«Hukumat sifatida o’zi tomonidan qonun chiqaruvchi
sifatida yaratiladigan yuridik me’yorlarni o’zi uchun majburiy deb biladigan
davlat, -
deb ta’kidlaydi u,
- huquqiy davlat deb ataladi. Huquqiy davlat o’z
faoliyatida, o’zining hukumat va sudlov funksiyalarini ado etishda huquqqa
bog’liq va uning tomonidan cheklab turiladi, zinhor u huquqdan tashqarida yoki
uning ustida turishi mumkin emas».
Gessen ayni paytda huquqiy davlat tavsifi mazmuniga aniqdiklar kiritib, muayyan
izohlar beradi. Jumladan, u shu ma’noda qonunchilik faoliyati mustaqilligani himoya qilib
chiqadiki, unga ko’ra, davlat odtsiy yoki qonun chiqaruv-chi huquqi bilan bog’lanmaydi.
Zero, «abadiy» urf-odatlar va qonunlarning o’zi bo’lmaydi. O’z mohiyatiga ko’ra, qonun
chiqaruvchi hokimiyat qonun bilan cheklanishi mumkin emas. Ushbu prinsipial g’oyada
amaliy negiz mavjud bo’lib, uni quyidagicha ta’riflash mumkin: qonunlar jamiyatning
etuklik darajasiga mos kelishi, ijtimoiy hayotning o’zgarib boruvchi iqtisodiy, ijtimoiy,
madaniy va boshqa shart-sharoitlarini aks ettirishi, jamiyat rivojining ob’yektiv ehtiyojlariga
javob berishi kerak.
Kotlyarovskiy,
davlat va shaxsning bir-birlariga o’zaro bog’likligi va o’zaro
mas’uliyati to’g’risidagi Kant nazariyasiga qo’shiladi. Unga ko’ra, bu bog’liqlikning kafolati
hokimiyatlarning bo’linishidan iborat bo’ladi. Uning davlat va jamiyatning real o’zaro
mas’uliyatini ta’minlovchi asosiy organ sifatida sudning roli to’g’risidagi xulosasining hozirgi
zamon davlat-huquqiy hayoti uchun amaliy ahamiyati katta. Bunday sud hammadan
mutlaqo mustaqil bo’lib, shak-shubhasiz xalq ishonchiga sazovor bo’lgan konstitutsiyaviy
sud bo’lmog’i lozim. Ushbu ishonchni yo’qotish odil sudlov asosiga, shu bilan birga,
huquqiy davlat asosiga putur etkazishga qodirdir.
Oktyabrdan keyingi davrda Rossiyada va u zabt etgan mustamlakalar hududlarida
huquqiy davlat g’oyasi real hayotdan butunlay siqib chiqarilgan yangi davr boshlanadi.
Real hokimiyat partiya-davlat mahkamasi qo’lida mujassamlashgan sharoitdagi huquqiy
nigilizm, mazkur hokimiyatning xalqdan ajralib qolishi adolat asosida ijtimoiy hayotni
huquqiy tashkil etishni nazariyada ham, amaliyotda ham to’liq inkor qilishga hamda
totalitar davlatchilikning qaror topishiga olib keldi.
Totalitarizm davri sho’ro davlat-huquqiy fani huquqiy davlat g’oyasini
davlatchilikning sinfiy ta’limotiga zid, burjua g’oyasi deb hisoblab, uni qabul qila olmagandi.
Bu-ning salbiy oqibatlari ham darhol o’zini ko’rsatdi. Huquqiy davlatchilikning ko’p asrlik
nazariyasi va amaliyotining tajribasini huquqiy inkor etish va ilmiy tan olmaslik jamiyat
hayotida jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy hamda milliy mojarolarni keltirib
chiqardi.
Davlat va huquq nazariyasining markscha-lenincha bosqichida hukmronlik qilgan
sho’ro davlatining an’anaviy bahosi hamda Leninning «Davlat va inqilob» (1917 y.) asariga
12
Шершеневич Р. Ф. Общая теория права. - М., 1911, 248-bet.
237
to’xtalamiz. Lenin o’zining bu asarida sotsialistik davlatda hokimiyatni tashkil etish
to’g’risidagi Marksning ayrim g’oyalarini, to’g’rirogi proletariat diktaturasi haqidagi
g’oyalarini rivojlantirishga uringan. Bundan tashqari, Parij Kommunasi tajribasini, ya’ni bir
shaharda, boz ustiga, favqulodda holat (hujumlardan saqlanish, iqtisodiy qiyinchiliklar)
hukm surgan sharoitda hokimiyatni tashkil etish tajribasini ulkan bir davlatga ko’chirishga
intiladi. Biroq, etmish yil mobaynida bu asar buyuk ilmiy yutuq, kommunistik jamiyat
qurilishi davrida davlatchilikni rivojlantirishning nazariy asosi deb baholab kelindi. Uning
mavjud sharoitga nisbatan utopik mazmuni 1918 yildayoq hayot tomonidan rad etilganiga
qaramay, shunday qilib kelindi.
«Davlat va inqilob» asarida mehnat va iste’mol mezonini boshqarishga va uni
nazorat qilishga hamma o’rganishi bilan kommunistik jamiyat birinchi bosqichidan uning
oliy bosqichiga, shu bilan birga, davlatning to’liq barham topishiga yo’l ochiladi, degan
utopik g’oya ifodalanadi. Bu qanday qilib ro’y berishi mumkin? Lenin shunday javob beradi:
«Bu erda barcha fuqarolar qurollangan ishchilar singari davlat qo’lidagi yollanma
xizmatchilarga aylanadilar. Barcha fuqarolar yagona umumxalq, davlat «sindikati»
xizmatchilari va ishchilari bo’lib qoladilar. Gap shundaki, ular teng ishlashlari, ish mezoniga
to’g’ri rioya qilishlari va teng haq olishlari kerak». Lekin Lenin - qanday qilib teng mehnat
qilish, uni qanday qilib o’lchash mumkin - degan savollarga javob bermadi va berolmasdi
ham. Zero, mehnat ko’pgina sifat tavsiflariga ega! Qanday qilib teng haq olish mum-kin?
Ushbu tamoyilda mehnatga har qanday intilishni barbod qiluvchi jo’n primitiv tekischilik
ifodalanganini ziyrak o’quvchi darhol tushunib oladi. 1918 yilning o’zidayoq hayot bu
ta’limotni chippakka chiqardi.
Mazkur holatni batafsilroq qarab chiqamiz. 1918 yilning o’zidayoq xalqni umumiy
qurollantirishni amalga oshirish emas, balki professional Qizil Armiya tuzish ehtiyoji tugildi.
Davlat boshqaruviga sinfiy jihatdan ishonchli, biroq malakasiz xodimlar emas, balki
mutaxassislarni jalb etish zarur bo’lib qoldi. Shunisi diqqatga sazovorki, 1918 yili
mutaxassislarga ishchilarning o’rtacha oylik ish haqparidan 9 baravar ziyod maosh
tayinlangandi. Shu bilan boshqaruvga oid akdiy va jismoniy mehnatga baravar haq to’lash
haqidagi navbatdagi xomxayol ham havoga uchib ketdi. Sho’rolarda boshqaruv mahkamasi
tashkil etildi - mansabdorlar, byurokratiya Sho’ro davlati tarkibida qayta tiklanib qoldi.
Leninning o’zi «sotsializmga nisbatan butun nuqtai nazarning o’zgargani»ni tan olishga
majbur bo’lgan kezlari uning «Davlat va inqilob» asaridagi g’oyalar va qoidalar kuli ko’kka
sovurilgani ayniqsa yaqqol sezilib qoldi. Bu hol NEP yillari sodir bo’lgandi.
Biroq, ushbu asarda e’lon qilingan hamda rivojlantirilgan proletariat diktaturasiga
keladigan bo’lsak, u Sho’ro davlatining mohiyati tavsifi sifatida o’z ahamiyatini saqlab keldi.
Bunda Lenin, diktatura - bir sinfning ikkinchisi ustidan, aholi bir qismining boshqa qismi
ustidan doimiy zo’ravonligi tashkiloti deb, diktatura qonunga emas, balki kuchga
tayanadigan cheklanmagan hokimiyatni anglatadi, diktaturaning ilmiy tushunchasi hech
narsa bilan cheklanmagan, hech qanday qonunlar bilan, mutlaqo hech qanday qoidalar
bilan siqib qo’yilmagan, bevosita zo’ravoyushkka tayanadigan hokimiyatdan boshqa narsa
emas, «inqilobiy xalq» bevosita o’zi «sud qiladi, jazolaydi, hokimiyatni qo’llaydi, yangi
inqilobiy huquqni ijod qiladi», deb da’vo qilardi.
Sho’ro davlati nazariyasi va amaliyotiga asos qilib opingan mazkur g’oyalar ayni
paytda ushbu davlatni demokratik va xukukdy davlat mafkurasiga qarama-qarshi ko’yishni
angaatardi.
Bundan tashqari, nazariyada Sho’ro davlati ikki funksiyani - yaratuvchilik (sotsialistik
jamiyat qurilishi) va majburlov (ezuvchi sinflar qarshiligini bostirish) funksiyalarini
bajarayotganligi ta’kidlanardi. Biroq bu na-zariyadagina shunday edi. «Ezuvchilar»ni
bostirish hakiqatda butun xalqqa qarshi qatag’onlarga, majburiy mehnat va undan sal
ogashlarga qarshi jinoiy javobgarlikning joriy etilishi, davlat tomonidan ish haqining
238
totalitar tarzda cheklanishi, krepostnoylik kolxoz-sovxozlari tuzilishiga, milliy va irqiy
kamsitishlar asosida xalqlarni qirishga, Sho’ro davlatining zo’ravonlik shakllari va
funksiyalari joriy etilishiga olib keldi.
Davlat diktaturasi esa asta-sekin partiya diktaturasiga, hukmron partiya elitasi
diktaturasiga, kommunistik partiya bosh kotibining diktaturasiga aylanib ketdi. E’lon
qilinadigan rasmiy nazariya bilan boshqaruvning amaldagi shakli o’rtasida, sho’ro
davlatining amaldagi funksiyasi va boshqa tavsiflari o’rtasida chuqur jarlik paydo bo’ldi.
Masalan, davlat va huquq nazariyasiga oid turli o’quv darsliklarida kommunistik
jamiyat qurilishi jarayonida davlatning «o’lib borishi» haqidagi, sotsialistik sho’ro davlati
«yarim davlat» ekanligi to’g’risidagi g’oyalar albatta mavjud bo’lardi. Bularning hammasi
Sho’ro davlatining mislsiz mustahkamlanishi va rivoj topib borishida, uning totalitar,
«partiya» davlatiga o’sib o’tishi jarayonida ro’y berayotgandi. Bunda partiya va davlat
tashkilotlari, mansablari, hokimiyat tarkiblari, shu jumladan, armiya va xavfsizlik
organlarining ham tuzilmaviy, ham shaxsiy bir-biriga chatishib ketishi sodir bo’layotgani
yaqqol ko’rinib turardi. Ushbu da’volar asosida Sho’ro davlati tomonidan
mehnatkashlarning dahshatli tarzda ezib kelinayotgani yashirilardi. GULAG tizimlarida,
qishloq xo’jaligi mehnatini tashkil etishda zo’ravonlik bilan mehnat natijalarining 70 foizi
tortib olinardi, va hokazo.
Davlatning «o’lib borishi»ni asoslash uchun jamiyat tuzilishi, tarkibi soddalanib
borarkan, sinfiy tafovutlar yo’qolib borarkan, sinflar o’lib boradi, bunda jamiyat tarkiblari
bunday soddalashib borgani sari davlat ham o’lib boradi, aytaylik, tashkiliy-mehnat
sohasidagi uning boshqaruv rolini esa, mehnatga bo’lgan oddiy ko’nikma egallaydi, deb
uqtirilardi.
Siyosiy, tarkibiy va hududiy uyushgan jamiyat sifatida barqarorlik va farovonlikni
ta’minlovchi davlatning umum-ijtimoiy funksiyalari, uning madaniyatshunoslik qadriyat-lari
bunday mulohazalar davomida arzimas narsalar sifatida e’tibordan chetda qolib ketardi.
Boz ustiga, sho’ro davlati - burjua huquqiy davlatiga tamomila qarama-qarshi, deb baralla
e’lon qilinardi.
«Davlat va inqilob» bilan bir qatorda Leninning mashhur «Aprel tezislari» ham
(1917 yil) muhim rol o’ynadi. Aynan shu «Aprel tezislari»da Lenin butun hokimiyat
Sho’rolarga tegishli bo’lishi kerak bo’lgan Sho’rolar respublikasini parlamenti «quruq
safsatabozlik»dan iborat bo’lib, amalda kapital boshqaradigan, ezuvchilar hukmronlik
qiladigan parlament respublikasiga qarama-qarshi qo’ygandi.
1918 yilgi Konstitutsiya ijtimoiy qatlamlarning huquqiy tengsizligini, o’z maqsadlarini
amalga oshirish yo’lida zo’ravonlikdan foydalanishini ochiq e’lon qilgan davlat tipi sifatida
Sho’ro davlatini qaror toptirdi va mustahkamladi. Sho’ro davlati o’z maqsadlaridan biri
sifatida jahon inqilobiga erishish g’oyasini ilgari surdi.
Boshqaruv shakliga ko’ra, Sho’ro davlati respublika deb e’lon qilingandi. Biroq, u
galati respublika edi: unda hokimiyatlarning bo’linishi inkor etilar va aksincha -xokimiyat
barcha shahobchalarining Sho’rolarga birlashishi e’lon qilinardi. Sho’rolarning deputatlik
korpusi o’zi qonunlarni qabul qilar, ularni o’zi bajarar va hatto ular ijrosini nazorat ham
qilardi.
Darvoqe, ko’rsatib o’tilgan barcha kamchiliklarga qaramay, har qalay, davlat
faoliyatining tamoyili sifatida qonuniylikni qaror toptirish yo’lidagi urinishlarni ham
ta’kidlash joiz. Chunki qonuniyliksiz davlatchilikning bo’lishi mumkin emas. Qonunchilikning
maxsus ishlab chiqilgan tizimi yo’qdigi tufayli «inqilobiy sudlar» faqat huquqiy onggagina
amal qilardi. Huquqni qo’llanuvchilarning Huquqiy madaniyati past bo’lgan, huquqqa,
umuman qonunga nigilistik munosabat xukm surgan sharoitlarda buning ayanchli
oqibatlarini tasavvur etish qiyin emas. Qonuniy ijodkorlik faoliyati maxsue kasbiy
tayyorgarlikni talab qilmaydi, degan tasavvurlar keng tarqalgandi.
239
Shularga qaramay, 20-yillarning boshlarida Sho’ro davlatining huquqiy ustunliklarini
shakllantirishga urinib ko’rildi - ilk qonunlar, kodekslar qabul qilindi, davlat boshqaruvi
organlari faoliyatini nazorat qilish bosh vazi-fasi hisoblangan prokuratura tashkil etildi.
Siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarishning huquqiy shakllarini izlab topish
bo’yicha ishlar olib borildi. Albatta, mazkur jarayonlarning barchasi majmuiy, ilmiy
asoslangan mohiyatga ega bo’lmay, yangi qonunlar bilan ularning qo’llanishi o’rtasidagi
uzilish yaqqol ko’zga tashlanardi. Shunga qaramay, 20-yillarning o’zidayoq Sho’ro davlatiga
nisbatan huquqiy davlat konsepsiyasini qo’llash to’g’risidagi masala qo’yila boshlagandi.
Chunonchi, Sho’ro respublikasi o’z faoliyatini huquqiy tartiblar sharoitida olib boruvchi
huquqiy davlatdir, deb yozgandi Mallitskiy.
Biroq, tez orada mamlakatda ahvol yanada yomonlashdi. Boshqarishning ma’muriy-
buyruqbozlik tizimi tiklanishi bunday xulosa chiqarishga, hech bo’lmaganda, hali
ertaligadan qatiy dalolat berib turardi. Huquqiy davlat muammosiga rasmiy munosabat
L.M.Kaganovichning Sho’ro hokimiyatining 12 yilligi munosabati bilan qilgan ma’ruzasida
ta’riflab berilgandi. Ushbu ma’ruza bilan u Kommunistik akademiya qoshidagi Sho’ro
institutida so’zga chiqqandi. Unda, jumladan, shunday deyilgan: «... biz huquqiy davlat
nazariyasini rad etamiz - «huquqiy davlat» tushunchasi burjua olimlari tomonidan
burjuaziya davlatining sinfiy mohiyatini yashirish uchun kashf etilgan ... Albatta, bularning
hammasi qonunlarni istisno etmaydi. Bizda qonunlar bor. Bizning qonunlarimiz davlat
hokimiyati alohida organlarining funksiyalari va faoliyat doirasini belgilab beradi. Lekin
bizning qonunlarimiz har bir vaqtning o’zida maqsadga muvofikligi bilan belgilanadi».
Kaganovich tilga olgan qonuniylik va maqsadga muvofiklikning «nisbati»ga
ahamiyat bering-a. Ushbu da’voning har qancha bema’niligiga qaramay, mazkur talqin
bizning kunlarimizgacha ham o’z ta’sirini butunlay yo’qotgani yo’q. Jumladan, qonun va
uning «maqsadga muvofikdigi» o’rtasidagi nisbatni sub’yektiv talqin etishda qonunga
hurmatsizlik munosabati namoyon bo’ladi. Ba’zi bir maxalliy rahbarlar o’z shaxsiy
tasavvurlaridan kelib chiqqan holda, qaysidir bir qonunni bajarish shartmi yoki ijro etilishi
«maqsadga muvofiq emasmi» degan masalani hal etish huquqini o’zlaricha hal qilib
oladilar. Xo’jalik yoki boshqa ijtimoiy «maqsadga muvofiqlik» bahonasi bilan qonunni
chetlab o’tishga hatto, qonun haqiqatan ham yomon yoki eskirgan taqdirda ham yo’l qo’yib
bo’lmaydi. Uni faqat vakolat berilgan davlat organigina o’zgartirishi yoki bekor qilishi
mumkin.
Bunday amaliy tajriba sobiq Ittifoqqa fojiali oqibatlar olib kelgani, uning ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotiga halokatli ta’sir ko’rsatganini, odamlar ongida qonun me’yorlari va
inson hayotiga mensimaslik bilan qarashni qaror toptirganini yodda tutish kerak.
Huquqiy davlat muammosi esa, ko’p yillarga sho’ro davri nazariy tadqiqotlari
sahifalaridan o’chib ketdi. Uni burjuaziya davlatining sinfiy mohiyatini niqoblash uchun
uchun da’vat etilgan burjua-liberal konsepsiyasi deb hisoblash odat bo’lib qolgandi.
Yuqorida qayd etganimizdek, hozirgi vaqtda, respublikamiz istiqlolni qo’lga kiritishi
munosabati bilan, huquqshunoslik nazariyotchilari va amaliyotchilari oldida huquqiy davlat
to’g’risida yanada aniqroq konseptual tasavvurlarni tavsiflash vazifasi ko’ndalang bo’ldi.
Ushbu muammo yuzasidan olimlarimiz chuqur ilmiy tadqiqotlar olib bormoqdalar. O’tmish
va hozirgi davr ilmiy xazinasidan, hozirgi zamon yuksak tsivilizatsiyalashgan
mamlakatlaridagi huquqiy davlatchilikni barpo etish va uning ishlashini ta’minlash
tajribasidan foydalangan holda O’zbekiston huquqshunosligi, falsafiy, iqtisodiy va siyosiy
tafakku-ri bizning jamiyatimizda bo’lajak huquqiy davlat shaklini real chizib qo’ydilar. Shuni
alohida qayd etish lozimki, mamlakat taraqqiyoti konkret shart-sharoitlarini hisobga olgan
holda huquqiy davlatni shakllantirishning konseptual qoidalari va yo’llari Prezidentimiz
240
Islom Karimovning asarlarida keng bayon etilmokda
13
. Respublikamizda huquqiy davlat va
fuqarolik jamiyati qurilishining nazariy tadqiqotlari uchun ham, mazkur qurilishning
amaliyoti uchun ham ularning ahamiyati g’oyat kattadir.
Jumladan, ushbu tadqiqotlarning dolzarbligi va zaruratini Prezident shunday
asoslaydi: «Biz hozir o’zgartirayotgan sovet sotsialistik davlati xalqimiz hayotiga chetdan
zo’ravonlik bilan joriy etilgan edi. Bu davlatning shakli va mohiyati xalqimizning axloqiy,
ma’naviy va ruhiy qadriyatlariga to’g’ri kelmaydigan, mos kelmaydigan tizimga asoslangan
edi.
Xo’sh, bu tizim avvalambor kimga suyanar edi?
Bu tuzum o’z xalqining tarixini, uning ruhi va urf-odatlarini, o’z avlod-ajdodlarini
brshmaydigan manqurtlarga tayanar edi. Shuning uchun ham eski sovet tuzumining
bayroklarida va shiorlarida bayon qilingan g’oyalar amaldagi ishlaridan nihoyatda uzoq edi.
Xuddi shu bois bu davlatning ijtimoiy tizimi bilan xalq ehtiyojlari o’rtasida jarlik paydo
bo’ldi. Ya’ni inson, uning moddiy, ma’naviy, shu jumladan, milliy qadriyatlari bu tizimda
orqa o’rinda turar edi. Binobarin, bunday davlatning avval boshidanoq istiqboli yo’q edi»
14
.
Prezidentning davlat va huquq muammolariga yangicha yondashish to’g’risidagi
quyidagi gaplari uslubiy qo’llanma bo’li-shi mumkin: «Biz yaqin o’tmishimizda sinfiy
hukmronlikning quroli sifatida davlat haqidagi markscha g’oyani shior qilib olib, bu
nazariyani dogmaga, davlat va huquqni esa, sinfiy kurash, sinfiy raqiblarni engish
vositasiga aylantirgan edik. Demokratik sharoitlarda esa davlat ijtimoiy qarama-
qarshiliklarni zo’rlik va bostirish yo’li bilan emas, balki ijtimoiy kelishuv, xalq ta’biri bilan
aytganda, murosai madora bilan bartaraf etish vositasiga aylanadi...»
Do'stlaringiz bilan baham: |