Hozirgi davrda pedagog-tarbiyachilik kasbi va uning jamiyatda tutgan o’rni. Reja: Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsad va vazifalari.
Tarbiyachi va uning jamiyatda tutgan o'rni.
Pedagog-tarbiyachi shaxsiga qo’yilgan lalablar. Uning shaxsini shakllantirish. Pedagog-tarbiyachining nutq madaniyati.
I. Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsad va vazifalari Yurtboshimiz o’zlarining "Yuksak ma’naviyat - engilmas kuch" asarlarida Kaqli ravishda ta'kidlaganlaridek ’’Agarki dunyo imoratlari ichida eng ulug'i maktab bo’lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o’qituvchilik va murabbiylikdir. desak o’ylaymanki, ayni haqiqatni aylgan bo’lamiz”1.
Chindanda o’z ertangi kelajagiga befarq bo’lmagan millat. yorug’ va farovon kunlarini uning egalari bo’lmish yosh avlod istiqbolida ko'rgan millat ta'lim- tarbiyaga alohida e'tibor qaratadi.
Istiqlol yillarida Prezidentimiz tashabbusi bilan avvalo ertangi kun egalari bo'lgan yosh avlod istiqboli, ta'lim-tarbiyasiga mas'ul bo'lgan ustoz va murabbiylar kasbiga bo’lgan munosabat o’zgardi. Jamiyatda bu sharafli va o’z navbatida o’ta mas^iliyatli kasb egalariga nisbatan yuksak hurmat va e'tibor davlat siyosati dafajasiga ko’tarilgan.
Mamlakatimiz ta'lim tizimida uzoqni ko’zlab olib borilayotgan islohotlar bugun nafaqat jamoatchiligimiz, balki butun jahonda ham katta e'tibor bilan e'tirof etilmoqda.
Bugun yangicha qiyofa kasb etgan, zamon talablari darajasida ta'mirlangan, eng so’nggi rusumdagi o’quv jihozlari bilan jihozlangan maktablar orzu emas ayni haqiqatdir.
Mamlakatimiz ravnaqi va islohotlarning muvaffaqiyati ko’p jihatdan xalqning bilim darajasi va dunyoqarashiga bog’liq. SHaxsning ta'lim-tarbiya sohasidagi faolligi, uning chinakam fuqaroviy munosabati, demokratik isloqotlarga intiluvchanligi belgilangan maqsadlarga tezroq erishishning muhim omilidir. Prezidentimiz ta'kidlaganidek, "Ta'lim-tarbiya - ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta'lim-tarbiya tizimini o’zgartirmasdan turib ongni o’zgartirib bo’lmaydi. Ongni, tafakkurni o’zgartirmasdan turib esa biz ko’zlagan oliy maqsad - ozod va obod jamiyatni barpo etib bo’lmaydi".
Bugungi kunda yangi ta'lim tizimi faoliyatini takomillashtirish va barqarorlashatirish hamda fuqarolarning bilim olish huquqlarini ta'minlashda rivojlangan xorij davlatlarining tajribasi bilan bir vaqtda SHarqdagi mutafakkir ajdodlarimizning bebaho meroslaridan ham foydalanish taqozo etiladi.
O’tgan yillar mamlakatimiz hayotida haqiqatan ham ulkan tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan eng muhim Ijtimoiy dasturlar - Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va 1
Maklab la'limni rivojlanlirish Davlat umummilliy dasturining ijrosi amalda nihoyasiga etkazildi. 9 yillik umumta'lim maktab bosqichini va 3 yillik о rta maxsus, kasb-hunar ta'lim bosqichini o’z ichiga olgan uzluksiz yaxlit ta'lim tizimi yaratildi va 12 yillik ta'lim tizimiga o’tish yakunlanmoqda.
2009 yilda Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida amalga oshirilgan chora tadbirlar samaradorligi haqida gapirganda, ularning awalo eng muhim masalalarga - yangi ish o’rinlarini yaratish va aholimizning turmush darajasini yanada oshirishga yo’naltirilganish aloxida qayd etish zarur. % ”0’mi kelganda aytish kerakki, yangi 2010 yilda davlat byudjetining 50 foi^dan ko’prog’i mamlakatimizda faqat ta'lim-tarbiya va sog’liqni saqlash sohalarini rivojiantirishga yo’naltiriladi.
Barkamol avlod haqida so’z borganda, o’tgan yillar davomida katta kuch va mablag' hisobidan ta’lim sohasida barpo etilgan moddiy-texnik bazadan oqilona va samarali foydalanish masalasi qanchalik muhim ekani barchamizga ayon bo’lishi kerak, deb o’ylayman”1.
Ta'lim sohasida zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalari, internet tizimi, raqamli va keng formatli telekommunikasiyalarning zamonaviy usullarini o’zlashtirish, bugungi taraqqiyot darajasini belgilab beradigan bunday ilg’or yutuqlar nafaqat maktab, litsey va kollejlar, oliy o’quv yurtlariga, balki har qaysi oila hayotiga kcng kirib borishi uchun zamin tug’dirishning ahamiyatjiii chuqur anglab olishiiniz lozim.
Mas'uliyatli va murakkab bu vazifa, davlatning boshqa tadbirlari qatorida, Respublika Oliy Majlisining IX-sessiyasida qabul qilingan "Ta'lim to’gTisida"gi qonun "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ni (1997 yil 29 avgust) ro’yobga chiqarish orqali bajariladi. Bu dasturni tarkibiy qismi sifatida ta’ limning yangi modeli yaratiladi. Bundan ko’zlangan maqsad ta’lim sohasini tubdan isloh qilish. uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’Ia xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlashning milliy tizimini yaratish edi.
6
Prezidenl tomonidan ilmiy asoslab berilgan ta'lim-tarbiva modelini amaliyotga tadbiq etish o'quv jarayonini texnologiyalash bilan uzviy bog'liqdir.
Ushbu dastur mazmunida barkamol shaxs va malakali mutaxasisni tarbiyalab voyaga etkazish jarayonining mohiyati to’laqonli ochib berilgandir. Malakali kadrlar tayyorlash jarayonining har bir bosqichi o’zida ta'Iim jarayonini samarali tashkil etish, uni yuqori bosqichlarga ko'tarish, shu bilan birga jahon ta’limi darajasiga etkazish borasida muayyan vazifalarni amalga oshirishi lozim.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iboratdir:
8
shaxs - kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub'ekti va ob'ekti. ta'lim sohasidagi xizmatlarning iste'molchisi va ularni amalga oshiruvchisi;
davlat va jamiyat - ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillari;
uzluksiz ta'lim malakali raqobatbardosh kadrlar tayvorlashning asosi bo'lib. ta'limning barcha turlarini. davlat ta'lim standartlarini. kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko'rsatish muhitini o’z ichiga oladi;
fan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchi;
ishlab chiqarish kadrlarga bo'lgan ehtiyojni, shuningdek ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo’yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatidan ta'minlash jarayonining qatnashchisi.
Davlat va jamiyat uzluksiz ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimi barcha uchun ochiq bo’lishini va hayot o’zgarishlariga moslashuvchanligini ta minlaydi.
Ana shunday buyuk vazifalar va ularni amalga oshirish uchun ajratilayotgan mablag’lar haqida gapirar ekanmiz, ertangi kunimiz uchun, bolalarimiz. farzandlarimizning baxti uchun mehnat qilish, fidoiylik ko'rsatish - bu barchamizning muqaddas burchimizdir.