mavzu: MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASASI VA MAKTAB
HAMKORLIGI
Reja:
Bolalarni maklabga tayyorlash vazifalari
MTM bilan maktab aloqasining shakllari
Maktabgacha yoshidagi bolalarni riv'ojlantirish va maktabga tayyorlash tayanch dasturi.
Tayyorlov guruhi bolalarini maktabda o’qishga tayyorlash.
Bolalarni maktabga tayyorlash vazifalari
Mamlakatimizda mustaqillik yo’lidagi ilk qadamlardanoq jamivatning barcha sohalarini qamrab olgan siyosiy va iqtisodiy tub islohotlar amalga oshirila boshlandi. Ta'lim sohasida jumladan uning birinchi pog’onasi hisoblanmish maktabgacha ta'lim sohasida ham katta o’zgarishlar qilinmoqda. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ta'lim muassasalari faoliyatini me'yorlashtiruvchi «Ta'lim to'g'risida»gi Qonun. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim to’gTisida»gi Nizom, «Maktabgacha yoshdagi bolalarni ta'lim-tarbiyasiga qo'yilgan davlat talablari» kabi muhim davlat hujjatlari qabul qilindi.
Isloh etish jarayonida bolalarga ta'lim va tarbiya berish vazifalari, mazmuni, shakl va uslublari, shuningdek pedagogika fani taraqqiyotining ustivor yo’nalishlari qamraf) olinmoqda.
^Jugungi maktab bolasidan aniq bHimlargina emas, fikrlash ko’nikmasi, kattalar hamda sinfdosh o'rtoqlarini tushunish, ular bilan hamkorlik qilish talab etiladi. SHuning uchun bolaning maktabga qadam qo’yayotganida nechog’li bilimga ega ekanligi emas, balki uning yangi bilimlami egallashga tayyorligi. atrof olamga moslashish ko’nikmasi, voqea-hodisani mustaqil ravishda tahlil etishi muhimroq hisoblanadi. .
Bolani biror narsaga o’rgatishgina emas, unda o’z kuchiga ishonchni orttirish, o’z g’oyasini himoya qilish, mustaqil ravishda bir qarorga kelish ko’nikmasini shakllantirish ham muhimdir.
«O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim to’g’risidawgi Nizomga muvofiq bola maktabgacha ta'limni uyda ota-onaning mustaqil ravishda ta'lim-tarbiya berishi orqali yoki maktabgacha ta'lim muassasalarida, shuningdek, maktabgacha ta'lim muassasalariga jalb qilinmagan bolalar uchuii maktabgaclia ta'lim muassasalarida, maktablarda, maxallalarda tashkil etilgan maxsus guruhlar yoki markazlarda oladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning maktab ta'limiga o’tishi xamisha uning hayoti, axloqi, qiziqish va munosabatlarida jiddiy o’zgarishlami yuzaga chiqaradi. SHuning uchun maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta'lim muassasasida yoki oilada maktab ta'limiga tayyorlash, uni murakkab bo’lmagan bilim, ko’nikma va malakalar bilan tanishtirish kerak bo’ladi. Bunday tanishtiruv moslashuv davrining jiddiy qiyinchiliklaridan xalos bo’lishga yordam beradi.
SHunga binoan, MTMsi bilan maktab o’rtasidagi bog’liqlik bir tomondan, bolalarni maktab ta'limi talablariga javob beradigan darajada umumiy rivojlantirib va odobli qilib tarbiyalagan holda maktabga o’tkazishni, ikkinchi tomondan.
143
o'qituvchining katta maktabgacha yoshdagi bolalarning egallagan bilim, malaka sifatlariga va lajribalariga tayanib, ulardan o’quv-larbiyaviv jarayonda samarali foydalanishni taqo/.o ctadi.
MTMsi bilan maktab o'rlasidagi uzviy bog'liqlik kalla maktabgacha yoshdagi bolalar va maktabning boshlang'ich sinf o'quvchilariga ta'Iim-tarbiya berish sharoitini yakinlashtirishga yordam beradi. SHunday ish tutilganda bolalarning maktab sharoitiga moslashishi ancha engillik bilan o’tadi. Bolalar maktab sharoitiga tabiiy moslashib ketadilar, bu csa o’z navbalida maktabda o'qishning birinchi kunidan boshlab ta'Iim-tarbiya ishining samarasini oshiradi.
Zero, maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlari birinchi sinfda bolalar oldiga qo yiladigan talablami yaxshi bilishlari, maktabga tayyorlov guruhidagi bolalarni shunga muvofiq ravishda ta'lim olishga tayyorlashlari kcrak.
Maktab bilan MTM o'rtasidagi uzviy aloqa murakkab va ko'p tomonlama tuzilishga ega. Unda ta lim-larbiyaviy ishlarning mazmuni, metod va usullari. lashkiliy shakllari. shuningdek bolalarni tarbiyalash shart-sharoillari va pedagogik talab kabi etakchi tomonlarini ajratib ko'rsatish mumkin. Bunda quyidagilarga alohida e tibor berish kerak: ■
Maktab talabi nuqtai nazaridan bolalar bilimlarni chuqurroq egallab olishlari lozim.
MTM nuqtai nazaridan bolalarni maktab talabi darajasidagi bilim, malaka. kunikmalar bilan qurollantirish
Bolalarning maktabga ruxiy tayyorligi. Bu erda vazifa bolalar mehnatning har
kanday turiga tayyor turishlari, ularda aqliy mehnat-bilishga qiziqishni o’stirishrting kelajakdagi mustaqil faoliyatga tayyorlashdan iborat. •
MTMsida beriladigan ta'lim rivojlantiruvchi tarzda bo’lishi kerak.
MTMsi bilan maktab o’rtasida izchil aloqa o'matish.
Uzviylik MTMsi va maktabda shaxsni har tomonlama shakllantirish bo’yicha olib boriladigan ta'Iim-tarbiya ishini izchillik bilan amalga oshirish imkoniyatini yaratadi. MTM maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda boshlang'ich sinf ta'limi maqsad va vazifalariga mos keladigan si fat jihaldan yangi xususiyatlarni shakllantiradi.
Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar egallagan xulq-atvor shakllari, kattalar va tengdoshlari bilan bo'ladigan o'zaro munosabat shakllari, axloqiy xis-tuyg’u va tasavvurlar maktabning boshlang'ich sinflarida bolalarga yangi axloqiy xulq-atvor shakllarini ulaming ongini, his-tuyg’ularini tarbiyalash uchun manba bo'lib xizmat qiladi.
Maktab bolalarda axloqiy tasavvurlar va xulq alvorda birlik bo’lishini tarbiyalash, o'z xatti-harakati uchun shaxsiy javobgarlikni seza bilish, jamoachilik xislatlari, sifat jihatdan yangi bo'lgan xulk, atvor shakllarini tarkib toptirish uchun shart-sharoit yaratadi. Maktabda vatanparvarlik, baynalmilallik, o’z vatani oldidagi burchini chuqur anglash kabi his-tuyg'ular shakllanadi. Bunday yuksak hislar bolalarning MTMda ota-onalariga, oilasiga muhabbat, kattalarga hurmat, ona tabiatga mehr va shu kabi axloqiy xislari asosida shakllanadi.
Maktabda bolalarni estelik tomondan tarbiyalash bo’yicha izchil ish olib boriladi. Bolalar musiqa va ashula darslarida musiqa asbob-anjomlari bilan
144
tanishadilar. ashula aytadilar. marsh sadolari ostida yuradilar. o'yinga lushadi san'at darsida esa o’qvchilar chizmachilik va rasm solishni. naqqoshlik rangtasvir. manzarali-amaliy san'at natyurmortni, portretni bir-biridan farqlashni o’rganadilar. O'qish darsida bolalar adabiy janrlar bilan tanishtiriladi. Amaliy mashg’ulotlarda ularning badiiy, ijodiy qobiliyatlari yanada rivojlantiriladi. Bolalarda mehnatsevarlikni tarbiyalash. mehnat axliga ijobiy munosabat. mehnat malaka va ko'nikmalarini shakllantirish ishlari ham maktabda o’rgatilib boriladi.
Maktab bilan MTM o'rtasidagi mehnat tarbiyasi bo'yicha uzviy bog’liqlik mehnat tarbiyasining mazmunini murakkablashtirishga, uni ijtimoiy foydali tomonga qaratishga, bolalarning mehnatdagi mustaqilligi, o’z-o’zini tashkil eta bilishga. axloqiy munosabatlarning ongli tus olishiga olib keladi. Mehnat faoliyati yanada tarkib topa boradi. Maktabdagi hamma o’quv-tarbiyaviy jarayonlar bola shaxsini har tomonlama shakllantirishni rivojlantirish bo’yicha izchillik asosida olib boriladi.
Maktab bilan MTM o'rtasidagi uzviy aloqa asosini MTM va maktabda amalga oshiriladigan ta'lim-tarbiya ishlari mazmunini belgilovchi dasturlar o’rtasidagi bog’liqlik tashkil etadi.
Hozirgi boshlang’ich sinflar dasturi bilan MTM dasturini olib solishtiradigan bo’lsak, ular o’rtasida bir qancha o’zaro bog’liqlarni ko’ramiz. Bu eng avvalo dasturlarda asos qilib olingan prinlsiplarning umumiyligi bilan belgilanadi. Ularning mazmuni bolalarni har tomonlama tarbiyalash maqsad va vazifalariga mos kelish printsipi, hayot bilan borliq, ilmiylik printsiplari, ta’limning tarbiyalovchi va rivo^lantiruvchi xususiyatga egaligi va falsafiy, ruhiy nuqtai nazarlarning birligida namoyon bo’ladi.
Birinchi sinf o’quv dasturi ayrim predmetlar bo’yicha MTM dasturi bilan solishtirilganda ularda umumiylik ko’pligini ko’ramiz. Masalan, MTMsida ona tiliga o’rgatish va boshlang’ich sinflardagi ona tili darsiga bolalar nutqini har tomonlama rivojlantirish kabi umumiy g’oya asos qilib olinadi.
MTMsida bu ish bolalarning lug’qtini boyitish, tovushlarni lo’g’ri talaffuz qilishga, ifodali o’qishga o’rgatish. bog’langan nutqni shakllantirish orqali amalga oshiriladi. Maktabda esa bolalarda mana shu MTMda egallagan bilim. malaka, tushunchalarga asoslanib, yozma nutq malakasi, orfografik xat malakasi shakllantiriladi, ularga morfologiya va sintaksis elementlari o’rgatiladi. SHu bilan bir qatorda MTMda boshlangan bolalar lug’atini boyitish, nutqning ifodaliligi, bog’langan nutqni rivojlantirish davom ettiriladi.
MTMda ham, maktabda ham tabiatshunoslik to’g’risidagi bilimlar organizm bilan muhitning birligi to’g’risidagi umumiy g’oyaga asoslangan holda olib boriladi. SHu asosda bolalarga jonli va jonsiz tabiat, tabiat va kishilar o’rtasidagi bog’liqlik to’g’risida bilim va tushunchalar beriladi.
Bunda dasturlar mazmunida birlik o’matishda maktabgacha talim yoshidagi bolalar bilan maktab yoshidagi bolalarning yoshlari. bilimlaridagi farq xususiyatlari e'tiborga olinishi kerak.
Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar egallashlari lozim bo’lgan bilim va tushunchalar mazmunini tevarak-atrofdagi hayot to’g’risidagi tasawurlar va ayrim oddiy tushunchalar tashkil etadi.
145
Bunday tasavvur va lushunchalarning bolalar tomonidan egallab olinishi, ya'ni bolalarda har xil soxalar bo'yicha o’zlashtirgan umumiy tasavvurlar sistemasi ularning kelajakda umumiy rivojlanishi uchun nixoyatda zarur bo'lib. busiz ular hozirgi zamon boshlang’ich sinfta'limidagi kerakli bilimlarni egallay olmaydilar.
Maktabda esa o’quvchilarning bilimi yangi bosqichga ko’tariladi va kengayadi, shu bilan birga ular egallayotgan bilimlarini nazariy jihatdan anglay boshlaydilar. ilmiy tushunchalarni shakllantirish maktabda olib boriladigan ta’lim-tarbiyaviy ishning markaziga qo’yiladi. Maktabda bilimlar asosini egallash yanada aniqroq tusga kira bo rad i. .
MTM bilan maktab o’rtasidagi izchillik ta'limning shakl va uslublarida ham o’z aksini topadi.
Ta'lim berish uslublaridagi izchillikning muhim sharti bolalarning bilim, malaka va ko'nikmalarni ongli egallab olishlariga erishish, bog’chada va maktabda ularning aqliy qobiliyatlarini va ijodiy faolliklarini o'stirishdir. MTMi va maktabning boshlang’ich sinfida qo’llaniladigan juda ko’p usullar bir xil bo’lib. ular bolalarning aqliy. axloqiy-irodaviy rivojlanishlarini yaxshilashga qaratilgan, shu bilan birga ularning yangi mazmundagi bilimlarni egallashga. amaliy faoliyatga, bilishga qiziqishini oshirib, o'qituvchi bilan dars jarayonida yuzaga keladigan munosabatlar- ning murakkabroq shakllarini egallab olishlarga yordam beradi.
Tarbiyachining mashrg’ulotlar jarayonida bolalarning amaliy faoliyatlariga, bilish jarayoniga bunday raxbarlik qilishi maktab va MTM o’rtasidagi ta'lim usulidagi izchillikning asosini tashkil etadi.
Maktabdagi dars, MTMidagi mashg’ulot bir muncha o’ziga xos xususiyatlSrga ega, shu bilan birga ta'limning tashkiliy asosda olib borilishida esa umumiylik Sfczilib turadi. Mashg’ulot va darslaming mazmuni aniq dastur asosida olib borilishi, aniq belgilangan vaqt ajratilishi, pedagogning rahbarlik roli, ta'limning ilmiy asoslangan metod va usullaridan foydalanish, ta'lim berish jarayonida bolalarda o’quv faoliyati elemenllari, o’z xulqini ixtiyoriy boshqarish qobiliyati, ma'lum maqsadga qaratilgan aqliy ish bilan shug’ Danish qobiliyati tarbiyalab boriladi. В ular hammasi bolani maktab ta'limiga Гао I kirishib ketishga tayyorlaydi.
SHunday qilib, MTMIari bilan maktab o’rtasida ta’lim-tarbiya ishidagi izchillik bola shaxsini aniq maqsad bilan har tomonlama rivojlantirib borish imkonini yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |