O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


Huquq ijodkorligining ilmiy asoslantirilganligi



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

Huquq ijodkorligining ilmiy asoslantirilganligi 
Huquqiy normalar yaratish jarayoni zamonaviy huquq ilmi va amaliyoti yutuqlariga, 
huquqiy tafakkur va mantiq qoidalariga qat’iy tayanmogi lozim. Har bir qonun, huquqiy 
norma ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanish qonuniyatlarini chuqur anglash hamda ilmiy 
asoslan-tirish zamirida yaratilishi kyerak. Muayyan qonun yoki boshqa huquqiy aktni qabul 
qilishdan oldin uni yaratish uchun qanday ehtiyoj borligi ilmiy jihatdan dalillanishi 
maqsadga muvofiqdir. Buning uchun huquqiy tartibga solish mo’ljallanayotgan ijtimoiy 
munosabatlar turi chuqur tahlil etilishi, zarur bo’lsa konkret sotsiologik tadqiqotlar, 
jamoatchilik fikrini o’rganish ishlari amalga oshirilishi o’rinli bo’ladi. 
Ilmiylik prinsipi haqida gap borganda, kamida ikki jihat nazarda tutiladi. 
Birinchidan, 
huquq ijodkorligi puxta ilmiy strategiyaga tayanishi zarur. Bunday strategiya 
umumdavlat miqyosida shakllantiriladi. Uni, odatda, davlat yuqori hokimiyat organlari 
xuzuridagi strategik tadqiqotlar institutlari amalga oshiradi. 
Ikkinchidan, 
konkret 
normativ-huquqiy akt matni ustida ish borganda, huquq normasini yaratish va ifodalashda 
(mazmunan hamda yuridik texnika nuqtai nazaridan) ilmiy tavsiyalar inobatga olinishi 
lozim. Bundan maqsad - ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda mumkin qadar ko’proq 
samaraga erishishdir. O’z faoliyatini ilmiy jihatdan ta’minlash uchun huquq ijod etuvchi 
organlar huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashda ishchi guruhlar tarkibiga yetakchi yurist - 
olimlarni kiritadilar; loyiha yuzasidan xulosa olish uchun uni tegishli ilmiy muassasalarga 
yuboradilar. 
So’ngti paytlarda O’zbekiston Respublikasi parlamenti faoliyatida loyihalarning ilmiy 
ekspyertiza qilishga e’tibor qaratilayotganligi tahsinga sazovor. Xususan, «O’zbekiston 
Respublikasi qonunlarini tayyorlash to’g’risida»gi Qonunning 18-moddasi loyihalarni 
mustaqil ekspertizadan o’tkazishni nazarda tutadi. Unga muvofiq: 
«Qonun loyihalari ekspyert baholashidan o’tkazilishi mumkin. Ekspyertiza Oliy Majlis 
qo’mitasida, komissiyasida loyiha ustidagi ishlar tugallanginidan keyin o’tkaziladi. 
Qonun loyihalarini ekspyertizadan o’tkazishga olimlar, amaliyotchi xodimlar va 
boshqa yuqori malakali mutaxassislar jalb etiladi. 
Loyihani ekspyertizadan o’tkazish natijalari yuzasidan ekspyertlar tegishli xulosa 
taqdim etadilar». 
Ilmiylik tamoyilida sobit turiladigan bo’lsa, huquq ijodkorligining sub’yektlari bo’lgan 
idoralarning vakolatlari hokimiyatlar taqsimlanishi asosida, o’zaro tiyib turish va qarama-
qarshi muvozanat asosida tashkil etilishi lozim. Shu yo’l bilan mazkur idoralar faoliyatida 
parallelizm, takrorlash, nomuvofiqlik va boshqa idoraning vakolat doirasiga daxl qilish 
hollari istisno etiladi. 
Huquq ijodkorligiga ilmiy yondashish talabi ayniqsa bugungi kunda, Ya’ni bozor 
munosabatlarini qaror toptirish davrida, demokratik qadriyatlarni shakllantirish chog’ida 
inson huquqlarining ustuvorligini ta’minlash, milliy, siyosiy, ijtimoiy-ma’naviy 
munosabatlarni muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun muhimdir. Bu munosabatlarni aniq 
huquqiy tartibga solishga erishish uchun huquq ijodkorligining ilmiy zaminini muttasil 
takomillashtirib borish lozim. 


136 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish