O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


musulmon davlatini islom yaratgan



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

musulmon davlatini islom yaratgan, 
degan 
g’oyadan iborat. Hokimiyat mazmunini musulmon fiqhshunoslari ikki maqsadni amalga 
oshirishda ko’rganlar. Ulardan biri yer yuzida Olloh irodasini bajarish bo’lsa, ikkinchisi 
buning uchun payg’ambar (S.A.V.) va uning ilk safdoshlari oliy diniy va dunyoviy vazifalarni 
amalga oshirishdagi boshlang’ich faoliyat yo’riqlariga o’xshash boshqaruv tizimini 
yaratishdan iborat
6

Davlat haqidagi islom ta’limotining ayrim qoidalaridagi mavjud qarama-qarshiliklarga 
e’tiborni qaratish lozim. Jumladan, ayrim ilg’or jihatlar (davlat faoliyatining ekspluatatsiyani 
birmuncha cheklashga va muhtojlarga yordam berishga yo’naltirilganligi) undagi elita 
hokimiyatini mustahkamlash hamda musulmonlarni davlat ishlarini hal yetishda 
qatnashishdan chetlashtirish bilan qo’shilib ketadi. 
Bizga ma’lumki, islom ta’limotiga ko’ra jamoat xalifani nazorat qilishi mumkin 
bo’lginiga qaramay, amalda bu huquq xalifa qilayotgan ishlarga indamay rozi bo’lishdan 
iborat bo’lib qoladi. Faqat mujohidlar (ko’pincha rasman) hukmdorni tanqid qilishga haqli 
edilar. Oddiy musulmonlar haqida gapirib o’tirishning hojati ham yo’q. Boz ustiga 
hokimiyatni tashkil yetishning aniq shaklini tanlash xalifaning hamda o’ziga xos «maslahat 
6
Саидов А.Х. Основы мусульманского права. Т., ЎзР ИИВ академияси, 1994. 54-bet. 


75 
kengashi»ni tashkil etgan mujohidlarning ishi hisoblanardi. Fikri jamoat fikriga 
tenglashtirilgan ana shu kengash orqali davlat boshlig’ining faoliyati nazorat qilinadi hamda 
istibdod va zo’ravonlikning oldi olinadi, deb hisoblanardi. 
Shunga qaramay, A.X.Saidovning fikricha, «tahlil etilayotgan nazariya umuman 
olganda 
demokratik xarakterga ega». 
Biroq, u «mohiyatan boshqaruvning 
ilohiylashtirilgan shaklini va o’z xatti-harakatlari uchun mutlaqo javob bermaydigan 
imomning cheksiz hukmronligini himoya qiluvchi shi’alar nazariyasining konservativ 
ko’rinishi»ni ham qayd etadi. Bunday fikrga qo’shilish qiyin. Zero, muallif o’zi fikrini davom 
ettirarkan, ushbu nazariyaning demokratik tamoyillari amalda ro’yobga chiqmay qolib 
ketdi, deya tan oladi. U Yana shunday davom etadi: «Musulmon tadqiqotchilarining o’zlari 
e’tirof yetishlaricha, payg’ambar (S.A.V.) va uning dastlabki to’rt xalifasi davlatigina 
musulmon ideali - «maslahat» boshqaruviga rasman, shunda ham qisman mos kelgan. 
Ulardan keyin hukmdor hokimiyati o’z shakliga ko’ra amalda avloddan-avlodga meros bo’lib 
o’tuvchi monarxiyaga aylandi. Uning «chinakam» musulmon boshqaruviga hech qanday 
aloqasi yo’q edi»
7

Huquqiy nazariya qoidalarida ularni amalga oshirish omillari ko’rsatib berilmagan 
bo’lsa, bunday nazariyaning demokratik mohiyati haqida gapirish mumkinmi? Bizning-cha, 
gapirib bo’lmaydi. 
Albatta, musulmoncha boshqaruv ta’limoti islom olamiga kiruvchi mamlakatlarning 
hozirgi davlat-huquqiy rivojiga o’tkazayotgan ta’sirini inkor etib bo’lmaydi. Jumladan, 
boshqaruvning monarxiya shaklidagi bir qator mamlakatlarda hokimiyat meros sifatida 
emas, balki eng obro’li din arboblari va hukmron sulola vakillari tomonidan saylanish 
natijasida qo’lga olinadi. 
Ma’lumki, musulmon davlatchiligi dunyoga kelgan kunidan boshlab bir-biriga chambarchas 
bog’liq ikki qoida ustuvorligi uning asosini tashkil etgan: maslahatlashuv (sho’ro) - ya’ni 
hukmdorlarning qarorlarni jamoa bo’lib qabul qilishi hamda shariat qonunlarining 
mustaqilligidir. Buning ustiga o’rta asr arab-musulmon davlatlari tuzilmalarida 
maslahatlashuv tamoyili aniq yuridik tasdig’ini topmadi. Demak, musulmon hukmdorlari 
uchun ular majburiy tus ololmadi. Shariat qoidalariga Yoki «ilohiy qonunlar»ga rioya 
etilishiga kelsak, bu hamisha har qanday davlat hokimiyati qonuniyligining zarur sharti 
bo’lib kelgan. Shuningdek, musulmon olami davlat-siyosiy rivojining barcha bosqichlarida 
«taqvodor islom», uning Qur’on va Sunnaga asoslangan mumtoz davlat-huquqiy ta’limoti 
bilan ularning amalda qo’llanishi o’rtasida ma’lum uzilish bo’lganligini qayd yetish lozim. 
Bunday holatning bosh sababi, aftidan shundaki, «islom, baribir, ozmi-ko’pmi 
davlatchilikning yahli t nazariyasini yarata olmadi. Qur’on va Sunnada shu masalalarning 
barchasi bo’yicha faqat eng umumiy qoidalargina bayon etilgan. Ulardan amalda jamiyat 
rivojining u Yoki bu davriga taalluqli o’zgarib boruvchi ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarga 
bogliq holda turlicha foydalanish mumkin»
8

Islom dini, uning Qur’oni Karim va Hadisi Sharif nomli muqaddas kitoblari musulmon 
davlati va huquqi uchun asosiy qo’llanma bo’lib xizmat qilib kelmoqda. 
Jahon madaniyatining tarkibiy qismi bo’lgan islom madaniyatida, xususan islom 
dinida umumbashariy ahamiyatga ega bo’lgan g’oyalar, ta’limotlar, insonni to’g’ri yo’lga 
boshlaydigan yo’l-yo’riqlar behisob darajada ko’p. Islom dini hech qachon yomon yo’lga 
boshlamaydi. Aksincha, barcha illatlardan, yolg’on va riyokorlikdan poklanishga, yuksak 
ma’naviy-axloqiy fazilat sohibi bo’lishga, birovlarning mol-mulki va joniga qasd qilmaslikka, 
qon to’kmaslik, jonini bejon qilmaslikka da’vat etadi. 
Islom bu dunyoning o’tkinchi ekanini, oxiratni eslatib turadi, odam bolasini harom 
7
Саидов А.Х. Основы мусульманского права. Т., ЎзР ИИВ академияси, 1994. 96-bet.
8
O’sha yerda, 56-bet. 


76 
yo’llardan uzoq yurishga, yaxshi bo’lishga, o’zaro bir-birini hurmat qilishga, o’zidan yaxshi 
iz qoldirishga, savob ishlarni, ezguliklarni ko’proq qilishga har doim undab turadi. Savobli 
ishlarni qilgan odamga, uning elu yurtiga, albatta, Ollohning rahmatlari yog’iladi, 
yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilikdir, deb ta’lim beradi. 
Islom dini millat ajratishni, milliy adovat va nizolarni, mahalliychilikni, birovlarni «sen 
- musulmon», boshqalarni esa «sen - kofir» deb ajratishni, xurofotni-bid’atni, jaholatni 
keskin qoralaydi. Ollohning bandasi bo’lgan Insonni oliy qadriyat sifatida e’zozlaydi. 
Shuning uchun ham dunyodagi ko’pchilik mamlakatlar va xalqlar singari mustaqil 
O’zbekistonda ham islom dini umumbashariy qadriyat sifatida e’zozlanib, hurmat qilinib 
kelinmoqda, uning zamonaviy g’oyalari va ta’limotlaridan odamlarning ruhiy dunyosini, 
iymon-e’tiqodini, insoniy fazilatlarini mustahkamlashda, ilm-fan, madaniyat va 
ma’naviyatda, ta’lim-tarbiya tizimida, huquqiy tarbiyada ijodiy foydalanilmoqda. 
O’zbekiston Prezidenti Islom Karimovning «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: 
xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari», «Olloh qalbimizda, 
yuragimizda» nomli kitoblarida biz o’z millatimizni islom dinidan ayri holda aslo tasavvur 
qila olmasligimiz, diniy qadriyatlar, islomiy tushunchalar hayotimizga chuqur singib 
ketganligi zikr etilgan. 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish