O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining



Download 319,62 Kb.
bet11/11
Sana16.06.2022
Hajmi319,62 Kb.
#677358
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2848 20.12.2016

ShIRKAT IShTIROKChILARI:
1. _____________________________________
2. _____________________________________
3. _____________________________________
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 20-dekabrdagi 294-mh-sonli buyrug‘iga
14-ILOVA

______________________________
(ro‘yxatga oluvchi organning nomi)
tomonidan 20___yil “___” ________da
________________-son reyestr
raqami bilan
“RO‘YXATGA OLINGAN”

M.O‘.


“_____________________” unitar
korxonasi muassisining ___yil
“___” _______dagi ___-son
qarori bilan
“TASDIQLANGAN”

M.O‘.


“______________________”

UNITAR KORXONASINING



USTAVI
I. UMUMIY QOIDALAR
1.1. _______________ unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda “korxona” deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga binoan tashkil etiladi. Uning muassisi bo‘lib _________________________ hisoblanadi.
Korxonaning to‘liq nomi: “____________” unitar korxonasi;
Qisqartirilgan nomi: “__________” UK.
1.2. Korxona davlat ro‘yxatidan o‘tgandan so‘ng yuridik shaxs hisoblanadi va o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek ushbu Ustavga amal qiladi.
1.3. Korxona yuridik shaxs hisoblanadi, alohida mulkka, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, o‘z nomi yozilgan muhri, shtampi va boshqa rekvizitlarga ega bo‘ladi. Korxona o‘z faoliyatini to‘liq xo‘jalik hisobi, o‘z-o‘zini moliyaviy ta’minlash va o‘z xarajatlarini o‘zi qoplash asosida olib boradi.
1.4. Korxona o‘z nomidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi va amalga oshirishi, majburiyatlar olishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin.
1.5. Korxona muassisning roziligiga ko‘ra tijorat tashkilotlarining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladigan notijorat tashkilotlarda ishtirok etishi mumkin.
1.6. Korxona o‘z majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bo‘yicha undirilishi mumkin bo‘lgan mol-mulk bilan javob beradi.
1.7. Korxona o‘z muassisining majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi. Muassis korxonaning mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda uning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgarlikni amalga oshiradi.
Korxona cheklanmagan muddatda faoliyat yuritadi.
1.8. Korxona joylashgan yeri (pochta manzili): ___________________________
II. FAOLIYAT MAQSADI VA SOHASI
2.1. Korxonani tashkil etishdan asosiy maqsad: ______ faoliyatini amalga oshirish orqali foyda olish hisoblanadi.
2.2. Korxona faoliyatining sohasi:
— ________________________________;
— _______________________________.
2.3. Korxona qonun hujjatlarida belgilangan tartibda litsenziya olinishi kepak bo‘lgan barcha faoliyat tupini litsenziya olgandan so‘ng amalga oshiradi.
III. KORXONA FAOLIYATINI BOShQARISh
3.1. Muassis quyidagi huquqlarga ega:
— korxona faoliyatining maqsadi, sohasi va turlarini belgilash;
— korxonaga yetkazilgan zararlarni qoplash to‘g‘risida sudga da’vo taqdim etish;
— korxonani qayta tashkil etish yoki tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilish, tugatish komissiyasini tayinlash va tugatish balansini tasdiqlash;
— O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan huquqlarni amalga oshirish.
3.2. Direktor ijro etuvchi organ rahbari hisoblanadi.
3.3. Direktor:
korxona nomidan ishonchnomasiz harakat qiladi, barcha tashkilotlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;
xodimlarni ishga qabul qiladi, ular bilan mehnat shartnomalari (kontraktlari) tuzadi hamda ularni o‘zgartiradi va bekor qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnomalar beradi;
korxonaning barcha xodimlari uchun majburiy bo‘lgan qaror va buyruqlar qabul qiladi;
korxonaning ichki ish tartibini va xo‘jalik faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlarni tasdiqlaydi;
ish faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga rioya qilinishini ta’minlaydi;
korxonaga yuklangan maqsadlar va vazifalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
IV. KORXONANING USTAV FONDI MIQDORI
4.1. Korxonaning ustav fondi pul mablag‘lari va mol-mulklardan iborat bo‘ladi.
4.2. Korxona ustav fondining miqdori __________ so‘mni tashkil qiladi.
4.3. Muassis korxona ustav fondiga pul mablag‘lari, mol-mulk va taqsimlanmagan foydani kiritishi mumkin.
4.4. Korxona muassisining qaroriga asosan ustav fondi ko‘paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin.
4.5. Ustav fondini ko‘paytirish muassis tomonidan qo‘shimcha ulush kiritish yoki korxonaning taqsimlanmagan foydasi hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
V. KORXONANING MULKINI TASARRUF ETISh
5.1. Muassis tomonidan korxonaga xo‘jalik yuritish huquqi bilan biriktirilgan asosiy fondlar va aylanma mablag‘lar korxona mulkini tashkil qiladi.
5.2. Korxonaning mol-mulki bo‘linmasdir. Korxona xodimlari o‘rtasida taqsimlanishi mumkin emas.
5.3. Muassis korxonaga berilgan mol-mulkdan belgilangan maqsadda foydalanilishini va uning saqlanishini nazorat qiladi.
5.4. Direktor muassis bilan kelishgan holda korxona mulkini quyidagi holatlarda tasarruf etishi mumkin:
asosiy vositalarni sotish, ularni ijaraga yoki garovga berish;
mol-mulkni boshqa xo‘jalik jamiyatining ustav fondiga ulush sifatida kiritish;
boshqa xo‘jalik jamiyatlarining aksiyalari (ulushlari)ni sotib olish;
mol-mulkni boshqacha tarzda tasarruf etish.
VI. DAROMADLARNI ShAKLLANTIRISh TARTIBI
6.1. Korxona daromadi:
— xizmatlar ko‘rsatishdan olingan daromadlar;
— O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobiga shakllantiriladi.
VII. ZAXIRA FONDINI VA BOShQA FONDLARNI TAShKIL ETISh TARTIBI
7.1. Korxona o‘z tasarrufida qoladigan sof foyda hisobiga zaxira fondini, shuningdek boshqa fondlarni tashkil etishi mumkin, ularning miqdori va shakllantirish tartibi muassis tomonidan tasdiqlanadi.
VIII. DAROMAD (FOYDA)NI TAQSIMLASh VA ZARARLARNI QOPLASh TARTIBI
8.1. Korxonada qoladigan sof foyda barcha soliqlar hamda budjetga va budjetdan tashqari jamg‘armalarga boshqa majburiy to‘lovlar to‘langandan keyin Korxona tasarrufida qoladi va undan muassis qaroriga ko‘ra foydalaniladi.
IX. HISOBOTLAR TAQDIM ETISh TARTIBI
9.1. Korxona hisobot davri tugagach vakolatli organlarga moliya hisobotini va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlarni taqdim etadi hamda hujjatlarning o‘rnatilgan tartibda saqlanishini ta’minlaydi.
9.2. Direktor har chorakda faoliyati natijalari va tasdiqlangan rivojlantirish dasturlarining amalga oshirilishi to‘g‘risida muassisga hisobot beradi.
X. KORXONANING JAVOBGARLIGI
10.1. Korxona o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga tegishli mol-mulk bilan javob beradi. Muassis korxonaning mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda uning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgarlikni amalga oshiradi.
10.2. Korxona muassis majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi.
XI. KORXONANING FILIALLARI VA VAKOLATXONALARI
11.1. Korxona muassis bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi hududida ham uning tashqarisida ham, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga rioya qilgan holda filiallar tashkil etishi va vakolatxonalar ochishi mumkin.
11.2. Korxonaning filiallari va vakolatxonalari korxona tomonidan tasdiqlangan nizom asosida faoliyat ko‘rsatadi.
XII. KORXONANI TUGATISh VA QAYTA TAShKIL ETISh
12.1. Korxona muassisning qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan xollarda esa sud qaroriga binoan tugatilishi yoki qayta tashkil etilishi mumkin.
12.2. Korxonani tugatish korxona faoliyatining huquq va majburiyatlarini huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga o‘tmagan holda to‘xtatilishiga sabab bo‘ladi. Korxona qayta tashkil etilgan taqdirda huquq va majburiyatlar huquqiy vorisga o‘tadi.
Unitar korxona muassisi: _________________


(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 51-son, 586-modda; 2017-y., 9-son, 136-modda, 24-son, 520-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2018-y., 10/18/2848-1/1052-son)

Download 319,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish