Savol va topshiriqlar:
Transformatsiya metodining o'ziga xosligi nimada?
TM qanday munosabatga tayanadi?
TM uchun qaysi tushunchalar muhim sanaladi?
Mutaxassislar tomonidan transformatsiyaning qanday qoi- dalari e’tirof etiladi?
Transformatsion metod yordamida til qanday o'rganiladi?
Tranformatsiyaning turlari haqida gapiring.
Adabiyotlar
Xappnc 3.C. CoBMecTHaa BcrpevaeMOCTb h TpaHctpopManHn B H3MKOBO0 CTpyKType // HoBoe B AHHrBHCTHKe. Bi.m.II. - M., 1962. '
XOMCKHH H. CHHTaKCHHeCKHe CTpyKTypW // HoBoe B AHHrBHCTHKe. Bbin. II. - M., 1962.
BapxyflapoB A.C. Hctokh, npuHUHriBi h MeTOflOAorHH nopoxcaaiomeH rpaMMaTHKH // IIpo6AeMBi noposcaaioueS rpaMMaTHKH h ceMaHTHKH. BBeneHHe. - M., 1976. C. 5.
KanHeAbcoH C.JX. HopojK/iaiomaH rpaMMaTHKa h npHHinm AepHBanHH // FIpoGAeMW H3BIK03HaHHH. - M., 1967.
OcHOBHBie HanpaBAeHHH crpyKTypaAH3Ma. - M., 1964.
HcaaeHKO A.B. TpaHccjaopManHOHHBiil aHaAH3 KpaTKHX h noAHBix npHAaraTeAbHBix / / HccAeaoBaHHH no cTpyKTyph o if ranoAorHH. - M., 1963. C. 61.
3ih6h Y.P. BBe^eHHe b KHSepHeTHKy. - M., 1963.
Ycmohob C. YMyMHH THAinyHocahk. - TomKeHT: YiqrTyBHH, 1972.
BacKaKOB H.A., Coahk;ob A.C., A6,aya3H30B A.A. YMyMHfi THAmyHOCAHK. -Toihkcht: YiqiTyBHH, 1979.
MAVZU: OPPOZITIV METOD
Reja:
Oppozitiv metod haqida tushuncha.
Tovushlarning ma’no farqlash funksiyasi haqida talimot.
Tayanch so‘z va iboralar: oppozitiv metod, fonologik muhim (relevant) yoki fonologik zidlanish, fonologik nomu- him (irrelevant) yoki fonologik bo‘lmagan zidlanishlar, fonologik mundarija.
Ferdinand de Sossyurning: «Tilda o'xshashlik va farq- lashdan boshqa hech narsa yo‘q», degan bosh g'oyasi lingvistik oppozitsiyalar tushunchasining tug'ilishiga va lingvistik oppozitsiyalarni o'rganuvchi oppozitiv metodning tug'ilishiga sabab boladi.
Darhaqiqat, bizning bilish jarayonimiz sezgi a’zolarimizga ta’sir qilayotgan narsa va hodisalarning o'xshash tomon- larini aniqlash va shu belgi asosida ularni muayyan sinflarga birlashtirish va, ayni paytda, o'xshashlik asosida birlashgan a’zolarni bir-biridan farqlashdan iboratdir. Farqlash esa zidlashni taqozo etadi. Bir sinfga malum o'xshash belgi asosida birlashgan a’zolarni farqlash ularni bir-biriga zidlashni taqozo etadi. Chunki o'xshash narsa va hodisa- lar muayyan belgi asosida zidlangandagina, ularning farqli tomonlari namoyon bo'ladi.
Gnoseologiyaning ana shu tamoyilini Praga tilshunoslari o'zlarining tadqiqot metodiga aylantirdilar. Natijada, tilshunoslikda oppozitiv metod maydonga keldi.
Oppozitiv metod N.S.Trubeskoy nomi bilan bog'liqdir. U o'zining «Fonologiya asoslari» kitobi orqali bu metodga asos soldi.
N.S.Trubeskoy zidlanishlarni fonologik sath misolida tadqiq qilar ekan, ularni turlicha tasnif qiladi.
U, awalo, zidlanishlarni ikki guruhga ajratadi: a) fonologik muhim (relevant) yoki fonologik; b) fonologik nomu- him (irrelevant) yoki fonologik boirnagan zidlanishlar.
Ma’lum bir tildagi ikki so‘zni bir-biridan farqlash uchun xizmat qiluvchi tovush zidlanishlari fonologik (fonologik-dis-
tinktiv yoki ma’no farqlash) zidlanish sanaladi. Bunday funk- siyani bajarmaydigan zidlanish esa fonologik bo‘lmagan yoki fonologik nomuhim zidlanish hisoblanadi.69
Har bir nutq tovushi bir qancha artikulatsion va akustik belgilarga ega boladi. Masalan, o'zbek tilida b tovushini talaffuz qilish uchun bir qancha artikulatsion harakatlar- ni bajarish kerak bo'ladi. Xususan, lab labga tegadi va o'pkadan chiqayotgan havo bu to'siqni yorishi natijasida to'siq ochiladi. Bundan tashqari, yuqoridagi har bir artikulatsion harakatga akustik belgi ham qo'shiladi. Lekin bu artikulatsion va akustik «atom»larning hech birini fonologik birlik sifatida qarab bolmaydi. Chunki bu «atom»larning barchasi birgalikda vazifa bajaradi. Shuning uchun b barcha artikulatsion-akustik belgilarni o'zida mujassam etgan bir butunlik sifatida fonologik birlik sanaladi.
Fonologiyaning o'rganish birligi fonemadir. N.S.Trubes- koyning fikricha, muayyan til nuqtayi nazaridan ketma-ket boshqa may da fonologik birlikka bo’linmaydigan fonologik birlik fonema hisoblanadi.70
Strukturalizm g'oyasi dastlab Praga tilshunoslari vakillari tomonidan fonetik tadqiqotlar jarayoniga qollanildi. Tilning tovush tomonini strukturalizm tamoyillari asosida o'rganish fonologiya nomi bilan yuritiladi. Strukturalistlar, eng awalo, sistema ichida mavjud bolgan munosabatlar- ga e’tiborini qaratadilar.
Struktura tushunchasi ostida butun tarkibidagi elementlarning o'zaro shartlangan munosabati yotadi, ya’ni butun tarkibidagi har bir element boshqalari bilan shartlangan boladi. Struktura elementlarining o'zaro bunday munosabatini tushunish uchun tilning tashqi belgilarini soqit qilish kerak boladi.
Til strukturasi - bu bevosita kuzatishdan yashiringan va ilmiy, struktur tahlil asosida tiklanadigan tilning ichki aso- sidir. L.Novak ana shu tamoyil asosida fonemaning quyidagi talqinini beradi: «Fonema» - boshqa may da bo‘lakka bo'linmaydigan va shu tilning barcha ichkifunksiyalarining o’zaro kesishishi tufayli aniqlanadigan eng kichik element- dir»71.
Ana shu nuqtayi nazardan rus tilidagi t fonemasining fonologik belgilari quyidagi aloqalar orqali aniqlanadi:
D
T fonemasi bu sxemada belgilarning o‘xshashligi va farq- lanishi asosidagi o'zaro kesishishi orqali aniqlanadi. Ya’ni p-t-k munosabati asosida artikulatsiya o'rniga bog'liq belgi aniqlanadi. T-T1 munosabatida qattiqlik-yumshoqlik belgisi t-s akustik to'siq xarakteri (portlovchilik-sirg'aluvchilik belgisi), t-d munosabatida akustik belgi (jaranglilik-jarang- sizlik belgisi), t-tszidligi orqali esa soddalik-qorishiqlik belgisi aniqlanadi. Ana shular asosida bu fonema strukturasi til- oldilik, jarangsizlik, portlovchilik, qattiqlik, soddalik belgi- larining o'zaro munosabatidan tashkil topgan butunlik sifatida talqin etiladi.
N.S.Trubeskoy fonema va variantni bir-biridan farqlay- di. Uning ta’kidlashicha, real talaffuz qilinayotgan va eshi- tilayotgan har qanday tovush fonologik muhim belgilar bilan birga, bir qancha fonologik nomuhim belgilarga ham ega bo'ladi. Shuning uchun hech bir tovushni fonema sifatida e’tirof etib bo'lmaydi. Bunday tovushlar muayyan fonemaning turlicha voqelanishi sanaladi. Demak, har qan- day fonema bir qancha tovushlar orqali voqelanadi. Nutqiy akt esa tovushlardan tashkil topadi. Bir umumiy fonema- ning nutqiy jarayonda turli tovushlar orqali voqelanishi fonemaning variantlari hisoblanadi.1
Praga tilshunoslarining fonologik nazariyadagi katta xiz- matlari shundaki, ular qanday qilib fonema bilan uning variantini farqlash qoidalarini ko'rsatib berdilar. Ular to'rtta qoidani ajratadilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |