XVI bob. HUQUQ NORMALARINI SHARHLASh
1-§. Huquq normalarini sharhlash tushunchasi
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda tub
o’zgarishlar o’tkazish, huquqiy demokratik davlat qurish davriga kirdi. O’zgarib borayotgan
shart-sharoitlarni hisobga olib, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi va
shu asosda huquqiy islohot o’tkazilib, ko’pgana yangi qonunlar qabul qilinmokda. Bu hakda
respublika Prezidenti I.A.Karimov shunday deydi: «Qabul qilingan bu muhim qonunlar
milliy davlatchilikni barpo etishga, erkin bozor iqtisodiyotini rivojlantirishga, jahon
hamjamiyatidagi mamlakatlar bilan faol hamkorlik qilishga qaratilgandir»
1
.
Bu qonun va boshqa normativ-huquqdy aktlarni, har bir normani hayotda to’g’ri
tatbiq qilish, qo’llash, ya’ni ular bilan jamiyatda, kishilar o’rtasidagi turli ijtimoiy
munosabatlarni tartibga solish muhimdir. Buning uchun har bir tatbiq etiladigan huquqiy
normaning mohiyati va mazmunini to’g’ri tushunib, anglab olish va sharhlash juda katta
ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir.
Huquqiy normalar hayotda to’g’ri qo’llanib, ular orqali davlat organlari, korxonalar,
muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar o’rtasida turli ijtimoiy
munosabatlar tartibga solinadi. Shuning uchun huquqiy normani hayotda tatbiq etshtsda
shu huquqiy norma bilan hal qilinadigan ishni har taraflama o’rganish va ishni to’g’ri
kvalifikatsiya qilish kerak. So’ngra, fuqarolar va yuridik shaxslar o’rtasidagi tepppli ijtimoiy
munosabatlarni tartibga soladigan huquqiy normalarni sharhlash lozim.
Huquqiy normalarning mazmunini to’g’ri anglab olish va ularni sharhlash, sodir
bo’lgan ijtimoiy munosabatlarga ularni tatbiq etishdan oldin, uning ma’nosi va mazmunini
to’g’ri anglash muhimdir.
Qonun va boshqa huquqiy aktlar matnidagi so’z va iboralarni grammatik, mantiqiy
va yuridik jihatdan talqin etish, tushunib olish muhimdir. Bunda tatbiq etilayotgan huquqiy
normaning, har bir moddaning ta’sir qilish doirasini belgilash, bular bilan tegishli
munosabatlarni tartibga solish uchun siyosiy va yuridik malaka talab qilinadi. Amaliyotda
huquqiy normalar qo’llanib hal qilinadigan ishlar sud, prokuratura, tergov va surishtiruv
organlari tomonidan ko’rilayotganda, yo’l qo’yiladigan xatolarning ko’pchiligi - huquqiy
normalarni noto’g’ri tatbiq etish va sharhlash natijasi bo’lib chiqadi. Shu bois, hayotda
tatbiq etiladigan huquqiy normalar bilan tegishli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish
uchun birinchi navbatda bu huquqiy normaning ma’nosi va mazmunini aniqdash nihoyatda
muhim ahamiyat kasb etadi.
Huquqiy normalarni sharhoash masalasi quyidagi uchta muhim masalani o’z ichiga
oladi: 1) tatbiq etiladigan huquqiy normalarni sharhlovchi sub’yektlarni aniqlash (bular -
davlat organlari - davlat hokimiyatining oliy va mahalliy vakillik organlari, ijro etuvchi
organlar - Prezident, Vazirlar Mahkamasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlari, turli
vazirliklar va davlat qo’mitalari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar - sud, prokuratura,
adliya, ichki ishlar vdoralari va boshqalar, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar va
fuqarolar); 2) tatbiq qilinadigan huquqiy normalarning mazmunini aniqdash uchun
mantiqiy, grammatik, tarixiy va sistematik usullar qo’llaniladi; 3) tatbiq etilayotgan
normalarning hajmi bo’yicha va yuridik kuchiga qarab sharhlash.
Huquqiy normalarni sharhlash ilmiy tomondan ishlab chiqilgan va hayotda sinab
ko’rilgan bir qator maxsus usullar orqali amalga oshiriladi. Bu usullar huquqiy normalarning
1
Karimov I.A. Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati. Toshkent, «O’zbekiston», 1993 y., 3-bet.
186
ma’nosi va mazmunini ochishga yordam beradi.
Huquqiy normalarning mazmunini aniqdash uchun quyidagi usullar ishlatiladi:
grammatik usul, mantikiy usul, tarixiy-siyosiy usul va sistematik usul. Bu usullar orqali
huquqiy normalarning barcha xususiyatlari aniqlanadi: a) huquqiy normaning turlari va
uning mazmuni; b) Huquqiy normaning yozilgan tili; v) huquqiy normaning huquq tizimida
tutgan o’rni va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |