Birinchi qoida. Ma’lum bir tilda ikki tovush bir fonetik sharoitda ma’noga ta’sir etmagan holda o'zaro erkin al- mashina olsa, bunday tovushlar bir umumiy fonemaning turli fakultativ variantlari sanaladi. Masalan, opa, Qo'qon shevasida apa.
Ikkinchi qoida. Ma’lum bir tilda ikki tovush bir fonetik sharoitda ma’no yoki fonetik qiyofasini topib bo'lmas dara- jada o'zgarishiga olib kelmagan holda biri o'rnida ikkinchisi kela olmasa, bunday tovushlar ikki fonemaning vakillari sanaladi. Masalan, o'zbek tilida ot va it so'zlarida o va i to- vushlarining o'zaro almashinishi so'zlarning ma’no o'zgarishiga olib keladi. Demak, ular ikki fonemaning vakillari sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |