O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining



Download 319,62 Kb.
bet6/11
Sana16.06.2022
Hajmi319,62 Kb.
#677358
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2848 20.12.2016

IShTIROKChILAR:
___________________________________
___________________________________
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 20-dekabrdagi 294-mh-sonli buyrug‘iga
6-ILOVA

______________________________
(ro‘yxatga oluvchi organning nomi)
tomonidan 20___yil “___” ________da
________________-son reyestr
raqami bilan
“RO‘YXATGA OLINGAN”

M.O‘.


“___________________________” fermer
xo’jaligi boshlig‘ining ___yil
“___” _______dagi ___-son
qarori bilan
“TASDIQLANGAN”

M.O‘.


“__________________________________________”

FERMER XO’JALIGINING



USTAVI
I. UMUMIY QOIDALAR
1. “__________” fermer xo’jaligi (bundan buyon matnda “fermer xo‘jaligi” deb nomlanadi) mazkur ustavi O‘zbekiston Respublikasining “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari asosida tashkil etilgan.
Fermer xo‘jaligi (o‘ziga ochiq tanlov asosida ijara shartnomasiga ko‘ra uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi, yuridik shaxs huquqlariga ega bo‘lgan mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyekt hisoblanadi.
2. Fermer xo‘jaligi Davlat xizmatlari markazidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs maqomini oladi va o‘z nomidan shartnomalar tuzish, mulkiy va mulkiy tusda bo‘lmagan huquq va majburiyatlarga ega bo‘lish, shuningdek bank muassasasida hisob raqami ochish, muhr, shtamp va boshqa rekvizitlarga ega bo‘lish huquqini oladi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 9-apreldagi 218-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2848-3, 09.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2018-y., 10/18/2848-3/1052-son)
3. Fermer xo‘jaligi davlat majburiyatlari yuzasidan, davlat esa fermer xo‘jaligi majburiyatlari yuzasidan javob bermaydi.
Fermer xo‘jaligi o‘z majburiyatlari bo‘yicha, shu jumladan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq nazarda tutilgan hajmlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berishni ta’minlash, shuningdek yetkazib berilgan moddiy-texnika resurslari va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun o‘z vaqtida haq to‘lash yuzasidan majburiyatlari bo‘yicha qonun hujjatlariga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan mol-mulki bilan javob beradi.
Fermer xo‘jaligi boshlig‘i fermer xo‘jaligining majburiyatlari bo‘yicha fermer xo‘jaligining mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda qonun hujjatlariga muvofiq o‘ziga tegishli mol-mulki bilan subsidiar javob beradi.
4. Fermer xo‘jaliklarining xo‘jalik faoliyatiga davlat organlari hamda boshqa organlar va tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Fermer xo‘jaligining mol-mulki daxlsizdir va uning davlat organlari tomonidan olib qo‘yilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
5. Fermer xo‘jaligi haqida asosiy ma’lumotlar:
Fermer xo‘jaligining nomi: “______________________” fermer xo’jaligi.
Fermer xo‘jaligi boshlig‘ining familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi: _________________________________________________________________.
Fermer xo‘jaligi boshlig‘ining pasport ma’lumotlari: __________________________________________________________
Fermer xo‘jaligi joylashgan yeri (pochta manzili): ______________________________________________________________.
Fermer xo‘jaligining ixtisoslashuvi: ________________________________________________________________________.
Fermer xo‘jaligi faoliyatining asosiy turlari: _______________________________________________________________
Fermer xo‘jaligi ustav fondining miqdori: _____________ so‘m.
6. Fermer xo‘jaligining ustavi qonunda belgilangan tartibda o‘zgartirilishi mumkin hamda tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan Davlat xizmatlari markazidan ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 9-apreldagi 218-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2848-3, 09.04.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.04.2018-y., 10/18/2848-3/1052-son)
II. Fermer xo‘jaligining maqsadi, vazifalari va faoliyati
7. Tovar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish yo‘li bilan daromad (foyda) olish, o‘zining ijtimoiy va iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish fermer xo‘jaligining maqsadi hisoblanadi.
8. Fermer xo‘jaligining vazifalari quyidagilardan iborat:
ajratilgan yer va suv resurslaridan oqilona va maqsadli foydalanilishini ta’minlash;
tuproq unumdorligini saqlash va oshirish hamda yerlarni muhofaza qilish;
mustaqil ravishda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, ularni qayta ishlash va sotish, shuningdek xizmatlar ko‘rsatish;
veterinariya qoidalariga rioya qilgan holda chorva mollarining mahsuldorligini oshirish.
9. Fermer xo‘jaligining faoliyat sohasi quyidagilardan iborat:
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash, shuningdek bozorlarda, shu jumladan o‘z savdo shoxobchalari orqali sotish;
tijorat faoliyati va marketing tadqiqotlarini tashkil qilish;
yuridik va jismoniy shaxslarga pulli xizmatlar ko‘rsatish;
tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;
faoliyatning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turlarini amalga oshirish.
III. Fermer xo‘jaligining huquq va majburiyatlari
10. Fermer xo‘jaligi yuridik shaxs sifatida mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyektning barcha huquqlariga ega bo‘ladi. Fermer xo‘jaligi tadbirkorlik shakllaridan biri bo‘lib, tashkil etilishidan ko‘zlangan maqsadlarga erishish uchun shu maqsadlarga monand tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga haqlidir. Fermer xo‘jaligi xo‘jalik yuritishning boshqa shakllaridagi korxonalar bilan teng huquqlarga ega.
11. Fermer xo‘jaligi:
ixtisoslashuvga muvofiq, ustavda va ijara shartnomasida nazarda tutilgan berilgan yer uchastkasida fermer xo‘jaligining ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish;
ixtisoslashuvni hisobga olgan holda va tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari asosida qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish;
xarid qilinadigan mahsulotga oldindan haq to‘langan holda fyuchers kontraktlari tuzish;
yetishtirilgan mahsulotni tasarruf etish, shu jumladan o‘z xohishiga ko‘ra iste’molchilarga sotish huquqiga ega bo‘lish;
yetishtiriladigan mahsulotga, bajariladigan ishlar va ko‘rsatiladigan xizmatlarga narx belgilash;
elektr energiyasi, yonilg‘i-moylash materiallari, mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalarini yetkazib berishga, suv xo‘jaligi, texnik xizmatlar va boshqa xizmatlar ko‘rsatishga shartnomalar tuzish;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq solinishi kerak bo‘lgan tadbirkorlik faoliyatidan cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olish;
olingan daromadlarni (foydani), bank muassasasidagi o‘zining hisob raqamlaridagi mavjud pul mablag‘larini tasarruf etish;
aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni sotib olish;
kreditlar olish, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag‘lari va boshqa mol-mulkini shartnoma shartlarida jalb etish hamda ularni ishlab chiqarishga va takror ishlab chiqarishga yo‘naltirish;
kreditlar olish uchun o‘z mol-mulkini garovga qo‘yish, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqi;
kichik va xususiy korxonalar uchun berilgan imtiyozlar va preferensiyalarning barcha turlaridan foydalanish;
zarur asbob-uskunalarni, ishlab chiqarish vositalari va boshqa mol-mulkni sotib olish, ijaraga olish, binolar va inshootlar qurish va ularni ta’mirlash;
o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilish huquqiga ega.
Fermer xo‘jaligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
12. Fermer xo‘jaligi:
qonun hujjatlarida va ijara shartnomasida belgilangan shartlarda yer uchastkasidan maqsadli, samarali va oqilona foydalanishni ta’minlashga;
ekologik talablarga va atrof muhit muhofazasining boshqa qoidalariga rioya qilishga;
yer uchastkasining meliorativ holatini yaxshilash, uning unumdorligini saqlash va oshirish tadbirlarini amalga oshirishga, biznes-rejada ushbu maqsadlar uchun mablag‘lar ajratilishini nazarda tutishga;
yer uchastkasi berilgan paytdan boshlab, agar ijara shartnomasida boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, bir yil mobaynida yer uchastkadan foydalanishni boshlashga;
paxta va boshoqli ekinlarni navlar bo‘yicha joylashtirishning belgilangan talablariga rioya qilishga;
suv iste’moli to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq suv resurslaridan foydalanishga, suvni tejash, suv resurslaridan maqsadli va oqilona foydalanish chora-tadbirlarini ko‘rishga;
ushbu fermer xo‘jaligi a’zo hisoblangan Suv iste’molchilari uyushmasi balansidagi sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlarini tozalash va ta’mirlash ishida belgilangan tartibda qatnashishga, shuningdek ularni texnik soz holatda saqlashga, foydalanishning belgilangan qoidalariga rioya qilishga;
suvni muhofaza qilish zonalari, sohil bo‘yi mintaqalari, suv obyektlarining sanitariya muhofazasi zonalarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish tartibi va shartlariga rioya qilishga;
yer uchastkasini og‘irlashtirish shartlariga va servitutlarga rioya qilishga;
tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari nazarda tutilgan hajmlar doirasida yetkazib berilishini ta’minlashga;
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni, shuningdek ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni belgilangan tartibda o‘z vaqtida to‘lashga;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda agrotexnika talablariga rioya qilishga;
qishloq xo‘jaligi o‘simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlardan himoya qilishni ta’minlashga;
mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga, o‘z xodimlarining xavfsiz mehnat sharoitlariga rioya qilishni ta’minlashga majburdir.
Fermer xo‘jaligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
IV. Fermer xo‘jaligining ustav fondi, mol-mulki va uni shakllantirish manbalari
13. Ustavda fermer xo‘jaligining pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar, binolar, inshootlar, boshqa mol-mulk yoki pul bahosidagi mulkiy huquqlardan hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan ustav fondi miqdori ko‘rsatiladi. Bunda fermer xo‘jaligining ustav fondiga fermer xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkasi berish bo‘yicha tanlovda fermer xo‘jaligi boshlig‘i tomonidan berilgan arizada ko‘rsatilgan mol-mulk, texnika va pul mablag‘lari majburiy tartibda kiritiladi.
Agar fermer xo‘jaligi boshlig‘i fermer xo‘jaligining ustav fondini shakllantirishda uning oilasining umumiy (ulushli yoki birgalikdagi) mol-mulkini fermer xo‘jaligiga bergan taqdirda, ushbu mulk barcha egalarining notarial tasdiqlangan roziligini olish talab qilinadi.
Fermer xo‘jaligining ustav fondini ko‘paytirish yoki kamaytirish fermer xo‘jaligi boshlig‘ining qaroriga ko‘ra fermer xo‘jaligi ustaviga o‘zgartirish kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
14. Fermer xo‘jaligi:
o‘ziga qarashli xo‘jalik imoratlari, qishloq xo‘jaligi ekinzorlari va ko‘chatzorlari, dov-daraxtlar, mahsuldor chorva mollari, parrandalar, qishloq xo‘jaligi texnikasi, inventar, asbob-uskunalar, transport vositalari, pul mablag‘lari, intellektual mulk obyektlari, shuningdek fermer xo‘jaligi balansida bo‘lgan boshqa mol-mulkning;
ishlab chiqarish faoliyati natijasida yetishtirilgan mahsulotning;
olingan daromad (foyda)ning;
qonunda taqiqlanmagan asoslarda olingan boshqa mol-mulkning egasi hisoblanadi.
15. Fermer xo‘jaligi boshlig‘ining pul mablag‘lari va moddiy vositalari, tovarlarni sotishdan (ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatishdan) olingan daromad (foyda), qimmatli qog‘ozlardan olingan daromadlar, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar fermer xo‘jaligi mol-mulkini shakllantirish manbalari bo‘lishi mumkin.
16. Fermer xo‘jaligining mol-mulki fermerga tegishlidir, u qonunga muvofiq ushbu mol-mulkka egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.
V. Fermer xo‘jaligini boshqarish
17. Fermer xo‘jaligining boshlig‘i shu xo‘jalikning muassisi — fermerdir. O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshga to‘lgan, tegishli malakaga yoki qishloq xo‘jaligida ish tajribasiga ega bo‘lgan fuqarosi fermer bo‘lishi mumkin.
18. Fermer xo‘jaligining boshlig‘i:
fermer xo‘jaligi ustavini qabul qiladi va unga belgilangan tartibda o‘zgartirishlar kiritadi;
fermer xo‘jaligi faoliyatining biznes rejasini tasdiqlaydi;
fermer xo‘jaligi faoliyatini tashkil qiladi;
yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro munosabatlarda fermer xo‘jaligi nomidan ish ko‘radi;
ishonchnomalar beradi, shartnomalar tuzadi va ularning bajarilishini ta’minlaydi, shuningdek fermer xo‘jaligi xodimlari bilan mehnat shartnomalarini imzolaydi;
fermer xo‘jaligi xodimlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi;
ichki mehnat tartibi qoidalarini belgilaydi;
daromadni o‘z xohishiga ko‘ra tasarruf etadi;
xodimlarning xavfsiz hamda unumli mehnat qilishlari uchun sharoit yaratib beradi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnat daftarchalari yuritilishini tashkil etadi, ish haqi to‘lanishini ta’minlaydi, mehnatga haq to‘lash miqdorini va moddiy rag‘batlantirish usullari va intizomiy jazo choralarini belgilaydi;
fermer xo‘jaligi nomidan hujjatlarni imzolaydi;
fermer xo‘jaligini qayta tashkil etish va tugatish masalalarini hal etadi.
VI. FERMER XO‘JALIGIDA YERDAN VA SUV ISTE’MOLIDAN FOYDALANISh
19. Fermer xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalari ochiq tanlov asosida ijaraga beriladi. Ijara muddati qonun hujjatlariga, yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasiga muvofiq belgilanadi.
Yer uchastkasining ijara muddati tamom bo‘lgandan keyin fermer xo‘jaligi ijara shartnomasini yangi muddatga uzaytirish huquqiga egadir.
Pensiya yoshiga yetganda yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotganda fermer xo‘jaligining boshlig‘i yer uchastkasini ijaraga olish huquqini qonun hujjatlariga muvofiq ijara shartnomasi amal qilish muddatida o‘z oilasi a’zolaridan biriga berishi mumkin.
Fermer xo‘jaligi boshlig‘i vafot etgan taqdirda, yer uchastkasiga ijara huquqi va ijara shartnomasini yangi muddatga uzaytirish huquqi qonun hujjatlariga muvofiq meros bo‘yicha o‘tadi.
20. Fermer xo‘jaliklarining yer uchastkalaridan foydalanish huquqi O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
21. Yer uchastkalarining o‘lchami va chegaralari yer ijarasi shartnomasiga o‘zgartirishlar kiritilgandan keyingina o‘zgartirilishi mumkin.
Yer uchastkasi ijara shartnomasi tomonlarning kelishuviga ko‘ra, tomonlar kelishuvga erishmagan taqdirda esa — sud tomonidan o‘zgartirilishi va bekor qilinishi mumkin.
22. Fermer xo‘jaligiga berilgan yer uchastkalari xususiylashtirilishi, oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash, garov obyekti bo‘lishi, shuningdek ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin emas.
23. Fermer xo‘jaligiga ijaraga berilgan qishloq xo‘jaligi yerlari maqsadsiz foydalanilganda, shu jumladan shartnomada nazarda tutilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari o‘rniga boshqa ekinlar ekilishi ijara shartnomasini qo‘pol ravishda buzish hisoblanadi, bu qonun hujjatlarida nazarda tutilgan oqibatlarga olib keladi.
24. Fermer xo‘jaligi tugatilgan taqdirda qishloq xo‘jaligi yerlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ijaraga beruvchiga qaytariladi.
25. Fermer xo‘jaligiga berilgan yer uchastkasidan foydalanganlik uchun to‘lanadigan haq yagona yer solig‘i tariqasida undiriladi.
26. Fermer xo‘jaliklarining suv olish limitlari vakolatli organlar tomonidan belgilanadi.
27. Yer resurslarini, fermer xo‘jaligiga beriladigan suvning sarfini hisobga olish hamda undan foydalanish, suv yetkazib berish xizmatlariga haq to‘lash, shuningdek imtiyozlar berish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
VII. Fermer xo‘jaligida mehnat
28. Fermer xo‘jaligining faoliyati fermerning va mehnat shartnomasi bo‘yicha unda ishlovchi shaxslarning shaxsiy mehnatiga asoslanadi.
Fermer xo‘jaligida mehnat shartnomasini tuzish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
29. Fermer xo‘jaligida mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslarning mehnat faoliyati hisobini yuritish fermer xo‘jaligi boshlig‘i tomonidan tashkil etiladi.
30. Fermer xo‘jaligida mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslarning mehnatiga haq to‘lash qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqidan oz bo‘lmagan miqdorda, tomonlarning kelishuviga binoan ham pul tarzida, ham natura tariqasida to‘lanadi.
31. Fermer xo‘jaligida ishlangan vaqt mehnat stajiga qo‘shiladi.
Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqalar va pensiyalar tayinlash hamda to‘lash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda amalga oshiriladi.
VIII. Fermer xo‘jaligining mablag‘lari va hisob-kitoblari
32. Fermer xo‘jaligi pul muomalasini yuritish hamda pul mablag‘larini saqlab turish va bu mablag‘larni erkin tasarruf etish uchun bank muassasasida hisob raqamlari ochish huquqiga ega. Fermer xo‘jaligining hisob raqamidan mablag‘larni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisobdan chiqarish mumkin.
33. Qishloq xo‘jaligi ekinlari, shu jumladan paxta va g‘alla hosili uchun sarflangan barcha xarajatlar fermer xo‘jaligining qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotishdan olingan daromadlari hisobiga qoplanadi.
34. Fermer xo‘jaliklari elektr energiyasi, yonilg‘i-moylash materiallari, mineral o‘g‘itlar yetkazib beruvchilar va fermer xo‘jaliklariga xizmatlar ko‘rsatuvchilar bilan o‘z vaqtida hisob-kitob qilishlari shart.
IX Daromad (foyda)ni taqsimlash va zararlarni qoplash tartibi
35. Fermer xo‘jaligining ishlab chiqarish va boshqa faoliyati natijasida olingan daromad (foyda) soliqlar, yig‘imlar hamda boshqa majburiy to‘lovlar to‘langandan, elektr energiyasi, yonilg‘i-moylash materiallari, mineral o‘g‘itlar, o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari yetkazib beruvchilar va xizmatlar ko‘rsatuvchilar bilan o‘z vaqtida va to‘liq hisob-kitob qilingandan keyin butunlay fermer xo‘jaligining ixtiyoriga o‘tadi.
Fermer xo‘jaligiga yetkazilgan zarar uning mol-mulki va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
X. Fermer xo‘jaliklarining birgalikdagi faoliyati
36. Fermer xo‘jaliklari ixtiyoriylik asosida qo‘shilish, shu jumladan ulush (pay) asosida qo‘shilish, mahsulot yetishtirish, xarid qilish, uni qayta ishlash va sotish, moddiy-texnika ta’minoti, qurilish, texnikaviy, suv xo‘jaligi, veterinariya, agrokimyo, maslahat berish yo‘sinidagi va boshqa xil xizmat ko‘rsatish bo‘yicha jamiyatlarga, ittifoqlarga, uyushmalarga hamda boshqa birlashmalarga kirish huquqiga ega.
XI. Fermer xo‘jaligi faoliyati natijalarini hisobga olish va nazorat qilish
37. Fermer xo‘jaligi o‘z faoliyatining natijalarini hisobga olib boradi hamda hududiy statistika va soliq organlariga belgilangan tartibda hisobot taqdim etadi.
Fermer xo‘jaligi tekshirish huquqini beruvchi tegishli hujjat ko‘rsatilishini talab qilish, tekshiruvchilarning o‘z vakolatiga kirmaydigan masalalar bo‘yicha talablarini bajarmaslik va ularni tekshirish mavzusiga tegishli bo‘lmagan materiallar bilan tanishtirmaslikka haqlidir.
XII. Fermer xo‘jaligini qayta tashkil etish va tugatish
38. Fermer xo‘jaligini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
39. Fermer xo‘jaligi quyidagi hollarda tugatiladi:
fermer xo‘jaligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab bir yil mobaynida o‘z ustav fondini ustavda nazarda tutilgan miqdorda shakllantirmaslik, shu jumladan ustav fondiga fermer xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkasi berish bo‘yicha tanlovda fermer xo‘jaligi boshlig‘i tomonidan berilgan arizada ko‘rsatilgan mol-mulk, texnika va pul mablag‘lari kiritilmasligi;
yer uchastkasini ijaraga olish huquqidan ixtiyoriy voz kechish;
fermer xo‘jaligi bankrot deb e’tirof etilishi, shu jumladan moddiy-texnika resurslari yetkazib beruvchilar, ishlar va xizmatlar ko‘rsatuvchilar bilan hisob-kitoblar muntazam ravishda amalga oshirilmasligi;
fermer xo‘jaligi boshlig‘ining vafot etishi va xo‘jalik faoliyatini davom ettirishni xohlaydigan merosxo‘rning yo‘qligi;
yer uchastkasi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi zarur bo‘lganda yoxud yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi, shu jumladan fermer xo‘jaligi tomonidan yer uchastkasidan boshqa maqsadda foydalanilganda, shu jumladan kontraktatsiya shartnomasida nazarda tutilgandan boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari ekilganda belgilangan tartibda yer uchastkasining ijara shartnomasi bekor qilinishi.
Fermer xo‘jaligi:
fermer xo‘jaligi boshlig‘i (fermer)ning;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda sudning qarori bilan tugatiladi.
40. Fermer xo‘jaligini tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Fermer xo‘jaligining boshlig‘i: ______________________________________
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 20-dekabrdagi 294-mh-sonli buyrug‘iga
7-ILOVA

______________________________
(ro‘yxatga oluvchi organning nomi)
tomonidan 20___yil “___” ________da
________________-son reyestr
raqami bilan
“RO‘YXATGA OLINGAN”

M.O‘.


“___________________________” dehqon
xo’jaligi boshlig‘ining ___yil
“___” ________dagi ___-son
qarori bilan
“TASDIQLANGAN”

M.O‘.


“____________________________________________”

DENQON XO’JALIGINING



USTAVI
I. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Dehqon xo‘jaligi — oilaviy mayda tovar xo‘jaligi bo‘lib, oila a’zolarining shaxsiy mehnati asosida, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun oila boshlig‘iga berilgan tomorqa yer uchastkasida qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtiradigan va realizatsiya qiladigan tadbirkorlik faoliyati subyektidir.
“__________” dehqon xo’jaligi (bundan buyon matnda “dehqon xo‘jaligi” deb nomlanadi) mazkur ustavi O‘zbekiston Respublikasining “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari asosida tashkil etilgan.
Dehqon xo‘jaligi ijara shartnomasiga ko‘ra uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi tovari ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi, yuridik shaxs huquqlariga ega bo‘lgan mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyekt hisoblanadi.
1.2 Dehqon xo‘jaligi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda har qanday yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnoma asosida fuqarolik-huquqiy munosabatlariga kirishishga haqli.
1.3 Dehqon xo‘jaligi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin yuridik shaxs maqomini oladi va o‘z nomidan shartnomalar tuzish, huquq va majburiyatlariga ega bo‘lish, sudda da’vogar va javobgar bo‘lib qatnashish huquqiga, banklarda hisob raqamlar ochishga hamda nomi yozilgan muhr va shtampga ega bo‘ladi.
1.4 Davlat dehqon xo‘jaligi majburiyatlari yuzasidan, dehqon xo‘jaligi esa davlat majburiyatlari yuzasidan javob bermaydi.
1.5 Dehqon xo‘jaligining xo‘jalik faoliyatiga, shu jumladan dehqon xo‘jaligi tomonidan agrotexnika usullarini, yetishtiriladigan mahsulot turlarini tanlashda, uning narxini va uni realizatsiya qilish yo‘nalishlarini aniqlashda davlat organlari va tashkilotlarining hamda boshqa organlar va tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
1.6. Dehqon xo‘jaligining to‘liq nomi: “_____________________” dehqon xo’jaligi.
1.7. Dehqon xo‘jaligining yer maydoni miqdori: ______________:
Dehqon xo‘jaligining manzili:______________________________
1.8. Dehqon xo‘jaligining boshlig‘i: __________________________________.
Pasport ma’lumotlari: ____________________________________
II. DEHQON XO‘JALIGI FAOLIYATINING MAQSADI VA ASOSIY FAOLIYAT TURLARI
2.1. Dehqon xo‘jaligi faoliyatining maqsadi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish asosida daromad (foyda) olish, aholini mahsulotga hamda o‘z oila a’zolarining ijtimoiy va iqtisodiy ehtiyojlarini qondirishdan iboratdir.
2.2. Dehqon xo‘jaligining asosiy faoliyat turlari quyidagilardan iborat:
—______________________________________________________________;
—______________________________________________________________.
III. DEHQON XO‘JALIGI VA UNING A’ZOLARINING XUQUQ VA MAJBURIYATLARI
3.1. Dehqon xo‘jaligi yuridik shaxsning barcha huquqlariga ega bo‘ladi.
Dehqon xo‘jaligi tadbirkorlik shakllaridan biri bo‘lib, tashkil etilishidan ko‘zlangan maqsadlariga erishish uchun shu maqsadlariga monand tadbirkorlik faoliyatlarini amalga oshirishga haqlidir. Dehqon xo‘jaligi mulkchilikning boshqa shakllaridagi xo‘jalik yurituvchi korxonalar bilan teng huquqlarga ega.
3.2. Dehqon xo‘jaligi quyidagi huquqlarga ega:
o‘ziga berilgan tomorqa yer uchastkasida dehqon xo‘jaligining ishlab chiqarish faoliyatini mustaqil tashkil etish;
yetishtirilayotgan va realizatsiya qilinayotgan mahsulotga mustaqil ravishda baho belgilash;
o‘zi yetishtirgan mahsulotni, shu jumladan bu mahsulotni iste’molchilarga o‘z xohishi bo‘yicha realizatsiya qilish huquqini tasarruf etish;
xarid etiladigan mahsulotga oldindan haq to‘lanadigan fyuchers bitimlari tuzish;
tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olish;
qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtiruvchilarga sotish uchun va erkin savdoga mo‘ljallangan aksiyalarni sotib olish;
o‘z mol-mulkini, shuningdek tomorqa yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini, shu jumladan kimoshdi savdosi asosida sotib olingan huquqni garovga qo‘yish.
3.3. Dehqon xo‘jaligi quyidagilarni bajarishi shart:
tomorqa yer uchastkasidan qat’iy belgilangan maqsadda foydalanish;
tabiiy obyekt bo‘lmish yerga zarar yetkazmaslik;
tomorqa yer uchastkasini asrash, uning unumdorligini saqlash va oshirish yuzasidan sarf-xarajatlar qilish;
yangi berilgan tomorqa yer uchastkasidan, agar qonun hujjatlarida boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, bir yil ichida foydalanishga kirishish;
agrotexnika talablariga, belgilangan rejim, saqlash vazifasi va servitutlarga rioya etish;
dehqon xo‘jaligining majburiyatlari va qarzlari bo‘yicha to‘la javobgar bo‘lish;
xo‘jalik a’zolari uchun xavfsiz mehnat sharoitini ta’minlash.
Qonun hujjatlarida dehqon xo‘jaligining boshqa huquq va majburiyatlari ham nazarda tutilishi mumkin.
3.4. Dehqon xo‘jaligi a’zolari:
xo‘jalik a’zolari o‘rtasidagi shartnoma shartlariga ko‘ra birgalikda yoki yakka tartibda foydalaniladigan daromaddan o‘z ulushini olish;
qonun hujjatlariga muvofiq davlat ijtimoiy sug‘urtasidan o‘tkazilish va ijtimoiy ta’minlanish, shuningdek tovar qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirish uchun dehqon xo‘jaligida sarflangan ish vaqti O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga badallar to‘lab borilgan taqdirda mehnat stajiga kiritilish huquqiga ega.
Dehqon xo‘jaligi a’zolari dehqon xo‘jaligining ishlab chiqarish faoliyatida shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishi shart.
Qonun hujjatlarida dehqon xo‘jaligi a’zolarining boshqa huquq va majburiyatlari ham nazarda tutilishi mumkin.
IV. DEHQON XO‘JALIGINING MULKI VA UNING MOL-MULKIGA BO‘LGAN MULK HUQUQI
4.1. Dehqon xo‘jaligi:
o‘ziga karashli uy-joylar, xo‘jalik imoratlari, ekinzorlar, qishloq xo‘jalik ekinlari va ko‘chatlari, dov-daraxtlar, mahsuldor chorva mollar, parrandalar, qishloq xo‘jalik texnikasi, asbob-uskunalar va ashyo-anjomlari, transport vositalari, pul mablag‘lari, intellektual mulk obyektlari, shuningdek, boshqa mol-mulklarga;
ishlab chiqarish faoliyati natijasida yetishtirilgan mahsulotlarga;
olingan daromadlarga (foydaga);
qonunda taqiqlanmagan asoslarda ega bo‘lgan boshqa mol-mulkka mulkdordir.
4.2. Dehqon xo‘jaligining o‘ziga qarashli mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqi davlat himoyasidadir.
4.3. Dehqon xo‘jaligining mol-mulki, agar uning a’zolari o‘rtasidagi kelishuvga binoan umumiy ulushli mulk tashkil etish nazarda tutilgan bo‘lmasa, uning a’zolariga umumiy birgalikdagi mulk asosida qarashli bo‘ladi.
4.4. Dehqon xo‘jaligining mol-mulkiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish xo‘jalik a’zolarining o‘zaro kelishuvi asosida amalga oshiriladi.
4.5. Dehqon xo‘jaligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mol-mulkni hosil qilish, ko‘paytirish, olish, sotish, uni ijaraga yoki vaqtincha foydalanishga olish huquqiga ega.
V. DEHQON XO‘JALIGINI BOShQARISh
5.1. Dehqon xo‘jaligining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yer uchastkasiga meros qilib qoldirilgan umrbod egalik qilish huquqi berilgan oila boshlig‘i yoki oilaning muomalaga layoqatli a’zolaridan biri boshqaradi. Dehqon xo‘jaligining boshlig‘i vaqtincha mehnat qobiliyatini yo‘qotgan taqdirda yoki uzoq vaqt ishda bo‘lmaganda u o‘z majburiyatlarini bajarish vakolatlarini xo‘jalik a’zolaridan biriga berishga haqlidir.
5.2. Dehqon xo‘jaligining boshlig‘i:
xo‘jalikning butun ish faoliyatini tashkil qiladi;
yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro munosabatlarida dehqon xo‘jaligi nomidan ish ko‘radi;
dehqon xo‘jaligi nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi;
ishonchnomalarni beradi, shartnoma va bitimlar tuzadi;
dehqon xo‘jaligi a’zolari uchun xavfsiz hamda unumli mehnat qilishlari uchun shart-sharoit yaratib beradi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ish vaqti muddatini, ish haqlarini belgilaydi, moddiy rag‘batlantirish va intizomiy jazo choralarini qo‘llaydi;
dehqon xo‘jaligi nomidan hujjatlarni imzolaydi.
VI. DEHQON XO‘JALIGIDA MEHNAT
6.1. Dehqon xo‘jaligining faoliyati xo‘jalik a’zolarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi. Dehqon xo‘jaligidagi muayyan ishni bajarishga boshqa shaxslar mehnat shartnomasi asosida vaqtincha jalb etilishi mumkin.
6.2. Dehqon xo‘jaligining a’zolari dehqon xo‘jaligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ixtiyoriy ravishda badallar to‘langan taqdirda davlat ijtimoiy sug‘urtasidan o‘tkazilishi lozim.
6.3. Dehqon xo‘jaligining barcha a’zolari uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga badallar to‘lab borayotgan dehqon xo‘jaligi a’zolarining mehnat faoliyati hisobini dehqon xo‘jaligi boshlig‘i yuritadi.
6.4. Dehqon xo‘jaligida ishlangan vaqt davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha badallar to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limida mehnat daftarchasini belgilangan tartibda rasmiylashtirgan holda mehnat stajiga qo‘shiladi.
6.5. Qishloq xo‘jaligi kooperativida (shirkat xo‘jaligida), boshqa qishloq xo‘jaligi yoki o‘rmon xo‘jaligi korxonasida, muassasasida, tashkilotida ishlayotgan dehqon xo‘jaligi a’zosining mehnat faoliyati hamda davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha badallar to‘lashi hisobini yuritish tegishincha mazkur kooperativ (shirkat xo‘jaligi), korxona, muassasa va tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
6.6. Dehqon xo‘jaligi a’zolariga ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha davlat nafaqalari va pensiyalar tayinlash hamda to‘lash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda amalga oshiriladi.
VII. DEHQON XO‘JALIGINING MABLAG‘LARI VA HISOB-KITOBLARI
7.1. Dehqon xo‘jaligi pul muomalasini yuritish hamda pul mablag‘larini saqlab turish va bu mablag‘larini erkin tasarruf etish uchun bank muassasasida hisobvaraqlar ochish huquqiga ega. Dehqon xo‘jaligining hisobvaraqlaridagi mablag‘larini faqat uning roziligi yoki sudning qarori bilan hisobdan chiqarish mumkin.
VIII. DEHQON XO‘JALIKLARINING BIRGALIKDAGI FAOLIYATI
8.1. Dehqon xo‘jaliklari ixtiyoriylik asosida, shu jumladan ulushli (pay) asosda mahsulot yetishtirish, xarid qilish, uni qayta ishlash va sotish, moddiy-texnika ta’minoti, qurilish, texnikaviy, suv xo‘jaligi, veterinariya, agrokimyo, maslahat berish yo‘sinidagi va boshqa xil xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kooperativlarga (shirkatlarga), jamiyatlarga, ittifoqlarga, uyushmalarga va boshqa birlashmalarga birlashish, kirish huquqiga ega.
IX. DEHQON XO‘JALIGI FAOLIYATINING NATIJALARINI HISOBGA OLISh
9.1. Dehqon xo‘jaligi o‘z faoliyatining natijalarini hisobga olib boradi hamda statistika va soliq organlariga belgilangan tartibda hisobot taqdim etadi.
X. DEHQON XO‘JALIGINI QAYTA TAShKIL ETISh VA TUGATISh
10.1. Dehqon xo‘jaligini qayta tashkil etish qo‘shib yuborish, birlashtirish, bo‘lish, ajratish, o‘zgartirish, qayta tuzish, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
10.2. Dehqon xo‘jaligi quyidagi hollarda tugatiladi (faoliyati to‘xtatiladi):
xo‘jalik faoliyatini davom ettirish istagida bo‘lgan bironta ham xo‘jalik a’zosi yoki merosxo‘r qolmagan bo‘lsa;
tomorqa yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqidan ixtiyoriy voz kechilganda;
tomorqa yer uchastkasi qonunda belgilangan tartibda olib qo‘yilganda;
belgilangan soliqlar muttasil to‘lanmaganda;
agar qonun hujjatlarida boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, yangi berilgan tomorqa yer uchastkasidan bir yil mobaynida foydalanishga kirishmagan taqdirda;
dehqon xo‘jaliklari faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari bir necha marta yoki bir marta, lekin qo‘pol ravishda buzilganda.
Dehqon xo‘jaligi:
dehqon xo‘jaligi a’zolarining qaroriga binoan;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda sudning qaroriga binoan tugatiladi (faoliyati to‘xtatiladi).
10.3. Dehqon xo‘jaligini tugatish (faoliyatini to‘xtatish) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i: _______________________________________________________
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 20-dekabrdagi 294-mh-sonli buyrug‘iga
8-ILOVA

______________________________
(ro‘yxatga oluvchi organning nomi)
tomonidan 20___ yil “__” _____da
________________-son reyestr
raqami bilan
“RO‘YXATGA OLINGAN”
M.O‘.

“_____________________” xususiy
korxonasi mulkdorining ______ yil
“__” _________dagi ___-son
qarori bilan
“TASDIQLANGAN”
M.O‘.

“______________________”

XUSUSIY KORXONASINING



USTAVI
I. UMUMIY QOIDALAR
1.1. “___________” xususiy korxonasi (bundan buyon matnda “korxona” deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasining “Xususiy korxona to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari asosida tashkil topgan.
1.2. Korxonaning mulkdori: ___________________________
Pasport ma’lumotlari: ___________________________
1.3. Korxonaning pochta manzili: ______________________
1.4. Korxona o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va mazkur Ustavga amal qiladi.
1.5. Korxona yuridik shaxs hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasi hududi va undan tashqarida bankda hisobvaraqlar ochishga haqlidir, o‘zining mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkiga ega bo‘ladi, o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘lishi hamda ularni amalga oshirishi, majburiyatlarni bajarishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin. Shuningdek, korxona to‘liq nomi davlat tilida ifodalangan va joylashgan yeri ko‘rsatilgan muhrga ega bo‘ladi.
1.6. Korxona o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli butun mol-mulki bilan javob beradi. Korxona mulkdori korxonaning mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda korxonaning majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga qarashli mol-mulk bilan qonun hujjatlariga muvofiq subsidiar javobgar bo‘ladi.
1.7. Korxonaning to‘liq firma nomi:
To‘liq nomi: “__________________” xususiy korxonasi.
Qisqa nomi: “__________________” XK.
II. FAOLIYAT SOHASI VA MAQSADLARI
2.1. Bozorni zarur xizmatlar va mollar bilan to‘ldirish, aholini ishga joylashtirish uchun yangi imkoniyatlarni yaratish, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy qilish va boshqalar korxonaning asosiy maqsadlari hisoblanadi.
2.2. Korxona quyidagi faoliyat turlarini amalga oshiradi:
_______________________________________________;
_______________________________________________;
_______________________________________________.
Korxona maxsus ruxsatnoma (litsenziya) kerak bo‘lgan faoliyat turlarini maxsus ruxsatnoma (litsenziya) olgandan keyingina amalga oshiradi.
III. KORXONANING USTAV FONDI
3.1. Korxonaning ustav fondi_____________ so‘m miqdorida tashkil etiladi.
Pul, qimmatli qog‘ozlar, pul bilan baholanadigan boshqa mol-mulk yoki mulkiy huquqlar yoxud boshqa shaxsga beriladigan o‘zga huquqlar korxonaning ustav fondiga kiritilishi mumkin.
Mulkdor korxonaning ustav fondiga o‘zi kiritadigan mol-mulkni mustaqil baholaydi.
3.2. Korxonaning ustav fondini ko‘paytirish va kamaytirish mulkdorning qaroriga ko‘ra korxonaning ustaviga o‘zgartishlar kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Agar korxonaning ustav fondi shakllantirilayotganda mulkdor o‘z oila a’zolarining umumiy (ulushli yoki birgalikdagi) mulki hisoblangan mol-mulkni korxonaga berayotgan bo‘lsa, ushbu mol-mulkning barcha mulkdorlaridan notarial tasdiqlangan rozilik olish talab etiladi.
3.3. Korxona ko‘rgan foyda hisobidan zaxira va boshqa jamg‘armalar tuzishi mumkin. Jamg‘armalarni tashkil etish va ishlatish tartibi to‘g‘risidagi qaror korxona mulkdori tomonidan qabul qilinadi.
IV. KORXONANI BOShQARISh
4.1. Korxona mulkdori korxonani rahbar sifatida yakka boshqaradi, korxona nomidan ishonchnomasiz ish ko‘radi, uning manfaatlarini ifodalaydi, korxonaning pul mablag‘larini hamda boshqa mol-mulkini tasarruf etadi, shartnomalar, shu jumladan mehnat shartnomalari tuzadi, ishonchnomalar beradi, banklarda hisobvaraqlar ochadi, shtatlarni tasdiqlaydi, korxonaning barcha xodimlari uchun majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi.
4.2. Korxona mulkdori korxonani rahbar sifatida yakka boshqaradi.
Korxona mulkdori quyidagi huquqlarga ega:
korxona Ustaviga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish;
korxonani qayta tashkil etish va tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
korxonaning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan keyin qolgan foydasidan o‘z ixtiyoriga ko‘ra foydalanish;
korxonaga tegishli mol-mulkni boshqa shaxsga berish, ijaraga berish, garovga qo‘yish, boshqa yuridik shaxslarning ustav fondiga hissa sifatida kiritish yoki ushbu mol-mulkni boshqacha usulda tasarruf etish.
Korxona mulkdori qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
4.3. Korxona mulkdori:
ustav fondini shakllantirishi;
o‘ziga qarashli korxonani yakka boshqarishi shart.
Korxona mulkdori zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
V. KORXONANI VAQTINChA BOShQARISh YOKI BOShQA ShAXSGA O‘TKAZISh
5.1. Korxona mulkdori o‘zi vaqtinchalik bo‘lmagan taqdirda shu muddatda rahbarlik vazifasini bajarib turishni boshqa jismoniy shaxs zimmasiga yuklash to‘g‘risida yozma qaror qabul qiladi.
5.2. Korxona mulkdori muvaqqat rahbarning korxona mol-mulkini tasarruf etishga oid huquqini cheklab qo‘yishi mumkin.
5.3. Korxona mulkdori vafot etganligi, muomalaga layoqatsizligi, muomala layoqati cheklanganligi yoki bedarak yo‘qolgan deb topilganligi oqibatida mulkdorning korxona rahbari vazifasini bajarishi mumkin bo‘lmay qolgan taqdirda korxonani boshqarish fuqarolik qonun hujjatlariga va korxonaning ustaviga muvofiq amalga oshiriladi.
5.4. Korxona mulkdori korxonani mol-mulk majmuasi sifatida sotishga, hadya qilishga, vasiyat qilib qoldirishga yoki uni o‘zgacha usulda boshqa shaxsga o‘tkazishga haqli.
VI. KORXONANING HUJJATLARINI SAQLASh
6.1. Korxona quyidagi hujjatlarni saqlashga majbur:
— Korxonaning ustavi, shuningdek ustavga kiritilgan va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni;
— Korxonani tashkil etish va korxonaning ustav fondiga pul, pul ko‘rinishida bo‘lmagan ulushlarni pulda baholashni tasdiqlash to‘g‘risidagi korxona mulkdorining qarori, shuningdek korxonani tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa qarorlarni;
— Korxonaning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi guvohnomani;
— Korxonaga tegishli mol-mulkka bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni;
— mustaqil auditorlik tashkilotlari xulosalarini;
— qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlarni.
6.2. Agarda amaldagi qonun hujjatlari bilan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lmasa, korxona mazkur Ustavning 6.1-bandida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlarni doimiy saqlaydi.
VII. KORXONA FAOLIYATINI TUGATISh
7.1. Korxona uning mulkdori yoki sudning qaroriga ko‘ra, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin.
7.2. Korxonani tugatish haqidagi yozuv yuridik shaxslarning davlat reyestriga kiritib qo‘yilganidan so‘ng korxonani tugatish tamomlangan, korxonaning faoliyati esa tugagan hisoblanadi.
VIII. YAKUNIY QOIDALAR
8.1. Mazkur Ustav korxona davlat ro‘yxatiga olingan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.
8.2. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinmagan masalalar, qonunda boshqa hollar nazarda tutilmagan bo‘lsa, ushbu Ustavga muvofiq tartibga solinadi.

Download 319,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish