O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


oldini  olishga xizmat qiladi, chunki huquq sub’yekti tomonidan belgilangan xatti-



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

oldini 
olishga xizmat qiladi, chunki huquq sub’yekti tomonidan belgilangan xatti-
harakat qoidasini buzish, muqarrar ravishda unga nisbatan ta’sir choralarining 
qo’llanishiga olib keladi. 
Huquq normasi - ijtimoiy normalarning alohida bir turidir, u 


156 
boshqa ijtimoiy normalardan bir 
qator jihatlari 
bilan ajralib turadi. Avvalambor, huquq 
normasi umumiy xarakterga egadir. 
U ijtimoiy munosabat qatnashchilarining 
barchasiga, ularning xohish-istagiga bog’liq bo’lmagan holda tegishli bo’ladi, ya’ni u biron 
bir konkret hol va hayotiy holatga mo’ljallangan bo’lmay, balki ularning muayyan bir 
ko’rinishiga, turiga, ya’ni ijtimoiy munosabatlarning ma’lum bir kategoriyasiga, turkumiga 
tegishlidir (masalan: bitimlar tuzish, pensiyaga chiqish tartibi, nikohdan o’tish va hokazo). 
Huquqiy normaning umumiy xarakterga ega ekanligi avvalambor shunda ko’rinadiki, 
toki huquqiy normada ko’zda tutilgan holatlar yuzaga kelaverar ekan, bu norma ham 
qo’llanilaveradi, qo’llanilgach esa kuchini yo’qotmaydi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi 
Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksining 125-moddasi - «Transport vositalaridan 
foydalanish qoidalarini buzish» - shu paytgacha sodir etilgan va etilishi mumkin bo’lgan 
ma’muriy huquqbuzarlik hollarida qo’llaniladi. 
Huquqiy normaning yana bir muhim jihati uning davlat erki-irodasini, amrini ifoda 
etishida ko’rinadi. Shu bois, huquq normasi - muayyan munosabatlar ifodasi yoki muayyan 
harakatni sodir etishni maslahat beruvchi tavsiyanoma tarzidagi qoida bo’lmay, balki, shu 
normada ko’rsatilgan holatlar yuzaga kelganda qanday harakat qilish lozimligini belgilovchi 
hokimona amr - buyruqdir. Zero, har qanday huquq normasi vakolatli davlat organi 
tomonidan o’rnatiladi yoki sanksiyalangan bo’ladi, shu bois davlat amri-irodasini ifodalaydi, 
umummajburiy qoida tariqasida amal qiladi. Huquq normasida belgilangan lozim xatti-
harakat qoidasi mabodo bajarilmasa, uning bajarilishini ta’minlovchi davlatning majburlov 
choralari harakatga kiradi. Masalan: huquq sub’yekti tomonidan qonunga xilof harakatlar 
sodir etilishi tegishli yuridik javobgarlikning yuzaga kelishiga sabab bo’ladi, demak, huquq 
normasi davlatning salohiyatiga, kuchiga tayanadi. 
Davlatning amr-irodasi - huquqiy norma huquq sub’yektiga muayyan huquqlarni 
bergan holida ham saqlanib qoladi, chunki u huquq sub’yektining huquqiy kafili sifatida, 
ya’ni shu huquqning qo’riqchisi va bajarilishini ta’minlovchi kafil tariqasida o’zini namoyon 
etadi. 
Huquq normasi mazmunan va ijtimoiy ahamiyati bois davlat amri irodasini o’zida 
ifodalaydi. Uning bu jihati, o’z navbatida shakl masalasiga, ya’ni huquqiy normaning 
ifodalanish shakliga qat’iy talab qo’yadi. Huquqiy norma qonunlarda, normativ aktlarda va 
boshqa rasmiy huquqiy hujjatlarda shaklan aniq qoidalar tarzida mustahkamlangan bo’ladi, 
zero, huquq normasini to’g’ri tushunish va o’rinli qo’llash uchun, u albatta puxta ishlangan, 
aniq va ixcham shakldagi qoida bo’lishi kerak. 
Ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalar ichida huquq, aynan o’zining shu 
jihati bilan, ya’ni shaklan aniq qoida ekanligi bilan axloq normalaridan farq qiladi. 
Shunday qilib, huquq normasi davlat tomonidan o’rnatilgan yoki sanksiyalangan, 
bajarilishi hamma uchun majburiy bo’lgan va aniq shakllangan xatti-harakat, yurish-turish 
qoidasidir. 
Huquq normasi - davlat tomonidan o’rnatiladigan va ma’qullanadigan, muayyan 
shaklda ifodalanadigan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan 
umummajburiy yurish-turish qoidasidir. 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish