249
qonunchilikni ko’zga qiyin tashlanadigan qilib qo’yadi.
Qonunning kuch-qudrati fuqarolarning uning talablariga rioya etish zaruratiga
ishonchlariga bog’liq. Biroq, me’yoriy farmoyishlar fuqarolar tomonidan hamisha ham avto-
matik suratda o’zgartirilavermaydi. Ular manfaatlariga mos keladigan huquqiy me’yorlar
hammadan engal qabul qilinadi, huquqqa qarshi qaratilgan harakatlarga nisbatan tiyib
turuvchi ta’sir ko’rsatadi yoki tashabbuskor ijobiy harakat-larga rag’batlantiruvchi xizmatni
bajarishga qodirdir. Lekin shu bilan birga sub’yektlarning me’yoriy farmoyishlarni bajarish
bo’yicha harakatlarini baholash qiyin bo’ladi.
Qonun chiqaruvchi endilikda qonun taqdiri ustidan darhol hukm chiqarish
imkoniyatidan mahrum. Hamma vakolatlar qonunni qo’llanish bo’yicha maxsus vakolatga
ega bo’lgan muassasalar va mansabdor shaxslar ixtiyoriga topshiriladi. Shuning uchun
huquqni qo’llanuvchi muassasalarda ijro intizomining yo’qligi
qonunlarni samarali amalga
oshirishda eng katta to’siq bo’lib qoladi. Qonunchilik talablarini bajarishdagi tang vaziyatlar
ko’pincha sovuqqonlik, faoliyatsizlik, loqaydlik oqibatida undan ham ko’proq - mansabdor
shaxslar sodir etadigan suiiste’molliklar natijasida yuzaga keladi. Xuddi shuning uchun ham
Prezidentimiz Oliy Majlisning to’rtinchi sessiyasida so’zlagan nutqida mana shu muhim
jihatga e’tiborni jalb etishni zarur deb topdi. Jumladan u shunday dedi: «... men bugun
huquqiy davlatning eng asosiy talabi - davlatimizda qonunlarni amalga oshirishga,
qonunchilikni ta’minlashga safarbar etilgan kishilarning ularni aniq va ogashmay ijro
etishini talab qilish to’g’risida alohida gapirmoqchiman. Men hokimiyat tuzilmalari, huquqni
muhofaza etish, sud va nazorat organlarini nazarda tutyapman ...
Agar shunday bo’lmasa, agar o’sha organlar yoki mansabdor shaxslarning o’zlari
qonunlarni oyoq osti qilsa, mazkur qonunlarning o’zi obro’sizlanadi, yanayam to’g’rirog’i,
jamiyatning ma’naviy asoslariga putur etadi».
24
Turli sub’yektlarning taqtsim etilgan qonunlarga munosabatini bilish huquqiy davlat
qonun chiqaruvchisi uchun juda muhim. Qabul qilinayotgan
qonunlarga aholining
munosabati to’g’risidagi axborot qonun ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish uchun
zarurdir.
Qonunga nisbatan norozilikning jamiyatda keng tarqalgan quyidagi holatlari
isbotlangan. Birinchidan, murakkab marosimlarni ko’zda tutgan me’yorlar amal qilgan
holatda. Ikkinchidan, yangi qoidalar bilan faoliyati siqilgan shaxslar tor doirasining yangi
qonun qoidalariga faol qarshiligi. Sobiq SSSRda 1985 yilgi
alkogolga qarshi kampaniya
bunga misol bo’la oladi. Uchinchidan, yangi me’yorlarga aholi ko’pchiligining qarshiligi eng
jiddiy vaziyat bo’lib, bu holatda biz huquqiy nigilizmga duch kelamiz. Qonun chiqaruvchiga
nisbatan xalq ishonchiga putur etishi hamda qonunlar o’zining sifati pastligi huquqqa
nigilistik qarashlarning birlamchi sabablaridan hisoblanadi. Boz ustiga, qonun hujjatlari
hajmining, hujjatlarning ko’p mikdorli qatlamlarining haddan tashqari shishirilishi hamda
bir turli masalalarning huquqiy muvofikdashtirishdagi ziddiyatlar to’la tartibsizlikka yaqin
chalkashlyklarni keltirib chiqaradi.
Albatta, demokratik davlatda fuqarolarning huquq va erkinliklarini poymol etuvchi
konstitutsiyaga qarshi qonunlarning paydo bo’lish ehtimoli juda oz, bunday qonunlar paydo
bo’lgan taqdirda ham ularning amal qilishiga konstitutsiyaviy sud tomonidan to’siq
qo’yiladi. Lekin o’z-o’zidan puxta o’ylanmagan, shoshma-shosharlik
bilan tayyorlangan
qonun paydo bo’lishi mumkin. Natijada qonun hujjatlari matnlarida ochiq-oydin qarama-
qarshiliklar va anaxronizmlar hosil bo’ladi, ommaviy ongda esa, qonun chiqaruvchining
maqsadlarini tushunish etishmaydi.
Aynan shuning uchun Oliy Majlisning oltinchi sessiyasida «...talay muhim qonunlar
tegishli qonun hujjatlari bilan mustahkamlanmagan, qabul qilingan huquqdi me’yorlar va
24
Karimov I.A, Bunyodkorlik yo’lidan. 4-tom, T., «O’zbekiston» 1996. 184-bet.