O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining


KOMMANDIT ShIRKATNING TO‘LIQ ShERIKLARI



Download 319,62 Kb.
bet9/11
Sana16.06.2022
Hajmi319,62 Kb.
#677358
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2848 20.12.2016

KOMMANDIT ShIRKATNING TO‘LIQ ShERIKLARI:
1. ___________________________________
2. ___________________________________
3. ___________________________________
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 20-dekabrdagi 294-mh-sonli buyrug‘iga
11-ILOVA

______________________________
(ro‘yxatga oluvchi organning nomi)
tomonidan 20___yil “___” ________da
________________-son reyestr
raqami bilan
“RO‘YXATGA OLINGAN”

M.O‘.


“_____________________” davlat unitar
korxonasi muassisining ___yil
“___” ________dagi ___-son
qarori bilan
“TASDIQLANGAN”

M.O‘.


“______________________”

DAVLAT UNITAR KORXONASINING



USTAVI
I. UMUMIY QOIDALAR
1.1. “_______________________” davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda “korxona” deb yuritiladi) tijorat tashkiloti hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktabrdagi 215-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
1.2. Korxona yuridik shaxs hisoblanadi, alohida mol-mulkka, mustaqil balansga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan valyuta hisob raqamlariga, emblemaga, shtamplarga va blankalarga, tovar belgilariga, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan, o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va boshqa rekvizitlarga ega.
1.3. Korxonaning rasmiy to‘liq va qisqartirilgan nomi:
davlat tilida: “_________________________________________” davlat unitar korxonasi, qisqacha nomi “_______________________” DUK,
rus tilida: gosudarstvennoye unitarnoye predpriyatiye “______________________”, qisqacha nomi GUP “___________”.
1.4. Korxona joylashgan yeri (pochta manzili): O‘zbekiston Respublikasi, ___________________________.
1.5. Korxonaning muassisi:______________________________ (keyingi o‘rinlarda “muassis” deb yuritiladi).
1.6. Korxona qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni sotib olishi va amalga oshirishi, majburiyatlar olishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi, nizolarni hal etishda boshqa organlarda vakillik qilishi mumkin.
1.7. Korxona muassisning roziligi bilan qonun hujjatlariga muvofiq yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladigan tijorat tashkilotlarida, shuningdek notijorat tashkilotlarda qatnashchi (a’zo) bo‘lishi mumkin.
1.8. Korxona boshqa davlat korxonasining muassisi bo‘lishi mumkin emas.
II. KORXONA FAOLIYATINING PREDMETI VA MAQSADLARI
2.1. Foyda olish, muassisning topshiriqlarini o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash, shuningdek ushbu ustavda ko‘rsatilgan boshqa ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish korxona faoliyatining maqsadi hisoblanadi.
2.2. Quyidagilar korxona faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
_____________________________________________________
_____________________________________________________
_____________________________________________________
2.3. Korxona o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun, quyidagi faoliyat turlarini amalga oshiradi:
_____________________________________________________
_____________________________________________________
_____________________________________________________
2.4. Korxona faoliyatning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turlarini amalga oshirishi mumkin.
III. KORXONA FAOLIYATINI BOShQARISh
3.1. Korxona o‘z faoliyatida qonun talablariga va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek ushbu Ustavga amal qiladi.
3.2. Korxona muassisga hisobot beradi.
3.3. Muassis qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega bo‘ladi:
korxona faoliyatining maqsadlari, predmeti va turlarini belgilash;
korxona ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda korxona ijro etuvchi organi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini muddatidan oldin to‘xtatish;
korxonani qayta tashkil etish va tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilish, tugatish komissiyasini tayinlash va tugatish balansini tasdiqlash;
korxonaning ortiqcha, foydalanilmayotgan yoxud boshqa maqsadda foydalanilayotgan mol-mulkini olib qo‘yish va uni tasarruf etish;
korxonaga berilgan mol-mulkdan foydalanishdan olingan sof foydaning bir qismini yoki hammasini olish;
korxona mol-mulki bilan tuzilgan bitimni haqiqiy emas deb e’tirof etish to‘g‘risida sudga da’vo bilan murojaat qilish.
3.4. Muassis quyidagilarga majbur:
korxona direktorini tayinlash, mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq u bilan mehnat shartnomasi tuzish;
korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab uch oy mobaynida korxonaning ustav fondini unga davlat mulkini tezkorlik bilan boshqarish uchun berish yo‘li bilan shakllantirish;
korxonaning ijro etuvchi organiga mulkni tasarruf etish uchun ruxsatnomalar berish to‘g‘risidagi qarorni tegishli ravishda kelishish;
korxonaga berilgan davlat mulkidan maqsadli foydalanilishini va saqlanishini, shuningdek uning begonalashtirilishini nazorat qilish.
IV. KORXONA USTAV FONDINING MIQDORI
4.1. Korxonaning ustav fondi o‘zida moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish uchun unga muassis tomonidan berilgan mol-mulk va boshqa aktivlar jamini ifodalaydi.
4.2. Korxona ustav fondining miqdori ______ so‘mni tashkil etadi.
4.3. Korxonaning ustav fondini ko‘paytirish va kamaytirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, muassisning qarori bo‘yicha amalga oshiriladi.
V. KORXONANING MOL-MULKINI TASARRUF ETISh
5.1. Tezkor boshqarish huquqi bilan muassis tomonidan korxonaga biriktirilgan mulk, asosiy fondlar va aylanma mablag‘lar korxonaning mol-mulkini tashkil etadi.
5.2. Korxonaning asosiy fondlari va aylanma mablag‘lari bo‘linmasdir va ulushlar (ulushlar, paylar) bo‘yicha taqsimlanishi mumkin emas.
5.3. Muassis korxonaga berilgan davlat mulkining o‘z vazifasiga ko‘ra foydalanilishi va saqlanishi, shuningdek o‘zgaga berilishi ustidan nazorat qiladi.
5.4. Korxona mulkini tasarruf etish quyidagi hollarda direktor tomonidan muassis bilan kelishgan holda amalga oshiriladi:
asosiy vositalarni sotish, ularni ijaraga yoki garovga topshirish;
mulkni xo‘jalik jamiyati ustav fondiga ulush sifatida qo‘shish;
xo‘jalik jamiyatlarining aksiyalari (ulushlari)ni sotib olish;
xo‘jalik jamiyatlaridagi Korxonaga tegishli aksiyalar (ulushlar)ni sotish;
mulkni korxona faoliyati maqsadlariga muvofiq bo‘lmagan boshqacha tarzda tasarruf etish.
Bunda bino va inshootlarni (shu jumladan qurilishi tugallanmaganlarni) sotish O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
(5.4-bandining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 16-iyundagi 136-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2848-2, 16.06.2017-y.) buyrug‘i tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 520-modda)
Bino va inshootlarni (shu jumladan qurilishi tugallanmaganlarni) sotishdan tushgan mablag‘lar, ularni sotib olish manbalaridan qat’i nazar, davlat mulkini xususiylashtirishdan olingan mablag‘lar tarzida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan taqsimlanadi.
(5.4-bandining sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 16-iyundagi 136-mh-sonli (ro‘yxat raqami 2848-2, 16.06.2017-y.) buyrug‘i tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 520-modda)
VI. DAROMAD (FOYDA)NI TAQSIMLASh VA ZARARLARNI QOPLASh TARTIBI
6.1. Barcha soliqlar xamda budjetga va budjetdan tashqari fondlarga boshqa majburiy to‘lovlar to‘langandan keyin qoladigan sof foyda korxona tasarrufida qoladi va muassisning qarori bo‘yicha foydalaniladi.
6.2. Korxonaning xo‘jalik faoliyati natijasida kelib chiqqan zararlarni qoplash ushbu maqsadlarda tashkil etilgan zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishi mumkin.
VII. ZAXIRA JAMG‘ARMASI VA BOShQA JAMG‘ARMALARNI TAShKIL ETISh TARTIBI
7.1. Korxona o‘z tasarrufida qoladigan sof foyda hisobiga zaxira jamg‘armasini, shuningdek miqdori va shakllantirish tartibi muassis tomonidan tasdiqlanadigan boshqa jamg‘armalarni tashkil etishi mumkin.
Asosiy vositalarni qayta baholash summasi va bepul olingan mol-mulk qiymati ham zaxira jamg‘armasini to‘ldirishga yo‘naltiriladi.
7.2. Korxona ustav fondining 15% miqdorida zaxira fondi shakllantiradi.
VIII. KORXONA DIREKTORINING HUQUQLARI, MAJBURIYATLARI VA JAVOBGARLIGI
8.1. Korxonaning joriy faoliyatiga rahbarlik qilish direktor tomonidan amalga oshiriladi.
8.2. Korxona direktori:
yakkaboshchilik qiladigan ijro etuvchi organi rahbari hisoblanadi;
korxona nomidan ishonchnomasiz ish ko‘radi, mamlakatimiz va xorijning barcha korxonalari, firmalari va tashkilotlarida uning manfaatlarini ifodalaydi;
xodimlarni ishga qabul qiladi, ular bilan mehnat shartnomalari tuzadi, ularni o‘zgartiradi va to‘xtatadi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnomalar beradi;
kadrlarni tayyorlash va o‘qitish, ularning malakasini oshirish chora-tadbirlarini ko‘radi;
korxonaning barcha xodimlari uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar, farmoyishlar chiqaradi, ko‘rsatmalar beradi;
korxonaning ichki tartib-qoidasi va xo‘jalik faoliyatini tartibga soladigan hujjatlarni tasdiqlaydi;
korxonaning xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
8.3. Direktor o‘z huquqlarini amalga oshirishda va majburiyatlarni bajarishda korxona manfaatlarini ko‘zlab ish ko‘radi.
8.4. Direktor budjetga va budjetdan tashqari fondlarga to‘lov o‘z vaqtida to‘lanishi, ish haqi to‘lanishi, mehnatga doir huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar va ularga tenglashtirilgan to‘lovlar qondirilishi, bevosita ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq ehtiyojlar uchun pul mablag‘lari o‘tkazilishi, o‘zining xatti-harakatlari (harakatsizligi) bilan korxonaga yetkazilgan zarar, shu jumladan, korxonaga berilgan davlat mulki yo‘qotilgan holat uchun ham qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
IX. HISOBOTLARNI TUZISh TARTIBI
9.1. Korxona hisobot davri tamom bo‘lgandan keyin ro‘yxati qonun hujjatlarida belgilangan vakolatli organlarga moliyaviy hisobotni va boshqa hujjatlarni taqdim etadi hamda hujjatlarning saqlanishi va ularning davlat tomonidan saqlash uchun belgilangan tartibda berilishi uchun javob beradi.
9.2. Xo‘jalik yurituvchi subyekt sifatida korxona faoliyatini nazorat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muassis va boshqa vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
X. KORXONANING JAVOBGARLIGI
10.1. Korxona o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga tegishli mol-mulk bilan javob beradi. Korxonaning mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda muassis korxonaning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javob beradi.
10.2. Korxona muassisning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi.
XI. KORXONA FILIALLARI VA VAKOLATXONALARI
11.1. Korxona muassis bilan kelishgan holda, qonun hujjatlari talablariga rioya qilgan holda, ham O‘zbekiston Respublikasi hududida, ham uning tashqarisida filiallar tashkil etishi va vakolatxonalar ochishi mumkin.
11.2. Korxonaning filiallari va vakolatxonalari korxona tomonidan tasdiqlangan nizom asosida korxona nomidan ish ko‘radi.
11.3. O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan vakolatxonalar va filiallar korxona tomonidan tasdiqlangan nizom asosida va o‘zlari joylashgan mamlakatlarning qonun hujjatlariga muvofiq ish ko‘radilar.
XII. KORXONANI TUGATISh VA QAYTA TAShKIL ETISh
12.1. Korxona qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda muassisning qarori bo‘yicha yoki sudning qarori bo‘yicha tugatilishi yoki qayta tashkil etilishi mumkin.
12.2. Korxonaning tugatilishi huquq va majburiyatlar huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxslarga o‘tmasdan korxona faoliyati to‘xtatilishiga olib keladi, qayta tashkil etishda huquq va majburiyatlar huquqiy vorisga o‘tadi.
Korxona muassisi: _________________
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 20-dekabrdagi 294-mh-sonli buyrug‘iga
12-ILOVA

______________________________
(ro‘yxatga oluvchi organning nomi)
tomonidan _______yil ________da
________________-son reyestr
raqami bilan
“RO‘YXATGA OLINGAN”

M.O‘.


“_____________________” oilaviy
korxonasi ishtirokchilarining ______yil
“_________”___dagi ___-son umumiy
yig‘ilishi bayonnomasi bilan
“TASDIQLANGAN”

M.O‘.


“______________________”

OILAVIY KORXONASINING



TA’SIS ShARTNOMASI
I. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Bundan buyon “____________” oilaviy korxonasi boshlig‘i deb ataluvchi _________________________ (F.I.O.) hamda ishtirokchilar deb ataluvchi __________________________ (F.I.O.) va __________________ (F.I.O.) bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari asosida “____________” oilaviy korxonasini (keyingi o‘rinlarda “korxona” deb yuritiladi) tashkil etdilar.
1.2. Korxona boshlig‘i va ishtirokchilari quyidagilar:
— ________________ (F.I.O.), pasport seriyasi ________, _________ tomonidan ___________ kuni berilgan, ______________________________ manzilda yashaydi; — ________________ (F.I.O.), pasport seriyasi ________, _________ tomonidan ___________ kuni berilgan, ______________________________ manzilda yashaydi; — ________________ (F.I.O.), pasport seriyasi ________, _________ tomonidan ___________ kuni berilgan, ______________________________ manzilda yashaydi.
1.3. Korxonaning yuridik nomi:
to‘liq nomi: “____________” oilaviy korxonasi.
qisqa nomi: “____________” ok.
1.4. Korxonaning manzili: ____________________________________________________________________________
1.5. Korxona cheklanmagan muddatga tashkil etilgan.
II. USTAV FONDI
2.1. Korxonani tuzish va uning faoliyatini ta’minlash uchun _____________ so‘m miqdorida ustav fondi tashkil etiladi.
2.2. Ishtirokchilarning Ustav fondidagi ulushlari quyidagicha taqsimlangan:
- ________________ ning ulushi — _____________ so‘m, ya’ni ______ %;
- ________________ ning ulushi — _____________ so‘m, ya’ni ______ %;
- ________________ ning ulushi — _____________ so‘m, ya’ni ______ %.
III. USTAV FONDIGA ULUSh KIRITISh TARTIBI, MIQDORI VA USULLARI
3.1. Ishtirokchilarning ustav fondidagi ulushlari pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar, boshqa mol-mulk, shu jumladan pul bilan baholanadigan mulkiy huquqlar yoki o‘zga shaxsga o‘tkaziladigan boshqa huquqlar ko‘rinishda kiritilishi mumkin.
Korxonaning ustav fondi korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun hujjatlar taqdim etiladigan sanadagi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining o‘n baravari miqdoridan kam bo‘lmasligi kerak.
3.2. Korxonaning ustav fondiga ishtirokchilar tomonidan o‘zlari kiritadigan mol-mulkni mustaqil ravishda belgilaydi. Ustav fondining miqdori o‘zgartirilishi to‘g‘risidagi qaror korxona ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi. Ishtirokchilarning korxona tarkibidan chiqishida korxona mol-mulki qiymatining bir qismi ustav fondiga o‘zi kiritgan mol-mulk miqdoriga mutanosib ravishda qaytarib berilishi yoki shunday qiymatdagi mol-mulk natura holda o‘ziga ajratib berilishi mumkin. Korxona ta’sis shartnomasiga tegishli o‘zgartirish kiritishni ro‘yxatga olish vaqtida qonun hujjatlarida belgilangan ustav fondining minimal miqdoridan kam bo‘lsa, korxona ustav fondini kamaytirishga haqli emas.
3.3. Korxona moliya-xo‘jalik faoliyati davomida olingan sof foyda ishtirokchilar o‘rtasida ularning ustav fondidagi ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
3.4. Korxona tugatilgan taqdirda mol-mulkni taqsimlash tartibi ishtirokchilar o‘rtasida kelishilgan holda, qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
3.5. Korxona ishtirokchilarining oilaviy korxona foydalanishiga berilayotgan mol-mulki qonun hujjatlarida taqiqlanmagan va o‘zlariga tegishli bo‘lgan mol-mulkdan tarkib topadi.
IV. KORXONANING ASOSIY VA QO‘ShIMChA FAOLIYAT TURLARI, MOL-MULKIGA DOIR YIRIK BITIMLARI
4.1. Korxonaning asosiy faoliyat turi _____________________________________________________________.
Korxonaning qo‘shimcha faoliyat turlari _____________________________________________________________.
Korxona qonun hujjatlariga muvofiq har qanday faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin.
4.2. Korxonaning mol-mulkiga doir yirik bitimning miqdori _______________ so‘mni tashkil etadi.
Korxona bitimlar tuzishda erkindir.
4.3. Korxona faoliyatini amalga oshirishda, shu jumladan uning tomonidan texnologiyalarni, ishlab chiqariladigan mahsulotning assortimentini tanlashda, mahsulot narxini hamda uni realizatsiya qilish yo‘nalishlarini belgilashda davlat organlarining va ular mansabdor shaxslarining aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.
V. IShTIROKChILARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
5.1. Korxona ishtirokchilarining eng kam soni ikki kishidan oz bo‘lmasligi kerak. Korxona ishtirokchilarining va uning yollanma xodimlarining umumiy soni kichik tadbirkorlik subyektlari xodimlarining qonun hujjatlarida belgilangan o‘rtacha yillik sonidan ko‘p bo‘lishi mumkin emas.
5.2. Korxona boshlig‘i quyidagi huquqlarga ega:
korxona nomidan ishonchnomasiz ish ko‘rish va yuridik hamda jismoniy shaxslar bilan korxona faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan shartnomalar tuzish;
mehnat shartnomalari (kontraktlar) tuzish va shtatlarni tasdiqlash;
ishonchnomalar berish.
5.3. Korxona boshlig‘i:
korxonani shaxsan boshqarishi va uning kundalik faoliyatini tashkil etishi;
korxonaning mol-mulki bilan bog‘liq yirik bitimlar tuzishda ishtirokchilarning roziligini olishi;
mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalariga rioya etilishini ta’minlashi;
buxgalteriya hisobi yuritilishini ta’minlashi shart.
5.4. Korxona ishtirokchilari quyidagi huquqlarga ega:
korxonani boshqarishda, qarorlar qabul qilishda, moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilishda ishtirok etish;
korxonaning foydasidan o‘z ulushini olish;
korxona tarkibidan ixtiyoriy ravishda chiqish.
5.5. Korxona ishtirokchilari korxonaning faoliyatida shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishi shart.
VI. KORXONA IShTIROKChILARINING UMUMIY YIG‘ILIShI
6.1. Korxona ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi korxonaning yuqori boshqaruv organidir.
6.2. Korxona ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining vakolatlariga quyidagilar kiradi:
korxonaning ta’sis shartnomasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish;
korxona boshlig‘ini saylash;
korxona faoliyatining turlarini belgilash;
korxonaning ustav fondini belgilash va uning miqdoriga o‘zgartishlar kiritish;
korxona boshlig‘ining korxona moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi yillik hisobotini ko‘rib chiqish;
ta’sis shartnomasiga muvofiq korxonaning foydasini taqsimlash to‘g‘risida qaror qabul qilish;
korxonaning mol-mulkiga doir yirik bitimlar tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilish.
6.3. Korxona ishtirokchilarining umumiy yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadigan qarorlar bir ovozdan qabul qilinishi lozim.
VII. KORXONANI QAYTA TAShKIL ETISh VA TUGATISh
7.1. Korxonani qayta tashkil etish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uning ishtirokchilari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Korxonani tugatish uning ishtirokchilarining yoki sudning qaroriga ko‘ra, shuningdek agar unda korxonaning yagona ishtirokchisi qolgan bo‘lsa, amalga oshiriladi.
Korxona tugatilayotganda bo‘shatilayotgan ishtirokchilar va yollanma xodimlarga qonun hujjatlariga muvofiq ularning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi kafolatlanadi.
7.2. Korxona uning tugatilishi haqidagi yozuv yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritilganidan keyin tugatilgan hisoblanadi.
7.3. Korxonani tugatish ishtirokchilarning umumiy yig‘ilishi yoki sudning qaroriga asosan amalga oshiriladi.
VIII. YAKUNLOVChI QOIDALAR
8.1. Ta’sis shartnoma ishtirokchilar tomonidan imzolanganidan so‘ng kuchga kiradi.
8.2. Ta’sis shartnomada o‘z ifodasini topmagan masalalar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari bo‘yicha tartibga solinadi.
8.3. Korxona boshlig‘i o‘zgargan, ishtirokchi oilaviy korxona tarkibiga ixtiyoriy ravishda kirgan (undan chiqib ketgan), er va xotin o‘rtasidagi nikoh bekor qilingan yoki oilaviy korxona ishtirokchisi vafot etgan va bu hollar oilaviy korxona balansiga berilgan oilaviy korxona ishtirokchilarining mol-mulki ro‘yxatida o‘zgarishlarga sabab bo‘lgan taqdirda, ta’sis shartnomaga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritiladi.


Download 319,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish