan vaqtdan e‘tiboran bir yil ichida undan foydalanishga kirishishi; 
tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq davlat ehtiyojlari uchun 
qishloq xo‗jaligi mahsuloti nazarda tutilgan hajmlarda yetkazib berilishini 
ta‘minlashi; g‗o‗za va don ekinlarini navlar bo‗yicha joylashtirishning 
belgilangan talablariga rioya etishi; suv resurslaridan suvdan limit 


137 
bo‗yicha foydalanish to‗g‗risidagi shartnomaga muvofiq foydalanishi; 
xo‗jalik ichidagi meliorativ tarmoqni tozalab va ta‘mirlab turishi; yer 
uchastkasini saqlash shartlariga va servitutlarga rioya etishi; o‗z xodimlari 
uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini ta‘minlashi; soliqlar, yig‗imlar va 
boshqa majburiy to‗lovlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‗z 
vaqtida to‗lashi; qishloq xo‗jaligi mahsuloti yetishtirishda agrotexnika 
talablariga rioya etishi; qishloq xo‗jaligi o‗simliklarining zararkunandalar, 
kasalliklar va begona o‗tlardan muhofaza qilinishini ta‘minlashi shart. 
Fermer xo‗jaligi huquqiy holatida ularning mulkiy mustaqilligiga ega 
ekanligi, yuridik shaxs sifatida eng muhim belgilardan biri bo‘lib amaliy 
jixatdan muhim ahamiyatga egadir. 
Har bir fermer xo‗jaligi qonunga ko‗ra, o‗ziga qarashli binolar, 
inshootlar, qishloq xo‗jaligi ekinzorlari va ko‗chatzorlari, dov-daraxtlar, 
chorva mollar, parrandalarga, yyetishtirgan mahsulotiga, qishloq xo‗jalik 
texnikasi, inventar, asbob-uskunalar, transport vositalari, pul mablag‗lari, 
intellektual 
mulk 
obyektlariga, 
shuningdek 
fermer 
xo‗jaligining 
balansidagi boshqa mol-mulkka mulkdordir. 
Shuningdek, fermer xo‗jaligi boshlig‗ining pul va moddiy 
mablag‗lari, tovarlarni realizatsiya qilishdan (ishlar bajarishdan, xizmatlar 
ko‗rsatishdan) olingan daromadlar (foyda), qimmatli qog‗ozlardan kelgan 
daromadlar, qonunlarda taqiqlanmagan boshqa 
manbalar fermer 
xo‗jaligining mol-mulkini shakllantirish manbalari bo‗lishi mumkin. 
Fermer xo‗jaligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mol-mulkni 
yaratish, ko‗paytirish, olish, ijaraga yoki vaqtincha foydalanishga olish 
huquqiga ega. Fermer xo‗jaligining mulk huquqi davlat himoyasidadir. 
Fermer xo‗jaligi mol-mulkning tarkibiga kirgan mulklar fuqarolik 
huquqining obyektlari sifatida o‗ziga xos huquqiy rejimga ega. 
Fermer xo‗jaligining mol-mulki fuqarolik huquqi obyekti sifatida 
uning xususiyatlarini e‘tiborga olgan holda ko‗char mulkka va ko‗chmas 
mulkka bo‗linadi. Fuqarolik kodeksining 83-moddasiga ko‗ra, ko‗chmas 
mulk turkumiga yer uchastkalari va yer osti boyliklari, ko‗p yillik dov 
daraxtlar, shuningdek binolar va inshootlar qonunda ko‗rsatilgan hollarda 
boshqa 
mol-mulklar ham kirishi 
mumkinligi huquqiy jixatdan 
mustahkamlandi. Fermer xo‗jaligi yuridik shaxs huquqiga ega bo‗lgan 
qishloq xo‗jalik korxonasi sifatida ko‗chmas mulk hisoblanadi
(FK 85- modda). 
Fermer xo‗jaligi o‗zi yetishtirayotgan mahsulotni realizatsiya qilish, 
shu jumladan davlat xaridi, tartibida realizatsiya qilish uchun yuridik va 
jismoniy shaxslar bilan ixtiyoriylik asosida xo‗jalik shartnomalari tuzish 


138 
huquqiga ega. Fermer xo‗jaligi o‗zi yetishtirayotgan mahsulot sifatiga oid 
amaldagi normativ va standartlarga, ekologiya, sanitariyaga oid hamda 
qonun hujjatlarida belgilab qo‗yilgan boshqa talablar va qoidalarga rioya 
etishi shart. Fermer xo‗jaligi yetishtirayotgan mahsulotni eksportga 
yetkazib berish, shuningdek chet ellik shyeriklar bilan hisob-kitob qilish 
qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
Fermer xo‗jaliklarining xo‗jalik faoliyatiga davlat organlari hamda 
tashkilotlarining, ular mansabdor shaxslarning aralashuviga yo‗l 
qo‗yilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. 
Ya‘ni, fermer xo‗jaligi faoliyatini tekshirish, davlat ehtiyojlari uchun 
mahsulot realizatsiya qilish shartnoma majburiyatlari bajarilmagan yoki 
yer to‗g‗risidagi qonun hujjatlari buzilganligiga dalillar bo‗lgan, 
shuningdek yagona yer solig‗i o‗z vaqtida to‗lanmagan hollarda, ijaraga 
olish shartnomasiga muvofiq ijaraga berilgan yer uchastkasidan faqat 
belgilangan maqsadda va oqilona foydalanish masalalari bo‗yicha, 
belgilangan tartibda amalga oshiriladi (Qonunning 30-moddasi). 
Davlat organlari va boshqa organlar hamda tashkilotlarning, ular 
mansabdor shaxslarining va fuqarolarning g‗ayriqonuniy xatti-harakatlari 
(qarorlari natijasida), shuningdek bunday organlar, tashkilotlarning, ular 
mansabdor shaxslarining fermer xo‗jaligiga nisbatan qonun hujjatlarida 
nazarda tutilgan majburiyatlarni lozim darajada bajarmasliklari oqibatida 
fermer xo‗jaligiga yetkazilgan zararlar, shu jumladan boy berilgan foyda 
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi. 
Fermer xo‗jaligi o‗z majburiyatlari bo‗yicha qonunlarga muvofiq 
undirish qaratilishi mumkin bo‗lgan mol-mulki bilan javob beradi. 
Umumiy qoidaga asosan, davlat fermer xo‗jaligining majburiyatlari 
bo‗yicha, fermer xo‗jaligi esa davlat majburiyatlari bo‗yicha javob 
bermaydi. 
Fermer xo‗jaligi to‗g‗risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor 
bo‗lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‗ladilar. 

Download 3,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish