Tayanch so‘z va iboralar: Ontologiya, gnoseologiya, epistemologiya, ontologiya va gnoseologiya munosabati, tuning ontologik xususiyati, fenomen, nutqiy faoliyat.
Gnoseologiya yunoncha gnosis - «bilish», logos - «talimot» so'zlaridan olingan bolib, bilish haqidagi talimot demakdir. Gnoseologiya, umuman, bilish nazariyasi, bilish falsafasi sanaladi. U insonning bilish tabiati va imkoniyat- lari, bilimning voqelikka munosabatini o'rganuvchi, uning haqiqiyligi va ishonchliligini aniqlash yo'llari, usullari to'g'risidagi falsafiy fandir1.
«01am va odam» tizimida dunyoni anglash, subyekt va obyekt o'rtasidagi munosabatlar dialektikasi gnoseologiya- ning o'rganish muammolari sanaladi.
Insonning bilish faoliyatida nutq muhim ahamiyat kasb etadi. Jonzotlar ichida oliy zot sifatida insongagina, Pavlov ta^biri bilan aytganda, ikkinchi signal sistemasi ato etil- gan. Insondan boshqa jonzotlar faqat birinchi signal siste- masiga, ya’ni obyektiv olamni faqat sezgi a’zolari yordami- da his qilish qobiliyatiga ega bo'lsa, inson bundan tashqari akustik signallar orqali obyektiv olam haqida malumot uza- tish va uni qabul qilish qobiliyatiga ega.
Nutqiy faoliyat orqali inson o‘zi bevosita guvoh bolmagan narsa-hodisa, harakat-holat, belgi-xususiyatlar haqida axborotga ega bo'ladi. Ajdodlar qo‘lga kiritgan hayotiy tajri- balarni to'plab, kelajak avlodga yetkazib beradi. Tilning ana shu vazifasi akkumulativ vazifa sanaladi va ana shu vazi- fasi bilan gnoseologik qimmatga ega boladi.
Til falsafiy jihatdan gnoseologik va ontologik tabiatga ega bolgan murakkab fenomendir. Ontologik tabiatga ega bolgan murakkab tilga gnoseologik nuqtayi nazardan yondashil- ganda, birinchidan, insonning til orqali olamni bilishi, til- ning obyektiv borliq uzvlarini nomlash (onomosiologik) vazi- fasi, ikkinchidan, tilning shu til egalarining olam haqidagi bilimlari to'plarni ekanligi (akkumulativ vazifasi) yoritiladi.
Tilning ontologik xususiyati deganda, uning o'ziga xos ichki tuzilishiga ega bolgan obyektiv hodisa ekanligi tu- shuniladi. Tilning ontologik tabiati gnoseologiya uchun asos bolib xizmat qiladi. Chunki til haqidagi fan tilning ontologik tabiati haqidagi fandir. Shuning uchun ham falsafada ontologiya va gnoseologiyaning bir-biri bilan uzviy bogliq ekanligi e’tirof etiladi. Ontologiya borliq to‘g‘risidagi umumiy talimot, borliqning fundamental asoslarini, umumiy mo- hiyatini va mavjudlik kategoriyalarini oTganuvchi falsafa- ning bolimi sifatida gnoseologiya masalalari uchun asos, manba bolib xizmat qiladi. Gnoseologiyaning barcha tu- shunchalari va tamoyillari o'zining ontologik talqiniga, ontologik jihatiga ega. Demak, gnoseologiya va ontologiya fal- safaning o'zaro uzviy bogliq bolgan ikki bolimidir. Ular- ning uzviy bogliqligi shundaki, gnoseologiya ontologik, ontologiya esa gnoseologik tabiatga egadir.
Bilish ko‘p bosqichli jarayon. Hozirgi kunda bilishning hissiy (empirik) va nazariy (ratsional) bilish, amaliy va ilmiy bilish turlari bir-biridan ajraladi. Bu jihatdan gnoseologiya tarkibidan epistemologiya alohida yo‘nalish sifatida ajralib chiqdi. Gnoseologiya umumiy bilish nazariyasi, umuman, bilish haqidagi talimot bolsa, epistemologiya ilmiy bilish haqidagi talimotdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |