O’zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


Huquq ijodkorligida qonuniylik prinsipi



Download 2,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/272
Sana27.06.2022
Hajmi2,46 Mb.
#710495
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   272
Bog'liq
Давлат ва хукук назарияси 2000 кирилл

Huquq ijodkorligida qonuniylik prinsipi
Ushbu prinsip huquq ijodkorligi 
sub’yektlarining normativ huquqiy aktlar loyihasini tayyorlash, muhokama etish, qabul 
qilish va e’lon qilish borasidagi xatti-harakatlari Konstitutsiyaga va boshqa qonunlarga 
asoslanishidan kelib chiqishi lozim. Huquq ijodkorligidagi qonuniylik ikki jihatni nazarda 
tutadi: 
birinchidan, 
davlat idoralari tomonidan qabul qilinadigan har bir akt ularning 
vakolatlari doirasida va tegishli aktlar uchun belgilangan taomil (tartib) asosida chiqarilishi 
shart; 
ikkinchidan, 
normativ-huquqiy aktning mazmuni ham qonuniylik talablariga javob 
byerishi shart. Ya’ni, yangi chiqarilayotgan hujjat, qonunlar va yuridik kuchi bo’yicha 
o’zidan yuqori turuvchi boshqa huquqiy aktlarga zid bo’lmasligi kyerak. 
Qonun ustuvorligi, qonuniylik prinsipi avvalo qonun chiqaruvchi idora hamda ijroiya 
hokimiyat yuqori idoralari uchun ham dasturilamaldir. Basharti, qonunlar, farmonlar va 
hukumat qarorlari Konstitutsiyaga muvofiq bo’lmay qolsa, maxsus muhofaza mexanizmi 
ishga tushadi. Bunday hollarda Konstitutsiyaviy sud o’zining tegishli xulosasini chiqaradi va 
gayrikonstitutsiyaviy aktni harakatdan to’xtatadi. 
g) 
Huquq ijodkorligining oshkoraligi 
Huquq ijodkorligi faoliyatining natijasi bo’lmish normativ aktlarda fuqarolarning 
huquq va majburiyatlari mustahkamlanadi. Shu sabab, normativ-huquqiy akt darhol o’z 
ijrochilari e’tiboriga yetkazilishi zarur. Fuqarolar o’zlariga huquq normalari tomonidan 
qo’yilayotgan talablardan xabardor bo’lishlari, jillaqursa, shunday bilim olish imkoniyatiga 
ega bo’lishlari kyerak. Quyidagi yuridik prezumpsiya barchaga ayon: qonunni bilmaslik 
hech kimni javobgarlikdan ozod qilmaydi; hech kim qonunni bilmasligini ro’kach qilishi 
mumkin emas. Xuddi shuning uchun ham, ya’ni javobgarlikka tortishga ma’naviy huquqqa 
ega bo’lish uchun davlat fuqarolarning normativ-huquqiy aktlar bilan tanishish imkoniyatini 
ta’minlab byerishi lozim. 
Normativ-huquqiy aktlarni oshkor qilishning asosiy vositasi ularni ommaviy axborot 
vositalari orqali e’lon qilishdir. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasida 
juda muhim qoida mustahkamlangan: «Qabul qilingan qonunlarning va boshqa normativ 
hujjatlarning matbuotda e’lon qilinishi ular qo’llanilishining majburiy shartidir». Mazkur 
konstitutsiyaviy tamoyil muhim demokratik mazmunga ega. Normativ-huquqiy aktni 
hayotga joriy etishdan avval u oshkora tarzda xalqqa yetkazilishi lozim. Huquqiy hujjatlar 
1
Karimov I.A. O’zbekiston buyuk kelajak sari. -T.: «O’zbekiapon», 560-bet. 
2
Karimov I.A. O’zbekiston buyuk kelajak sari. -T.: «O’zbekiapon», 560-bet. 


135 
fuqarolardan sir tutilishi, yashirin harakatda bo’lishi mumkin emas. 
Bu tamoyilga xalqaro huquqda ham katta e’tibor byeriladi. Ovrupoda xavfsizlik va 
hamkorlik bo’yicha Kengash qatnashchilari bo’lgan davlatlarning 1989 yil 15 yanvardaga 
Vena uchrashuvi YAkuniy hujjatida shunday deyiladi: OXHK qatnashchisi bo’lgan davlatlar 
«shaxslarning o’z huquq va burchlarini bilishga hamda ularga muvofiq harakat qilishga 
bo’lgan huquqini samarali ta’minlash, shu maqsadda inson huquqdari va asosiy 
erkinliklariga oid qonunlar, ma’muriy qoida hamda tartibotlarni nashr etib barchaga 
yetkazish majburiyatini oladilar». 
d) 

Download 2,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish