Uchinchi qoida. Agar ikki akustik (yoki artikulatsion) o'xshash tovush bir xil fonetik sharoitda hech qachon kela olmasa, ular bir fonemaning kombinator variantlari hisoblanadi.
To'rtinchi qoida. Agar ikki tovush uchinchi tovushga muvofiq kelsa-yu, lekin nutqiy zanjirda tovush birikmasi hosil qilgan holda ketma-ket kelolsa, ularni bir-biriga variant deb hisoblab bo'lmaydi.
Praga tilshunoslarining yana bir yutug'i shundan ibo- ratki, ular fonologik zidlanishlarni mantiqiy jihatdan tasnif qildilar.
Fonologik zidlanishlar tasnifi uchun fonologik munda- rija tushunchasiga tayandilar. Fonologik mundarija atamasi ostida fonemaning barcha fonologik muhim belgilari yig'indisi, ya’ni shu fonemaning barcha variantlari uchun umumiy bo'lgan belgilar tushuniladi. Masalan, o'zbek tilidagi D fonemasining fonologik mundarijasi «til ol- diliku, «portlovchilik», «jaranglilik» belgilarini o'z ichiga oladi. Fonologik zidlanishlar esa fonemalarning ana shu belgi- lariga asoslanadi.
N.S.Trubeskoy fonologik zidlanishlarni quyidagi belgilarga ko'ra tasnif etadi:
zidlanish sistemasiga ko'ra;
zidlanuvchi a’zolar o'rtasidagi munosabatga ko'ra;
v) zidlanuvchi a’zoiarning ma’no farqlash kuchiga ko'ra.
A. Zidlanish sistemasiga ko'ra zidlanish turlari
Bu belgiga ko'ra, zidlanishlar bir o'lchovli va ko'p o'lchovli, ajralgan va proporsional zidlanishlarga bo'linadi.
Zidlanishlar zidlanuvchi a’zolarni farqlash uchun xizmat qiladigan belgilarnigina emas, balki har ikki zidlana- yotgan a’zolar uchun umumiy bo'lgan belgini ham taqozo etadi. Bunday belgilar «qiyoslash uchun asos» bo'lib xizmat qiladi.
Qiyoslash uchun asos belgiga ega bo'lmagan ikki narsa o'zaro zidlanishi mumkin emas. Qiyoslash uchun asos bolgan belgiga ko'ra zidlanishlar ikki turli bo'ladi: 1) bir o'lchovli; 2) ko'p o'lchovli.
Bir o'lchovli zidlanishlar zidlanuvchi a’zoiarning zidla- nishlari uchun asos bolgan belgi faqat shu zidlanish uchun- gina xos bolib, zidlanish sistemasining boshqa a’zolarida uchramaydi. Masalan, lotin grafik sistemasidagi B va F harflari zidlanishini olib ko'raylik. Bu harflarning zidlanishi bir o'lchovlidir. Chunki bu ikki harf o'rtasidagi o'xshash belgilar yig'indisi (vertikal chiziq va ikki gorizontal chiziq) lotin alfavitidagi boshqa hech qaysi harfda uchramaydi. Aksincha, P va R harflari zidlanishi esa ko'p o'lchovlidir. Chunki bu harflar o'rtasidagi o'xshash (qiyosga asos bolgan) belgilar (vertikal chiziq va uning ustiga o'ng tomondan chizilgan yarim doira) faqat shu juftlikdagina emas, balki boshqa harflarda ham mavjud (masalan, B harfida).
Bir o'lchovli va ko'p o'lchovli zidlanishlarning ajratilishi tilshunoslikda juda katta ahamiyatga ega. Bunday zidlanishlar tilning barcha sathlarida uchraydi.
day fonema bir qancha tovushlar orqali voqelanadi. Nutqiy akt esa tovushlardan tashkil topadi. Bir umumiy fonemaning nutqiy jarayonda turli tovushlar orqali voqelanishi fonemaning variantlari hisoblanadi.1
Praga tilshunoslarining fonologik nazariyadagi katta xiz- matlari shundaki, ular qanday qilib fonema bilan uning variantini farqlash qoidalarini ko'rsatib berdilar. Ular to'rtta qoidani ajratadilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |