5-§. Davlat mexanizmida burokratiya va burokratizm
Burokratiya va burokratizm davlat singari qadimiy bo’lib, uning ajralmas qismidir,
ko’p jihatdan uning mexanizmini (apparatini) belgilaydi.
«Burokratiya» tushunchasi ko’pincha turlicha tushuniladi. M.Vebr ta’biri bo’yicha
burokratiya - davlat apparati faoliyatining hamma uchun majburiy bo’lgan, tartibga
solingan jarayonlari ustuvorligiga asoslangan davlat boshqaruvining oqilona tashkil
etilishidir. Ularning ijro etilishi kim tomonidan va kimga yo’naltirilganligiga qarab
farqlanmaydi. Ushbu tartib barcha uchun barobar. Bunday bir xillash-tirish davlat
amaldorlarining nuqsonlaridan kafolatlanishi va suiiste’molchiliklarning oldini olishga xizmat
qiladi. K.Marks burokratiyaga keskin salbiy munosabatda bo’lib, uni mutloq yomonlik
tarzida baholagan.
Boshqarishning burokratik usulidan farqli o’laroq burokratizm kasallik bo’lib, butun
dunyo davlatlariga xosdir. Tom ma’noda burokratizm «byuro», ya’ni yozuv stoli, idoraning
hukmronligini anglatadi. Mohiyatan - davlatdan ajralib qolgan hokimiyatdir. Burokratlarning
asosiy zaxirasi - aynan hukmronlik, uni suiiste’mol qilish, lavozim, xizmat burchidan foyda
ko’rishdir. Burokratning qo’lida bu zaxira kapitalning boshqa ko’rinishlariga, moddiy
boyliklarga aylanadi.
Burokratizmning yashovchanligi asosan manfaatlar xilma-xilligi va qarama-
qarshiligida, ulardan boshqa maqsadlar yo’lida foydalanish imkoniyati mavjudligidadir.
Chunonchi, davlat manfaatini burokratlar idoraviy yoki mahalliyga, guruhlarning
manfaatiga yoki shaxsiy manfaatga aylantirishi mumkin. Ya’ni «davlat vazifalari idoraviy
vazifalarga aylantiriladi», «idoraviy vazifalar davlat vazifalariga aylantiriladi».
Burokratizmga xos bo’lgan xususiyatlardan biri yashirin ish yuritishga, maxfiylikka
intilishdir.
Burokratik apparatning eng muhim qonunlaridan biri - hokimiyatni saqlash va
kuchaytirish, Ya’ni o’z-o’zidan o’sishdir. Shu sababli, davlat apparatining kengayib
ketganligini burokratiyaning avj olishi bshgisi, deb baholash mumkin.
Burokratiya bilan kurashishning eng amaliy vositasi demoqratiyadir. Davlat
mexanizmining barcha bo’ganlari ustidan doimiy demokratik nazoratning o’rnatilishi, davlat
organlari xodimlarining hisobdorligi va almashuvchanligi, oshkoralik va tanqid
burokratiyaning kushandasidir.
110
Davlat organlari tasnifi
Kelib chiqish
xususiyatiga
ko’ra
Hokimiyat
vakolati
hajmiga ko’ra
Vakolat turiga
ko’ra
Hokimiyat
taqsimlanishiga
ko’ra
Qaror qabul
qilish
tartibiga ko’ra
birlamchi
hosila
oliy
mahalliy
Umumiy
vakolatli
Maxsus
vakulatli
Qonun
chiqaruvchi
Ijro etuvchi
kollegial
Yakka
tartibda
sudlov
111
Do'stlaringiz bilan baham: |